April 6

9 oy

4 - epziode 🐱❤️
Keng xonada maromida chiqilayotgan soat millaridan boshqa sas sado yóq. Qora charm matosidan tayyorlangan, kenglik ólchami ikkita insonni bemalol qabul qila oladigan kresloda yigit óz òylar bilan xonadagi muqum sukutni jim tinglar edi.
Inson hayollari odamzotga berilgan eng kuchli va zaharli narsa, birgina óy inson zotini xarob qilishga yoki birgina fikr bilan butun hayot aylanmasini ózgartirib yubora oladi. Yoongi faqatgina ózigagina ayon bólgan óylari ichida chókib borar ekan xonasining eshigini ruxsatsiz ochilganidan biroz g'azablandi va eshik yonida qaltirab turgan xizmatkorlardan biriga qaradi
- janob Yoongi..mehmoningiz uyg'ondi ammo hozir yuvinish xonasida ózini qulflab olgan. Men nima qilishni bilmay...
- qoshimcha kalitlarni olib keling
Kreslodan jaxl bilan turgan Yoongi xizmatkor javobini kutmay Heesoning xonasi tomon keta boshladi. Bir necha eshik qatorlaridan ótgach eshigi katta ochiq xonaga yetgach, tózg'igan yotoq va xona bóylab sochilib ketgan bir necha dori maxsulotlariga kózi tushdi. Yoongi bundan labini tishlab yuvinish xonasi eshigi tomon sekin yaqinlashdi va taqillatdi
- Heeso..men Yoongiman
Yigit eshik ruchkasini sekin tortib kórdi, ammo javob bólmadi
- Heeso...eshikni och. Barini tushuntirib beraman. Bólaqol
Yoongi ikkinchi bor mayin ovozda eshikni taqillatgach eshikning narigi tomonidan ojiz ayol ovozi yangradi.
- Yoongi?..Men eshikni ocha olmayabman.
Heesoning qaltiroq ovozidan so'ng tanasini qòrquv egallagan yigit eshikni endi ehtiyotkorlik bilan emas qópollik bilan ura boshladi. Bir necha bor tepkidan so'ng esa xizmatkor qiz kalitlarni kòtargancha xonaga keldi. Yoongi uning qólidan kalitlarni olar ekan qizga jaxl bilan qarab daf bólishini aytdi.
Kerakli kalitni eshikka kiritib buragach nihoyat yuvunish xonasi ochildi. Yoongi eshikni ogohlantirishsiz ochganligi sabab eshikka boricha suyanib turgan qiz Yoongining qóllariga yiqildi. Odatiy kórinishidan anchayin farq qiladigan darajada oqarib holsizlangan qiz Yoongi kórgach yig'lashni boshladi
- Yoongi. Shifokor chaqiring. Qornim juda qattiq oĝriyabdi. Chiday olmayman
Qiz yiĝlamsirab Yoongiga iltimos qilar ekan yigit Heesoni kótarib olib tartibsiz yotoqqa joylashtirdi. Yotoq yonida turgan nam sochiqni olib qizning terlagan peshonasini artdi.
- hammasi joyida, doktor sen uchun dori yozib bergan. Uni qabul qilsang tezda ótib ketishini aytdi.
Yoongi yerdagi sochilib yotgan dorilarni terib aynan hozir kerakli bólganini izladi va topdi. Tokcha yonidagi stakandagi suvga sariq paketchadagi kukunni solgach Heesoning yoniga joylashib unga ichirishni boshladi. Biroq bir necha qultumdan so'ng Heeso stakanda òzini tortib og'zini yopib oldi. Yoongi hali nimanidir chunishiga ulgurmay qiz bor kuchi bilan yuvinish xonasiga otildi.
Uning ortidan Yoongi ham ergashar ekan qiz eshikni qattiq yopib oldi.
- bu nimasi Heeso? Kirishimga ruxsat ber.
- 2 daqiqa yolg'iz qoldiring
Past ovozda aytilgan javobdan qoniqmagan yigit eshikni ochib ichkariga kirdi va kafelga ótirib olgancha chuqur nafas olayotgan qizga kózi tushib uning yoniga ózi ham òtirib oldi.
- nima bòldi? Ahvoling joyidami( havotir bilan soradi Yoongi qizning yanoqlaridan siypalab
- xa...joyida
Heeso órnidan turib yuzini yuvich uchun suvni yoqdi, shirillab tushgan muzdek suv unga qandaydir tetiklik bergandek. Qiz hovuchiga toldirib suv olgach qólini yuzi tomon olib borib yuvdi. Bir necha bor bu ishni takrorlagach ortida Yoongi qizning sochlarini ortga ushlab turganini kórib jilmaydi
- ancha yaxshimi? Ichimlik yoqmagan kòrinadi ( Yoongi sochiqni olib Heesoning yuzini artatdi
- xa..uning xidi kónglimni aynitdi
- shifokor homiladorlar uchun kòngil aynishi odatiy hol dedi.
- qachon shifokor bilan gaplashdingiz?
Yoongi Heesoni yotoqqa ótirg'izgach ózi ham uning yonidan joy oldi
- kecha yólda hushingdan ketding, seni uyimga olib kelib doktor chaqirtirdim. Hesoo, homilang bilan juda ehtiyot bólishing zarur ekan. Uning kichikligiga qaramay sen bir necha kun oĝir ish qilgansan, kóp asabiylashgansan ham...
- asabiylashganim rost

Siz bilan ótgan har daqiqamdan asabiylashib ketaveraman
Yoongi qizning ilondek chaqib olasigan gapidan jilmayib qòydi.
- endi asabiylashaverma! Senga mumkin emas. Bu vitaminlarni ham qabul qilishing zarur. Hozir esa biron nima yeb olishing kerak. Vaqt tongi 10 bóldi.
Heeso biroz óziga kelib qarshisida jonkuyarlik qilayotgan Yoongiga qarab hozir tush kórayotganligiga ishonardi. Kòp uchrashishmagan bólsada yigitning tashqi kórinishi doimgidan boshqaroq...Yoongining uzun sochlari bu safar yigitning peshonasiga tushib turgan holda uni yana yosh kòrsatardi, uning egnida esa yengil kulrang sviter va qora rangli keng yumshoq matoli shim bor edi. Yoongi qiz unga uzoq tikilib qolganiga chunmay tomoq qirib yotoqdan turdi
- xósh Heeso..nima yeyishni istaysan
Hayollari sabab hayotdan 2 daqiqaga uzulib qolgan qiz óziga kelib tepasida savol nazari bilan turgan yigitga qaradi
- men...uyimga ketishim zarur. O'sha yerda nimadir yeb olaman. ( Heeso shoshilib yotoqdan turar ekan egnidagi kiyimlar unga tegishli emas ekanligini bilib qoch chimirdi va Yoongiga qaradi
- kecha keyimlaringni almashtirishga tógri keldi. Menga bunday qarama, seni yaxshiroq uxlasin dedim xolos
- yaxshi ammo...siz qildingizmi bu ishni?
- albatta yo'q ( Yoongi kózlarini yirik ochib ortga bir necha qadam tashladi) uyda qiz bola xizmatkor bor!
Heeso javobdan hotirjamlanib uhh tortdi. - keyimlarimni qaytib olsam bóladimi?
- xa 5 daqiqada yetqazishadi ( Yooggi telefonidan xabar jónatgach yana qizga qaradi
- men bilan yashash haqida óylab kórmading shundaymi?
- Yoongi...yana boshlamang. Bu mavzu haqida gaplashish kónglimni ozdirishni boshlayabdi.
- mayli hozircha bosim ótkazmayman, faqat etiborsizlik qilma, kelishdikmi? Men bu bolakayni soĝlom dunyoga kelishini istayman.

Pov/ Heeso
Hozircha? Yoongi yana ochiqdan ochiq tahdid bilan meni kóndirmoqchi. Uning har bir qópol gapi va xudbin harakatlari sabab unga rozilik berishni istamayotgandekman. Biroq hozir u menga bosim qilmadi...sababi oddiy. Ózini yaxshidek kórsatish...
Boshqa tomondan men nega undan bunchalar nafratlanishimni aniq bila olmayabman, u òz farzandini istayotgan bir erkak...shu sabab bazan menga qiladigan bosimlarni chunsa bóladi ammo...tanam ham undan nafratlanadi. Shu kunlar orasida oramizda juda yaqinlik bólmadi biroq u men tomon yaqinlashaversa tanamda qaltiroq uyģonadi. Hatto tanam ham undan qórqadi...balki bariga ósha tun sababchidir. Bu tunni mastligim sabab aniq eslay olmayman ammo bugun tushimga kirgan voqea huddi men va Yoongining birinchi tunimizni tasvirlagandek edi...boshida u juda muloyim va yoqimli ammo keyinroq óz nafsi uchun bir insonni ayamayotgan yirtqicha hayvon...balki tushim o'sha tundan qolgan kichik xotiralarni qayta jonlantirgan. Hatto miyam ham o'sha kunni unuta olmayabdi...
Kiyimlarim kelgach egnimni ózgartirib tezda bu xonadondan chiqishga shoshildim. Ikki qavatdan iborat katta uyda hech qanday shovqin hattoki ovoz ham eshitilmas. Yoongining ortidan chiqish eshigi uchun ergashar ekanman góyo bu uyning devorlari sukunatni asr qilgandek, faqatgina qadam tovushlar bazan bazan quloqqa chalinadi. Nihoyat uydan chiqqach tezda taksi tutib óz uyimga yól oldim, Yoongining tashlab qóyish iltifotini ham rad etdim

Uyimga yetib kelganimda vaqt 12dan ótgan, qornim bólsa doimgidek och edi. Uyimda maqtanadigan narsa yóq, 3 yil ilgari bu uyni ijraga olganman, uy egasi bilan shu yillar moyabniyda yaxshi munosabat ham qurganmiz.
Kichik muzlatgichdan bir nimalarni olib isitish uchun microwavega qòydim. Yumshoq divanimga joylashib ozimni bósh qóyar ekanman telefonimning tósatdan jiringlagani sabab uchib tushdim. Ekranda -Janob Suwon kantakti turar ekan kózim qinidan chiqqudek bôlib kattalashib ketdi. Biroz dovdirab qòngiroqqa javob berish tugmasini bosdm
- alo Heeso? Ahvoling joyidami( Suwon doimgidek muloyim ovoz bilan hol ahvol sóradi
- xayrli kun Suwon. Menda hammasi ajoyib. Tinchlikmi?
- yodimdan chiqardim dema Heeso. Bugun yangi ishchilar uchun xonalarni tayyorlashimiz zarur, yordam berishga vada bergansa

Suwonning gapidan so'ng aytgan vadam esimga tushib labimni tishladim
- xa esimda, xoziroq yetib boraman.
Qóngiroqni yakunlab isitilayotgan ovqatlarni microwavedan oldim va yana qayta muzlatgichga joyladim. Shoshilgancha eshikni qulflab studio tomon oshiqdim.

Yetib kelganimda ajratilgan xonalarning 1chisi allaqachon tartibga kelganini kòrdim. Sumkamni doimgi joyiga ilib atrofga qaray boshladim. Nihoyat bir necha soniyalardan so'ng Suwon chang uchun móljallangan latta va bir nechta tozalash buyumlarini ushlagancha qarshimda paydo bòldi
- tozalashdan nafratlanaman ( u burnini jiyirib menga xafa bolakaydek qaradi
- kechiring Suwon, biroz ishlarim chiqib qolgani sabab kech keldim ammo sizga yordam berishga tayyorman.
Boshlig'imni kayfiyatini kótarishga harakat qilib bosh barmoqlarim bilan zòr degandek ishora qildim. U tezda mening ayyorona yoqimtoyligimga erib yana jilmayishni boshladi. Ikkimiz ham ikkinchi xonani tozalashga kirishar ekanmiz, Suwon ózining sevimli musiqasini qóyib ishimizni zerikarli bólishidan qutqardi.
Salkam 2 soat vaqtimiz shu birgina xonani tozalash, yangi olib kelingan buyumlarni joylashtirish bilan ketdi. Suwon doimgidek ishlarni yaxshi yakunlasak ózimizni mehmon qiladigan ananamizga sodiq qolib qahva olish uchun ketgan mahal negadir qornimda yana og'riq va óngaysizlanishni his etdim. Qólimni oĝriq kelayotgan joyga sekin bosib lablarimni tishladim. Kecha tundagidek qattiq emas biroq chidash biroz mushkul.
Ikki qahvani tabassum bilan olib kelgan Suwonga iloji boricha jilmayishga urunib qahvalardan birini oldim. Kaftimga tirnoqlarimni botirib oĝriqdan òzimni haloq qilishga urunar ekanman, bu safar qahvaning hidi kónglimni aynitib yubordi. Lablarimni qólim bilan tòsgancha yuvinish xonasiga yugurdim, góyo qayd qilganim sabab ichimdagi bor narsa ham yóqolgandek bóldi. Aslida deyarli 1 kundan buyon taomlana olmadim. Yuvinish xonasida yuzimni yuvib biroz ózimga kelgach, uyga ketish haqida óyladim ammo xonadan chiqqanim kòyi Suwon havotirli kózlari bilan meni kutib turganini kórdim
- Heeso hammasi joyidami?
U yelkamdan tutib yuzimni tekshirar ekan, qornimda yana oĝriq turib qanday ingrab yuborganim va yerga ótirib qolganimni sezmay qoldim.

Suwonning talablari bilan doktor huzurida edik, mening holsiz va tushunarsiz ahvolim uni ham xavotirga qóyayotgani uchun biroz afsusda edim. Nihoyat doktor kòrigiga kirgach Suwonga suv olib kelishini iltimos qildim.
Yoshi katta va biroz jalxdor kóringan doktor xonim meni tekshirar ekan yuzimga hafsalasi pir bólgandek qarab qóyardi
- tanangiz nimjon ekan, shunga qaramay qorningizdagi bolangiz haqida unutib qóygansiz sheklli. Oxirgi martta qachon ovqatlandingiz?
Doktorning jiddiy ohangdagi savolidan qórqib sekingina kecha deb javob qildim
- kecha? Qoyil, endi 3 haftaga ótayotgan homilangiz borligini rostan ham unutgansiz. Buni ustiga tor kiyimlar ham kiygan kórinasiz homila biroz qisilgan shu sabab balki oĝriqlar bólayabdi, ózngizga etibor bermas ekansiz to uni dunyoga keltirguningizga qadar bu oĝriq tóxtamaydi. Vitaminlar qabul qiling, kengroq kiyimlar kiying va hurmatli yosh qiz ózingizni asrang.
Doktorga maslahatlari uchun minnatdor bildirar ekanman eshik ochilib qólida yelim idishda suv kótargancha Suwon kirib keldi. Doktor meni qarashni bas qilib Suwonga ham hafsalasi pir bólgan yuz ifodasi bilan qaradi
- ayolingizni ehtiyot qiling, homilasiga yaxshiroq g'amxórlik qilish lozim....
Doktorning gapidan nafasim bógzimga tiqilib uning keyingi gaplarini aniq eshitmay qoldim. U yanada qattiq ovoz bilan ortimdagi Suwonga tushuntirishlar berar ekan, keyingi bo'lishi mumkin bólgan voqealarni òylab labimni tishladim...

Ikkimiz ham nihoyat xonadan chiqqanimizdan sóng Suwonga qaradim. U doimo tabassum qiladigan yuz chehrasidan mutlaqo men uchun notanish yuz ifodasida menga tikilib turar edi
- Hesoo...sen homiladormisan?🐱❤️