April 6

9 oy

2 epziode 🐱❤️
Mashina ichida 2 daqiqalik sukut paydo bóldi, men nega bu inson hatto ozi ham yaxshi tanimaydigan qizdan homilani saqlab qolishni talab qilayotganini tushunmay vaqt sarflasam Yoongi shunchaki ótayotgan mashinalarga tikilgancha javobimni kutar edi. Qanday holat bólsada hali yól tanlash uchun erta, avval doktorga uchrashishim songra bu Min Yoongining asl maqsadini bilib olishim zarur.
- buni istamayman( Heeso
- istaging men uchun qiziq deb óylaysanmi? ( Yoongi
- shunday bólishi kerak emasmi? Bolani dunyoga men keltiraman, mening istagim bu yerda qandaydir ról óynashi kerak emasmi?
- Heeso..bu yer deyayotganing bu mening makonim, menga tegishli manzil demak har qanday qarorni men chiqaraman
Yoongining menga qilayotgan ochiqdan ochiq tazyiqi va bosimidan aqlim shoshib qoldi. Qórquvimni kórsatmaslikka harakat qilib bir yutunib qóydim
- siz aqldan ozgansiz! Sizni hatto kim ekanligingizni ham yaxshi bilmayman, shuningdek siz ham men haqimda bilmaysiz. Keling shunchaki kattalardek qaror qabul qilamiz, men ketaman, siz ham óz yólingiz tomon ketasiz. Oramizda bólgan har qanday narsani unutamiz!
Yoongi kichik jasurligim sabab aytilgan sózlarni jim tinglab lab uchida kulib qóydi xolos. Ochig'i undan kóproq reaksiya kutgandim ammo u shunchaki barmoqlari bilan lablarini ishqalab tógriga qarab olgancha jim turardi
- men ketaveraymi? ( Mashina eshigini ushlab Yoongiga qaradim. U savolimni yana javobsiz qoldirdi, tósatdan mashina eshiklari avtomatik tarzda qulflanib, ochiq mashina oynalari yopila boshladi. Bundan biroz havsirab sumkamni qattiq qisdim. Miyamda esa u nima qilmoqchi ekanligi haqidagi savol aylanar edi...
- Heeso...( nihoyat yigitning og'ir bosiq ovozini eshitib u tomon qaradim ) - bu bolalar óyini emas shunday ekan senga óz rejamni aytishim zarur. Men shunchaki bu bolani istayman, chunyabsanmi boshqa qandaydir sabab yo'q. Farzand tugulganidan so'ng u men bilan qoladi, u bilan korishib turishing ham mumkin. Uni sog'lom dunyoga keltirishing uchun yetarlicha sharoit yarata olaman, istaganingni bajara olishga qurbim yetadi, sening vazifang shunchai uni soglom dunyoga keltirish. Albatta bu sen uchun oson emas, hayot tarzing, oilangda katta ózgarishlar bólishi mumkin. Ammo mening iltimosimni bajarishing evaziga istagan narsangni qaytaman, mómaygina pul va 9 oy shoxona hayot...
- pul uchun bularga rozi bóladi deb óylaysizmi? Va agar rad javobini bersam...shunchaki ajralishamiz shundaymi?
- pul hammaga zarur hattoki milliarderlarga ham. Va agar javobing yo'q bólsa óylab kórishing uchun vaqt bera olaman. Ammo yaxshiroq óyla...senga beruvchi tafliflarim juda kóp Heeso. Balki hayoting bundan so'ng butkul katta burilish yasar
- xa men óylab kóraman ammo aniq javobni ayta olmayman. Buning ustiga...balki yigitim bilan ham gaplashib kórishim zarur
Gapimdan Yoongi men bugun 4 bor kórgan lab uchida jilmayishini namoyon qildi. U barmoqlari bilan rulni bir necha bor chertib menga qaradi
- sening yigiting yóq Heeso. Aldashga urunma ( Yoongining menga tikilgan ótkir nigohidan va yolgonim tezda fosh bólayotganidan biroz dovdirab qoldim
- nega bunday deb óylaysiz? Hozir hammaning yigit bor ( sochlarimni ortga tarab asabiy kuldim
- sen...ósha kechada qiz bola* eding. Buni aniq eslayman
Yoongining gapidan tomog'imga nimadir tiqilib qattiq yutalib yubordim. Bu uyatli holat, ózing tanimagan insoning bilan birinchi kechani ótkazish va bundan bu gaplarni eshitish....
Orada Yoongi mashina kamarini bóshatib menga yaqin kelayotganini his qildim. Undan uzoqroq turish uchun yelkamni qisib yuzimni teskari tomonga burib olgancha asabiylikdan sumkamni yana qisa boshladim ammo Yoongi bilagimdan tortib meni unga tomon yaqinroq surib oldi, teskari turgan yuzimni esa uzun barmoqlari bilan óziga qaratdi. Bu hodisa soniyalar ichida yuz bergani sabab tanam ózimga bóysinmay Yoongining qoidalar bóyicha óynay boshladi. Qarshimdagi yigit bilan kózlarimiz tóqnash ekan, undagi qahva rang kózlar, sutdek oq terisi hamda namlanib turgan pushti lablarini xotiramning qaysidir burchagida qolib ketdi

Yanoqlarim bunday yaqinlikdek qizir ekan, Yoongining yanog'imni egallab olgan sovuq barmoqlari bu qizishni bir zumga bostirganday bo'ldi. Yigit yuzini men tomon yanada yaqin bolish uchun pastlatar ekan, uning kózlari mening kózlarimga emas yuzimning pastki qismiga qaratilganini kórdim...
- Bilmayman nega biroq sen bilan ótkazgaan har bir soniyam miyamda muxrlanib qolgan Heeso...
Yoongi gapini tugallab ikkinchi qólini bóynimga joylashtirdi va lablarini lablarimga yengil bosdi. Uning harakatlaridan aqlim shoshib kózlarim kattalashib ketdi ammo Yoongi bunga parvo qilmay lablarimdan qattiqroq ópa boshladi, sovuq barmoqlari esa har bóynimni silaganda etimni junjuktirar edi. Nihoyat yigit labimnimg pastki qismini tishlab olgach bósani buzib tezda mendan uzoqlashdi.
- ketishing mumkin...menga javobingni aytishni unutma, bu mening raqamim.
Endi Yoongi menga teskari qarab olgancha mashinaning kichik qutisidan qattiq karta chiqarib qolimga tutqazdi va mashina eshiklarini ochdi. Bugungi kunning ózida miyam hayron bólishdan ham charchaganini anglayabman. Qolimdagi qogozni ushlab Yoongiga bir muddat qarar ekanman u hali hanuz boshini men tomon burmasdi
- yaxshi
Mashina eshigini ochib vanihoyat qutulganimg shukr qildim ammo negadir Yoongidan hozirgina qilgan ishi uchun izoh sóragim keldi ammo fikrimga tólaqonli ishonib ulgurmay mashina allaqachon joyidan siljib katta yólagi boshqa avtomabillar oqimiga tushib ulgurgandi...

2 kundan so'ng....

Shahar markazida ammo juda kichik xonada bir erkak stol ustida turgan bir nechta fotoaparatlarni kózdan kechirar ekan kózi stulda telefon titkilayotgan qizga tushdi
- Heeso, kechagi kichik albomlarni taxlab chiqishing kerak, bugun kechroq yetkazib beruvchi keladi
Óz ismini eshitib xushyor tortgan qiz xop degandek bosh silkidi va bir qator albomlarni taxlay boshladi. Qiz óz ishiga mashg'ulligi sabab fotoaparatlarni ushlab turgan yigit unga bazi bazida kóz tashlayotganini sezmadi
- haligi...shu kunlarda tobing yóqdek kórinyabdi. Ahvoling joyidami?
Heeso boshlig'ining g'amxórlik bilan bergan savoliga jilmayib javob berdi.
- albatta hammasi joyida janob Suwon, biroz charchadim sheklli
- bu qanaqasi! Senga ming marotabada ózingni asra deyman, doimgidek ózinga etiborsizsan
Heeso boshlig'i Suwonning yoqimtoy koyishidan kulib, yaxshi endi aytaningizni qilaman degandek kóz qisib qóydi
Heeso 21 yoshli qiz, asl kasbi va qiziqishi fotograf, 1 yildan buyon Suwon ismli yigitning kichik studiosida avvaliga stajyor sóngra uning yordamchisi bóldi, yil sayin esa Suwonning studioasining davrasi kengayishni boshlagan ammo Suwon eng kóp birinchi shogirdi Heeso kóproq asrab avaylaydi, unda doimo mehribon va rahmdil....

Pov Heeso
Peshindan so'ng Suwon olib kelgan qahvani ichib biroz suhbat qurayotgan edik, taxminan 1 haftadan so'ng yangi ishchilar kelishadi shu sabab studiada tozalash ishlarini olib boryabmiz, keraksiz albomlar, egalari buyurtma berib song fikridan qaytgan ramkalar, bir nechta yaroqsiz foto aparatlar va shu kabi buyumlardan tozalashni boshlaganmiz. Suwon bilan suhbatimiz qizib, uning yoqimtoy hamda kulguli sózlaridan ózimni bosa olmay kular ekanman, studio eshigi ruxsatsiz ochilib kimdir kirib kelganini payqadik, qahvani stolga qóyib Suwonga o'zim qarashimni aytib eshik tomon chiqdim ammo kórgan insonimni kórib tomog'imdan havo ótmay qolgandek bóldi. 2 kun davomida ish bilan shunchalar mashg'ul bólibmanki Yoongi va uning taklifini yodimdan kótarib yuboribman..xatto homilador ayol ekanligim ham yodimda emas. Yoongining hissiz yuzini kórib qornimni sekin ushladim va hozir unga nimalar deyish haqida óylay boshladim
- xayrli kun Heeso ( Yoongi kóp vaqt sarflashni istamay men tomon bir qadam bosib salom berdi
- Yoongi...siz qayerdan
- ish joying..maqtanarli emas ammo ózingga yarashib turibdi. Kórinishdan ishlaring kópga óxshaydi ammo menga qónĝiroq qilib javobni aytishing kerakligini qanday unuta olishingni miyamga sig'dira olmayabman Heeso.
Yoongi gaplari orasida menga yaqinlashar ekan, uning ovoz toni tobora balandlab jaxldan qaynashni boshlagan vulqondek bolib borardi

Uning baland ovozidan Suwon ham ortimda kelib Yoongi va menga tikilib qoldi
- keling janob, nimadir kerakmi?
Yoongi Suwonga hattoki qaramay eshik tomon ortga qaytdi ammo chiqib ketishidan oldin - Heeso tashqariga chiqishing kerak deyishni unutmay eshikni qarsillatib yopdi. Uning felidan biroz asabiylashib ortimda turgan Suwonga qaradim
- Suwon...5 daqiqada qaytaman
Shoshilib uning javobini kutmay eshik tomon otilar ekanman ortimda kimdir bilagimni tutib qoldi
- u kim? Qandaydir mummo yóqmi? Suwon doimgidan boshqacha..jiddiyroq qiyofada menga qarab bilagimni biroz qattiq qisib yubordi
- yo'q hammasi joyida, tezda qaytaman

Tashqariga chiqib Yoongining izladim ammo uning ózi tugul soyasini ham topa olmay ónĝaysizlandim ammo kop ótmay eshitilgan qattiq mashina signali sabab miyamga Yoongi shu mashinada ekanligi haqidagi taxmin bilan mashina tomon yaqinlashdim. Men tomondagi oynalardan biri ochilib qora kózoaynak taqib olgan Yoongiga kôzim tushdi. U men tomonga qaramay shunchaki barmoqlari bilan mashinaga chiq degandek ishora yaratdi ammo ótgan gal mashinada u ózini qanday tutganini eslab bu fikr menga yoqmaslikni boshladi
- Yoongi...menga biroz vaqt berishing lozim
Ochiq mashina oynasidan gapirar ekanman, nikoyat beparvo shaxzoda men tomon kóz tashladi
- mashinaga chiq!
Yoongi góyo uning qarzdor quliga buyruk bergandek qatiyat bilan gapirgan ediki, nega u bilan bir mashinada bólishimni istamas ekanligimni aytishga ham qórqib indamay uning buyrug'iga ergashdim..yana
Oldingi órindiqdan joy olgach ichimda qaynayotgan barcha bahonalarimni tilimga chiqarishni istaganimda Yoongi mendan oldin suhbatni boshladi ammo umuman men kutmagan mavzuda
- uni his qila olyabsanmi?
Yoongi kózoynakda bólsada men tomon kóz tashlaganini sezdim. Uning savolidan biroz dovdirab barmoqlarim bilan qornimni tósgandek ushladim
- yo'q, u hali juda kichik, istasam ham his qila olmayman ( Heeso
- Heeso hali ham undan voz kechish haqida óylayabsanmi?
- menimcha ha..men..bu masulyatni eplay olmayman deb óylayman
- men otangga homiladorliging haqida xabar berdim, hozir esa ikkimiz uning yoniga boramiz
Yoongining kutilmagan va daxshatli yangiligidan so'ng nafas ola olmay ozimni yóqotib qóydim, u esa mening holatimga doimgidek parvosizlik qilib mashina eshiklarini qulfladi...ammo hozir bu eshikni ochishga ham kuchim yetmaydi. Axir otam men haqimdagi ahmoqona narsadan xabar topganida, Yoongi qanday qilib bu narsani mening roziligimsiz otamga aytishi mumkin. U rostan ham menga boshqa yól qoldirmayabdi, u bolakayni shunchalar istaydikk, unga erishish yólida bolaning onasini qurbon qilishdan ham tap tortmaydigan aqldan ozgan insonga aylandi balki ilgari ham shunday odam bólgan...xudbin,beparvo va hissiz

❤️🐱