April 21

9 оу

7 - epizode ❤️🐱
– Qachon hayotim bu darajada ózgarib atrofimda Yoongidek insonni bemalol yurishi uchun eshiklarni ochganimni eslay olmayman.
1 kun oldin shifoxona...
- Heeso...bolaning otasi Min Yoongi ekanligi rostmi? Ósha men tanigan Yoongi! ( Suwon qorachiqlarini menga tikib ĝazabdan yonayotgan edi. Uning qópol harakatidan ortimda tushunmay turgan Taehyungqa qarab keyingi qabulga tezroq kelishimni aytdim va Suwonni shifoxona tashqarisiga yetakladim.
- sizga nima jin urdi axir? Shifokorim yonida qanday uyatga qolganimni bilasizmi? ( Suwonga birinchi bor ovozimni balandlatib gapirdim. Nihoyat uning mashinasi yoniga kelgach undan qólimni olib barini endi tushuntirib berishiga ishora qildim. Suwon mashina eshiklarini ochdi...
- Heeso, senga nimalar bo'layotganini boshidan aytishing zarur ekanligini takidlagan edim. Yoongi sen òylagandek inson emas! ( Suwon sochlarini asabiy tarab gap boshladi
- avval siz Yoongini qayerdan tanishingizni bilsam bóladimi?
- u qotil! Insonlarni jonini olgani evaziga pul oladi ma men uni qayerdan taniyman?! 1 yil ilgari otam ósha Yoongi tomonidan óldirilgan..
- Suwon siz bir insonni shunday deyabsizmi? Isbotingiz bormi? Nega unda Yoongini palitsiyaga bermadingiz? Yoki taxminiy xulosalaringiz sabab shunday deyabsizmi?
- seni aldashdan menga qanday foyda bor? Yoongidek yollanma qotillar ózidan dalil qoldiradi deb óylaysanmi? Men ózim uning yuzini bilganimga 3 kun ham bólmadi. U qotilliklarini óz ismi bilan amalga oshirmaydi. U shunday vaxshiy ablax! Biroq qachon uning qóliga tushib qolganingni tushunmayabman( Suwon nigohlarini men tomon tikib qóllarimdan tutdi ) undan nari yurishing zarur Heeso, u bilan chizilgan hayot yóling yaxshilik bilan tugamaydi...
- menga ertak aytyabsizmi Suwon. Hech bir sòzingizga ishonib bòlmaydi. Qanday qotil, qanday ablax!
- "Isagi" keyingi uchrashuvingizda undan shu ism haqida sóra. Balki adashayotgan bólishim mumkin, uning yuzini hech kim hech qachon kórmagan.
Isagi...bu Yoongiga hos bólgan ism. Ammo Suwonning ahmoqona taxminlari sabab bir insonni qotilga chiqara olmayman, nima bólsa ham...u farzandimning otasi...
Yóq! Biz oila emasmiz, bizning vaziyatda ota ona róllari yóq, bizda farzandga birgalikda g'amxórlik degan narsa yóq, bizda majburlash, foydalanish, qórquv va bóysunish degan hislar bor. Hozircha munosabatlarimizda bori shu...
Hayollarimni yiĝishga urunib Suwonga shunchaki bosh silkidim
- biroq Heeso, uni yonida juda ham ehtiyotkor ból, bundan buyon azob chekishingni istamayman. Yoongiga kóp ham ishonma. Nima bólsa ham yonimga kel, doim senga yordam bera olaman.
Suwon ohu kózlarini menga tikib kichik jilmaydi, barmoqlarini yanoĝimga olib borib ularni sekin siypaladi...birinchi bor Suwon bilan bunday yaqinlik qilishim. Ammo bundan noqulay bólib yuzimni biroz burdim. Endi kóp mashina ichida qolishni istamay Suwon bilan tezda hayrlashdim...
Mashinalar bilan tóla kóchada òz o'ylarimga shónĝib ketayabman, shu ongacha hayotim sodda va kichik quvonchga boy tarzda davom etib kelayotgan edi, ammo mendagi bir tun keyingi otgan har soniyamni bu tarzda ózgartirib yuborishini tush kórib ham bilmasam kerak. Men...hozir shirinlik hohlayabman...óz oĝriqlarimni qayta qayta eslar ekanman mazali desertlar tayyorlaydigan cafe yonida tóxtab qoldim, shisha devor ortida turfa rangli hamda turli tamlarga ega bólgan shirinliklar qatori góyo porlab turgandek edi. Tomoĝimda ularning taxminiy tamin sezgach óylab ótirmay kafega kirdim. Bósh stollardan biriga joylashib stol yonida turgan kichik menuni kózdan kechira boshladim. Oradan kóp ham ótmay maxsus formada chiroyli jilmayib afitsant yonimga keldi
- xayrli kun xonim, qanday buyurtmangiz bor
- menga...donut, 6 dona. Asosan yonĝoqli va shokoladligidan. Sóng esa...sutli qahva olib kelsangiz bóladi
- hób bóladi
Afitsant qiz ketgach lablarimni tishlagancha buyurtmamni kuta boshladim. Organizmimda taom uchun bunday istak ikkinchi bor kuzatilishi. Mening mittivoyim endi rivojlanishni boshlayabdi, shu sabab uning xoxishlarini bajarish oliy qonundek men uchun. Óz hayolimdan ózim jilmayib hali hanuz chiqib ulgurmagan qornimga kaftimni bosdim. Ózimni mehmon qilgach kayfiyatim anchayin yaxshi ekanligiga amin bóldim. Vaqt deyarli kech kirish arafasida, Suwon mendan ishga kelishni talab qilmadi. Shu sabab uyimga qaytib biroz dam olishni niyat qildim.
Kechagi tartibsizliklar sabab 2 xonadan iborat uyim anchayin besaranjom holatda edi. Yuvinishimdan oldin xonalarni tartibga keltirishni istab sevinli playlistimni yoqdim, stollardagi sochilib ketgan kitoblarimni javonga joylashtirdim, tunda yeydigan snaklarimning paketlarini axlatga joylashtirdim. Changlarni ham tozalab bólgach yalpiz ifori keladigan spreyni xonalar bóylab sepib chiqdim. Yashaydigan uying toza ozoda bólsa sendagi ĝayrat, positivelik va shijoat anchayin kuchayadi....
Uy ishlaridan sóng dush qabul qildim, egnimda oq momiqqina xalatda hali hanuz óchmagan musiqalarga raqs tushishni davom etar ekanman, derazadan deyarli botayotgan quyoshga kózim tushdi.
Nam sochlarimni barmoqlarim bilan tarab yotoqxonamga qaytdim va tanamda muqim órnashgan charchoq bila yotoqqa ózimni tashladim, biroq belimga botgan qattiq narsadan ingrab yubordim. Órnimdan turib ósha narsani izlar ekanman qólimga erkak kishining kumush rangli biroz oĝir soati tushdi. Uni olib kóz yugurtirar ekanman miyamda soatning egas Yoongi bólishi mumkinligi haqida fikr keldi. Axir uyimga birinchi bor yotoqxonamgacha kelgan yagona erkak bu Yoongi....
Soatni barmoqlarim orasiga óynatgancha tikilar ekanman, uning tiniq rangi, va oyna ichidagi millarning nozikligidan kóz uza olmay qolgandim. Uni bir necha bor bilaklarimga biroz katta bólsada taqib ham kórdim. Biroq keyinchalik miyamga qattiq jism bilan urilgandek bu soatni ham uning egasini ham yomon kórib ketdim. Axir bugun tongda Yoongidan nafratlanishim haqida qanchalar kóp óyladim...endi óylab ótirmay soatni hojatxonada joylashgan axlat qutisiga uloqtirdim. U shunga loyiq inson. Agar endi u bilan kórishsam ham ters burulib ketaman yoki tanimaganlikka olaman!
Heeso yotoqda yotgancha doimgidek hayol surar ekan eshik qónĝiroqĝining bir necha bor chalinishi uni chóchitib yubordi. Qiz erinibgina eshik tomon bordi va uni qiya ochib kelgan kishini kormoqchi bo'ldi. Ammo ostonada turgan yigitni kórib yana nafasini yutolmay qolgandi
- Yoongi? ( biroz baland va xavotir ahvolda sóradi qiz. Ammo ostonada turgan yigit shunchaki eshikni tólaligicha ochib uyga kirib oldi - eshikni qulflash esdan chiqmasin Heeso
Uning aytgan birinchi sózi shu bóldi. Yigit góyo óz uyida sayr qilgandek ustki kiymini yechib divan ustiga uloqtirdi, qóllaridagi bir nechta qogoz paketlarni ham stolga joylashtirib oyoqlarini keng yozdi va boshini divanga tirab kózlarini tim yumdi. Uning erkinlik bilan qilgan ishlaridan dong qotgan kózlarini pir piratgancha u ham Yoongining qarshisidan joy oldi.
- nega keldingiz ( Heeso biroz jaxl aralash tonda sóradi.
- senga qulupnayli shokodlarni berish uchun
Divandan boshini kòtarmay hali ham kózlarini yumib olgan Yoongi paketga ishora qildi. Heeso eshitgan narsasini hayolida tasavuur qilib tomogidan yóq narsani yutgandek bóldi. Barmoqlari paketni ochishga shoshilsa miyasi bunga bor kuchi bilan qarshilik qilardi. Qiz qogoz paketdan kóz uzmay sovuq ohangda gapirdi - kechasi shirinlik yeya olmayman, uni olib ketishingiz mumkin.
Yoongi shuqur nafas olib kózlarini erinibgina ochdi. Stolda turgan paketni olib ichidagilarni ketma ket chiqara boshladi. Shu ondayoq shirinlikning mazali ifori xonani tutgach Heesoning nafsi qayta qózĝalib uni bezovta qila boshladi. Yoongi esa buni bilgandek lab uchida jilmaydi va bir nechta qutidan iborat qulupnaylarni ochib bittasini oĝziga soldi. Kattalar kichik bolakaylarni ovqatlantirish uchun ularning taomini yeb qóyayotgandek kórsatishadi, shunda bolakay taom mazali ekanligiga ishonib, uni ota onasidan qizĝanishni boshlaydi. Heeso hozir Yoongi maroq bilan yeyayotgan taom mazali ekanini biladi, ammo miyasini bir chetida ĝurur degan narsalar uni bu yóldan tòxtatib turibdi....
- Yoongi! Men ularni istamayman. Siz ham ketishingiz mumkin. ( Heeso qovoqlarini uyib divanda hali ham oyoqlarini keng yozib turgan yigitga qaradi. Yoongi qizning bu gaplarini ham etiborsiz qoldirib keyingi qulupanyni oldi. Heeso uning doimgi bu fel atvoridan jiģi biyron bólib tishlarini bir biriga qattiq bosdi.
- Yoongi! Atayin qilyabsizmi? Yana sizdan javob eshitish uchun yiĝlashim yoki uzundan uzun gaplarini aytishim kerakmi? Nega ózingizni doim meni yoningizda yo'qdek tutasiz. Uyimga ham bunday bostirib kela olmaysiz! Men esa sizdan manabu shirinliklarni sóramadim ham. Aysh sizni shunchalar yomon kóraman
Heeso asabiy gapirar ekan óziga óziga rahmi kelib injiqlana boshladi.
- xalating...ular ochiq holda
Uchinchi qulupnayni oĝziga solayotgan yigit qóli bilan Heesoning oq oyoqlarining barcha gózalligini kórsatib turgan xalatga ishora qildi. Qiz buni endi payqab tezda xalatni ham pastdan ham yoqasidan tortib ozini unga qattiroq óradi.
- nega bunchalik jizzakilik qilyabsan? Meni kórganingdan xursand emasmisan? ( Yoongi chaynalgancha bir qólini iyagiga qóyib qizga tikildi.
- sizni kórganimdan xursand bólishim kerak edimi? Agar bugun tongda balki xursand bólardim. Lekin yolĝiz ózimni tanamdagi oĝriqlar bilan shunchaki qoldirgan yigitni kórib xursand bólmayabman. Taxminim bóyicha u hatto buni hayoliga ham keltirmaydi. ( Heeso ham yer ostidan nigohlarini Yoonginikiga qaratdi, qiz gaplarini tugatgach Yoongi kipriklarini pir piratib ogzidagi tezda chaynay boshladi. Góyo yigit endi nimanidir tushunib olgandek edi.
- men bilmagan edim, tongda yoningda bólishim senga yoqmaydi deb óyladim. ( Yoongi
- bu taxminingiz ham asosli edi...tundan keyin sizni kórishni istamasdim ( Heeso yuzini burib yanog'idan tomgan dona tomchini artib tashladi. Uning bu ahvolini kórgan yigit divandan turib Heesoning yoniga joylashdi va uning shirin iforli sochlaridan siladi. Buni kutmagan qiz esa tezda divandan turib ketdi.
- men...hozir kelaman.
Heeso yuzida qattiq qizishni his etib tezda hojatxonaga yugurdi. Eshikni yopgach oynaga qarar ekan, yanoqlari sezilarli darajada qizĝish tusga kelgan edi. U tezda sovuq suvni yoqib yuzini yuva boshladi. Bunday bólishi mumkin emas, Heesoning tanasi endi Yoongini óziga yaqinlashtirmasligi lozim edi ammo uning birgina teginishi qizni góyo aqldan ozdiryabdi.
Heeso nihoyat yuzida qizarishni bostirgach chuqur nafas olgancha yuvinish xonasining eshigini ochib sekin mehmonxonaga móraladi, Yoongi endi kóylagining yoqa tugmalarini bóshatgan, yenglarini ham tirsagiga yaqin joygacha kótarib olgan kòyi telefonidan kim bilandir suhbat qurib ótirar edi. Heeso yigitning chiroyli gavdasini endi kórayotgandek uning hatti harakatlariga, barmoqlari va yòĝon hamda sokin ovoziga mahliyo bólgandek turar edi. Nihoyat qiz óziga kelib yuziga sekin shapatiladi va uning yoniga bordi. Orada Yoongi qongiroqni yakunlab yana divanga joylashgandi.
- endi ketasizmi? Vaqt rostan ham kech bóldi ( Heeso biroz ochiq turgan, allaqachon qoronĝu tushganini kórsatib turgan derazaga ishora qildi
- ketaman, ammo kecha soatim qolib ketgan sheklli. Topa olmadim. Qarab kóra olasanmi?
Heeso Yoongiga yuzi oqarib qarab qoldi. Yigit soatini eslashi Heesoning tushiga ham kirmaganligi aniq. Yoongi esa bunga tushunmay qizga kózlarini biroz qisib qaradi - Heeso? Nimadir bóldimi?
- a..nima..yóq hozir qarab kóraman
Heeso biroz dovdirab yotoqxona tomon ketdi, uning ortidan esa Yoongi ergashdi. Qiz avval yotoq yonini sóngra tokchalarni tekshirar ekan Yoongi ham uning ortidan qadamma qadam yurardi. Bundan Heeso uchun axlat qutini tekshirishga fursat bólmayotgani sabab qiz yanada asabiylik his qildi.
- Yoongi siz divanda ótirib tursangizchi( Qiz ortida turgan yigitga asabiy jilmaydi. Ammo Yoongi góyo sehrlangan qiyofa bilan Heesoga tikilib turardi. U qiz tomonga bir necha qadam tashlab u bilan masofasini yaqinlashtirdi, qóllari bilan esa qizning momiq xalati ustidan siypaldi.
- sendan bósa olsam bóladimi? Yoongi bóynini qizniki tomon egib uning quloqlari ostidan yógon ovozda shivirladi, bundan kózlarini yuma olmay qolgan Heeso qimir etmay turardi. Yoongi qizning javob bera olmasligini anglab barmoqlarini uning yanoqlariga olib bordi

Sóngra tili bilan lablarini namlab sekin Heesoning lablaridan bósa oldi. Qiz yaqin soatlarda yuvingani sabab undan ótkir iforli atirlar emas, tabiiy gullar ifori taralib turgani uchun Yoongi ózida kuchli taranglikni his etdi. Qizdan mayin bósalarni olgach barmoqlarini uning bóyniga joylashtirib uning ochiq tanasidan ham sekinlik bilan bósa oldi va yuzini Heesoning sochlari yozilib turgan hamda biroz ochiq yelkasiga olib borib chuqur hidladi.
Heeso uning qaynoq harakatlarini his etsada qimir eta olmas, hattoki olayotgan nafasining ritmi ham shunchalar sekin ediki ózi buni zórga eshitar edi. Yoongi sóngi bor qizning bóynidan ópib ózini undan uzoqlashtirdi. Va mehmonxonaga qaytib ustki kiymini kiya boshladi. Heeso endi biroz óziga kelgach yigitning ortidan borib uning harakatlariga tikilib turdi...
- Shirinliklarni yeb olgin. Agar nimadir bezovta qilsa menga qóngiroq qil.
Yoongi narsalarini olgach eshik tomon yaqinlashdi
- ertaga mening uyimga kóchib ótasan, ogohlantirmadi dema buyumlaringni taxlab tur. Yana...soatimni bu safar rostakamiga izla
Yoongi labida biroz jilmayishni kórsatkach eshik tutqichini ushladi. Ammo yigitni Heesoning biroz titroq ovozi tóxtatib qóydi
- Yoongi...men kóchib o'to olmayman. Man hatto sizni nima ish qilishingizni ham bilmayman..qanday ózimni sizga topshira olishim mumkin.
- men haqimda bilishi istaysanmi? Yaxshi hozirni ózida menga savol berishing mumkin ( Yoongi eshik ruchkasini qóyib yuborib ostonada til turib qoldi
- faqat rostini javob berasizmi?
Yoongi ha degandek bosh silkigach Heeso biroz hotirjamlanib yutundi.
- aynan qanday kasb egasisiz?
- oddiy biznes yurutuvchisiman
- oilangiz qayerda
- ularsiz katta bólganman...
- men..bilmagandim( Heeso biroz dovdirab Yoongiga bechoralardek qaradi ammo bu yigitga yoqmadi sheklli Yoongi - keyingi savollar ertaga deya eshikni yana ushladi
- " Isagi "...bu nom sizga tanishmi?
Yoongi ikkinchi bor eshikni qóyib yuborib biroz qotib qoldi, sóngra qoshlarini chimirgancha Heesoga qaradi
- nega sórayabsan? Bu nom senga tanishmi? ( Yoongi

  7 - epziode tugadi❤️🐱