May 8

9oy

15 - epziode
Kelajak haqida orzular bor ammo kafolat yóq. Bir tundayoq hayotimning óchmas qismi egasidan ayrilganimdan sóngina bizda ertangi kun uchun kafolat yóq ekanligini angladim ammo buni tan olish qiyin. Uni endi yonimda bólmasligimni o'ylaganim sayin soĝinchim ortib bormoqda biroq bu sog'inchni bostiruvchi inson endi yóq...doimo meni kichik bósalar bilan erkalaydigan sevgilim, sózsiz erkaliklarimni kòtaruvchi insonim..meni ózimdanda kóp ardoqlaydigan yigitim..mening yoqimtoy ayiqcham...u endi yonimda emas...bu qanchalar azobli. 1 hafta bóldiki bu azobni bostira olmayabman. Uni soĝindim..qattiq soĝindim..
Jihyee quyosh chiqishga ulgurman mahal tongda derazasining tokchasiga ótirib olib 10 kundan buyon hayollariga keluvchi fikrlarni qayta óylab yiĝlashni boshladi. 10 kundan buyon bu kózlar yiĝidan tinmaydi, 10 kundan buyon qalb huvillab qolgan, tezroq vaqt ótsayu barchasini unutsa...buni ilojsiz orzu ekanligini bilsada Jihyee shunchaki umidini uzmaydi..barini unutib bu azoblardan qutilish orzusi ammo yuragining boshqa burchagi Tae bilan sodir bólgan hech bir soniyalarni unutishni ham istamaydi.
Mazlumlikka tólgan xona eshigi ochildi, Jeon Jungkook 10 kundan buyon bu xonaga Jihyeening yoniga birinchi bor kelishi edi. U yotoqda singlisini topa olmagach doimo Jihyee ózini ovutsh uchun boradigan kichik balkon tomon kòz yugurtirdi. Jihyee aynan belgilangan joyda derazadan tashqariga qarab turardi. Shu sabab balki ortidagi Jungkookni kelganini his etmadi.
- Jeon Jihyee! allaqachon ósha mashuqangning ólimini unutishing kerak edi. Singlim bólmaganingni óz qóllarim bilan seni bógib óldirardim. Bunchalar kuchsiz tana ruh, shunchaki keraksiz axlatdeksan! Shunchaki bas qil! Yetarli! U ózingni xórlashingdan qaytmaydi. Odamlar óladi, ketadi bu hayot, kónikishing zarur barchasiga! Jin ursin seni!
- men uchun qanchalar qayĝurasan, achinarli holimni kòrib jaxl bilan bas qilishimni sóraysan. Sen rostan ham zór akasan Jungkook, xatto eng a'losi ammo...óz holimga qóyib ber. Menga vaqt kerak...birozgina ( Jihyee
- vaqt bera olmayman. Dadam bundan xabar topgan, ertaga u yetib kelishingni va taqdiringni hal qilishini aytdi. Hohlasam ham vaqt bera olmayman. ( Jungkook
Jungkook sózlarini yakunlab javob uchun qizga boqdi ammo sukutni qabul qilgach otasining qiz uchun qanday taqdir tayyorlab qóygani haqida qayĝurgancha xonani asabiylik bilan takr etdi. Aslida Jihyee haq, Jungkookdagi bu tarangliklar, jaxlllar bari qiz uchun qayĝurayotganidan va qaysar singlisining keyingi kunlari uchun beparvoligidan..
Jihyee yuzida siniq tabbasum bilan tongni qarshiladi. U óz hayollari orasida uzoq vaqt davomida deyarli ish qilmadi. Birozdan sóng anchadan buyon huddi egasidek majhul telefoniga qónĝiroq kela boshladi. Jihyee avvaliga buni etiborsiz qoldirdi, ammo ósha raqamdan kelgan qisqa xabar uni tok urgandek hayajonlantirdi
- Kim Taehyung qasddan óldirilgan -

Shu kichik xabar keldi va jónatilgan raqam tezda Jihyeeni blokladi. Bu gòyo óyindek, shundoq ham och insonning yoniga barra pishgan góshtni kóz kóz etib ammo undan 1 bólak ham bermay ketish..bloklagan raqam egasi endi Jeon Jihyee qanday bólmasin uni izlab topishini aniq biladi.

Keng shaharda kimlardir tongini ana shunday mujmallik bilan qarshi olganda sizga tanish avinyudagi mójaz uyning yotoqxonasida kecha tunda óz sevgilarini qórquvsiz izhor etganlar bir birlarining pinjiga kirgancha uyqu edi. Bu xona Heesoga unchalik yoqmagan..toki bugunga qadar. Xonaning tòq, minimal ranglari qizni doimo òz dimog'iga tortib bógardi biroq bugungi tongda qiz xonaning rangi haqida óylab siqilishiga hojat yóq, undagi jóshib oqayotgan baxt garmonlari sabab u endi xonaning rangi haqida qayĝurmaydi,sevgan insoning bilan bólsang ózinga yoqmagan makonda ham baxt his etaverasan...

Xonada jiringlagan telefonning yoqimsiz ovozi uyqudagi ikki insonni ham uyģotib yubordi ammo bu aniqki qóngiroq Yoongiga bólyabdi. Doimo tongda unga kimdir qónĝiroq qiladi sóngra Yoongi yana chunarsiz harakaterini bahona qilib Heesoni tashlab ketadi..Heeso yotoqdan turib telefonini kótargan Yoongiga qarab ichida qórquv uyĝongandi. Yanami? Uning hayollarida shu savol aylandi, nahot tonglar ana shunday bir xil bólsa..Yoongi qónĝiroqqa tezda javob berib uyqisiragancha unga namlangan kózlar bilan tikilib turgan qizning yoniga qaytdi. Uning yengil maykasi ustida barmoqlarini yugurib baĝriga oldi sóngra ochiq yelkalarini siladi.
- tongda doimo yiĝlab uyĝonasanmi? ( Yoongi qizga hazl qilgandek bólib uning sochlariga tegindi.
- yana tark etasiz deb óyladim ( Heeso ham qóllari Yoongining kóksidan ótkazib uning baĝriga ózini qulayroq joylashtirdi. Yoongi qizga shunchaki kulib qóydi.
- doimo tongda bu gózallikni tashlab ketganim uchun afsus chekishni boshladim. ( Yoongi haliz uyĝonishga ulgurmagan yógon ovozda sózladi, barmoqlari esa Heesoning bóynida qolgan tóq qirmizi doĝlarni silab óynar edi.
- afsuslaning, bunga arziydigan ish qilgansiz ( Heeso Yoongining kóksiga bosh qóygancha jaxl qilgandek gapirdi, bundan yigitning labiga navbatdagi kulgu yugurdi. Bu kulgu faqatgina Heeso bilan ótgan daqiqalarda paydo bóladi...
- ayblarimni qanday yuva olaman ( yigit qizning iyagini kótarib nigohlarini birlashtirdi. Uyqsiragan kózlardan javob kutib jim turdi biroq Heeso shunchaki jilmayib Yoongini qattiqroq quchib oldi
- hozir nimadir deya olmayman, uyqsirayotgan paytimdan foydalanmang. Biroz ózimga kelib olganimdan sóng javob beraman.
- yaxshi kichik Soo...istagan vaqting javob berishing mumkin. ( Yoongi lablarini qizning yanoĝiga olib borib ópib qóydi. Bundan qizning yumiq kózlari yanada yumilib yuzida tabassum paydo bóldi. Chunki u hayollarida baxtni qanday tassavur etsa bari hozir sodir bólayotgandek edi.
- nega kichik Soo? Bu biroz ĝalati ( Heeso kózlarini ochmay Yoongining barmoqlarini siladi
- shunchaki seni shunday erkalasn yoqadi va doim ish beradi. Kichik Soo sózini eshitsang yuzingda nur paydo bólishini bilasanmi? ( Yoongi
- bunday bólishi mumkin emas, nega ózim sezmadim... ( Heeso qoshlarini chimirib yanoqlarini ushladi.
Yoongi qizning qiliĝidan yana jilmaydi...yana uning yuzidagi chiroyli tabassum Heeso sabab bóldi. U qizni ogohlantirishsiz yengil kótarib oldi, uni oyoqlari orasiga yuzma yuz joylashtirib qizning kattalashgan kózlariga boqdi.
- Heeso...uni his etishni boshlayabsanm? ( Yoongi qiziqish bilan Heesoning maykasini kótarib keng kaftini qizning qorniga joyladi.
- biroz...doktor 4 oylikdan sóng aniqroq his eta olishimni aytdi, ammo menimcha u doim ózini borligini bildirib turadi...ayniqsa..buni aytish uyatli ( Hesoo kózlarini olib qochib labini tishladi ammo uni diqqat bilan eshitayotgan yigitning sabri chidamay Heesoning belidan qattiq qisib yubordi
- ayniqsa...qachon?
- aytdimku bu uyatli deb
- bólaqol Heeso, biz shunchalar yaqinmizki hozir sen bilan dush qabul qilish haqida óylayabman.
Heeso Yoongining hazilomus sózidan yuzlarini qizarganini his etdi.
- yaxshi...har safar teginganingizda..u qanday tarzda qimirlaydi. Ya'ni buni tushtirish qiyin..hatto atiringizning hididan ham ichimda uning harakatlanayotganini his etaman.
- u seni mendan qizĝanadimi?
- aksincha sizni juda yaxshi kórsa kerak
Heeso Yoongiga qarab kulib yubordi - agar u sizni mendan kóproq yaxshi kórsa ochiqdan ochiq sizni yomonlayman! Shunda bu uchun meni ayblamaysiz
- meni kóproq yaxshi kórsa buni nimasi yoman axir otasiman ( Yoongi yuzida faxr ifodasini yaratib boshini biroz egib Heesoning sezilmas kattalashgan qornidan ópib qóydi
- nega ekan? Axir uni dunyoga keltirish uchun men qiynalayabman! Bu adolatsizlik...rostan ham shuncha azobni men kórib siz foydasini olasizmi? Hech qachon!
Heeso miyasiga kelgan fikrdan ranjib Yoongining baĝrisidan sakrab turdi. Qóllari bilan qornini berkitib góyo uni Yoongidan himoya qilayotgandek teskari turib oldi.

- foydasi yóq, u meni kóproq yaxshi kòradi ( Yoongi yotoqda bemalol ótirgancha qarshisidagi qizga lab chetida kuldi.
- bunday bólmaydi, u meni kóproq yaxshi kòradi! Heeso Yoongi yana nimadir deyishiga ulgurmay xonanini qattiq qadamlar bilan tark etdi. Chiqqan jaxlini bildirish uchun esa eshikni qattiq yopishni ham unutmadi.
Pov Yoongi
Oramizda bólgan sóz òyinida u shunchaki ózini yutgan hisoblashni tanladi. Albatta bu eng aqllilarning ishi.
Ammo ikkimiz talashayotgan narsa aslida juda kulgili. Hali tuĝulmagan farzandimizning mehr etiborini talashish aslida ajoyib hislarni beradi biroq buni jiddiy qabul qilgan Sooning holini kòrish bularning eng kulgulisi..u ona bólishga tayyormi? Axir hali ózi bola. Mendek tez ulĝayishga majbur bólgan inson bilan hali bolaligini yóqotishga ulgurmagan qizning munosabatlari juda gayrioddiy bólsa kerak, qiziq bizda bu kabi tortushuvlar hali yana davom etishiga ishonayabman. Va umid qilaman..bu anchayin uzoqqa chóziladi. Bu uchun harakat qilaman...

Tongi nonushta uchun tayyorlangan yengil sutli mahsulotlar kichik stolni bezadi. Yoongi dush qabul qilgach odatda faqatgina alkagol olish uchun keladigan bu oshxonaga Heeso kelganidan buyon deyarli har tong kiradi. Har tongda agar ular urushib qolmagan bólsalar oq marmar stolda qandaydir taom did bilan bezalgan holda tayyor turadi. Hatto Yoongiga yoqadigan qora qahva ham, oq bejirim stakanda damlanadi. Yoongi keng tabbasum bilan Heesoning yonidagi stuldan joy olib qiz ótirgan stulni biroz óziga tortib oldi. Endi bir bólak shirinlikni tishlagan Heeso Yoongining harakatiga hayron holda unga qarab qoldi chunki ular orasidagi masofa sezilarli darajasa qisqargan. Yoongi bu ishidan mamnun holda óz qahvasini qóliga olib ikkinchi qóllarini Heesoning soniga joyladi. Bu esa qizning hayratini yanada oshirdi.
- bugun qanday rejalaring bor ( qahvasidan hóplagan Yoongi qizning hayrat qiyofasiga etibor qilmay sóradi.
- deyarli muhim rejam yòq, fotostudiyaga boraman holos( Heeso sonlarida turgan qóllardan kóz uzmadi
- bugun ishdan javob ol, seni bir joyga olib boraman ( Yoongi doimgidek tinch holatda sózladi
- maoshimdan qirqishadi bu uchun ( Heeso ikkilanibroq javob qildi
- bir kunlik maoshingni men beraman, xósh...bugun shaxsiy suratchim bólasan. Yaxshimi? ( Yoongi nihoyat Heesoga qarab qoshlarini kótardi.
- ammo..bir kunlik ish haqqim qimmatroq desamchi? ( Heeso kózlarini ayyorona qisib Yoongiga qaradi
- kelishib ketamiz...menimcha pulim yetadi
Yoongi qahvani oxirigacha hóplab Heesoning sonlarini qattiq qisib qóydi. - 20 daqiqada tayyor ból. Uzoq kutishni yoqtirmayman.
U stuldan turib qizning yuzidan òpib qóygach chóntagiga qòlini solgancha xonani tark etdi. Uning shimarilgan yengi, biroz nam hamda xushboy sochlari Heesoni aqldan ozdirishga ulgurgandi biroq viqorli erkak kishiga xos harakatlari qizni yuragi u tanlagan inson tógri ekanligiga isbot kòrsatgandek.

Heeso mamnunlik bilan mashinadan joy olib bu Yoonginiki emasligini payqadi
- yangi mashinami? (U kichik sumkasini orqa órindiqqa joylab sóradi. Yoongi doimo mashina haydaydigan vaqt qora kóz oynaklar taqadi, hozir ham kòz oynaklarini taqib olib qizga qaradi.
- xa, eskisidan zerikdim.( U mashinani ót oldirdi. Heeso javobdan yelkasini qisib qòydi ammo miyasiga kelgan keyingi savoldan yana Yoongiga qaradi
- nega doim kòzoynaklar taqasiz? Mashina haydaganingizda
Yoongi savoldan miyiĝida kuldi
- kelishgan kòrinish uchun ( Yoongi javobni sodda qildi. Ammo Heeso bundan qoniqmadi.
- zerikarli sabab, buni ustiga sizga ular yarashadi deb kim aytdi
- yarashmaydi deb ham hech kim aytmadi
- yarashmaydi..mana men aytdim.
Heeso qoshlarini kòtarib sóz oxirini undov bilan yakunladi. Yoongi bu kichik bir rashk ekanligini payqagach nimadir deyishga shoshilmadi, unga bu yoqmoqda, shu sabab shunchaki ovoz chiqarib kulib qizning jaxlini battar chiqarishni istadi...
Mashina nihoyat 3 qavatli bino yonida tóxtashdi. Bino biroz yorqin ranglarga boy bólib, ustki afishalarda turli óyinchoq suratlari tushurilgan. Heeso bularni kórib hayron bóldi

- bu yerda nima qilamiz. ( u mashinadan tushmay Yoongidan sóradi
- mittivoy uchun narsalar sotib olamiz. Shuni istadim ( Yoongi biroz egilib Heesoning qorniga sekin urib qóygach qizga jilmayib qaradi sóngra mashinadan tushib ketdi.
Heeso/ Pov
Qavatlar soni kichik bólsada bu yerda barcha yoshli bolakaylar uchun narsalar bor edi. Yoongi hotirjam dókonga kirib borar ekan, uning ortidan ergashgancha atrofdagi turli tuman buyumlarga qarab hayron qolardim, u bu yerni qayerdan bilgani ham qiziq. Tobora ichkariroq yurgach kichik chaqaloqlar bólimga yetib keldik, Yoongi mening hayratlanishimga kózi tushgach kòzoynaklarini yechib kóylagiga ildi sóngra qóllarimdan tutib turli belanchaklar qatoriga yetakladi.
- ular juda chiroyli ( hayratimni yashira olmay belamchaklarni kózdan kechira boshladim.
- ammo qaysi rangidan olishni bilmaymiz. U qiz yoki ógilligini hali aniqlamadik
- hech qisi yóq, bu muommo bòlmaydi.

Yoongi ikkimiz hali tug'ulmagan mittivoyimiz uchun narsalar tanlab vaqtimizni juda ajoyib sarflar edik. U òzini etiborsiz tutsada har bir buyumni xavfsizlik darajasini qattiq tekshirar edi. Uning bu sinchkovligini kòrib ichimda faxrni his etdim, albatta bir nechta suratlarni olishga ham ulgurgandim.
Yoongi katta kaftida bir nechta paypoqlarni olib kózdan kechirar ekan bu juda yoqimli tuyĝu hamda bu paypoqchalarni qovoqlarini óygancha kuzatayotgan Yoongi juda yoqimtoy kórinar edi. Uzoqdan unga tikilib tabassumimn bosa olmay bu manzaradan zavqlanishni boshlagandm. Zum ótmay boshqa bólimdan kichik bolakay yugurib kelib Yoongining oyoqlaridan quchib oldi. Bolakay hali yurishni endi órgangan ekanligi ayon, qólidagi xórozqandni oĝziga solib Yoongining oyog'idan qattiq tutib olgancha atrofga shunchaki tikilardi. Yoongi buni kórib nima qilishni bilmay paypoqlarni joyiga ildi sóngra menga iltijoli qaradi.
Bolakay Yoongining shimidan tortib qarshi qatordagi òyinchoqlarni imladi.
- dada..menga ham ( uning yoqimtoylik bilan aytgan sózlarini eshitib ikkimiz ham bir birimizga qarab jilmaydik. Dadasidan javob kelmagan bolakay esa yuqoriga qarab Yoongini kórgach qotib qoldi. Sóngra menga tikilgach xórozqandini qattiq ushlagancha yiĝlashni boshladi...
Yoongi bechora talvasaga tushib bolaga yaqinlashnishni ham uzoqlashishni ham bilmay dovdiradi, shunday kuchli harakterga ega insonni nahot shu bolakay dovdiratib qóygan bólsa..bolakayning yiĝisidan uning dadasi yugurib keldi hayriyatki.
- u meni siz deb óyladi, shunga qórqib ketgan kórinadi ( Yoongi aybdorlik bilan boshini silab erkakka yuzlandi
- hech qisi yóq janob, sizdan uzr sórashim kerak. Hajoon yiĝlashni bas qil oĝlim ( erkak tazim qilgancha yiĝlayotgan oĝlining kóz yoshlarini artib bu bólimni tark etdi.
- jin ursin..shunaqangi qórqib ketdimki ( Yoongi tósatdan peshonasini ushlab yelkasini rostladi
- shu bolakaydanmi? ( uning jiĝiga tegish uchun sóradim
- axir u ózidan ózi yiĝlashni boshladi, qanday qilib óz dadasini adashtirish mumkin. Mening óglim bunday qilmagan bólar edi ( U vaziyatni tushuntirib ózini bu ģalati vaziyatdan chiqardi
- Axir u xali bola, biz kattalar ketma ket qiladigan xatolar oldida uniki hech nima emas. Ammo siz undan aniq qórqdingiz..

- - - uzoq soatlarda telefon ekranidan kóz uzolmagan Jihyee xonasida shu kichik qutini barmoqlari orasida siqqancha turardi. Tongda kelgan qóngiroq yana qayta bolishiga bólgan ishonchi vaqt ótgan sari òlib borayotganini sezsada, bunga bólgan umid hali ham uni ekranga tikilib turishga undamoqda.
Jihyee lablarini tishlab qóngiroqni kutar ekan xonasi eshigi ochildi, bu xonaga Jungkookdan ózgasi kira olishga haddi siĝmaydi, shu sabab qiz yuragi qapqirib eshik tomon otildi
- Jungkook, tongda menga qóngiroq bòldi. Taehyungni qasddan óldirishgan, eshityabsanmi? Biz qotilni topishimiz mumkin. Menga yordam ber
U borayotib aytgan sózlari sabab etiborini jamlay olmadi. Eshik yonida rostan ham Jungkook turardi, qovoĝi soliq, jaxl darajasi doimgidanda yuqoriroqda. U Jihyeening sózlarini eshitar eshitmas eshikdan nariga surildi.

Qiz akasining holatini kórib telefonini qattiq qisdi chunki Jungkook uni hech qachon subbatda javobsiz qoldirmagan. Jungkook shunchaki yonga ótib navbatdagi odamga xonaga kirish uchun yól bóshatdi. Bu insonni kórgan qiz nafas olishida notekislik his etdi, qórquvdam bir onda tanasini ter bosdi. U óziga bechoralarga qaragandek nigoh bilan turgan erkakka eshitilar eshitlmas nimadir dedi
- dada...
Deyarli oq sochlarsiz ammo yuzidagi keng ajinlar hamda kóylagining yoqasidan chiqib turgan chuqur chandiq uni Jungkookning keksaygan versiyasi bólishi mumkin ekanligini bildirib turardi ammo bu erkakning hatto soyasi ham qizning qórquviga sababchi...
- erkinlik vaqti tugadi qizaloĝim, Jeon bólish vaqti keldi!

15 - qism tugadi