April 23

9оу

~ ishonchsizlik barini barbod qiladi ammo ishonch berish ham bunchalik oson bólmasligi kerak edi ~
9 - epziode ❤️🐱
Soat millari allaqachon uyqu vaqtini kórsatmoqda. Ammo uyqu órnini tana oĝriĝi va bezovtalik egallagani sabab hatto kóz yuma olmayotgandi Heeso. Yoongining uyida ikkinchi tuni bólsada, begona bólgan xona, uning buyumlari, havosi ham qizni tiqishtirmayotgandek edi. Heeso shiftga tikilar ekan, tong tezroq qaytishini va bu xonadan ózini butunlay olib chiqib ketishni kutardi. Ammo bu uchun hali 6 soat kutish lozim. Qiz qornini qattiq bosgancha yotoqda gújanak bólib yotib oldi. Keng xona qizni siqayotgandek tuyilishni boshladi. Bunga bardoshi yetmagan qiz órnidan turib suv ichish maqsadida xonasidan chiqdi sòngra eslab qolgan kóyi oshxona tomon keta boshladi.
Tanasida sezilmas darajada bor bólgan oĝriqni etiborsiz qoldirgancha unchalik kóp bólmagan zinadan pastga tusha boshladi. Uyning karidorlari bóylab yurar ekan kichik ammo zim ziyo yoritib turgan lampalarni kuzatdi. Uy shunchaki tunga tayyorgarlik kórgandek juda  yoruĝ ham qoronĝu ham emas. Heeso nihoyat oshxona eshigini ochib bu uzun yólaklardan qutulgani uchun ichidan xursand bóldi. Biroq xonaga kirishi bilanoq kórgan manzarasidan kòzida zórga ilinib turgan uyqu ham goÿib bo'ldi. Oshaxonaning markazida oq billur stolda bir nechta bóshatilgan spirtli ichimliklar sochilib yotar, yerda shisha siniqlari parcha holda qizning qo'rquvini uyĝotdi. Marmar stol ustida esa Yoongi kózlarini tim yumgancha uxlab yotardi. Uning kózlari yumiq bólsada kóz tagi kórinarli darajada qizargan, uning yuzini betob insonlarnikidek nursizlik egallagan.  Hesoo bundan tashvishlanib siniq chiziqlarni sekin chetlab o'tdi. Stol ustidagi shisha idishlarni axlatga joylashtirib boshini stolga qóyib olgan Yoongining yelkasidan turtdi. Ammo yigit bunga javob bermay noqulay uyqusini davom ettirdi. Qiz sekin yigitning quloĝiga uning ismini aytib shivirladi.
- Yoongi..turaqoling.
Ammo bu ovozdan Yoongi shunchaki labini qimirlatib qóydi. Heeso oshxona xidiga ortiq chiday olmay burnini chimdalab yigitni qattiqroq turta boshladi
- tursangizchi, qanday bu holda uxlash mumkin. Ólgudek mast bólguncha ham ichmaslik kerak edi!
Heeso jaxl aralash nolib uning yelkasiga bir necha bor musht tushurgach Yoongi bir kózini ochib atrofga tushunmay nazar tashladi.
U yonida burnini jiyirib turgan qizga kózi tushgach ahmoqona jimaydi.
- tushmi bu?
Yoongi jilmayishdan tóxtamay qizning barmoqlariga qól uzatib ularni kafti orasiga joyladi. Heeso Yoongining qizargan kózlariga boqdi, yigitning yuzida charchoq bor.
- dam olishingiz zarur ( Heeso
- mendan bósa olsang...dam ola olaman.
Yoongi kaftidagi barmoqlarini qattiq qisib lab uchida jilmaydi. Ikkinchi qóli esa allaqachon qizning belini mayin silashni boshlagan. Heeso kózlari bilan yigitning nigohini órganar ekan uning hech bir sózini jiddiy olgisi kelmadi.
- turaqoling Yoongi.
Qiz Yoongining bir qólini yelkasidan ótkazib uning jinnicha kulishlarini etiborsiz qoldirdi. Bir necha mashaqqatlardan sóng Yoongining yotoqxonasiga yetib kelishgach Heeso sarhush yigitni yotoq ustiga joyladi. Yoongi yotoqqa bosh qòygan on kózlarini yumib chuqur uyquga ketgan, endi ahmaqona jilmaymas, tóshakda esa tanasi muqim mangulikka ketgandek jim yotardi. Heeso uning yoqimtoy yuziga boqib, nega bu insonning hatti harakatini uning yuziga mos emasligini óylab kulib qóydi. Xona chiroĝini óchirish uchun ketar ekan xona burchagidagi kichik tokcha ustidagi bir nechta qoĝozlarga kózi tushdi negaki hujjatlari ustida qizga tanish ism yozilgan edi. Kim Taehyung. Heeso bunga tushunmay qovoq óydi sóngra taxlangan hujjatlar tòplamini ochishni istadi biroq Yoongi bundan xabar tobsa ranjishini bilib ózini bu ishdan tiydi

~ ~ ~ ~ ~ ~
Afsuski tong bu xonadondagi ikki inson uchun ham yaxshi boshlanmadi. Tanasida tunda qabul qilingan alkagol zarralari hali hanuz bor ekan Yoongi tinib uxlagan bólsada qattiq bosh oĝriģi bilan uyĝondi. Yotoĝida sochlarini qattiq qisgancha harakatsiz turib bu oĝriqni yengish yólini izladi. Ammo óylashdan zarracha foyda yóqligini anglagach yigit xonasida joylashgan ichki dushga kirib, tanasini yoqimsiz alkagol hididan tozalab yuvindi

Tongi sovuq dush organizmlarni uyĝotib ularga soflikni beradi degan gaplarga endi amin bólgan Yoongi biroz bólsada óziga kelganidan mamnun holda xonasidan chiqdi. Zinaga yetmas karidorning oxirgi burchagidagi eshik qiya ochiq ekanligini kòrgach endi bu uyda yolgiz emasligi yodiga tushdi. U Heeso haqida butunlay yoddan chiqarib qóyagandi
Yoongi eshikni yanada qiya ochib xonaga kóz tikdi, maxsus ayollar uchun taxlangan chiroyli xona hech qanday tovushsiz sukunatga chókkan edi. Yigit xonaga kirishni boshlagach kichik kirish qismidan sòng keladigan yotoqqa kózi tushdi. Keng oq choyshab bilan bezalgan yotoq ustida Heeso kózlarini yumgancha uxlardi ammo tinchgina holatda emas. Qiz bor tanasini kichik hajmga keltirgan, g'ujanak holda bilinmas qaltiroq bilan birga edi. Yoongi u tomon yaqinlashar ekan qizning teridan namlangan yostiĝini va sochlarini kórib havotirga tushdi.
- Heeso...
Uning ismini tilga olib, qólini uning qaynoq peshonasi sóngra bóyniga olib bordi. Óz ismini eshitga qiz kózlarini kuchsiz ochib yumdi.
- ahvoling joyidami? ( Yoongi
Keyingi savolni anglolmagan Heeso kipriklarini kòtara olmayotgan qovoqlarini qayta yopdi. Yoongi bundan biroz jazavaga tushib qizni yoniga qulayroq joylashib uni baĝirga kótarib oldi
- shifokor chaqirishim lozimmi? Senga nima bóldi erkatoy...
Yigit kishining xavotirli tovushi quloqlarida yangragach Heeso yana bir bor kózlarini ochdi.
- menga oĝriq qoldiruvchilar zarur...chiday olmayman...( navbatdagi kuchsiz harakat va sózlar. Heeso tanasidagi oĝriqdan yana junjikib Yoongining baĝriga...yengil shaftoli va okean hidi aralash quchoĝiga ózini kiritdi. Yigit uning harakatidan yutundi...axir Heeso doim ham Yoongiga yaqin kelmasdi. Orada qandaydir bóshliq avval boshidan beri bor va buni butunlay yòqolishini Yoongi unchalik ham istamaydi.
Yoongi Heesoni yotoqqa qayta yotqizib dorilar burchagini kózdan kechira boshladi. Sóngra ularning birida oĝriq qoldiruvchi izohini kórgach stakan suv bilan Heesoning xonasiga qaytdi.
20daqiqalardan sóng Heeso biroz óziga kelib yotoqdan oĝir tanasini kótarib atrofga alangladi. Xonasida undan boshqa zot yóq, ammo sarhush holida Yoongining shu yerda ekanligini aniq eslagancha turib yuvinish xonasi tomon ketdi...

Kichik zal...bir oiladan bólgan ammo ózlarini ashaddiy dushmandek tutayotganlar qahr nigohlari bilan bir birining kózlariga tikilib turishibdi. Qiz akasining hissiz yuzidan mano óqiy olmas ammo tanasida bor kuch bilan kózlarida miltirab turgan yoshlarni oqmasligi uchun harakat qilayotgandi.
- shunchaki ketishing kerak edi ( Jeon Jihyee labida qaltiroq bilan akasiga yuzlandi.
- bu hech nimani ózgartirmasdi. Ótmishda ham...hozir ham (Jeon Jungkook sokinlik bilan javob berdi.
- o'zgartirar edi. Seni hayotimda yóq bólishing men uchun katta ózgarish bólar edi....sensiz ancha baxtli bólishim ham mumkin edi..( Jihyee
- bunday dema singiljon. Seni óylab qayĝuruvchi akangsiz bu olamda tirik ham qolmas eding. Ayniqsa Jeon oilasida mensiz qanday yashashingni tasavur qil. Tan olishing mardlik bóladi...mensiz bu farishta yuzing allaqachon yoqib yuborilar edi. Mensiz...hech kim bólmas eding. Oilaning ayollari singari quldek qaralardi senga. Sen uchun qilganlarimdan so'ng ham mensiz hayotni qanday istashing mumkin ( Jungkook
- oĝzingni yum! ( Qiz ortiq chiday olmay kóz yoshlariga erk berdi. Ammo yanoqlardagi yosh shunchalar qaynoq..góyo Jihyeening tanasidagi olov bilan jiplashgandek uning yuzini kuydirib ótardi... ( men uchun qilgan har qanday ish ortida óz manfaating borligi aniq edi. Òz singlingni qògirchoqqa aylantirgan ham sensan Jungkook! Menga bunday minnat qila olmaysan
- Bas qil Jihyee. Kóz yoshingni yonimda oqizma! ( Jungkook taxlikali ovoz bilan qizga óshqirdi. U keng tanasini butunlay tashlab olgan kreslodan turib singlisi tomon kela boshladi. Bundan tanasida qòrquv uyĝongan Jihyee bilaklariga tirnoqlarini qanday qattiq botirib yuborganini bilmay qoldi. Jungkook singlisining qarshisida unga vaxshiyona tikilar ekan uning yuziga tushib turgan soch tolalarini quloqlari ortiga yengil silab ótkazib qóydi

- shunchaki aytganimdek qil va barchamiz uchun bari ajoyib bóladi. Ósha yigitchani tashlab ket, bu qiyin bólmaydi sen uchun. Axir qandaydir sevgi deb akangdan voz kechding. Oilamiz shani ravnaqi uchun 3 kunlik mashuqingdan ham voz kecha olasan. Óylashga vaqt yetarli emas Jihyee...yoki otam yoki men undan voz kechishing yordam bermasimizdan oldin ózing oldinga qadam tashla...aqlli qizaloq ból. Seni porloq hayot kutayotgan bir paytda, ustingda doimo yoqimsiz hid anqiydigan shifoxonani ham sevgiling shifokor yigitni ham hayotingdan chiqar
Jihyee quloqlari ostida shivirlayotgan ovozdan jirkanib ketdi. Jungkookning sózlari yakunlanishi bilan ózini ortga olib yoshli kózlari bilan akasiga boqdi
- unga hech nima qilmaysiz! Va men ham siz aytganingizdek kimgadir ikkinchi rafiqa bólmayman. Dunyo sizlarning qólingizda aylanmaydi.
Jihyee sozlarini baland ohangda yakunlab eshikdan chiqib ketdi. Bu iflosliklar ortidan qurilgan binoda ortiq nafas olishni istamay kuchi boricha tezlik bilan kóchaga ózini otdi. Hayolida esa bir ibora qayta qayta aks sadodek takrorlanardi " Lanat bòlsin bu Jeonlarga"...

-- Heeso Yoongining uyidan nonushtasiz chiqqani sabab allaqachon qorni och bólganini his qilib asabiylasha boshladi. Ishda bugun Suwon kórinmagani sabab shirinliklar bilan mehmon qiluvchi mehribon dóst yóq. Qiz bundan ranjib kamera oynalarini tógirlar ekan telefoniga kelgan xabardan yuziga tabassum yugurdi
✉️ - 10 daqiqada yetib boraman. ( Yoongi
Qiz kòp ham vaqt ótkazmasdan narsalarini taxlab qizlarga ketishi zarur ekanligini takidlagancha studiodan chiqdi. Yoongi aytgan vaqtidan ertaroq kelib mashina eshiklarini qiz uchun ochib berdi.
- tongda biroz holing yóq edi. Afsus muhim ishlarim sabab yoningda qola olmadim.. ( Yoongi yóldan kòz uzmay sóz boshladi
- hech qisi yo'q. Hozir hammasi yaxshi
- unday bólsa sen uchun shirinliklar oldim. Yumshoq kruasantlar. Manimcha hozirgina pishgan chunki sotib olganimda juda qaynoq edi. ( Yoongi
- siz kóringaningizdan kóra mehribonsiz Yoongi ( Heeso jilmaygancha ort órindiqdan paketlarni olar ekan, uning sózlaridan kichik jilmaygan yigitni payqamadi. Heeso ifori ishtaxani qitiqlovchi shirinliklarni olib yeyishni boshladi. - Yoongi...menga shokolad yoqishini qayerdan bilasiz? Donutlar ham shokoladga tòlgan edi. Bu safargilari ham shunday ( qiz katta tishlam shirinlik bilan gapirar ekan xursandligidan kichik raqsga tushar edi. Yoongi bundan yana jilmayib - shuchaki deb qóydi.
- qarib qolgan choldek javob bermasangizchi. Hech bólmasa taxmin qildim deyishingiz kerak edi. ( Heesoning injiqligidan Yoongi kulishdan ózini tóxtata olmasdi. Axir u birinchi bor yoshi katta odam birgina shirinlik uchun shunchalar xursand bólishini birinchi bor kórishi.
- Yoongi! ( Heeso yana jim turgisi kelmadi - men shifokor qabuliga yozilganman. 30 daqiqada ósha yerda bólishim lozim!
- yaxshi.
Yoongi qizning xoxishiga kóra manzil tomon ketishni boshladi. U aynan qanday shifokor qabuli ekanligiga qiziqmadi...