9оу
14 - epziode
Yaqin insonning ólimidan kóra endi uni qayta bu dunyoda uchrata olmasliging kóproq azob berar ekan. Endi u insonning xotiralarigina to ólimimga qadar hamrohlik qiladi xolos. Shu sabab balki xotiralar eng ajib qadryatlar turkimiga kiritilsa kerak. Yaxshi xotiralar, yomon xotiralar...keraksiz, azobli, manfaatli, hissiy...xotiralarning turi shunchalar kópki. Ammo mendagi Taehyung bilan bólgan xotiralarning bari baxtli onlar edi. U mehribon, ochiq kòngil inson ekanligini aniq ayta olaman. Bundaylarning ham yaqin birodarlari kóp bóladi deyishardi, Taening dafn marosimiga yiĝilganlar soni buni isbotlab turibdi. Kim amakim qari holida ham oĝlining partreti yonida turib kelgan har bir odamga uzun tazim bilan hurmatini kòrsatar edi. Kelganlarning kópchiligi kózlarida yosh bilan, ózlarini tuta olishmasdi. Taehyung ularning qalbini qanday zabt etgan ammo ularning oqayotgan yoshlari menikidanda samimiy ekanligini his etardim.
Taehyung ularning naznida, yosh kelishgan shifokor...yaxshi tarbiyali yigit hamda doimo yordamga shay bólgan oq kóngil inson sifatida qolgan edi. Shu sabab bunday insonning hayoti tezda yakun topganini kótara olishmayabdi.
Kichik dasturxon atrofida turib Kim amakimga qólimdan kelganicha yordam berishga harakat qilardim. Aslida bu kichik yumushlardan bosha narsa qólimdan ham kelmas edi. Idishlarni tashish, yangi kelganlarga taom qòyish. Ishim bilan mashĝul bo'lib stolga yangi joylashganlar suhbatini behosdan eshitib qoldim.
- u hali yosh edi, afsuslar bólsin bunday ólim topishini kim ham bilibdi ( yoshi katta ayol yonidagi ayol tomon egilib pichirladi. - uni sevgan qizning uyida pichoqlangan holda topishgan. Sevgan qizi uni shifoxonaga olib kelgan ammo bechora yigit 1 kundan so'ng joni uzilgan, bilasizmi Taehyungning tanasiga pichoq bir necha bor qadalgan ekan.
- qanday vaxshiylik, uning sevgan qiziga nima bóldi? Xabaringiz bormi?
- uni janob Kim sudga berdi, hozir uy qamoĝida deb eshitdim. Uning yuqorida tanishlari kóp sheklli qamata olishmadi.
- ya'ni Taehyungning ólimida ósha qizni ayblashyabdimi
- xa, men ham shu fikrdaman...
Ayollar ózaro suhbatlashar ekan, hayolimning qaysidir burchagida ósha qiz keldi. Ismi Jihyee...Taehyung uni Jyee deb ataganini eshitgandim. Nahot u sevgan qiz unga shu vaxshiylikni ravo kòrgan? Ularning munosabatlari haqida aniq malumotim yóq ammo shu qiz Taehyungning tanasiga pichoq sanchishiga ishona olmayman. Ammo Kim amakim bunga qanday ishondi ekan? Miyamdagi òy bilan amakimga tomon qaradim, u hali hanuz karidorda kelayotgan mehmonlarni g'amgin kuzatardi. Ammo undan bu holida Taehyung va uning qotili haqida sórash notogri ekanligini bilardim. Shu sabab menda yangi tuĝilgan bu savol javobini topishga harakat qilmoqchiman. Taehyung qanday ish qilganki uning òlimi bunday vaxshiyona yakun bilan sodr bóldi.
Kechki vaqtga yaqin Kim amakim va uning qarindoshlari bilan xayrlashib taksiga mindim. Yòl bòyi miyamda g'ujg'on aylanayotgan savollarni óylardim ammo ularning javobini bilmasligimdan jaxl ham qilayabman.
Hafsalasizgina yana shu mashum uyga kirdim. Qòshimcha kalitlarni menga Yoongi bergan, òsha kungi suhbatimizdan sóng u ózini mendan olib qochib yuribdi. Tongda uydan erta jónab ketadi, tunda esa men uxlaydigan vaqtda qaytadi. Bu munosabatlar meni qattiq bógayotgandek, bu sevgidan totli onlarni his etib ulgurmay uning azobini his etishdan charchayotgandim. Bu har taraflama menga tasir qilmoqda, ham jismonan ham ruhan. Tanamda kuchsizlik bilan yotoqqa ózimni tashlab shiftga tikildim. Kun bóyi kichik ishlar bilan band bólib oĝzimga bir luqma olmaganimni esladim. Tanam endi ikki insonga tegishli ekanligini óylab bunday ochliklar endi men uchun emas, shu sabab ózimda kuch topib oshxonaga tushdim. Muzlatgichni ochib mahsulotlarni kôzdan kechirar ekanman, ózimda behuzurlikni his etib lablarimni yopdim..hali nimadir tayyorlashga ulgurmay bunchalik qayd qilishim..bu yaxshi emas. Ózim uchun taom tayyorlay olmaymanmi endi?
Kechki vaqt 21:20...
Yoongi ming harakat qilmasin uyga doimgidanda ertaroq qaytdi. Heeso tògri óylagan edi, u qizdan qochib yuribdi. Yoongining fikri bòyicha bu Heesoga nisbatan hislarining rivoj olmasligi uchun eng yaxshi usul. Yoongi eshikni ochib uyga kirar ekan, asosiy chiroqlarning óchiqligi uni biroz shubhalantirdi. Chunki Hesoo qorong'ulikdan qòrqadi, uydagi barcha chiroqlar esa doimo yoniq turadi.
Yoongi tushunqiramay ikkinchi qavatga kótarilib avval óz xonasiga kirdi sóngra Heesoning xonasi tomon móraladi ammo xonada hech kim yóq ekanligini kórib qoshlarini chimirdi. Chóntagidan telefonni olib Heesoning raqamiga qóngiroq qilish haqida óyladi, ammo bunga uning jurati yetmay shunchaki ekranga tikilib qoldi xolos.
Yoongi inson zotidan anchayin farq qiladigan yigit. U ózi ulĝaygan, odamlar bilan yaqinlik hissi unda mavjud emas. Ota onasining etiborsizlik bilan unga qiladigan munosabatlari sabab Yoongi 14 yoshida uydan ketgan. Shundan buyon ularning xabarini ham eshitgani yòq. U óz ismini anglagan ondayoq ózgacha nafas olgan, fikrlash doirasi ózga insonlarnikidan òzgacha aylanadi. U uchun olam tortishish kuchi ham teskaridir...
Yoongi ózida paydo bólgan taranglik bilan sochlarini ortga tarab oshxonaga tushdi. Maxsus javonlardan biriga borib, doimo ichida qandaydir vulqon bólib qaynovchi qaynoqlikni bostirish uchun ishlatadigan alkagol idishini olib stakanga qòydi. Bu shunchaki g'urur ortida turgan kuchsizlik edi, na qizga óz tuyĝularini ayta oladi va na undan butunlay voz kecha oladi. Shu sabab u jaxl ótida yonmoqda, shu sabab hozir kech vaqt bólganda qizning qayerda ekanligini bila olmagani uchun asabiylashmoqda. Yoongi nafasini rostlab achchiq suyuqlikni tomoq yòlini kuydirib ótishga izn berdi, birinchi qadax...bu qadaxlar soni 3taga yetdi ammo uning ichidagi olov bosilmadi. Yoongi tez mast bóladigan emas, ammo hissiyotlar shalkashligi uni mastdek sarhusht qilmoqda, u hech qachon bir varakayiga bir nechta tuyg'ularni his etib kòrmagan...sevgi, rashk, jaxl, ikkilanish, kuchsizlik...
Qadaxlar soni 5ga yetganida asosiy kirish eshigining ochilganligi eshitildi. Yoongi buni Heeso ekanligini payqab turgan stolidan sekingina turdi, tanasiga kirgan alkagoldan biroz boshi aylandi ammo uning tanasi tetik hamda ichida hali hanuz ĝalayon bólayotgan edi. Yoongi oshxona eshigini ochib karidor bóylab hayol bilan zinalar tomon ketayotgan qizni kórib bexosdan uning ismini baland ohangda aytib yubordi. Óz ismini bunday qôrqinchli tonda eshitib chóchigan qiz tezlikda ovoz kelgan tomonga qaradi.
- qayerda eding? ( Yoongi qizga sekinlik bilan yaqinlashib kela boshladi. U ózini tutishga urinsanda chóntagiga solingan qóllar qattiq musht holatda ekanligini kórish ayon.
- tushlikdan ( Heeso shunchaki beparvolik bilan javob qildi
- soat 10 gacha?
- suhbatlashib qolib ketibman.
Heeso gapini tugallab zinadan chiqishni boshladi. Ammo ortida asabiylikdan chaĝini óynayotgan Yoongining ahvolini payqamadi.
Heeso xonasiga kirishi bilanoq chuqur nafas olib qólidagi sumkani otib yubordi sóngra, bóynida mitti jimirdab turgan taqinchog'ini barmoqlari bilan uzib, terisida paydo bólgan achishish azobidan kózlarini chim yumdi.
Bu uyda hissiyotlari chalkash bólgan birgina Yoongi emas. Qalbida chekayotgan azoblarni qanday bostirishni Heeso ham óylayabdi, unga ham bu hislarni yóq qiluvchi darmon zarur, u ham charchagan. Heeso shunchaki polda ótirib ko'zidan oqayotgan yoshlarni sanay boshladi. Sanoqlar aniq bólmasada, qizning yuzi hamda kóylagining etagi nam bólishga ulgurgandi. U bo'g'ziga tiqilayotgan narsa sabab nafas ola olmay yiĝlar ekan xonasining eshigi ochilganini eshitib ovozini biroz pasaytirdi.
- nega tóxtading? Davom et.
Qópollik bilan aytilgan ovozdan Heesoning qalbiga darmon órniga battar azob yugurdi. Shu sabab u Yoongiga javob berishni istamadi.
- menga nega kech kelganing qiziq emas ammo farzandimni olib yurar ekansan, yengiltaklardek tutma òzingni ( Yoongi
- Yengiltak? ( Heeso sukunatini buzib ortiga, Yoongining beparvolik ufurib turgan yuziga qaratdi. - meni yengiltak deb óylaysizmi?
- har nima bólishi mumkin, mening qanday óylashim emas, sen ózingni qanday tutishing buni kórsatadi ( Yoongi
Heeso uning sózlaridan ahmoqlardek kulib yubordi.
- xa! Yengiltakman! Ósha lanati kecha klubga qadam bosgan kunimdan boshlab yengiltak bólganman! Jin urgir siz bilan *bólgan kunimdan buyon tanam yengiltaklarnikidek. Ulardan nima ham farqim bor! Ular kabi hech zot menga sevgi bilan teginmagan, faqatgina xirs uchun foydalanilgan bu tanam. Ósha yengiltaklardek siz ham mendan óz manfaatingiz yólida foydalanasiz. Yolĝon gapirmabsiz...rostan ham yengiltak ekanman.
Heeso sózini yakunlab endi kóz yoshlarini yashirmay yiĝlashni boshladi, tanasi esa ózini ózi bosa olmas góyo yiĝi sabab nafas kamlik qilayotgandek tuyulardi. U olovdek yonayotgan yanoqlaridan tomayotgan tomchilarni qópollik artib Yoongiga qaradi.
- bu yengiltaklikdan qiynalib ketdim Yoongi...men bu óylovlardan bog'ilyabman. Men...barini shuchaki tashlab ketishni istayman..siz bilan boĝliq bólgan barini shu joyidayoq nuqta bilan tamomlashni istayman. Shuchaki siz bilan bunchalar yaqin masofada bólishni istamayman
Baridan charchadim..sizning hayot tarzingiz, chunarsiz harakatlaringizdan ortiq azob chekishni istamayman...ertagayoq óz uyimga ketaman. Bolakay tuĝilganda albatta uni olasiz ammo ungacha meni bezovta qilmaysiz ( Heeso sózlarini yakunlab nigohini Yoonginikidan uzib yana yoshlarini artdi.
- safsatani bas qil ( Yoongi unga hos bólgan ovozda Heesoning yoniga kelib uning bilaklaridan tutdi. - bizda hali charchaydigan hech qanday narsa boshlanmagan. Bari sening hayollaring xolos.
Yoongi Heesoni turg'izib uni yumshoq yotoqqa ótirĝizdi. Qiz góyo holi qolmagan guldek Yoongining shamollari esgan tomonga silkinishni boshlagandek yigit unga qilayotganlariga qarshilik qilmadi. Yoongi tortmadan kichik tibbiyot qutisini olib Heesoning qarshisidan joy oldi.
- yuragingda kechayotgan barini unut! ( U kichik idishdagi yodni oq paxtaga tekkizdi - ózing óylab topgan óylaringga tòxtov ber ( Yoongi qiz tomon yaqin siljib muzdek kaftini qizning bóyniga joyladi bundan Heesoning tanasi junjikdi - ózingni bunday azoblashni bas qil - Yoongi endi lablarini qizning ochiq bóyniga tomon olib keldi sòngra yodlangan paxtani qizĝish uzun chiziq hosil bólgan bóyniga bosdi, oĝridan qizning ingroq ovozi yangradi. Yoongi lablari bilan bu oĝriqni kamaytirmoqchidek pufladi.
- meni sevma Heeso, bu sevgi uchun arzimasligimni anglaganingda yana òzingni azobga qóyishingni hohlamayman ( Yoongi shu turgan joyida qizning quloqlariga shivirladi. Heeso esa bundan tanasida ĝalayon his etib barmoqlari orasidagi kórpa jildini qattiq qisdi.
- tushunarlimi? Yoongi endi qizdan uzoqlashib uning qizargan kózlariga boqdi. Ammo bu kózlar hozirgina uning birgina sózini ham tushuna olmagani ayondek edi.
- kelajakda bu uchun meni ayblamaysan shundaymi? ( Yoongi
- zinhor..agarda menga nisbatan tuyg'ularingiz bor ekanligini tan olsangizgina...zinhor bunda sizni aybdor sanamayman ( Heeso
- unda...seni sevaman kichik Soo.
Yoongi sózlarini yakunlashga ulgurmay qizning lablaridan bósa olishni boshladi. Bu sevgi izhoridan sóng his etish mumkin bólgan eng shirin tuyĝulardan biri edi. Yoongi barmoqlarini qizning ochiq bóynidan o'rab olib uni qattiq ópa boshladi, bu har doimgidanda totli edi yigit uchun. U qizning nam lablari bilan mahorat ila bósa olib egnidagi kiyimlarni yechishga shaylandi. Chunki bugungi tun oddiy bósa bilan qanoatlanmasligini yotoqda bir biriga tóymayotgan ikki yosh sezib turgandi.
Yoqimli...qorin bóshliĝidagi uchayotgan kapalaklarni bostirishga urunish, qizning tanasida oĝriq bilan qolayotgan izlardan nola qilishi, yigitning esa uzoq vaqtdan keyin yana qólga kiritgan mazali shirinligidan *tatish.
Yoongi Heesoning ingroq ovozlaridan kuch olgandek, uning butun yalang tanasidan bósa olib chiqdi. Qizni keyingi bóluvchi *aloqaga yetarlicha tayyorlagach bugungi tunning asosiy mavzusiga ótishga qaror qilib Heesoning lablaridan chuqur bósa oldi..bu góyo keyingi bóluvchi yoqimli oĝriq uchun oldindan kechirim sórashdek edi...
Davomi bor...