Лабиринт
ael.ura:
Korea. Busan. 1990-yil
Jay : - Jyee bòldi qil. Boshqa unday qilmayman. Kechira qol.
Jihyee : - Ajabo ! Odam shunchalar ham bezbet bòladimi ? Bu allaqachon 20 chisi.
Jay : - Va'da beraman. Boshqa qizlarga gap otmayman.
Jihyee: - Sen doim shunday deysan. Lekin òz bilganingdan qolmaysan.
Hech kimga etibor bermay kutubxonada bir biri bilan tortishayotgan yigit va qiz baland kelgan ovoz tufayli jimib qolishdi.
👤: - Bas qiling ! Bu yer kutubxona. Gapingiz bòlsa tashqarida gaplashing.
Jihyee : - Kechirasiz amaki bu boshqa qaytarilmaydi , - u tazim qilib uzur sòradiyu. Jay ni bu yerdan hayday ketdi , - yaramas ket yòqol. Seni deb bòldi.
Jay : - Nimasini yaxshi kòrasan shu kutubxonani. Òlgudek zerikarli. Jin ursin. Yomon kòraman kitoblarni - , deb kitob javonlarini tepib tashladi.
Jihyee : - Agar hozir ketmasang. Seni òz qollarim bilan òldiraman , - jahl otiga mingan qiz hozir aniq bu yigitni bir nima qilib qòyishi aniq edi.
Jeon Jihyee
Jay indamay bu yerni tark etdi.
Qizga sevgilisining bu qiliĝi juda ògir botdi. Balki kitoblarini ranjitib qòyishidan qòrqqandir. U indamay kitoblarni oldiga kelib ularni qòli bilan silay boshladi.
Kitoblar uning yaqin dòsti. Uning barcha qalb oĝriqlarini ular jimgina tinglay oladi. Balki shuning uchun ham uning kitoblardan boshqa ishonchli dòsti yòq. Ota onasing òlimidan sòng suyana oladigan odami qolmadi. Na qarindoshlari òz qarmoĝiga oldi. Òsha vaqtlarda koreada òziga tòq oilalar kamdan edi. Odamlar zòrga kunini òtqazishar edi. Yaxshiyamki , otasining yaqin dòsti Janob Chon uni boqib oldi. Unga òz qizidek mehr berdi , katta qildi. Janob Chon Minning xotini vafot etgan. Negadir farzandi ham yòq. Xotinini juda sevgani uchun undan keyin uylanmagan. Bu katta kutubxona Janob Chon ga tegishli. U kutubxonani ichidan Jihyee va ozi uchun mòjazgina uy qurdirgan.
Jihyee maktabni bitirganidan sòng òqishga kirishni xohlamadi. Janob Chonga bazibir ishlariga yordam berardi. Bòsh vaqtlarida rassomchilik bilan shuĝullanardi. Sevgilisiga kelsak uni 2 yil oldin uchratgan. Koshki edi , uni uchratmaganida balki yuragi azoblanmagan bòlardi.
Xonasidagi jimjitlik uzra yerga oyoqlarini ikki bukib quchoqlab olgan Jihyee amakisining tomoq qirishi tufayli hayollari tarqab ketdi.
- Jyee qizaloĝim nimalar bòldi ? Nega yerga òtirib olding. Yana Jay bilan urushdingmi ?
U ham bir xòrsindida Jihyee ning oldiga joylashib oldi.
- Amaki charchadim . Nega doim men boshimga shunaqa ishlar bòladi. Axir baxtli bòlishga haqqim borku , ota onamni juda soĝindim . Ularning òrni bilinyapti , - deya piqqilab yiĝlab yubordi.
- Hech narsa bekordan bekorga bòlmaydi. Bu baxtsizliklarni ortidan albatta quvonchli kunlar keladi. Sen shunchaki sabr qil. Seni sevuvchi va ardoqlovchi insonning òzi bir kun seni topadi. Hayot kutilmagan sovĝalarga boy. Ishonib aytamanki , u senga vaqti kelganda òz sovĝangni qòlingga tutqazadi.
Hozir esa yoningda men borman. To òlim tòshagiga yotmagunimcha seni himoya qilaman qizaloĝim.
Kòz yoshlarini hecham tòxtamayotgan Jihyee amakisining bu gapidan sòng uni mahkam quchoqlab oldi. Ha ! Har safar u botqoqlik tomon borayotganda amakisi uni qaytarib qoladi.
- Sizni yaxshi kòraman amakijon.
- Bòldi yiĝlama . Hozir meni ham yiĝlatasan.
- Yaxshi yaxshi
Endi turaqolay. Agar kutubxonani nazorat qilmasam tartibsiz bòlib ketadi. Sen esa òzingga kelib olganingdan sòng 1 qavat 104 105 106 qatordagi kitoblarning changlarini artib chiq. Kecha 2 kishidan shikoyat tushdi.
- hop.
" Shunchaki sabr qil Jihyee sen kuchli qizsan
Soat 16.00 chamasi. Kutubxona juda katta bòlganligi uchun u yerda odam adashib ham qoladi bazida. Jihyee uchun bu yer muammo emas... U ishini tugatib bòlib òzidan mamnun holda ketayotgan edi. Lekin qayerdandir juda xira ovoz eshitildi. Boshida etibor bermadi. Odatiy hol deya òzini ovutdi. Axir qanchadan qancha odam kelib ketadi. Keyin nimagadir yuragi òsha ovoz tomon talpindi...
- Xa men. Siz kim bòlasiz ? Berilgan savolga u xotirjam yuz ifodasi bilan javob qaytararkan. Kònglining qayeridadir zarracha bu odamlar yaxshi emasligi haqida shubha bor edi.
Ular bir- biriga boshini qimirtlatib qòyishdida Jihyee tomon kela boshlashdi.
- Hoziroq biz bilan ketishingiz kerak. Agar qarshilik qilsangiz kuch ishlatishimizga tògri keladi. Ular shunday deyishdiyu , qiz tomon harakatlanishdi.
- Nimalar deyapsiz ? Kimsizlar ? Hech qayoqqa ketmayman , - Jihyee u tomon yaqinlashib kelayotgan yigitlardan qochmoqchi bòldi. Ammo iloji yòq.Tor yòlakdan kim ham chiqa oladi. Oxirgi chora faqatgina bor ovozi bilan baqirish zora biror kishi uni qutqarsa...
Yigitlar Jihyeeni tutib endi katta eshik tomondan olib ketishayotgan edi. Juda ĝalati. Kutubxonada hech kim yòq. Jihye bu sokinlikdan qòrqa boshladi. Axir hamma qayerga ketdi...Tòsatdan birinchi yigit boshidan zarba yedi va yiqildi. Ikkinchisi ham ortga qaramasidan zarba tufayli boshini ushlab qoldi.
- Jihyee qizaloĝim. Yaxshimisan? Ular senga hech narsa qilishmadimi ?
-Amakiiii , u xursand bòlganidan oĝzini tòldirib bor ovozi bilan qichqirdi. U najot farishtasi kelganidan xursand edi.
- Hoziroq ketishimiz kerak. Ular kelishdi. Men aynan shunisidan qòrqqandim.
- Ular deganingiz kim ? Mendan nima istashadi? Nimalar bòlyapti tushuntirib bering
- Hozir tushuntirib berishga vaqt yòq Jihyee. Sen bilmaydigan juda katta narsa bor , boshqalari ham òziga kelmasidan yuraqol. Seni xavsiz joyga jònatishim kerak.
- Nima boshqalari ham bormi ? - Ha ularga sen keraksan.
Janob Xan va Jihyee tez tez yurib kutubxonaning 103 qator tomon yurib borisharkan. Jihyee bu òsha ovoz kelgan tomonligi kòrib rangi oqarib ketdi. Janon Chon esa Jihyee ni hech bir savoliga javob bermay , kitoblarni sinchklab tekshiray ketdi. U birinchi X , pastidan A va yana bir qator bosh harfli kitoblarni sekin joyidan siljitdi. Birdaniga òsha harflar sariq rangga kirdi va tògridagi devor eshik kabi ochildi. Jihyee buni kutmagandi. U hayrat tòla nigohi bilan amakasiga qarararkan , u hech bir ifodasiz Jihyeeni qòlidan ushlab òsha tomon yetakladi.
- Jihyee qizaloĝim hozir shu yòlakdan kirasan. Tògri yurasan chapga burilganda lift bor. Unga minib , " Xannam jamiyati " degan tugmachani bosasan. Qolganini u yerdagilar tushuntirib berishadi. Meni tushundingmi ?
- Lekin... sizchi ? Orqadan bir toda barzangi yigitlar kela boshlashdi.
- Men ularni chalĝitib turaman. Boraqol. Ular seni kutishyapti.Jihyee oxirgi bor amakasining kòzlariga qaradiyu ortiga qaramay yugurdi. Chon esa qiz ketganidan sòng barcha kitoblarni aĝdarib tashladi. Yòlak yopildi. Barcha barzangi yigitlar unga tashlanishdi...
~Janob uni qochirib yubordik.
- Hech qisi yòq asosiysi rejamiz amalga oshyapti... Cholni tutib qarorgohimizga olib boring...
Jihyee yòlak bòylab ketarkan. U yerni qoronĝu deb ham bòlmasdi. Har 3 metrda mash'ala bor edi. Bu qanday bòlishi mumkin. Yòlak bòylab chapga burildi.
Tòĝrisida katta biroz eskirgan qora lift bor edi. "Ishonish qiyin. Tushimmi yoki òngim " deya òzini chimchim kòrdi.
Tassavvur uchun
U liftni qizil tugmachasini bosib ichiga kirdi. Amakisi aytganidek "Xannam jamiyati " degan yozuvga bosdi. Birdan lift harakatga kelib, katta tezlikda pastki qavatga tushib ketdi. Jihyee bunday harakatdan boshi aylanib ketdi.Oxirgi manzilga kelib lift tòxtadi...