April 29

ahmoq hayot

Bilasizmi, Insonlar ōylaydi meni sevadi va menga xiyonat qilmaydi... Bazida bu ōylar xato bōlib chiqadi. Chunki dushman nafs bōlsa bu xato eng buyuk tuyğuni ham yōqa chiqara oldi.
Haa haa nafs sizning muhatingizni hech qanday tōsiqlarsiz yōqa chiaqardi. Biroq qancha xato qilsangiz ham kechirivchi qalblar bor ular sizning shirin sōzingiz, mehringiz va etiboringiz bilan parcha parcha yuraklarini yelimlaydi. Shirin sōz eshitmaydigan, juftidan rōshnollik kōrmaganlarchi. Ular ōz muhabbatlarini yelim qiladilar biroq bu abadiy emas. Chunki har dars ketgan yerga foydanlingan yelim ularning muhabbatlarini qaysidur qismi bōladi.

" Ketolmaydi deb ōylamang, bir kuni ularni yōqatganingizni sezasiz, biroq kech.. juda kech"

Pov Sena
Yoshim 28 da men va erim juda baxtli hayot kechiramiz hech qachon hayotimdan nolimaganman. Erim bir kompaniyada oddiy ishchi bōlib ishlaydi. Mening ham kichik gul dōkonim bor. Ollohim menga hamma narsani bergan baxt, pul biroq meni bir narsadan mosivo qildi. Ha, ha bilganingizdek bu farzand. turmush qurganimizga ikki yil bōldi ammo farzand kōra olamadim doctorlarni aytishicha erim va mening yulduzimiz tōğri kelmayapti ekan. Erim boshqa ayoldan, men esa boshqa erkakdan farzand kōra olaman. Ammo buni istamayman erimni sevaman deyolmayman biroq unga juda qattiq boğlanganman. Usiz bir soniya ham turolamayman. Balki bu Sevgi. Bizning hayot shunaday tinch va mōjizaviy edi. Biroq bir kuni uzoqdan biz tomonga quyuq tuman bostirib kela boshladi. Ha u mening oilamni ahiligini kōra olmadi.

1 - hafta avval
Erimni lavozimni oshirishdi. Aytishicha u chet ellik mehmonlarni kutib olish va kuzatishga masul ekan. Shu sababli korxona bazm uyishtiryotgan ekan. Bugun esa u uyga ichib keldi.
Eshikni ochganimda u oyoqda turolmaydigan darajada ichgandi.
- Jungkook...
- ohh mening aziz hotinim eshikni ochdi.

Uni yelkalab olib mehmonxonadagi devanga yotqizish choğida söradim.

- nega buncha kōp ichdingiz( oldin uni bunday odati yōq edi.
- - hotinjon menga javrashdan olidin bitta, a-atiga bitta bola tuğib ber.
Uning tinib tinib gapirgan gapidan sōng ichimda bir nima uzilganday bōldi. Oyoqlar uchigacha muzlab kettim.
- Jungkook siz hozir ichgansiz yura qoling honaga olib chiqaman.
- Yōq men shu yerda uxlayman, sen bilan bir tōshakda yotmayman. Shu sōzlarni aytdiyu devanga oğanadi.
U shunchalar oğir edi bir ōzim uni ikkinchi qavatga olib chiqishga kōzim yetmadi. Tepadan adyol olib chiqib ustini ōradim. Qarshisidagi devanga ōtrib uzoq ōyladim, uzimni yiğidan tiyolmadim, ovozimni qancha tiyishimga qaramay, burnimning tortish va tez tez nafas olishim xato uxlaganda ham sergak yotadigan erimning ğinshishiga sabab bōldi. Va u biroz siljindi. Uni uyğotib yubormaslik uchun tepaga chiqib ketishga qaror qildim. Tepasiga kelib adyolni yelkasigacha tortdim va hayolimga kelgan ishni qilishni boshladim. Uning oq kōylagini bōyin qismini tugmalarni yechdim. Kōrgan narsam meni hayratda qoldirdi. Uning bōynida qizil ayollar lab bōyoği bor edi. Bunga chidayolmay xonamga yōl oldim xonamga kirdimu tiyib turgan kōz yoshlarimni chiqardim.
Pov Sena

Yōq, yōq bu shunchaki tasodif bölishi ham mumkin, uni uzi aytmaguncha indamayman. Haa haa u menga hiyonat qilmaydi....Uni shu darajada qattiq sevibmanki hatto menga hiyonatni ham uni oqlashga harakat. iltimos bizga buni ravo kōrma...

Ertasi kuni
Tuni bilan uxlolmay chiqdim. Ertalab kōzlarim ishib ketibdi. Bir nechta upalarimdan foydalanib uni berkitdim va erim uchun nonushta tayorlay boshladim. Uyğongandan sōng birga nonushta atrofiga ōtirdim.
- Kechqurun nega buncha kōp ichding.( Etiborsizlarcha sōradim. Biroz menga tikildida javob berdi.
- kompaniya katta shartnomani imzoladi shuning uchun kichik bazm bōldi.
- bugun bōshmisan
- yōq bugun meni kutmay kechlik qilaver, bugun ham ishlarim kōp.
-Yaxshi.
Shu bilan suhbat yakunlandi. U qōzğaldi va kastyumni ilib keta boshladi. Menga shu darajada alam qildiki. Stol ustidagi narsalarni otib yubordim.
Pov Sena
Qaysi aybim uchun meni buncha qiynaysan. Senga nima kamlik qildi ayt.balki mast bōlgani uchun eslolmayotgandir..
00:30
Eshik qoʻngʻirogʻi chalinishidan uyğonib ketdi qarasam mehmonxonada uxlab qolibman. Asta turdimda eshikni ochdim yana shu holat u bōkuncha ichgan. Yotoqxonaga yotqizdim. Uning kōylak tugmalarnini yecha boshladim. Bilaman keyin afsuslanaman biroq qiziqish ustunlik qildi choği barcha tugmalarni yechib chiqdim. Uning tanasi zasos*lar bilan tōlgan edi. U biln bir xonada yotolmasligimni sezib boshqa xonaga ōtdim.Qanchalar aynchli ahvoldaman.

Ertasi kuni tong.
-Bugun ham kech kelasanmi
- unda eshikni ōzing och aytganingdek seni kutganim yōq sen esa meni bezovta qilyapsan ( bu gaplarimdan uning jahli chiqadi deb ōladim U esa menga etiborsizlarcha YAXSHI dedi holos.
22:30
U bugun vahtli qaytdi. Devanda ōzmni uxlaganga solib yotar ekanman. U kelib devaning nargi tomoniga yotdi. Tun men uchun azob edi tuni bilan uning xirillab qandaydir qizning ovozini tinmay takrorlashini eshitish bilan ōtdi.

Demak ōsha mendan erimni tortib olayotgan oyimcha,Monica. Aytish mumkinki u ōsha chet ellik hamkor bōlishi mumkin. Erim qandaydir chet ellik xonimga ōralashib qoldi