9оу
mart 2024. Muallif: Jeon Jihyee
– Sevgi uchun 3 soniya yetarli, nigohlaringni qayta kórishim uchun menga kóproq vaqt kerak....
11 - epziode
Chuqur uyqudan uyĝonishni boshlagan tana bóynida bir maromdagi qaynoq nafasni his etmoqda, barmoqlar ham kimningdir kafti ichida qattiq qisilgancha isishni davom ettiryabdi, qiz ortida gòyo uning tanasidan suyanchiqdek foydalanayotgan insonni his etgach biroz óziga keldi va tanasini yotoqdan turishga majburladi. Heeso ózini ónglagach bir yotoqda tuni bilan uning yonida uxlab qolgan Yoongini kórib biroz chóchib ketdi. Qiz uyqudagi yigitni kózdan kechirar ekan, uning miyasida Yoongining kelishgan hamda yoqimtoy yuzi qandayin tarzda óz òrnida ekanligi haqidagi fikr aylanishni boshladi. Uning tim qora peshonasiga tushib turuvchi sochlari tózĝigan holda uni yanada yoqimli va kelishgan kórsatardi...
Yoongining tanasida alkagol tasiri tarqagan bólsada, yengil bosh oĝriĝi uning kecha yetarlicha ichganini eslatdi. U yotoqdan turganiga ancha vaqt ótgan bólsada óngaysizlayotgan tanasi sabab shunchaki xonani jim kuzatardi. Nihoyat u esladi..bu ochiq ranglardan iborat, uzun parda va katta derazali xona Yoonginiki emas..bu xotiradan so'ng yigit oq choyshabga qaradi..va ikkinchi bor eslagan narsasidan labini tishlab sochlarini ortga taradi. Negadir unga bu xonada uxlab qolgani yoqmagan. Góyo Yoongiga uning miyasi shunday xulosa bergandek.
Tongi dushdan sóng biroz nam sochlarini sochiqqa quritgancha oshxonaga tushgach Yoongi kórgan manzarasidan eshik yonida turib qoldi. Doimo bósh turuvchi yoki shisha idishlar joylanadigan stolda bu safar bir nechta likopchalar, endi damlanganini bildrigancha chiqayotgan qaxvaning buĝi va shirinliklar dastasi kórindi. Katta muzlatgich yonida esa Heeso nimanidir izlagan ammo topa olmaganidan xunobi oshgancha turardi. Nihoyat qiz ortida turgan yigitni payqagach norozi ohangda gap boshladi
- sizni vegetarian deb óylamagan edim. Muzlatgichda sabzavotlardan boshqa hech nima yóq. Xatto tuxumlar ham..
Yoongi stulga joylashib issiq qahvadan hóplagach javob kutayotgan Heesoga qaradi
- asosan uydan ovqatlanmayman, shu sabab ortiqcha mahsulotlar ham sotib olmasdim agar istasang bugun kerakli narsalarni sotib olishimiz mumkin ( Yoongi
- yaxshi! Men ovqat qilishda mohr emasman ammo harakat qilishim mumkin balki shunda uyga ertaroq qaytarsiz ( Heeso ham joylashib tayyorlagan nonushtasini tatib kóra boshladi ammo uning oxirgi jumlasi Yoongini shubxalantirgandi.
- uyga erta qaytish deganda nimani nazarda tutding? ( Yoongi
Heeso savoldan biroz uyalib qolidagi qoshiqni kókatlar ustida óynata boshladi.
- men...hali uyga órgana olmadim. Ayniqsa kech tushishi bilan yolgiz qolishni istamayman shu sabab hech bólmasa sizni uyda ekanligingizni óylash bilan qórquvni yengarmidim...demoqchi edim ( Heeso asabiy jilmayib sochini ortga taradi ammo unga tikilib turgan yigitga zinhor nigohlarini boy bermadi. Qizning javobidan Yoongining yuziga tabassum yugurdi sóngra stolda tayyorlangan nonushtalarni shunchaki yeya boshladi...
Yoongi uzun rastali qatordan mahsulotlarga deyarli etibor bermay Heesoning ortida jimgina ergashardi. Qiz esa ortida savatni ushlab undan kóz uzmay kelayotgan yigitning qarashlaridan hijolat holda zórga ózini tutishga urindi. Ammo ikkisining sózsiz nigohlari, kóz tóqnash kelganda ózini olib qochish hislari katta mashtabli dókondagi hech kimga malum emas, bu harakatlardan paydo bólayotgan hislarni faqatgina Yoongi va Heeso his etadi.
- Yoongi...menimcha mahsulotlarni barini oldik. Men shirinliklar ham olmoqchiman, siz kassa borishingiz mumkin ( Heeso jilmaygancha kassa tomon yólga ishora qildi.
- shirinliklarni ózing olmoqchimisan? ( Yoongi
- ha..axir savatdagilarni siz sotib olyabsiz. Men shirinliklar uchun tólayman. Oldingizda noqulay bólishni istamasdim ( Heeso
- Bunga hojat yóq. Barini ózim tólay olaman. Agar yana nimadir olish zarur bólsa tanla.
Senga boshida ĝamxórlik qilaman deb vada berganman ( Yoongi qóliga ikkinchi kichik savatni olib allaqachon tólganini ishchilardan biriga berdi sóngra hayron bólib turgan qizning qo'llaridan tutib boshqa rasta tomon keta boshladi
Pov/ Heeso
Kapalaklar...men hozir shu hashorotlarni butun tanam bóylab his etyabman. Chunki barmoqlarimni kelishgan bir yigit tutib olgancha menga mehribonlik qilishini aytdi. Ilgari Yoongi bilan munosabat qurish mushkul ishdek tuyular edi ammo uning doimo men tomon tashlaydigan shiddatli qadamlari bu taxminlarimni yanchib ótayotgandek. U sovuq nigohlari bilan ózini ĝururli kórsatsada doimo men uchun qiladigan ĝamxórliklari orqali ham qandaydir tarzda mehr bera olishiga amin bólaman. Ammo bu hislarimni sevgi deb atashga qòrqayabman, Yoongi bu ishlarni farzandi uchun qilayotganini bir necha bor takidlagan..kelajakda bir tomonli sevgidan azoblanishni hozir ózimni teyib turishdan kóra mushkul deb bilaman..nima bólganda ham...men bu erkakni sevib qolmasligim zarur
Heeso óylari sabab sekingina Yoonigining kaftidan qólini oldi. Bu holatda yigitni noqulay holga qóymaslik uchun tezda rastalardan biriga borib shokoladlarga qarab narxini tekshirdi. Uning keskin harakatidan hayron qolgan Yoongi qizga qaradiyu, savatni olib uning yoniga joylashdi...
- tanladingmi? ( Yoongi Heesoning ortidan turgancha u narxini tekshirayotgan òrtacha qora qutili shokoladga ishora qildi.
- bu biroz qimmat, bilmayman tarkibiga tilla qóshilganmi? ( qiz norozi holda uzoqlashib boshqa narsalarni kóra boshladi. Yoongi esa unga qarab yuzidagi tabbasum bilan ósha "tarkibida tilla bor" shokoladlardan bir nechta qutini savatga joylab yana Heesoning ortidan ergashdi.
- Yoongi...sizga qanday qahva olish zarur? Bu yerda shunchalar kópki hatto ózimga tanlay olmayabman
Ismini eshitgan Yoongi ortga burilib barmoqlarini ishqancha qahva paketiga tikilib turgan qizga qaradi.
- qahva tanlamayman. Yoqqanidan olaver
Quyosh botish arafasida, stol ustini butunlay qoplab olgan paketlar esa tartibsiz holda turibdi. Darrov egnini qulay kiyimga alishtirgan Heeso keng tabassum bilan ketma ket ularni óz joylariga qóyishni boshladi. Oshxona burchagida esa kursida shunchaki uni kuzatib turgan Yoongi hayollarida qanday qilib oddiy ishdan inson bunchalar xursand holda bólishi haqida óylardi.
- Yoongi...bugun ózim taom tayyorlayman. Biron nima istaysizmi? ( sóradi Heeso muzlatgichka sut qadoqlarini joylashtirib
- bilmayman..aynan nimanidir yegim keladigan odam emasman ( Yoongi
- haa...bazan juda zerikarli bólib ketasiz ( Heeso tabassumini kinoyali qiyofaga ózgartirib goyo yigitning ustidan kulgandek bóldi.
Ammo Yoongi buni biroz jiddiy qabul qilgan kórinadi...u órnidan turib Heesoning qarshisiga keldi va qóllarini bir biriga óragancha yelkasini devorga suyadi.
- zerikarli? Seningcha qanday odamlar zerikarli emas? ( u biroz jiddiy qiyofa bilan Heesoning kózlariga tikildi
- ya'ni..sevimli qahvangiz yóq, hatto sevimli taomingiz ham. Hozir yoqtirgan rangingiz qanday deb sórasam ham javob bermaysiz ( Heeo
- chunki sevimli narsasi bólishdan naf yóq. Doim borini qabul qilishga órganib kelganman. Qandaydir yoqtirgan rang tanlash men uchun keraksiz fikr xolos ( Yoongi
- ammo..bu kabi kichik tanlovlar bizni aynan kimligimizni bildiradi. Siz yoqtirgan qahvani har tong ichish..bu kichik baxt. Sevgan taomngizni bugun tanavvul qilsangiz ham..qandaydir kichik quvonchni his etasiz. Shu kichik hislar sizni bugun baxtli kun bilan taminlaydi...men shunday deb óylayman ( Heeso
Yoongi qizning sózlarini jim tinglab uning kuyanchak yuziga boqdi
- sen tayyorlab bergan qahva men uchun eng totlisi desamchi? Yoki uyatdan qizaradigan yanoqlaringning rangi..u eng sevimli rangim desamchi? ( Yoongi qarshisida hayratomus qiyofa bilan tikilib qolgan qizga yaqinlashib uning allaqachon qizargan yuzidan siladi. Sóngra uning quloqlariga past ovozda shivirlab qizni yanada hayajonlantirdi - xósh...endi ham zerikarli inson deb óylaysanmi?
Heeso qaynoq nafasdan yutunib bir sóz deya olmay kózlarini óynatdi xolos. Yoongi uning harakatidan jilmayib, qólini uning keng hoddiesi ustidan beliga joyladi va ikkilanishsiz uning lablaridan bósa oldi. Heesoning nim pushti labi biroz qurib qolgan ammo Yoongi bunga unchalik ham etibor qilmay qizning lablarini ehtiros bilan òpa boshladi
Bu góyo totli shirinlikdek tasir qilardi uning tanasiga, qanchalar kóp qabul qilsa shunchalar chanqoq kótariladigan ichimlikdek edi bu lablar. Yoongiga bari kamlik qilayotganini endi ózi ham his etib Heeso tanasiga tomon tortib oldi. Uning barmoqlari esa allaqachon hoddiening chegarasini chetlab ótib qizning qaynoq badani bóylab sayr qilardi. Yóq..bu ham yetarli emas...yigit nafas yetmayotganligini inkor etib ehtiros tólgan bósalarini yana chuqurlashtirdi...kóproq...unga kóproĝi kerak...
Dunyodagi ĝamlarsiz, òtkinchi tashvishlarsiz ótayotgan kunidan baxtli edi Jeon Jihyee. Bugun birinchi bor Taehyung uni óz uyiga taklif etgan, mashina bóylab yigitning ajoyib hazllarini eshitib, qaynoq taftini his etib uni qiynayotgan barcha tashvishlarini unutayozgandi. Restaronda bólgan shohona kechlik choĝida Taehyungning qilgan sevgi izhorlari esa qizning yuragini kuydirdi...
Hozir baxtdan sarmast bòlgan ikkisi Taehyungning uyida mehmonxona zalida bir birlariga tikilgancha jim turishar edi ammo bundan charchagan qiz sabrsizlanib tinchlikni buzdi
- Tae...nimadir de?
- Jyee...nimadir deya olmayman. Kózlaringga shunchaki tikilib turish ham yetarli bólyabdi. ( tirsagiga yuzini tirab olgancha jilmaydi Taehyung.
- bu men uchun zerikarli. Yoki ketaman!
Taehyung ketishga shaylangan qiz tomon kózlarini yirik ochgancha otildi
- nega? Axir bugun qolishga vada berding
- suhbatlashamiz deb óylagan eding ammo sen shunchaki kózlarimga tikilib uyqimni keltiryabsan!
- tóxta! Avval raqsga tushishimiz kerak..sen uchun boshqa rejalarim bor. Ularni buzma ( Taehyung bugungi kecha uchun tayyorlangan barchasini uylab jilmaydi, qizil atirgullar bilan tòldirilgan yotoqxona, Jihyee uchun qimmatbaho taqinchoq va...baridan ham eng muhimi uning chóntagida 1 haftadan buyon egasining barmoqlarini kutayotgan brilliant kózli uzuk. Taehyung bugun barini reja qilgan, qalbini tóyiq toshiradigan suyuklisini bugun tamoman ózini qilishni, undan bólajak rafiqasi bólishini sórashni, qizning lablaridan bósa olishni...bugungi kun ana shunday unutilmas bólishi lozim
Taehyung tezda borib sokin ammo romantikani notalar orqali ifodalay oladigan musiqani yoqib yana tezda Jyeening yoniga keldi.
- sen bilan raqs tushishni istayman. Jyee xonim
U qizning barmoqlaridan tutib ulardan yengil bósa oldi sóngra keng zal òrtasiga qizni tortib raqs tusha boshladi.
- Tae...raqs tushishni qayerdan bilasan ( Jihyee qiyinchiliksiz raqs tushayotgan yigitga hayrat bilan tikildi.
- sen uchun órgandim xatto classic musiqalarni eshitdim. Bu seni xursand qiladi deb óyladim
Jihyee yoqimtoy sevgilisining kichik javobidan xursand bólib jilmaydi ammo negadir kózlari besabab yoshlanganini sezmadi.
- albatta bundan xursandman. Men uchun qayĝurishingdan, men haqimda doim órganishingdan..
- sen haqingda órganish góyo qiziqarli kitobni óqishdek edi, hatto men hali yetib bormagan sahifalar uchun sabrsizman. Seni ózingdanda yaxshi biladigan kimdir bólishni istayman Jyee..hatto butun umr bunga tayyorman...
Jihyee qahva rang qorachiqlarga tikilib yanoĝida dumalagan tomchini his etdi va tezda ózini ortga olib buni Taehyungdan yashirishga urindi.
- ahvoling joyidami? Jyee nimadir bóldimi - xavotirdan sóradi Taehyung.
- ha..ha yaxshi hatto alo darajada.
Pov/ Jihyee.
Qancha ózimni tiyishga urinmayin yoshlarim iznsiz oqa boshlashdi. Buni Taehyung kórishini istamaganim sabab undan hojatxonaga borib kelishim zarurligini bahona qilib ózim olib qochdim. Kózguga tikilib bóyalgan kózimni kórib...qachon bunchalik kóp kóz yosh tókkanimni anglolmay qoldim. Nega tósatdan..aynan baxtli onimda men azobdan kóz yosh tókayabman. Nega tanam ózimga bóy sunmayabdi? Ichimda kechayotganlarini nega taxlil eta olmayabman...
Jihyee biroz òzini ózi sóroqqa tutgach yuzini yuvgancha hech bir javoblarsiz yana Taehyung yoniga, ular raqs tushgan ósha keng zalga qaytdi ammo yigitni bu yerda topa olmagach hayron qoldi. Uning ismini bir necha bor takrorlab uyni aylanar ekan chiqish eshigi keng ochiqligini kórib turli taxminlar bilan ósha tomon bordi
Biroq eshikka yetmayoq kórgan narsasidan tanasi bóshashib, boshi qattiq aylanadi. Eshikning bir qismida qon doĝlari sachragan, kichik uyga barchaga xush kelganini eslatuvchi oq tuslo gilamcha esa oqayotgan qondan butunlay rangini òzgartirgan edi. Jihyee kuchsiz harakat bilan zórga nafas olayotgan Taehyungning tanasi yoniga kelib tizzalab ótirib qoldi. Uning barmoqlari titrab yigitning qon sachragan yuziga tegindi...shundan sóngina sodir bólayotganlar oddiy tush emasligini angladi. Qattiq chinqiriq bilan ózini Taehyung qilt etmayotgan tanasi tomon otdi. Yigitning yuzidagi yangi qon yuqlari sabab endi Jihyeening barmoqlari ham qizil tusga kirdi....hislar oĝriĝining ovozi bólmaydi ammo butun uyda bor yógi ikki ovoz hukmdor...zaldan taralayotgan classic musiqa va aqldan ozganlardek chinqirayotgan qizning alamli yiĝisi...
21 : 30 ~~~~
- Yoongi...sizni kutishim kerakmi?
( yotoqda shunchaki yotgan Heeso uyni qóngiroq sabab tark etgan yigitni eslab shunchaki pichirladi...bu ikkinchi kun...Heeso Yoongiga uyga qaytishini kutayotgan ikkinchi kun...