May 5

9оу

13 - epziode.
Tong~
Bu och ranglar kóp ishlatilingan xonadagi navbatdagi tongim, ammo bu safar bu xonada yolg'iz emasman. Kózlarimda góyo yengil pardo bordek atrofni gira shira korayotgandim. Ammo tanam barini sezib turibdi. Chunki doimo derazani ochiq holda uyquga ketardm ammo hozir pardalar shamoldan yayramayabdi, tanamda esa biroz sovuq qóllarning órni ham bor. Ózimni zôrga yiĝib ortimga ógirildim, bu qóllar Yoongiga tegishli ekanini bilganimdan sóng bevosita jilmaydim ham. Uning tim qora sochlari tartibsiz, u esa tinchgina yosh gòdakdek uxlayotgandi. Oramizda deyarli masofa yòq, yuzim uning kòksiga kómilgan. Uning qimmat atirining ifori esa allaqachon miyamda óchmas izdek bólib qoldi. Uning ohista hamda bir maromda urayotgan yuragi sadosini ham aniq eshityabman. Ammo...menda bu holatimiz uchun bir kemtiklik bor. Doimo Yoongi bilan ózimni baxtli his etishni boshlaganimda miyamga keluvchi shubxalar sabab aqldan ozaman hamda his qilayotgan baxt hissi meni vafosizlarcha tark etadi...men uni sevib qoldim. Endi buni inkor eta olmasligimni bilaman. Biroq sevgim bir tomonlama bólishi qórquvi doimo yonimda. Suwonning bazi ogohlantirishlari esa doimo meni ikkilanishlar qafasiga tashlaydi. Men bilan Yoongining munosabatlari qanday tarzda tus kechadi? Men endi kelajak haqida ham qayg'urayabman. Chunki uni sevaman, u farzandimiz dunyoga kelgach shuchaki orani ochiq qilsa ózimga kelib olishim uchun ancha vaqt zarur bóladi. Agar Yoongida ham menga nisbatan hislar bólsachi? Ammo bu savolga javobni aniq bilmagunimga qadar umid ham qila olmayman. Góyo davomi ikki sòqmoqqa burilgan yól boshida turgandekman...
Heeso hayollar daryosiga deyarli shónĝib ketgan holda barmoqlarini Yoongining kòksiga naqshlar chizgancha harakatlantirardi. Biroq tòsatdan kelgan telefon qònĝiroĝi sabab qizning hayollari, yigitning esa uyqusi tarqab ketdi. Yoongi tongdagi bu yoqimsiz ovozdan kózini ochib tokchada turgan telefonining chetini bosib qóydi. Sòngra baĝrida unga tikilib turgan qizni kórib kózlarini bir necha bor qayta ochib yumdi..
- Bu yerda nima qilayabsan? ( Yoongi yotoqdan turib telefonini chóntagiga soldi
- aslida siz mening xonamdasiz. ( Heeso
Yoongi xonaga tezda kóz yugurtirgach labini tishladi.
- kechir, kecha uxlab qolganman sheklli..
U shunday degancha xonadan Heesoning javobini kutmay tark etib qòya qoldi. Navbatdagi Heesodagi ikkilanishlarining kópayishi uchun omil edi bu.. Bu doimgi masulyatdan qochish Yoongiga odat, Heesoga esa hasratdek bólib qoldi.
Heeso yotoqdan turib hafsalasiz tongi dush qabul qilib, ishga tayyorgarlik kórdi. U egniga ózi yoqtirgan kiyimlarni kiygach nonushta uchun pastga tushdi. Yaqindagina yangi masalliqlar bilan tólgan oshxonada tovadagi yoĝning jizillagan ovozi eshitildi. Bu Heesoni xayron qoldiradi, axir bu uyda deyarli oshxonani hech kim ishlamaydi. Eshikni qiya ochib ichkariga móralagan Heeso biroz tutagan xonani sòngra oshxonaning bir qismini allaqachon tartibsiz holga keltirgan Yoongini kòrib hayratda qoldi.
- doim siz bilan bòlsam yangi qirralaringiz ochiladi Yoongi ( Heeso sovuqqon holda borib stullardan biriga joy oldi.
- pul sarflagan mahsulotlar isrof bólmasin dedim xolos. Nonushta qilishni esa juda istagandim
Yoongi tongda qòngiroq ovozidan uyĝonganida qandaydir jaxldor bólib kòringandi ammo hozir u yengini shimarib olgan kòyi sekin jilmayishi Heesoni jinni qilayozdi.
- tatib kòrishing mumkin..
Oq likopchada ikki bólak sendvichning yoniga kichik pamidorlarni taxlagan, uchburchak nonlar esa qizargan yuzli, ishtaxani mushuksiz ochadigan nonushtani bugun Yoongi tayyorladi ammo bu...bu holat Heesoni jaxlini chiqarishga qandaydir sabab bóldi
- nega mehribonchilik qilasiz a? Men buni yemayman! ( Heeso sovuq ohangda sózlab likopni nariga surib qòydi. Ammo Yoongi buni tushunmadi
- buni qanday chunishim kerak( Yoongi qoshlarini chimirib nigohini qizga tikdi. Heeso ham bu safar bu kózlardan qochmay Yoongining qahva rang qorachiqlarini teshib yuborgudek tikildi.

- ikkiyuzlamachilik qilishingiz jonimga tegdi holos Yoongi. Bu meni yeb bitirishni ham boshladi
- Aynan nima Heeso? Nima seni yeb bitiryabdi? ( Yoongi bu safar qòllarini kòksiga boĝlab doimo muloyim dengiz mushugini eslatuvchi qizdan chiqayotgan saslarni etibor bilan tinglay boshladi.
- sizning hatti harakatingiz? Kutilmagan daqiqada menga mehribonlik qilasiz-u yana huddi shu kutilmagan onda gòyo órtamizda qalin devor qurgandek qochasiz! Har tunda goh mast holingizda goh oddiy holda yotoĝimga yonboshlab qóllarimdan tutasiz ammo tongda sizni kórishga ham ulgurmay qolaman. Nega men bilan ikki yuzli qògirchoq teatrini óynaysiz. Agar shunchaki desangiz menga bu etibor kerak emas, sizga shu bolani ózimga mehr kórsatib ham tuĝib beraman ammo aslo bu óyinni qarshimda óynamang, shunchaki bas qiling. Avval óz hislaringiz bilan aniqlik kiritib oling, mening tuyĝularimni ham eski kalavadek chalkashtirmang ( Heeso sózini yakunlab unga beetibor tikilib turgan yigitni kórgach dimoĝiga tiqilib turgan yiĝisiga erk berib yubordi. Bu sózlar u his etganlarning 10 foizi edi xolos. U Yoongining bu harakaterini kòtara olmasligini bilardi ammo hozir tókilgan dardni oddiy qabul qilgan yigitdan yana jaxl qilib stuldan zarda bilan turdi. U eshik tomon ketar ekan kutilmaganda bilagidan tutilgan qòllar sabab ehtiyorsiz Yoongining kóksiga urilib ketdi.
Heeso oĝzini barmoqlari bilan tósib oshxonadan shoshilib chiqib ketdi. Yoongi bunga tushunmay sózsiz qizning ortidan ergashdi. Heeso birinchi kelgan xonaning yuvinish xonasiga kirar ekan, quruq tomoĝidan kelayotgan qaytlar uning jonini oĝritdi. Homiladorlar qayd qilishi odatiy hol ammo hozir bu kuchli og'riq bilan kelmoqda. Yoongi ham yuvinish xonasiga kelib Heesoning qayd qilayotganini kórdi, uning sochlarini barmoqlari orasiga yiĝib olgach qizning peshonasidan ushladi. Ammo Heeso bunga qarshilik qilib kuchsiz ovoz bilan keting deya oldi.
- bas qilsangchi, hozir buning mavridi emas ( Yoongi qizning oqargan yuzlariga qarab kónglida biroz ĝashlikni his etdi. Heesoning barmoqlarini, yuzlarini sochiq bilan artib uni yumshoq divanga joyladi.
- mendan nariroq turing, atiringiz kònglimni buzyabdi ( Heeso
Yoongi ikkilanibroq egnidagi futbolkasiga qaradi sóngra ikkilanishsiz uni yechib xonaning qaysidir burchagiga uloqtirdi.
- ancha yaxshimi?
Yoongi ustki kiyimsiz Heesoning yonidan joy olib uning peshonasidan ushladi. Ammo bu holat Heesoning yuzi qizarishiga sababchi bóldi.
- yaxshisi oldin kiyim keyib oling. Bu holatingiz ham yoqmayabdi ( Heeso qovoqlarini òyib Yoongidan ózini itardi. Buni kórgan Yoongi qoshlarini yuqoriga kótarib kinoyali jilmayib qóydi.
- nega darrov bunday ózgarish bilmayman ammo Heeso xonim, biz gaplashib olishimiz zarur. Hozir esa klinikaga boramiz. Ahvoling joyida emas. ( Yoongi ótirgan joyidan turib eshik tomon keta boshladi
- qanday klinika! Borishni istamayman. Bu shunchaki homiladorlikda bóladigan qayd qilish holos. (Heeso
- ammo kecha tanangga tushgan alkagol tomchilarini bolaga qanday tasiri bor ekanligini bilishimiz kerak. Senda biroz bólsada masulyat paydo bólgan deb óylab adashganimni kecha isbotlading. Tezda tayyor bòl...
- nega yana bolalar óyini óynashni boshlading. Bas qil!
- unda savolimga javob bering. Nega..nega hatti harakatlaringiz 5 daqiqada ózgaradi. Kecha tunda biroz sarhusht bólsamda..mendan bósa olganingizni his etdim ammo bugun..tongda yuzimga ham qaramay keldingiz. Men óyinchoq emasman Yoongi. Menda ham hislar bor.. ( Heeso yanoqlarida oqayotgan qaynoq tomchilarni óz kòyiga qóymay barmoqlari bilan artib tashladi.
Yoongi esa qizning sózlaridan yuziga kulgu yugurganini sezib barmoqlari bilan labiga tegindi
Pov/ Yoongi
Uning erka bolalardek kòz yosh tókishidan kulgim keldi. Aslida ichidagi dardlarini aytayotgan bólsada hatti harakati gòyo 8 yoshli qizaloq sevimli qo'g'irchog'ini yóqotgandek edi. U juda yoqimtoy...uni shu holda yiĝlashini kórishning ózi meni xursand qiladi. Ayniqsa shakaladli shirinliklarni yeganida ham...kattaroq bólak olish uchun lablarini keng ochadi, xatto bu unga yiriklik qilsada.

Barmoqlarida qolgan shokolod yuqlarini hech qachon sochiqqa artmaydi, aksincha ularni ham ózi yalab oladi. Uxlaganda esa..shunchalar tinch, sokin holda bóladiki hatto bazan uni yonimda ekanligini ham sezmayman...u haqida shu qisqa muddatda aniqlagan kichik malumotlarim talay...
Ammo men qòrqan narsa ikkimizda ham sodir bòlgandek. Bu munosabatda aybdor yagona men deb óylardim ammo..Heesoni ham menda kóngli bor. Bu rostmi?
- senda ham hislar bor..bu degani kichik Soo meni yoqtirib qolgan degan manoni beradimi? ( Yoongi yuzida sirli nigoh bilan qizning yoniga, yumshoq kresloga joylashdi .
- savolga savol bilan javob berib bòlmaydi. Sizda javob yóqmi? Demak menda ham yòq!
- beradigan javobim anchayin mavhum, ózim tóliq anglamagunimga qadar senga ham ayta olmayman.
Yoongi Heesoning teskari qarab turgan yuziga qóllarini uzatdi biroq bu harakat havoda muallaq qoldi xolos. Yoongi javobini ochiq oydin ayta olmas ekan Heesoning ham kóngliga umid berishni xato ekanligini bugun qizning sózlaridan angladi. Sevish ayb emas biroq sevging suyukligingga ziyon yetkazsa bu muhabbatni kómganing, uni dunyoning yoruĝ qismiga olib chiqmaganing maqul. Yoongi Heesoga nisbatan uyĝongan sevgisi góyo qafasda qulflangan gózal qushdek edi, ammo qafasning zangi hamda qafas ustidagi sariq mato bu gózal qushning xusnini, bu qush qalbga qanday mójizaviy tasir etishini tósib turibdi. Ammo Yoongining bundagi fikri ayon, uning qalbi ham ongi ham bir ovozda unga shunday xabar berishdi: Sen uni sevasan va buni inkor eta olmaysan.
Tongi mashmashalardan sóng ikkimiz ham sukutni oqil tanlov deb bilganmiz. Hozir doktor qabulida u bilan birga genekolog tekshiruv natijalarini eshitar ekanmiz, shifokorning bir sòzi ham quloĝimga kirmayotgandi...shunchalar parishon holda edim. Doktorning maslahatlaridan sóng Yoongini kutmay xonadan chiqdim. Negadir kónglimda kemtiklik uyģongandi. Ózimni yaxshi his eta olmayotgan edim. Bu nima? Qanday men uchun nomalum bólgan his edi bu?
- Taehyungning yoniga borib kelaman. Mashinada kutishingiz mumkin
Uning javobini kutmay tezda kardiologiya qavatiga tushdim. Hozir Taehyung bilan suhbatlashishni, uni dóstim sifatida kòrib biroz dardlashishni istadim. Yodimda óchmas iz bólgan xona tomon yaqinlashib eshikni bir necha bor taqillatdim ammo doimo meni keng tabbasum bila kutib oladigan inson emas, kichikligimdan buyon yuragimni tekshirib kelgan Janob Kimning solĝin yuzini uchratdim. Biroz dovdirab egilib unga salom berdim.
- Kim amaki..Taehyungning yoniga keldingizmi? ( hayron bólib sóradim ammo uning ahvoli yaxshi emasdek kórindi. U javob berishga shoshilmay kirishim uchun eshikni ochib ózi xona ichiga tomon ketdi. Xonaga kirishim bilan Taehyungning bósh stolini, va taxlangan bir nechta karton qutilarni kórdim. Uning buyimlarini allaqachon yiĝib qóyishganmi?
Qora qogozda óyib yozilgan oq yozuvlarni hijjalab óqib telefonim qólimdan behosdan tushib ketdi. Negadir aqlim bunga tushuna olmayotgan edi, namlangan kózlarim bilan amakimga qaradim ammo bechoraning menga tushuntirish uchun holi yóq, ajinli barmoqlari bilan oqayotgan tomchlarini artish bilan ovora edi...

13 - epziode tugadi.