April 19

9оу

6 - epziode
Tong odatda quyoshli va charoĝon bólishi kerak edi, qandaydir qushlar sayrashi yoki hech bólmaganda xonaga tushib turadigan zarrin nurlar, tun bóyi tana charchoqdan xalos bólgan góyo energiyaga boy...bólishi kerak edi. Biroq..biroq menda bularning hech biri yóq, soat 8 bólganini tinmay jiringlayotgan soatdan bilayabman xolos. Xonamning pardalari yopiq shu sabab ichkari qoronĝuroq. Tanam esa...unda kuch tetiklik yóq, qayerimdadir oĝriq bor ammo aniq ayta olmayman. Ózimni shunchalar ónĝaysiz va oĝir his qilayabmanki jiringkayotgan soatni óchirishga ham holim yóqdek. Negadir ahvolim yaxshi emas, hozir kimgadir muhtojman...jussamga ham yuragimga ham kimdir kerak...
Yoongi...Min Yoongi...u qayerda? Tartibsiz yotoĝimning ikkinchi burchagiga qaradim, shunisiga aminmanki men xonada yolĝizman. Sóngra kòzim xona bóylab faqatgina mening kiyimlarim tartibsiz sochilib turganini kòrgach bunga yanada amin bóldim. Yoongi allaqachon uyni tark etgan....
Nihoyat ózimda kuch topib soatni óchirdim biroq yotoqdan turgan zahotim butun tanamni ehtiyorsiz oĝriq chulĝab oldi. Ayniqsa...qornimning pastki qismidan gòyo bir nima uzulgandek. Bunga chiday olmay yotoq yoniga qanday chókkalab qornimni qanday qattiq bosganimni bilmay qoldim. Yanoĝimdan oqayotgan kóz yoshlarni ham boshida sezmadim, menda rostan ham hammasi yaxshi emas. Ózimni ónglay olmayabman...jonim oĝriyabdi. Lablarini qattiq tishlab yotoĝim yonidagi katta oynaga qaradim...sochlarim tózĝigan, labimning bir necha qismida kichik qizarish va yorilishlar bor. Barmoĝimni labimga olib borib ozimni biroz taniy olmay qoldim, sóngra boynimdagi qizĝish kókimtir doĝlarga kozimga tashlandi. Ular deyarli butun tanam bóylab yoyilgan, góyo bu badanimga óyib chizilgan tamĝadek kórinardi. Hozir holatimni oynadagi aksimda kuzatar ekanman kechagi tunda sodir bòlganlar xotira sahifalarimdan ketma ket óta boshladi....
Yoongi tanam bóylab bósalarni qoldirgach, qòllarimni ushlab yottoqqa majburan bosdi. Uning bu harakatini tushunishimga ulgurmay pasimda turgan oĝriqdan kozlarim chaqnab ketdi, gòyo bu oĝriq menga nafas olishga, ichki organlarimni toĝri ishlashga qóymayotgandek edi. Men bunday shavqatsiz aloqaga tayyor emas edim. Tobora ichimdagi narsa tanamga teginar ekan jonim oĝriganidan hatto ovozimdan malum daqiqa ayrildim. Faqatgina boĝzimdan qandaydir kichik ingroq tovushlar chiqayabdi...biroq Yoongi bu azoblarimni kòra olmayabdi...u shunchalar ayovsiz harakatda ediki, uni tóxtatishga ham kuchib yóqolib qolayotgandi...
Barmoqlarimni biroz qimirlatib uning qollini siqdim, ich ichimdan zaif sózlar chiqqani ózim zórga eshitdim ~ Yoongi...bas qiling

Tundagi xotiralarimni eslab inson qanday qilib uxlamasdan ham yomon tush kòrishi mumkin ekanligini tushundim. Men uchun ótgan tun shunchaki azoblarga boy, yoqimsiz edi. U...Yoongi...u aqldan ozgan...uning boshqa burchagi maxluqlik...undan nafratlanib ketayabman. Menga qilgan ishidan sóng yonimda bólishi lozim ammo hozir xonamda daxshatli tushimning alomatllari bilan ózim kurashaybman...u sababchi bólgan oĝriqlani men tuyyabman. U malham bólishi kerak onda shunchaki bu yerni tark etganidan ózim bòlgan hurmatim jazavaga tushayotgandi. Men uning òyinchoĝi emas edim, mening tanam u uchun ishlamaydi, mendagi oĝriqlar u sababli yuzaga keldi....
Lablarim qaltirab yoshlarim tòxtovsiz oqar ekan ongimda birgina ibora takrorlanishni boshladi - sizdan nafratlanaman Min Yoongi

Oĝriqlarim bilan kòmilib yana qanday uyquga ketganimni bilmay qoldim, uyĝonganimda vaqt allaqachon 12dan oshgan, Suwondan esa 10tadan ortiq òtkazib yuborilgan qònĝiroq bor edi. Ortiq xonada kómilib yotishni istamay ózimni majburlab yuvindim, sóngra yengil ovqatlanib yopiqroq kiyim kiydim. Uydan endi chiqayotganimda eshigim yonida tik turgan yigitni kórib hayratga tushdim...
- Suwon?
- Heeso..sendan xavotir oldim. Qònĝiroqlarimga javob olmagach uyinga keldim.
Uning qayĝurishli ifodasidan hijolat bólib nigohimni undan olib qochib hammasi yaxshi deb qóya qoldim. Suwon javobimdan asabiylashgandek bólib chuqur nafas oldi

Eshigimni qulflar ekanman Suwon yana gapirishni boshladi
- Heeso...2 haftadan buyon seni taniy olmayabman. Yuzingda chiroyli nuring yóqolgan, hatta hatti harakatlaring ham meni xavotirga solyabdi
Uning mayin ovozidan sóng kecha Suwonni ózimdan nari tutishga uringanimni eslab labimni tishladim. U doimo mehribon va qayĝuruvchi inson bólgan ammo men uchun bunchalar qayĝurishini birinchi bor kórishim edi. Kalitlarimni sumkamga joylar ekanman seziltirmasdan yanoĝimga tushgan 1 tomchi yoshimni artib oldim. Sóngra ortimda ohu kózlarini menga tikkancha jon kuydirib qanchalik men uchun havotirga ekanligini chuntirayotgan yigitga qaradim
- Suwon...rostan ham menda bari ajoyib...shunchaki bir necha kundan buyon mazam bólmagandek. Bunchalik havotir olmang axir
- Heeso...
Suwon men tomon qadam tashlar ekan tanamda uyģongan qórquv meni ortga yurishimga majburladi...tanam erkak kishidan nafratlanishni boshlagandek gòyo. Mening ĝalati reaksiyamga tushunmay qolgan Suwon endi savol aralash havotir nazari bilan qaradi, men uchun chózilgan qóllari havoda esa muallaq qotib qoldi
- U...u senga nimalar qildi Heeso. Ósha yigit senga nimadir qilgan!
Ikkinchi bor uning jaxl aralash gapini eshitishim, hozir tezroq ketmasam yiĝlab yuborishimni aniq bilib soxta tabbasum qildim
- Suwon~aaa...hozir shifoxonaga borishim zarur, mendan xavotir olmang iltimos
U kózlarimga qarab jaxldan lablarini tishladi.
- yaxshi, sen bilan boraman. Mashinaga chiq

Bu safargi shifoxona men uchun begona emas edi, 14 yoshimdan buyon har 3 oyda tashrif buyurganim sabab menga kerakli xonaga gòyo óz uyim tomon ketayotgandek edim. Suwon ortimdan bir on ham jimay kelar ekan o'sha tanish xona eshigini taqillatdim. Bir necha órinishimdan sóng ham javob bòlmagach eshikni qiya ochib xonaga móraladim biroq mening shifokorim óz órnida emas edi
- Suwon...chifokorim bu yerda emas ekan, hozir registratsiya bólimidan qayerda ekanligini bilib kelaman, shu yerda kutib turishingiz mumkin...
Hayron holda zal bóylab ketar ekanman, devorlarining ustki qismi shishalar bilan óralgan xonaga kòzim tushdi. Xona pardalari qiya yopilgani sabab ichkarini kórish unchalar ham mushkul emas edi.
Bir necha hujjatlarni ushlab yuzini pastga qarata gapirayotgan qiz bir joyda jim turmas gòyo yonida unga jilmayib turgan yigitga erkalik qilayotgandek edi. Shifokorim Kim Taehyung qizning har bir aytgan sóziga shunchalar beĝubor jilmayib uning sochlarini silar ekan, ularni uzoqdan qanchalar chiroyli va yoqimli juftlik deyish oson. Taehyung barmoqlari bilan qizning bòynidan sekin silab uning jiĝiga tegishni boshlagach qiz ózini ortga tashlab qiqirdab kulishni boshladi, ammo yigit qizni darhol bellaridan tutib óziga tortgach uni qattiq baĝriga bosdiki, qiz nafas ola olmay Taehyungning yelkasini sekin urib qòydi. Yigit qizni bòshatgach lablarini shishirib kózlarini yumdi, qiz esa bundan foydalanib tezda ózini yigitdan uzoqlashtirdi va xonadan tezda chiqib ketdi. Ularni kuzatib turganimni sezb qolmasliklari uchun karidor bóylab ortga qaytdim. Miyamda esa...erkak kishi ham shunday beĝubor seva olishi mumkin ekanligi haqidagi òylarni ishlab chiqardi, mening bugungi tushimdan farqli ravishda..hamma ham faqat tana va qoniqish uchun suymasligiga góyo ularning bolalardek harakatini kórib amin bólgandim...
Bir necha daqiqadan so'ng Kim Taehyung doimgidek keng tabassumi bilan meni kutib oldi. Ikkimiz xonada yolg'iz ekanmiz uning yuzining pastki qismida qizĝish lab bòyogi qolganini kórib jilmayib qòydm
- Heeso...yuzingdan biroz charchagandeksan, yana oĝriqlar paydo bòlyabdimi? ( doktor yuzimga sinchkovlik bilan qarab gapirdi)
- yòq,u bezovta qilmayabdi, shunchaki ishdan charchayabman sheklli
- xmm...òzingni kòpam urintirma, muhimi doimo muolajalarni óz vaqtida ózkazishing..
Doktorning gapi eshikning taqillashi sabab uzulib qoldi, eshikni qiya ochgan qiz - Kim Heesoning yangi analiz natijalari- deya bir necha qoĝozlar dastasini stolga qóydi. Bu ósha...Kim Taehyung bilan korgan qiz ekanligini eslab doktorning yuziga qaradim. U iloji boricha jiddiylikni ushlashga harakat qilib lablarini tishlab turardi

Qiz xonani tark etgach doktor qogozlarni kòzdan kechira boshladi. Menda ular uchun qiziqshim uyg'onib Taehyungga savol berdim
- Taehyung, u qiz sizga yoqadimi?
Yigit savolimdan tomogi nimadir tiqilgandek bólib menga hayratomus qaradi
- Tae bólaqoling axir, siz bilan dóstlardek bólib ketganmiz, siz kelmaguningizga qadar dadangiz mening shifokorim bólgan, xatto uyingizga ham borganman
- xa..xa shunday, u bilan 3 oydan buyon munosabatdamiz.
Tae qogozlarning uchini silab jilmayib qóydi, uning bunday uyatchan yuzini ilk bor payqab men ham kulib qòydim

- Heeso, analizlar yomon emas, ammo 2 haftadan so'ng qayta tekshiruvga kelishing kerak. Haftalik dorilaringni qabul qilishni unutma va! Ózing asra!
- yaxshi Tae, aytganingizdek qilaman...
- albatta! Yur seni kuzatib qóyaman.
Taehyung bilan bòlgan 1 soatli suhbatimizdan sóng uning xonasidan chiqar ekanmiz Suwon allaqachon mashinasini olib kelish uchun ketganini va tashqarida meni kutishini aytgani sabab Taehyung chiqish eshigigacha meni kuzatib qoyishiga qadar ruxsat berdim. Katta zal eshigida turar ekanmiz asablikdan sumkamning boĝichini yana qisa boshladim. Chuqur nafas olib ortimda turgan Taehyungga ikkilanib qaradim
- Tae...mendagi yurak yetishmovchiligi homilamga tasir qiladimi?
Savolimdan Taehyungning kózlari yiriklashdi,
- sen homiladormisan?
Uning savoliga javob berishga ulgurmasimdan bilagimdan tutgan qattiq qóllar va baqiriq ovozi meni chóchitib yubordi. Ortimda menga qorachiqlarida olov yonayotgan yigit gòyo hozir meni yutib yuborgudek turardi
- Heeso...bolaning otasi Min Yoongi ekanligi rostmi? Òsha men tanigan Yoongi?!
6 - epziode tugadi

❤️🐱