May 1

9оу

10 - epziode
– Notógri qadamlar qandaydir tarzda dars bóladi deyishar edi biroq men bu qadamlarni sen bilan tashlashni istamayman. Menga órgatilgan dars emas, hayot bergan mukofot ból...
Yoongi atrofga termulgancha yosh qizaloqlardek sakrab ketayotgan Heesoning ortida ergashar edi. Nihoyat bir necha yólaklardan sóng Heeso bir eshikni kórsatgach eshik qarshisiga qòyilgan skamekalardan biriga ótirishini Yoongiga tayinladi
- nega? Sen bilan kirishim mumkin emasmi? ( Yoongi qosh chimirib sóradi
- shaxsiy shifokorim yonida yolĝiz bólishim yaxshiroq deb óylayman. Shu sabab ham sizga ketishingiz mumkin ekanligini aytgandim ( Heeso qarshilik qilayotgan Yoongiga qarab biroz zidda bilan gapirdi.
- yaxshi...
Heeso bundan jilmayib doimo keladigan eshigini taqillatdi sóngra tutqichni tortib xonaga kóz tashladi.
- shuni bilish uchun chaqirtirdingmi? Shunchaki qónĝiroq qilsang ham javob berardim ( Heeso ensa qotirib sumkasini yelkasidan oldi
- gapni burmay boshlasangchi..buni ustiga kantaktimda ayol kishining raqami qolmagan, bazi rashkchini deb ( Taehyung
Heeso yigitning becharahol yuzidan kulib yuborganini bilmay qoldi. - shunaqa degin. Yaxshi..ózm ayta qolaman. Homilam 4 haftalik, soĝlom. 1 kundan buyon uning otasi bilan birga yashayabman. U menga ĝamxórlik qiladi. Menimcha boshqa beradigan malumot yóq.
- mmm...turmush qurish niyatingiz bormi? Yoki bolani nikohsiz dunyoga keltirmoqchimisan
- bu haqida...hali bilmayman.
- qoyil Heeso xonim, hayotingni shunchaki kimgadir berib qóydingmi? Dadang bunga qanday qaradi?
- uni óz homilani asrab qolishni iltimos qildi. Yoongi hatto dadamga yoqishga ham ulgurgan
- Yoongi? U bolaning otasimi?
Heeso ha degandek bosh irĝagach Taehyung labini tishlab qóydi xolos.
- Heeso, mendan homiladorlik yuragingga qanday tasir qilishini sòragan eding. Xavotir olmasang bóladi, bolakayni senga zarari yoq ammo shu 9 oy mobaynida ózingi juda asrashing zarur. Asabiylashish, zóravonlik, kuchli toliqish, qattiq óylash va seni óylantiradigan barcha narsadan ehtiyot bólishing zarur. Bu degani sen asrashing kerak bólgan yurak endi 2ta. Bu davrda ayol organizmida har qanday nervlar qattiq zaiflashadi, sendagi yurak yetishmovchiligi ham qanchalar ózingga etibor berishingga boĝliq. Yangi dorilar róyxatini qoldirmay ich. Agar qandaydir bezovtalik his etsang menga qónĝiroq qil. Iltimos Heeso hayoting bilan tavakkal qilma, tanang biroz zaif. Ózingni kapalakdek asrashing juda muhim!
( Taehyung Heesoning soĝligi haqida kerakli tushunchalarni berib, unga bazi foydala tana mashqlarini ham kórsatdi.
- barchasi uchun raxmat Tae. Menga tanish genekolog raqamlarini bera olasanmi? Doimo turli shifokorlarga borishni istamayman. ( Heeso
- albatta, bizning klinikada ham tajribali ayol ginekologlar kóp. Hozir raqamini yozib beraman. ( Taehyung kichik qoĝozga raqam yozish uchun órindiĝiga joylashdi. Ammo ikkisining ham fikrini taqillagan eshik buzdi. Heeso ochilayotgan eshikka etibor qilmay ótirar ekan Taehyung eshik yonida jiddiy qiyoda turgan yigitni kórib qosh chimirdi
- keling janob?
Heeso endi ortiga qarab eshik yonida qovoĝini óygancha tik turgan Yoongini kórib kózlarini katta katta ochgancha qoldi.
- Tae..bu Yoongi. Mening...( Heeso órnidan turib Yoongining yoniga borib uni xona ichiga boshladi ammo mening sózidan sóng biroz óylanib qoldi. Yoongi mening hech kimim emas aslida...u buni óylab biroz ónĝaysizlandi va shunchaki farzandimning otasi deb qóya qoldi. Taehyung buni eshitib órnidan turdi va Yoongi tomon qól chózdi.
- tanishganimda xursand Yoongi.

Men Heesoning kardiolog shifokoriman. Kim Taehyung
Yoongi Taening qólini siqib qóydi.
- tanishganimdan xursandman Taehyung. Kardiologman dedingizmi? Heesoda qandaydir kasallik bormi? ( Yoongi qosh chimirib Heesoga qaradi. Taehyung ham bunga tushunmay nigohini Heesoga tikdi
- bundan xabaringiz yo'qmi? ( sóradi Tae

Biroq Yoongi javob berib ulgurmay Heeso ularning suhbatini buzib yubordi
- Yoongi sizga ózim barini yólda aytib beraman.
U Yoongining qólidan tortib eshik tomon torta boshladi. - kórishguncha Tae. Nimadir bólsa qóngiroq qilaman!
Heeso oxirgi sózlarni balandlab aytdiyu Taening eshigini yopdi.
- Heeso? ( Yoongi uni bolalardek yetaklab ketayotgan qizdan sabab talab qilgandek uning ismini aytdi.
- yòlda barini aytaman dedimku. Shu shifoxonadan chiqib olaylik~

Pov/Jihyee
Bugun ishga kech kelganim sabab tushlik vaqtimni qirqib tashlashgandi. Tongi akam bilan bólgan suhbatdan sóng ham anchayin ózimga kela olmay hayolim parishon holda. Ammo telefonimga kelgan xabarni kórib yuzimda óz ózidan tabassum yugurdi. Bundan butun tanam yayrab Taening xabariga mitti yuraklar bilan javob yozdim.
Taxlil natijalarini bahona qilib 3 kundan buyon uning operatsiyalari sabab kóra olmayotganimning soĝinchini bosishga shoshilardim. Nihoyat uning eshigi yoniga kelib eshikni taqillatdim. Biz óz taqillatish usulimiz bor, bu eshik ortida begona kimdir emas, bir birimizni sevgan ikki insonlardan biri turganini bildiradi. Eshikni taqillatib eshikni sekin ochib xonaga kirdim va allaqachon katta gavdali va yoqimtoy ayiqchamning baĝrida edim. Taehyung uzun qóllari bilan butun tanamni quchoĝiga joylab eshikni ishkaridan qulflab oldi. Sóngra sochlarimni ham jizzilatib yuboruvchi ovozdan qaltirab ketdim
- soĝinchimni qanday bostira olaman...
Taehyung kichik tabbasum bilan bóynimda u uchun kerakli ifor bordek qattiq hidladi.
- operatsiya alo darajadami? ( ongimga boshqa sóz kelmay, uning quchoĝidan chiqmagancha gapirdim. U deyarli ustimga ózini bosib olgan kòyi boshini silkib bolalardek jilmaydi.
- Tae...biroz siqildim. Endi qóyib yuborsang bóladi ( Jyee
- lekin soĝinchim bosilmadi. Kamlik qilyabdi
Uning yanada baĝriga olishidan rostan ham nafasim yetmay qolayozgandi. Shu sabab ózimni bu quchoqni buzdim.
- ranjima. Rostan nafasim siqib qóygudek quchoqlading.
Taehyungning yanoqlaridan chimdib undan bu ishim uchun uzr sóradim.
- sen uchun bòlgan sevgimning kichik zarrasi edi bu Jyee. Xósh tushlikka qayerga borishni istaysan. Manabu mitti qorinchang nimani istaydi ( u oq xalatim ustidan qornimni bosib yuzimga chaqaloqni avrayotgabdek qaradi.
- afsus, sen bilan bora olmayman. Bugun kech qolganim sabab tushlik vaqtim qirqilga. Bizni bólimda qonun bu qonun axir
Taehyung sózlarimdan qosh chimirib telefonini qólga oldi.
- sen uchun ruxsat olishim mumkin ( u raqamlar ketma ketligini terayotganda bu qarshilik sifatida barmoqlari ustiga ózimnikini bosdim
- bu shart emas, qoidalarga amal qilishim zarur edi. Hamma singari óz jazoyimni ham ótay olaman.
- qóysangchi Jyee. Sensiz tomoĝimdan qil ótmaydi! ( Taehyung yosh bolardek lab sheshirib burnini jiyirdi.
- yosh bolakay bólma Tae! Bu katta muommo emas. Faqat ehtiyot bòlgin. Iloji bólsa yolĝiz yurma..xòp?
- bola bólma deb bolalardek qayĝuryabsanmi? ( Taehyung
- shunchaki..ehtiyot ból dedim xolos ( uning mazahona jilmayishdan men ham kulib yubordim ammo hayolimning qaysidir burchagida Jungkookning tahdidi yodimga tushib tabassumim yoĝib bólganini sezdim
- qachondan buyon etiborli bólib qolding? ( Taehyung kózlarini sirli qarash bilan menga boqdi. Uning porlab turadigan kózlarini kórib negadir kózim namlanganini bilmay qoldim. Buni Taedan yashirish uchun qólimni uning yelkasidan ótkazib lablariga labimni bosdim. Ammo yanoĝimdan dumalayotgan qaynoq kóz yoshlarim bir biriga navbat bermay toma boshlaganini ham sezdim. Bunga endi parvo qilmay Taehyungning sochlaridan qattiq chimdib uning lablaridan qattiq ópishni boshladim ammo bu musobaqada kim oldinda ekanligini bildirmoqchi bólgan yigit qóllarini belimdan aylantirib menikidan ancha farqli ravishda bòsamizni chuqurlashtirib yubordi

Qalbimizda yonayotgan olovni bostirish uchun bósalardan foydalanar ekanmiz, endi kóz yoshlarimni boshqara olmay qolgandim..shu sabab Taehyung bósani buzib nam yuzimga qayĝurish bilan tikildi, uzun barmoqlari bilan yoshlarimni mayinlik bilan artdi.

- nimadir bòldimi Jyee ( u bexabar va sodda ifoda bilan kózlarimga tikilar ekan, hiqqillab uning kóksiga boshimni qóydim.
- shunchaki...seni qattiq sevaman Taehyung. Xatto judayam qattiq.
Uning ifori dimoĝimga taraldo, yelkamda erkak qóllarini his etdim. Menimcha yoshlarim sabab Taehyungning kóylagini ham ivitib yuborgandim. Ammo u bunga parvo qilmaydi, shunchaki sochlarimni silab quloĝimga nimalarnidir pichirladi xolos
- men ham sevaman kichkintoy, yiĝlashni bas qil. Bu meni qiynayabdi....

Yoongi va Heeso mashinaga joylashishgach, orada noqulay sukut yuzaga keldi. Qiz kamarini ótkazib iloji boricha nigohini Yoongiga bilan tóqnash kelmaslik uchun olib qochardi biroq bu uzoqqa bormadi. Yoongining yógon va tinch ovozi qizni bir zumda chóchitib qóydi
- Heeso...men kutyabman. Yoki shifokoring aytib berishiga yól qóyishing zarur edi! ( Yoongi
- men..buni aynan ózimga sizga aytishni istadim xolos. Farzand dunyoga keltirishga rozi bólganimdan sóng, u va kasalligim órtasida qandaydir mummo bólish bólmasligini bilmaganim sabab sizdan yashirgandim Yoongi. Lekin Taehyung bu mutlaqo homilamga tasir qilmasligini aytdi...havotirga hojat ham yóq.
- Bu kassalik yuraging bilan boĝliqmi?
- xa, menda yurak yetishmovchiligi bor. Deyarli ósmir bólganimdan beri muolajalar bilan bu kamchiligim bilan kurashib kelyabman. Ammo hozir barchasi yaxshi, uni men uchun yomon tasiri yóq.
- bu yaxshi... ( Yoongi jilmayib turgan qizga kòz tashlab yana etiborini yólga qaratdi.
- Yoongi...sizga bolakaylar yoqadi, shundaymi? ( Heeso sózini yakunlab Yoongi tomon kóz tashladi. Yigit berilgan savolga shunchaki bosh silkib qòydi.
- unda siz ògil bólishini istaysizmi yoki qizaloq? ( Heeso
Yoongi navbatdagi savoldan qoshlarini kótarib biroz jilmaydi.
- ógil...kuchli, aqlli va kelishgan ógil farzand. ( Yoongi
- agar...qiz bólsachi? Biz turmush qurmaganmiz..agar qizaloq tuĝilsa uni tashlab ketasizmi?
- nega bunday deb óylaysan? Nima bólganda ham u mening farzandim va uni asrash, ĝamxórlik qilish otalik burchim.
Heeso Yoongiga tikilar ekan, uning yoqimli ovozidan quloĝi mast bólgandek edi. Qalbida qandaydir iliqlik uyģonib uning yuzida tezda ópib qóydi.
- bu safar beetibor bólmay savollarimga javob berganinggiz uchun raxmat ( Heeso

Vaqt kechki sakkizlardan ótishni boshlagan sabab Heeso allaqachon uyqsirashni boshlagan edi. Yoongi Heesoni yana ishga borishini hohlamay uni uyiga tashlab ketgan edi, shundan buyon Heeso bu uyda deyarli tinmadi. Har bir xonani o'rganib chiqdi, iloji boricha bu xonadonga ózini moslashtirishga harakat qildi. Hozir mehmonxonada joylashgan keng divanga qorin bóyi yotib olgancha televizordan film tomosha qilar ekan, stol ustida allaqachon kesilgan mevalardan bir ikki bólak qolgan edi. Heeso sabrsiz holda soatni tekshirgach xafa bólgandek labini jiyirib qóydi.

Men ich ichimdan Yoongini tezroq qaytishini yana u haqida nimalarnidir bilib u bilan suhbat qurishni istayotgandek edim. Ammo bu hohishlarmning sababini bila olmayabman, shunchaki òtayotgan daqiqalarimni qaysidir millarini u uchun bagishlashni istayman. Biroq men istayotgan inson hali hanuz kórinish bermayabdi, unga xabar yozganimga ham 30 daqiqadan ótgan ammo javob kelmagan. Endi filmni ham tomosha qilishga hohishim qolmay ikkinchi qavatga kótarildim. Yoongi men uchun taxlatgan xonaga kirib yosh bolalarcha ĝingshib yubordim. Bu qanday ahmoqlik? Kónglim nimanidir tusaydi ammo u nima ekanligini ózim ham topa olmayabman! Men ózimdan jaxl qilyabmanmi?

Heeso alami kelib yotoĝi ustida turgan bir nechta yostiqlarni olib xonananing qaysidir burchagiga uloqtirdi. Sóngra jaxlini nimadan olishni bilmay tovoni bilan xonada qadam tovushlarini eshittirib yura boshladi. Bir necha daqiqadan so'ng bundan ham charchagan qiz jimgina borib yotoqqa joylashdi va uxlashga harakat qilib kózlarini yumdi

Kechki ob havo salqin ammo Yoongi tanasida avj olib kirgan alkagoldan bu salqinlikni his qilmasdi. Undan keladigan ichkilik hidi hamda kuchli sigara ifori aralashib yigitning qimmatbaho atir kuchini allaqachon bosib olishgandek. Yoongi uyiga kirib aylanayotgan boshiga etibor qilmay ikkinchi qavatga kótarildi, egnida unga ogirlik qilayotgan kiyimlarini istalgan burchakka otib ózini yengillatdi. Óz xonasi tomon ketar ekan, nigohi karidorning chap burchagidagi eshikka qadaldi.
Yigit sarhush holda Heesoning eshigini ochib xonaga kóz yugurtirdi. Deraza biroz ochiq bólsada xona anchayin salqin shu sabab yotoqda qiz g'ujanak bólib uxlayotganini kórdi. Hozir u ózini aniq his eta olmas, qabul qilgan votka shishalari allaqachon Yoongining ongini egallagan. Shu sabab hayollaridagi chalkash fikrlarni chetgs surib shunchaki qizning yonida joy oldi. Heeso Yoongiga qarama qarshi holda yotgani sabab u yigitning baĝriga osongina singib ketdi góyo. Yoongi bu holatdan ichida taskin topdi, qizning belidan barmoqlarini ótkazib uni óziga yaqinroq tortib joylashtirgach uning ochiq bòyniga yuzini kómdi va kózlarini ilitgan uyqu sabab kóp ham vaqt ketkazmay uxlab qoldi....

* Inson hislari óynoqi va ular hech qachon óz egasiga bóysungan holda ish olib bormaydi. Ular hayotimizda sodir bóladigan eng shirin hamda azobli onlarimizning asl sababchilaridir. Tungi oqshomda ham har bir inson qalbida turli hislar va óylar aylanar ekan Heesoning yonida tim uxlayotgan erkakning aqli va yuragi góyo jang olib boryabdi...