May 29

Deja vu

Yomgʻirli havo. Eun woo bilan qahvaxonada oʻtirar ekanmiz avvalgi sevgimizdan asar ham yoʻq. Jim oʻtirar edik. Ora sirada men gapirmasam Eun woo deyarli jim. Bilaman u hozir boshqasini sevadi. Ammo unga oʻrganib qolganman. Undan boshqa hech kimim yoʻq. U sekin gap boʻshladi

-Mina... Ikkimiz ham bilamiz.. munisabatlarimiz avvalgidek emas. Kel munosabatlarimizni toʻxtamiz. Mmm men ... Boshqasini sevib qoldim. Va sen bilan uchrashib yurish meni qiynayapti. Sen bilan oʻtgan 3yil ajoyib edi. Men umuman afsuslanmayman. Sen bilan uchrashganimdan. Ammo kechir hozir boshqasini sevaman.

Uning gaplaridan ichimda nimadir uzulgandek boʻldi. Men uni sevaman. Undan boshqa hech kimim yoʻq. Boʻgʻizimga nimadir tiqildi. Yigʻlashni baqirishni hohladim. Ammo jim qoldim

-mmm yaxshi. Baxtli boʻl.

Qahvaxonadan chiqib yigʻlab yubordim. Bilmayman qayerga ketyapman. Osmon ham men bilan teng yigʻlamoqda. Endi bu hayotda yashashni hohlamayman. Nega? Nega men omadsizman? Nega men hamma qizlar kabi baxtli emasman? Oʻzimga savollar berib ketar ekanman yurishdan charchadim. Atrofga qaradim notanish joy.eski gishtlardan qurilgan kichik devorlar huddi oʻtmishga tushib qolgandek. Ammo ahamiyat bermadim. Koʻcha chetidagi qizil skameykaga oʻtirdim. Hayollarga berilib oʻtirar ekanman koʻcya ohiridagi doʻkondan chiqgan ayolning tuflining ovozi meni oʻziga tortdi. Ayol yonimdan oʻtib ketar ekan yerga bir uzuk tushdi. Avvaliga indamadim. Ammo ayol uzukni olmadi. Tezda uzukni olib ayolga qaytarmiqchi boʻldim. Ammo ayol yoʻq. Nima? U qayerga ketti?

Uzukga qarab keyin ayol chiqgan doʻkonga qaradim. Balki ayol yana doʻkonga qaytar. Uzukni sotuvchiga qoldirmoqchi boʻlib doʻkonga kirdim. Doʻkon ichida turli tarixiy buyumlar bor edi. Deyarli 21 arsga tegishli buyum yoʻq. Doʻkonni aylanar ekanman ortimdan bir yigitning ovozi keldi

-qanday yordam bera olaman?

-umm hozir taxmiman 5daqiqa oldin doʻkoningizdan bir ayol chiqib bu uzukni tushirib qoldirdi.

-ayol? Umm kechirasiz ammo doʻkonga ohirgi 2 soat ichida kirgan yagona odam bu siz.

-nima yoʻq chindan ham shu eshikdan chiqdi rosti.

Yigit qizga yaqinroq qadam tashladi va ovizi sekin payasdi

-eshiklar bir ammo xonalar boshqa....

-umm nima?

-mm shunchaki hech nima. Choy ichasizmi?

Yigit orqaga qadam tashlab

-umm yaxshi boʻlar edi...

Yigit choy olib keldi va qizga uzatdi

-mm mayli uzukni bir koʻrsam

-Ha albatta mana

Uzukni qoʻlimdan olib yaxshilab qaradi va miyagida kulib uzukni qaytardi

-mm men ketyapman choy uchun raxmat.

-yaxshi yetib oling....*qiz doʻkondan chiqishi bilan yigit sekin gapirdi* malika!...

Doʻkondan chiqib sotuvchining biroz gʻalati muomilasini esladim va uzukni barmogʻimga taqdim. Uzuning tishi silaganimda barmogʻimni kesdi va bir tomchi qon uzuk ustiga tushdi. Mashinaning ovozida koʻzlarim katta boʻldi. Men uoʻl oʻrtasida edim va katta furgon men tomonga tez kelar edi. Men qimirlamasdan qotib qoldim qulogʻim chiyillab koʻz oldim qorongʻulashdi

Tebranishlardan sekin koʻzimni ochdim men aravadaman .. qirollik aravadi yonimda esa bir qiz oʻtirar edi va menga yuzlanib havotir bilan gapirdi

-malikam,ahvolingiz yaxshimi? Nega yana qochib kettingiz? Qirol sizdan qattiq gʻazablangan.

Men uning gaplariga tushunmadim. Malika? Qirol? Qochish?

-men malika emasman. Sen kimsan. Qanday qirol. Men hech kimdan qochganim yoʻq!