"Remember our promise?"
~ 𝐒𝐡𝐮𝐧𝐜𝐡𝐚𝐤𝐢 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐧𝐢 𝐨𝐫𝐭𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐲𝐭𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢 𝐢𝐥𝐨𝐣𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐠𝐚𝐧𝐝𝐚 𝐞𝐝𝐢... 𝐌𝐞𝐧 𝐛𝐮 𝐨𝐥𝐚𝐦𝐧𝐢 𝐛𝐮𝐭𝐤𝐮𝐥 𝐡𝐞𝐜𝐡 𝐛𝐢𝐫 𝐧𝐚𝐝𝐨𝐦𝐚𝐭𝐬𝐢𝐳 𝐭𝐚𝐫𝐤 𝐞𝐭𝐚𝐫𝐝𝐢𝐦!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Taxi chaqirsammikan yo... Voy ana bittasi koʻrindi!
Mashina toʻxtadi va haydovchiga manzilini aytgancha SEUL koʻchalarini yon oynadan jim tomosha qilib ketardi.Chunki bexabar bu mashina unga ataylab tayyorlanib joʻnatilganidan...
Oʻz hayollari ummonida suzib ketayotgan qizning koʻzi birdan haydovchiga tushdi va oʻzi koʻrishni istamaydigan insonning koʻzlarini maska tagidan arang tanidiyu ichidan nimadir uzilgandek boʻldi..
shu soʻzlarni oʻziga pichirlarkan keyingi sezgan narsasi tezlikni ortishi va oʻziga butunlay notanish boʻlgan koʻchaning chiroqlari boʻldi...
Mina eshikni itarib koʻrdi, afsus qulf ekan! Hatto katta tezlikda harakatlanayotgan mashinadan tushib qolish, bu inson bilan birga ketishdan yahshiroq edi-da!
- 𝐽𝑒ℎ𝑎𝑛 - Aqldan ancha oldin ozganingni bilaman lekin bunchalikka borma iltimos!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Ovozingni oʻchir!! Nima meni kuzatyatganmiding?!
- 𝐽𝑒ℎ𝑎𝑛 - Nima deb oʻylaysan? Yahshi. Kel buni shunchaki tasodif deymiz. Boʻladimi? Miss Mina yoki... U seni qanday chaqirardiy-a?! ~ Aaa esladim... "Aster" togʻri topdimmi??
Sevgi va sadoqat ramzi... Bilasanmi, u to'g'ri nom bergan senga.Chunki mana oʻlib ketganiga 2 yil boʻlgan boʻlsa ham qaytib kelishiga umid qilyapsan?! Qanday Ahmoqlik!!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Sen qanday qilib oʻzingni insonman deb yuribsan? Sen shunchaki inson qiyofasidagi jirkanch mahluqsan tushundingmi??? Uni eslashga ham haqqing yoʻq seni! Menga kelsak sevgi bu shunchaki unutilib ketadigan matoh emas buni esa sendaylar tushunmaydi!! Mashinani hoziroq toʻhtat yoki politsiyaga qoʻngʻiroq qilaman!
- 𝐽𝑒ℎ𝑎𝑛- Seni endi tutganimda osonlikcha qoʻldan chiqaradigan ahmoq yoʻq.
Jehan shu gaplarni aytdiyu endi politsiya raqamini tera yotgan qizdan telefonni tortib oldi
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Qaytar oʻzingni kim deb oʻylayabsan Qaytar dedim... Yo boʻlmasa...
-𝐽𝑒ℎ𝑎𝑛- Nima boʻlmasa baqirasanmi yoki urasanmi? Bilganingni qil! Bugun meniki boʻlasan hohlaysanmi yoki yoʻq...Bu bilan meni ishim yoʻq!!
Qahramonimiz Jehan Minani ilk koʻrgan kunidan boshlab Telbalarcha sevardi. Ammo bu sevgi Mina uni emas oʻzga bir yigitni, qalbining haqiqiy egasini topganda va uni tanlaganda oʻzgardi!
Sevgi ~ chinakam nafratga aylandi.
Hozir Jehanni Minadan oʻch olishdan boshqa maqsadi yoʻq. Koʻzi qonga toʻlgancha haydarkan koʻzi orqada oʻtirgan qizdan hech uzilmasdi.
-𝐽𝑒ℎ𝑎𝑛- Ikkingiz bahtli boʻlmoqchi edingiz huddi ertaklardagidek... Lekin qara taqdirning ishini "U OʻLDI" sen mendan kechib tanlagan insoning OʻLDI! Endi esa baribir meniki boʻlasan.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- YETARRR.. YETARLI KIM JEHAN.. SEN BILAN BOʻLGANDAN KOʻRA OʻLGANIM AFZAL!!!
Qiz shu soʻzlarni aytib bir amallab mashina eshigini ochdi va hech bir ikkilanishsiz oʻzini pastga tashladi va yon tarafdan kelayotgan mashinaga urildi!
Mashina gʻildiraklarining qiyillagan va Jehanning baqiriq ovozi eshitildi.
•*미나씨*•:
Hotirjamlik bilan telefonda kim bilandir miriqib gaplashib kelayotgan yigitning qarshisidagi mashina eshigidan kimdir oʻzini uning mashinasi tagiga otti...
Tormoz bosishga arang ulgurgan Jungkook tezlik bilan mashinadan tushdi buni koʻrgan Jehan esa hozir bu yerda qolish unga yana ham koʻproq muammolar keltirishini bilib qochib ketishni afzal koʻrdi.
Hamma yer qip qizil qonga boʻyalgan qor...
Jungkook tez qizning pulsini tekshirdi Juda sust.. Lekin umid bor. Qizni qoʻllarida dast koʻtargancha mashina joyladi va yaqindagi kasalxona tomon ketti.
- 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Doctor nima boʻldi oʻziga keladimi?
-𝐷𝑐- Hozircha yoq lekin 3 4 soatlarda kelishi kerak. Boshidan qattiq jarohat olgan va chap qoli singan. Siz tezda nima boʻlganini politsiyaga habar bering yoki Biz berishga majbur boʻlamiz chunki bu oʻz joniga qasd qilish yoki undan battari boʻlishi mumkin.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Ha, Ha albatta habar berdim sizga rahmat men ketsam boʻladimi?
-Dc- Hozircha yoʻq. Yonidan qoʻl telefonini topolmadik yaqinlari bilan bogʻlanolmaymiz. Siz biron yaqinini taniysizmi?
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yoʻq. Oʻzini mashinam tagiga tashlagan qiz bu. Umuman bilmayman.
-𝐷𝑐- Unda oʻziga kelmaguncha unga siz mas'ul boʻlasiz. Chunki boshqa insonga murojaat qilolmaymiz. Hozir esa shu dorilarni olib keling.
Jungkook oʻzining hayotidagi muammolari yetmagandek yana biri paydo boʻlganini bilib bir oz hoʻrsinib qoʻyib dori olishga chiqib ketdi.
Oradan 4 kun oʻtdi
Bu vaqt ichida Minaning hamma kasalxona harajatlarini Jungkook oʻz zimmasiga oldi. Jehan esa qoʻlga tushib qolmaslik uchun shahardan qochib ketti.
- Doctor bemor bezovtalanyapti menimcha hushiga keldi doctor...!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Ah boshim... Hamma joyim ogʻriyapti oʻzi nima bo'ldi qayerdaman?.. Jehan... Yaramas.. Seni deb shu ahvolga tushdimmi? Qachon sendan qutilaman-a? Qara Mina hatto oʻlishni ham eplolmapsan!
-𝐷𝑐- Oʻzingizni qanday his qilyapsiz honim?
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Huddi konserva bankasidan chiqqanday hamma joyim ogʻriyapti!..
-𝐷𝑐- Bu tabiiy holat 4 kun qimirlamay yotdingiz ahir.Hozir sizni tekshiruvdan oʻtkazamiz agar analizlar yahshi chiqsa uyingizga javob beramiz.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Rahmat meni bu yerga kim olib keldi va nima bo'ldi eslolmayapman. Eslaganim mashinadan sakraganim...
-𝐷𝑐- Demak oʻzingiz sakragansiz?
-𝐷𝑐- Yahshi sababini politsiyaga tushuntirasiz.
Doctor shu gaplarni aytib honadan chiqib ketti politsiya soʻzini eshitgan qizning miyyasi birdan 5G tezlikda ishlab ketti politsiya uni oldin ham koʻrgan va bor haqiqatni aytsa, oʻzini tashlagani uchun unga katta miqdorda jarima belgilanadi uni ustiga ortidan surishtirib borishsayu, bu gap universitetiga yetib borsa haydalishi aniq!
- Ketish kerak. Mina shu soʻzlarni oʻziga aytdi va amallab oʻrnidan turib qoʻlidagi ukollarni chiqarib tashladi. Yoʻlakga bir koʻz qirini tashlab sekin tashqariga chiqti, omadi bor ekan unga biriktirilgan hamshira tushlik qilgani chiqib ketgan.
Qadamlarini biroz tezlashtirib yurarkan ortidan kimdir uni chaqirib toʻhtashini aytdi. Nima qilishini bilmay shoshib qolgan qiz yolidagi ilk uchragan eshikni shartta ochib kirib, ichkaridan berkitib oldi.
Tirqishdan poylab hamshira ketganiga ishonch hosil qilgan qiz ortiga oʻgirilarkan anchayin katta gavda bilan toʻqnashti asta tepaga qarashi bilan tepasida uni qutqarib qolgan insonni turardi. Ammo u payt hushsiz boʻlgani uchun bu yigit kimligini hali tanimasdi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Demak oʻzinga kelibsan. Bu yahshi. Lekin Erkaklar hojatxonasida nima qilyapsan menga shuni tushuntir?!
Ana endi atrofiga yahshilab qaragan qiz uyattan yerga kiray dedi u erkaklar hojatxonasida turipti. Ortiga oʻgirilib hech bir soʻz ayta maydoni eshikdan chiqib ketaman deganda baquvvat qoʻllar uni ortiga qaytardi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Kirib boʻlding, endi qayerga ketyapsan va kimdan yashirinyapsan?
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Hali bilmaysan toʻgri,endi hushiga keldi deyishgandi sen chopqillab yuripsanku? Hullas omading kelib meni mashinam tagiga tushgansan! Maqsading nima edi? Pul undirib olishmi yoki davolanish?
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Esingni yeganmisan qanaqa pul? Ha men oʻzimni tashladim lekin bu aynan seni mashinang ekanini fol ochmaganman!
Biroz kulgi aralash
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yoʻgʻe? Yahshi unda nega?
U aytolmaydi...Agar aytadigan boʻlsa butun boshli eski jinoyatlar ham shuni ortidan ochilishi mumkin.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Senga nima? Qoch! Qoʻyvor qoʻlimni!
Jungkook bu gapdan ancha gʻazablandi va uni devorga tiradi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Menga qara oyimcha,Ha menga baribir oʻlib ketsang ham seni tanimayman lekin seni deb men ham, seni mashinada olib kelayotgan odamni ham hayotiga dogʻ tushishi mumkin edi tushundingmi? Hech boʻlmasa oilangni oʻyladingmi?!!!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Birinchidan menga baqirma! Ikkinchidan meni oʻylaydigan oilam yoʻq. Haydovchi bilan oramizda nima boʻlganini faqat men bilaman sen emas. Senga kelsak baribir aybdor boʻlmasding chunki sen shunchaki yoʻlingda kelayotgan boʻlgansan! Agar tushunarli boʻlgan boʻlsa qoʻlimni qoʻyvor ketishim kerak!
Mina uni qoʻlidan kuch bilan yulqinib chiqib endi chiqib ketmoqchi boʻldi hamki tashqarida oʻgay akasini doctor bilan gaolashayotganini koʻrib qoldi.Akasi buni payqaganday endi ular tomon qarayman deganda u tez ortiga tisarilib jungkookning kastyumi ikki chetidan ushlab oʻziga tortdi va teskari oʻgirildi,oʻzini u bilan yashirmoqchi boʻldi. Hech narsaga tushunishga ulgirmagan Jungkook esa shunchaki uni qiliqlarini koʻrishga ulgurdi holos.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Tentakmisan sen? Nima qilyapsan? Hoy qiz!
Qizdan uzoqlashishga harakat qildi. Ammo Mina uni oʻziga battarroq tortti.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Ozgina jim turolasanmi?
Savol bermay tur hozir nima qilishni oʻylab Olay!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Toʻhta! Sen qochyapsan!! Seni ahmoq desam qip qizil jinni ekansanuu! Qayerga qochmoqchisan shu holatingda?!
"Tasodiflar hech ham tasodifan boʻlmagan va boʻlmaydi! "