April 22

9оу

8 - epziode ❤️🐱
- " Isagi "...bu nom sizga tanishmi?
Yoongi ikkinchi bor eshikni qóyib yuborib biroz qotib qoldi, sóngra qoshlarini chimirgancha Heesoga qaradi
- nega sórayabsan? Bu nom senga tanishmi? ( Yoongi
Heeso yigitning sirli nigoh bilan qarashidan biroz hafsiradi biroq ayni daqiqalarni ózida haqiqatni istagani sabab qórquvini chetka surdi
- siz haqingizda kòproq bilishim uchun Isagi ismi haqida bilishim kerak ekanligini aytishdi. Shu xolos
Yoongi qizning javobidan kulib uning yanoĝidan siladi.
- shundaymi? Unda umidlaringni puchga chiqaraman. Birinchi bor bu ismni eshitib turishim. ( Yoongi gapini yakunlab yana eshik tomon keldi. Uydan jónab ketar ekan Heesoga bir bor qarab qóygach mashinasini ót oldirib yólga tushdi.
Nimanidir bilishga, sirlarni aniqlaahga bólgan ishtiyoq endi ikki inson qalbida yonmoqda, ulardan biri Yoongining hech kimga ochiq kórsatmaydigan ózligini kórishni istasa, ikkinchisi yonidagi Heedo qanday bu ismni eshitgani va bunga kim sababchi bólganini aniqlashni istaydi.

Bir necha kunlik ta'tildan sóng óz ish joyiga kelgan Heeso, ichkariga kirishi bilanoq kóplab insonlarni kórib biroz dovdirab qoldi. Bir nechta 18 19 yoshli qizlar va ularning órtasida kameraning ichki qismlarini stolga sochib yuborgan Suwon, qizlarga kamera funksiylari haqida berilib tushuntirar edi. Heeso ustki kiyimi va sumkasini ózining doimgi joyiga ilib ularning yoniga joylashdi
– xayrli tong Suwon va...
Heeso hammaga kóz tashlab jilmaydi. Qizlar avval bir birlariga sóngra Suwonga qarab olishgach, yigitning ishorasi bilan ózlarini tanishtira boshlashdi. Heeso barcha bilan iliq suhbat qurgach yangi shogirdlar shu qizlar ekanini tushundi.
- endi ishga kelmaysan deb óylagan edim ( biroz ótib hamma óz ishi bilan mashĝul bólgach Suwon Heesoning yoniga kelib sóradi.
- nega? Bu fikrdan qayerdan keldi( Suwonning savoliga deyarli tushunmagan qiz hayron qolgancha sóradi. Yigit jilmayib kaftining qizning tekis qorniga olib borib bosdi
- uni charchatib qóyishni istamassan
Heeso Suwonning ĝalati harakatidan ónĝaysiz jilmayib ózini ortga tashladi - hozircha bu bilan muommo yóq, u hali menga halaqit bermaydigan darajada kichik.
Suwon bosh silkib tushundim degandek jilmaydi. Sóngra eshikdan kirgan mijozlar tomon bólib Heeso bilan suhbat yakunladi

Pov/ Yoongi....
Doimo aqlimga quloq solishim doimo duchor bólgan qiyinchiliklarimda meni asrab kelgan. Hozir ham aql bilan ish kórishga tayyorgarlik kórib tópponchamni qólga oldim va òq otilishi uchun shayladim. Qarshimda kichik stulga terisidan qon oqquncha qilib boĝlangan erkakka tikilib turibman. Uning gavdasi ortiqcha vazndan juda xunik holga kelgan, yuziga tushurilgan musht sabab bazi joylarda shish bor, deyarli butun tanasidan qotib qolgan qon doĝlari kórinib turibdi va ular juda badbòy...
U uyĝonishi uchun topponcha bilan boshiga bir necha bor urdim. Erkak talvasada oĝir nafas olib uyĝondi. U óziga tóliq kelib ulgurmay hayoti uchun raxm shavqat sóray boshladi...jirkanchlik...uning tashqi kórinishi ham ichki dunyosi ham shu sóz bilan ifodalanishini sezdim. Tópponchani uning peshonasiga olib borib uning diydiyolariga yakun yasash maqsadida tepkini bir necha bor ketma ket bosdim. Tamom. Endi u murda. Ortiq yer yuzida unga órin yóq....

Yertóladan chiqqach ortiq bu iflos insonni óylagim kelmadi va mashinaga chiqib uyga jónadim. Egnimga oĝirlik qilayotgan kiyimlardan tez fursatlarda halos bólishni istaganim sabab uyga kelishim bilanoq yuvindim va bugungi ust boshimni axlatga uloqtirdim. Tanamga erkinlik va tinchlik zarur, kózlarim ham biroz tin olishni istayabdi. Bugungi kun uchun yetarli qotilliklar sodir etildi. Endi biroz dam berish vaqti keldi. Shunchaki shiftga tomon tikilish, hech nimani òylamaslik haqiqiy dam olish ammo endi miyamda yolĝizlik yóq, endi menda doimo óylaydigan muommo bor...negadir endi bundan afsuslanyabman
Yoongi shiftga tikilgancha hayollari bilan band ekan telefoniga kelgan qónĝiroq ovozidan fikrlari ayovsiz tarzda buzildi. Yigit yuzida norozilik bilan ekranga qarab nomalum raqam ekanligini kórgach, javob berish tugmasini ekran bóylab surdi

– 📞 –
- Isagi? Men tógri raqamga tushdimmi? ( telefon ekranidan erkak kishining tovushi eshitildi biroq u bergan savoliga javob olmadi. – menincha adashmadim. Sen uchun yangi ish bor ammo bu safar biroz xavfliroq. Senga malumotlarni yuboraman. Lekin kim tomonidan topshiriq berilgani aytilmaydi. Narxini esa sen istagandek qilamiz. Rozimisan?
Erkak biroz kutgach javob bôlavermagach shuchaki- kelishdek deb qóya qoldi sóngra qónĝiroq Yoongi tomonidan yakunlandi. Navbatdagi ish biri tugamasidan kelgani yigitga yoqmay turgani aniq ammo mómaygina pul kimga ortiqchalik qiladi...
Heeso doimo qatnaydigan shifoxona darvozalaridan ikki juftlik qól ushlagancha chiroyli tabassum bilan chiqib kelishmoqda. Vaqt tushlikka yaqin bólgani sabab barcha doktor va hamshiralar óz hamkasblari bilan taomlanish uchun ketishgandi. Taehyung Jihyeening yelkasidan qólini ótkazib olgancha mashinasi tomon ketardi
- agar sen yordamchi sifatida bu yerga kelmasam qanday uchrashishimiz mumin edi? ( Yigit rulga joylashib sóradi.
- masalan, men bemor bólishim mumkin edi yoki filmlardagi kabi siz bilan to'qnashib ketishim ham. Agar taqdir bólsa baribir uchrashishimiz mumkin edi
Qiz góyo taqdir óyinlarini qòllari orqali tushuntirmoqchidik ularni ĝalati óynatdi.
- yaxshi, shunday ham deylik agar taqdir bólmasa nima bólar edi
Jihyee biroz óylanib yelka qisdi - albatta uchrashmasdik. Tamom
Yigit yuzida hayron qiyofada qizga qarab qòyib yana yólga bor etiborini qaratdi.
Sevgan qalblarda doim baxtdan sarmast onlar bólsada, yurakning bir uchida doimo qórquv yashirinib yuradi...hozir yonida uni quvonchdan junjitgan yuragini ertaga butunlay yer bilan bitta tarzda qulatib ketishi yoki shunchaki ayriliq. Taehyung bu qórquvni his etib biroz óylanib qoldi. Yana yonidagi yólga tikilib ketayotgan qizga boqib, jimayishga urindi.
- kel hozirgi hayot haqida gaplashamiz, kelahagimiz haqida. Aniq bilaman taqdirimiz birlashgan. ( Taehyung qizning qólini oz barmoqlari orasiga joylashtirib ularni ópib qóydi. Kafti ichidagi qaynoq qóllarini qattiq siqar ekan miyasidagi òylardan qutulishga qattiq harakat qilardi....

Vaqt allaqachon kechki 6 lardan ótgan Yoongi mashinasini Heesoning uyi yoniga tóxtatib eshik yonida turib qònĝiroqni chaldi. Bir necha bu ishni takrorlab javob kutar ekan, Heesoning eshik ochishidan darak yóq edi. Yoongi eshikni ichkariga tortib, uni ochiq ekanligiga amin bólgach ichkariga kirdi. Uy chiroqlari yoniq, barcha xona eshiklari esa lang ochiq holda. Yoongi sekin ichkariga xonaga kirar ekan yolakda yotgan sumka va ustki kiyimga kózi tushdi. Sóngra mexmonxonaga kóz tashlab Heesoni izlay boshladi. Yoongiga tanish xonada kichik kulrang divanda Heeso kichik bólib yotardi. Bundan xavotirga tushga yigit uning yoniga borib egildi. Qizning sochlari yuziga tushib turar, u esa qattiq uyquga ketgandek lablarini shishirgancha yotardi. Yoongi barmoqlarini uning yuziga olib borib sochlarni uning yuzida nari surdi. Ammo shu holda ham Heesoning ahvoli biroz yaxshi emasligi aniq kórinib turibdi. Yoongi bunga tushunmay bosh chayqab yotoqxonadan qizning ustiga choyshab olib keldi. Uni ustki kiymi yupqa bólgan qizning ustiga yopib ikkinchi divandan joy oldi va qizga shunchaki tikilishni boshladi...

Pov/ Heeso
Kóksimda ĝalati oĝriqdan kózlarim sekinlik bilan ochilishni boshladi. Ammo negadir kipriklarim bir biriga qattiq talpinar shu sabab butunlay uyĝonish men uchun qiyin edi. Biroq kóksimda turgan oĝriqning kuchayishi bunga izn bermagach ózimni butunlay uyĝotishga majbur bóldim. Noqulay tòshakdan tanamni kótarar ekanman, ustimda ózimning yopinchiĝim borligini kórib biroz hayron qoldim, ammo keyinroq divanlardan biriga boshini eggancha mendek uyquga ketgan Yoongini kórib buni tushungandek bóldim. U boshini ortga suyagancha bir tekis holatda yoqimtoy mushuklardek beozor uxlardi shu sabab unga xalaqit berishni istamay ustimdagi choyshabni uning ustiga yopiq qóydim.
Soatni tekshirganimda vaqt 19:10 lar edi, ishdan kelganimga 2 soat bòlib ammo qanday uxlab qolganimni bilmayman ham.

Holsiz holda xonamga yòl olib yangilangan dorilarimning nomlarini kuzatdim va Taehyung oĝriq kelganda ichilsin degan dori idishin topib tezda ichib yubordim. Yuzimni yuvib yana Yoongidan xabar olish uchun uning yoniga bordim. Tósatdan unga kelgan xabarning kichik ovoziga etiborim tushib telefonini qòlga oldim. Kodsiz ekanligi sabab shunchaki bir surish bilan telefonni ochdim. Ochiĝi xabarni óqish niyatim yóq edi, yuqorida yangi kelgan xabarlarning biriga kózim tushdi xolos
✉️...
- 26 yosh, hirurgiya bólimi bosh shifokori, kardiolog...
Xabar davomini óqishga ulgurmay qólimdan telefon yulqib olindi. Qarshimda biroz jiddiy jaxl aralash qiyofada Yoongi telefoni óchirib chóntagiga soldi.
- shaxsiy telefonga tegish mumkin emasligini aytishmagan kòrinadi ( Yoongi kózimga tikilib qosh chimirdi.
- shunchaki...kechiring. Birovning narsani sóroqsiz olish betarbiyalik sanaladi...
Heeso biroz bosh egib lab tishladi. Yoongi bunga etibor qilmay uning yonidan ótib ketdi.
- 15 daqiqada ketamiz Heeso, seni mashinada kutaman. Oĝir nimadir bòlsa ayt
Eshik yonida turgan yigit biroz sovuqqon gapirdi
- yòq, olib ketadigan buyumlarim oĝir emas...
Yoongi uyni tark etgach Heeso yana ózini yaxshi his qilmaslikni boshladi gòyo kòngil aynishi uni shunchaki órab olgan ammo qòyib yubormaydigandek. Qiz oldindan tayyorlangan buyumlarini olib uydan chiqdi...
8 - epziode tugad.❤️🐱