May 4

9 оу

Nima uchun umid qilayotganimni ózim ham tushunmayabman, sendan nimani kuta olishim mumkin? Ózimdanchi?
12 - epziode
×× ×× ×× ×× ××
Tushki vaqt yaqinlashgan, Heeso tongdan buyon Yoongini kórgani yóq. Bundan uning jaxli chiqqani ayon chunki kechagina qizning qalbiga olov yoqib birgina qóngiroq bilan bu olovni qarovsiz qoldirdi. Qiz tongda ham, tushda ham Yoongidan xabar kutib yonida qiqirlab kutayotgan ishchilarga sóngra esa ularni tabassumiga sababchi bólayotgan Suwonga kózi tushib ózi ham sekin jilmaydi. Suwon doimo ózidan ijobiy nurni taratib turadi, yangi ishchilar kelganiga kóp bólmagan bolsalarda ular boshliq bilan anchayin erkin edilar.
3 4 ta qizni yoniga jamlab olgan Suwon ularga tikilib turgan Heesoni kòrgach qizlardan uzr sóragandek bólib Heesoning yoniga yugurdi
- butun ancha parishon kórinasan? Kayfiyatingni qanday kótarishim mumkin? ( Suwon jilmayib Heesoning yelkasiga qóllarini qóyib oldi.
- kayfiyatim joyida...xavotirga hojat yóq
- doimo shunday deysan. Hatto eng mushkul vaziyatingda ham mening yordamimni qabul qilmaysan Heeso. Nega ekan?
- chunki rostan ham bunga hojat yóq Suwon. Meni ish bilan taminlaganingiz bu eng katta yordamingiz aslida
Suwon Heesoning sózlaridan sóng kulib stullardan biriga joylashdi
- xósh..kichkintoy qalay?
Heeso savoldan dovdirab qóllarini qorin qismiga olib bordi.
- u..hali judayam mitti. Ammo tezroq uni his etishni istardim. Hozircha menga halaqit bermayabdi mittivoyim
- uning otasichi? U seni xafa qilmayabdimi? ( Heeso Suwonning navbatdagi savolidan qovoq óyib bosh silkidi
- yóq..aksincha u mittivoy uchun juda qayĝuradi. Men bilan doimo doktor qabuliga birga boradi, istagan narsamni olib beradi. U..judayam yaxshi ota bóladi
Heeso gapini tugallashi bilanoq istehzoli kulishni eshitib stulda ótirgan Suwonga qaradi
- u yaxshi ota bóladi ammo...bolakay dunyoga kelganidan so'ngchi? Sizning shaxsiy ishingizga aralashishga haqqim yóq ammo kózingni ertaroq och Heeso..hamma ham kóringanidek farishta emas. Ular sendek sodda insonlardan óz manfaati yólida foydalanishadi, òsha Yoongi farznad dunyoga kelgach sen bilan qoladi deb óylaysanmi? Agar ha bólsa allaqachon turmush qurish taklifini olarding biroq hozir uning uyida góyo kerakli begonadek yashayabsan.
Suwon gapini ótkir nigoh bilan yakunlab yonida unga shunchaki tikilib turgan Heesoga boqdi. Góyo yigitning kuyunchak sózlari unga tasir etmagandek.
- qayĝurishingiz uchun minnatdorman ammo...hayotimga aralashmasangiz xursand bólardim Suwon. Men yosh bola emasman. Nima istashim yoki hohlamasligimni anglaganman
Heeso gapini yakunlab mayin tabassum bilan qizlarning yoniga ketdi. Ammo Yoongi bilan ótgan har soniyasida aylanadigan bu savolni endi Suwondan ham eshitib hayoli parishonlashdi..afsus bu óylar, savollar qizni anchadan beri qiynab keladi. Munosabatlar shunchalar chalkashki, buni na sevgi, na dóstlik va na begonalik deb bilish mumkin.
Heeso kechka yaqin ishlarini bitirgach xodimlar bilan biroz vaqt ótkazishni istab kechki ovqatni ular bilan qilishga qaror qildi. Bu kichik davrada office asoschisi Suwon ham bólmaydi
Kichik stol turli taomlar bilan bezaldi, bir necha alkagol mahsulotlari órtadan órin egalladi. Yangi bólsada anchayin yaxshi munosabat órnatilgan kallaktiv mazali taomlardan so'ng mazali soju idishlarini ochishga kirishishdi.
- Heeso onni! Sizga birinchi qadaxni bermoqchiman! Chunki doim menga minnatsiz yordam berasiz ( ikki yanoĝi olchadek qizargan qiz allaqachon mast holida ikki qólida Heesoga ichimlik uzatdi. Heeso 20 daqiqadan buyon buni rad etsada qizlrning noroziliklari sabab bu safar qadahni ichishga majbur bóldi.

Oradan 30 daqiqa ótdi, stol atrofida mast holatda bir birlariga tikilib turgan qizlar hozir hayollariga nima kelsa shuni aytisha boshlashdi...
- u...ósha yaramas. Menga arzimasligini ózi ham bilgani uchun mendan ajralishimizni sóradi! Betayin ovsar. Unga zor emasman! Ortimdan kelishgan yigitlar podadek yurishibdi axir ( qizlardan biri stolga qadaxni urib maĝrur xolda jilmaydi

- erkaklar...eng ovsar jonzotlar. Ammo ular qandaydir yól bilan ayollarni sevgisini qozonadi va...ósha ovsarlarga biz oshiq bolamiz. Bu adolatdan emas...ular ayollardan shunchaki foydalanishadi! ( navbatdagi qiz ham yonidagi dugonasi kabi faxr, g'urur bilan fikr bildirmoqchi ediyu, ózini ózi tinglab kòz yoshlariga erkinlik berdi. Endi qizlarning asosiy mavzusi ularning eski yigitlari haqidagi alamli mavzularga aylandi. Ularning yiĝi siĝiga boy suhbatlarini jim eshitayotgan Heeso qanday qilib bir nechta qadahni bóshatganini bilmay qoldi. U endi allaqachon sarhusht holda qizlarga qóshilib yiĝlashni boshladi...
- onni sizda ham shunday voqealar bôladimi? Yigitlar bilan? ( qizlardan biri soju idishini yuziga bosgancha Heesodan sóradi
- mendami? ( Heeso sarhushtlikdan ahmaqona jilmaydi ) - u..bilan bari juda mushkul. Hali undan nolishga erta ammo..u ham siz aytganingizdek qalbimni ógirlagan kòrinadi. Ammo..bu menga yoqmaydi. ( Heeso ovoz chiqarib yiĝlab qóllarini tizzasiga urdi ) - faqat u haqida óylab boshlarim oĝriydi! Yaramas!! Uni kózishga kózim yóq. Ana hozir ham kózimga kórinyabdi! ( Heeso yoshini artib ularning stoliga yaqilashayotgan erkakka ishora qildi. Qizlar ham Heeso kòrsatgan tomonga qarashdi. Erkak stolga kelib Heesoning qólida tutib uni turĝizdi
- bu holingda ichish nimasi?
Heeso xira suratlardan Yoongining yuzini gira shira kórayotgani ammo yigitning yóĝon biroz jaxl aralash ovozi uni tezda uyĝotib yuborgandi
- Yoongi? Siz..nima qilayabsiz?
- seni olib ketish uchun keldim albatta. Xonimlar Heesoning vaqti tugadi, mazur tutasiz
Yoongi soxta jilmayib Heesoning bilagidan tortib olib keta boshladi. Ammo qiz bunga qarshi bólib bilagini tortdi va karidorda taxlangan qizil kreslolardan biriga yiĝlamsirab ótirdi
- oyoqlarim ogriyabdi. Ketishni istamayman ( Heeso yuzida nolish ifodasi bilan yosh bolalardek injiqlandi. Yoongi buni kórib biroz hayron bólgandi. Ammo hozir u bilan kattalardek tortishish ortiqcha bólishini bilib Heesoning qarshisiga chókkaladi
- yurishni istamasang qanday uyga yetib olamiz kichik Soo~
- meni kótarib oling. ( Heeso lablarini shishirib Yoongiga qaradi. Qizning bunday holatini kórgan Yoongi ózini tutib tura olmay kulib yubordi.
- yaxshi kelaqol..
U qizni kelinlik uslubida kótarib olib mashina tomon keta boshladi...
Uyiga yetib kelgach orqa o'rindiqda bolalardek uxlayotgan Heesoni Yoongi ohistalik bilan kótarib oldi. Uning xonasiga borib qizni yotoqqa yotqizib uning yoniga joylashdi. Ammo Heeso uxlaganida doimo yengil kiyimlarda bóladi shu sabab egnidagi toshli hamda biroz noqulay kiyimlardan injiqlanib kózini ochdi
- Yoongi...pijamalarimni kiydirib qóying ( hali hanuz mastlik tasiridagi qiz unga tikilib turgan yigitga qarab yana kòzini namlantirdi. Uning bu yoqimtoyligiga chiday olmagan Yoongi yana qayta tabbasum bilan yotoqdan turib qizning kiyimlari turadigan shkafni ochdi sóngra Heeso aytgan pijamalarni izladi biroq uning kóziga qaymoq rangli deyarli tórdan iborat *tungi libos tushib labini tishladi...va ularni olib chala uyquda bólgan qizning egniga kiydirgach uning yonidan joy olib Heesoni qattiq quchgancha uyquga ketdi...
Qanchalik sokinlik edi bu, qaĝyularsiz, yigitni doimo óylantiradigan savollarsiz ótayotgan tun. Faqatgina tinchlik qalbda sokin suzib yurmoqda, yana qaysidir burchakda kichik yoruĝlikdagi sevgi ham kórinar ƙórinmas porlab turibdi. Yoongi faqatgina sokinlik his qilayabdi. Tanasi esa shovqinsiz uxlab qolgan Heesoning issiq taftini his etyabdi...bu shunday xotirjam tun edi...
– Oĝriq...hozir tanada ĝujgon paydo bólgan oĝriq zarracha bilinmas chunki chap kókrak qafasida zarb bilan urayotgan yurak kóproq azob chekayabdi. Hissiyotlar shunchalar qattiq siqildiki endi nimanidir óylashga ham ularning holi qolmadi. Ruh shunchalar achchiq kóz yosh tókidiki endi uning ham tanani ushlab turishga kuchi yetmayotgandi...shunday holga keldi Taehyungning suyuklisi Jihyee. Uzoqdan kórganda achinarli, beóxshov hamda...biroz qôrqinchli.

Doimo qizning qora sochlari yorqin nur taratib insonlarni óziga jalb qilardi..biroq hozir uning sochlari orasida oq tolalar paydo bólgan...quyoshdek charaqlovchi nigohlar...ular ham endi sóngandek...chiroyli tabbasum..u endi qizning pushti lablarini butunlay tark etgandek. U shunday achinarli holda...
Hozir uning nigohlari maqsadsiz tarzda bir nuqtaga qadalgan hamona uzulmaydi. Tirnoqlari chetidan tomchi qonlar oqib qimmatbaho gilamga bir necha bor tomgan, Jihyee bosh barmoĝi bilan oz tanasining parchasini kesib olayotgandi. Uning chiroyli barmoqlarida hozir shunday chandiqlar barbo qilinmoqda. Bu góyo tana ózini óz yóq qilayotgandek edi..
Bu manqurtlarnikidek ish yana 5 daqiqa davom etdi toki..Jeon Jungkook kelib singlisining achinarli holini kórmaguncha. Yigit shimining chóntagiga qólini tiqib olgancha singlisining manosiz harakatini kuzatdi...ammo vaqtni kóp sarflashni istamay u ótirgan stol qarshisidan joy oldi.
- yana nega tashrif buyurding..singiljon. kórinishingni ajoyib deb bólmaydi ( Jungkook ózini ablax akadek kórsatayotgan bôlsada singlisining bu ahvoliga nima sababchi bólganiga qiziqdi.
- Taehyung...u komada. Tanasida 5 ta pichoq teshiklari bor. Organlari nosoĝlom... ( qiz boshini quyi solgancha shivirladi biroq bu ogriqli tovush akasiga aniq eshitildi. Bunga qanday javob berishni istamagan yigit shunchaki singlisining gapni davom ettirishini kutdi - aka ( ikkinchi bor shivirlash, endi Jungkook nigohini singlisining bukilgan tanasiga bog'ladi -seni bunchalar pastkashlik qilasan deb óylamasdim. Aytgan tahdidlaringni...bolaligimizda men uxlamasam sevimli pechenyemni olib qo'yishing haqida aytib berishingdek deb óylabman. Seni hali hanuz meni rostan ardoqlovchi Kookie deb hayol suribman. Ammo...ammo...uxlashim uchun sevimli pechenyemni olib qóymasliging...unday qilmasliging kerak edi..meni sevimli narsam bilan jazolamasliging kerak edi...aka...meni uni sevardim...hatto tariflay olmayman...men...men seni ham yaxshi kórar edim. Meni qattiq...ranjitasan deb óylamagan edim...( Jungkook bógiq ovozda sózlayotgan singlisiga boqdi, u qizning kózlarini aniq kóra olmasada qaltirayotgan tanasi hamda uning yuzidan oqayotgan tomchilardan yiĝlayotganini bilishi qiyin bólmadi. Jihyee boĝziga tiqilayotgan oĝirlikdan zórga gapira oldi, ortiq bir sóz aytishga bardoshi yetmay yana kóz yosh tókishga yengildi. U tanasini bir on bósh qóygan zahoti stuldan gilamga qanday yiqilganini sezmadi, hatto bilaklari orqali turishga urinish uchun ham kuchi yetmay qimmatbaxo gilamga qon tomchilaridan sóng kóz yoshlarini tomdira boshladi..hozir unga qandaydir dalda zarur, uning ruhi ham tanasi ham birdek zaif. Bunday oĝir jazoga qiz bardosh bermasligi endi ayon..
Ammo Jungkook...u nega bunday holda. Lablarida bilinmas qaltiroq, qólida musht tugilgan..uning qahrdan yonuvchi kózlari namlanib biroz qizargan...u singlisi uchun afsusdami? Ósha shirinliklarni olib qóygani uchun òzidan jirkanadimi?

Jungkook yerda kuchsizgina yiĝlayotgan singlisi yoniga kelib tizzaladi. Jihyee kichikligidan tanasidagi oĝirqlarni kótara olmagan, hatto kichik zirapcha uchun ham akasiga yiĝlab kelardi. Bir safar yugurayotib oyoĝini qayerib olganida Jungkookning quchoĝida qattiq yiĝlagani esida...ammo bunday onlarda Jihyeedan kóra kóproq Jungkookning joni oĝriydi, mitti shirintoyi azobdan yiĝlasa akasining qalbi qattiq oĝrirdi...hozirchi? Hozir ham tizzasiga chókkalagan yigit qalbini berib yiglayotgan singlisini qattiq quchdi. Unins jonsizdek tanasini sovuq yerdan kòtarib oldi. Yumshoq divanlardan biriga qizni joylashtirib uning yoniga ótirdi
- Jyee...ahvoling joyida emas ( Jungkook dimoĝiga kelib turgan yoshini ortga qaytarib qizning hiqillayotgan yuzidan siladi. Biroq buni istamagan qiz akasining qólini uzoqlashtirib turishga shaylandi. Ammo akasining qalin qóllari uni qayta yotqizib qizning shundoq ham nimjon tanasiga kichik ogriq berdi

- qaysarlik qilishni bas qil Jyee. Yosh bola emassan axir! ( Jungkook
- yóq ( kichik sóz..boshqa matnga kuchi yetmadi yana qizning
- nega bu yerdasan unda? Ósha sevgiling yonida bólishing kerak emasmi? Qarshimda ojizlardek kóz yosh tókishing òrniga sevgiling uchun qandaydir yaxshilik qilishing kerak emasmi?
Jihyee akasining jiddiy tondagi sózlarini tinglab ahmoqona jilmaydi
- bilmayman Jungkook, nega sening yoningga ojizlardek emaklab kelganimda anglolmayabman...balki ahvolimdan so'ng yuzingda afsuslanish hissini kórish uchundir. Meni kórib sen ham azob chekishingni istagandirman..bilmayman nega
- meni bunda aloqam yóq, shu sabab yuzimda afsuslanishni kóra olmaysan Jyee. Shunchaki ózingni qiynaganing qoladi.
Qiz Jungkookning sózidan tok urgandek tosh qotdi, bir zum tanasida qon yugurmay qolgandek muzlab ketdi. Nigohlarini yuqoriga qaratib unga qoshlari chimirilgan akasiga duch keldi.
- aldayabsan...meni aldayabsan Jungkook ( Jihyee sózini tugatib Jungkookning javobini kutdi. Ich ichidan uning javobi yóq bólishini, Taehyungning vaxshiyona pichoqlanishida qondoshining qóli yóqligini qayta eshitishni istadi
- yóq Jyee...buni men buyurmadim. Seni qórqitish uchun aytgandirman ammo aslo uning yoniga odam yubormadim. Mendan aybdorni izlama
12 - epziode tugadi