January 19, 2025

"𝐑𝐞𝐦𝐞𝐦𝐛𝐞𝐫 𝐨𝐮𝐫 𝐩𝐫𝐨𝐦𝐢𝐬𝐞?"

𝟒-𝐪𝐢𝐬𝐦 | 𝐕𝐚'𝐝𝐚𝐦𝐢𝐳 𝐞𝐬𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚𝐦𝐢?

"𝐈𝐥𝐭𝐢𝐦𝐨𝐬 𝐦𝐞𝐧𝐢 𝐤𝐮𝐭...
𝐊𝐞𝐜𝐡 𝐪𝐨𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢𝐦 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧𝐝𝐢𝐫...
𝐋𝐞𝐤𝐢𝐧 𝐬𝐞𝐧 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐨ʻ𝐬𝐡𝐚 𝐲𝐞𝐫𝐝𝐚 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐚𝐦𝐚𝐧. 𝐕𝐚'𝐝𝐚 𝐛𝐞𝐫𝐚𝐦𝐚𝐧! "

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Nima boʻldi?

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Bu hato... Yoʻq qilolmayman... Yoʻq qoch, qoʻlingni ol . Bu hato!!!

Oʻrnidan tez turib atrofga alanglagancha oʻziga tanish boʻlgan belgi tomon yurib ketti. Nima boʻlganiga tushunolmayotgan yigitning ohirgi koʻrgan manzarasi qizning chap koʻksida, yelkasidan biroz pastdagi tushunarsiz ammo kapalakga oʻhshash tatoosi boʻldi.

𝐄𝐫𝐭𝐚𝐬𝐢 𝐤𝐮𝐧 | 𝐒𝐨𝐚𝐭 𝟕. 𝟒𝟎

Telefonning baland ovozidan uygʻonib ketgan qiz telefon qilayotgan odamni shunchalik qargʻadiki hatto jang maydonida ham insonlar bir-birlariga bunday soʻzlarni topa olmasalar kerak. Ha nima? Ahir shunday shirin uyqusi buzildi-ya...

-𝑀𝑖𝑛𝑎-Kimsan va Nima deysan? Tez gapir men uhlayotgandim!

-𝑁𝑎𝑏𝑖- SOATGA QARA AHMOQ! NECHCHIGACHA UHLAMOQCHISAN AHIR! BUGUN YANGI ISH JOYINGDA BIRINCHI KUNING EKANI ESINDAMI HECH BOʻLMASA??!!

Ana endi 𝑀𝑖𝑛𝑎 rosmanasiga uyqudan uygʻondi, telefonining soatiga qaradi allaqachon 7.50 Kechagi kundagi ichkilikdan keyin boshi yoriladigan darajada ogʻriyotganini sezdi. Bilgani kecha barga borib boʻkgunicha ichgandi.Ammo hamma narsani eslolmadi... Va u yigit bilan boʻlgan boʻsani ham...Afsus...

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Nabieeee baqirmagin, boʻldi turdim mana. Men bechora oʻzi yaqindan shifohonadan qochgan.. Ee yoʻgʻe... Kelgan boʻlsam... Koʻrishgayam kelmading..Noinsof.. Yana doʻstmush...

-𝑁𝑎𝑏𝑖-Doʻsting boʻlganim uchun bormadim. Borsam politsiyaga nima derdim? Haa dugonam oʻzi telbaroq! Oʻtmishda bir yigitni rad qilgani uchun oʻsha yigit uni olib qochmoqchi boʻpti, u boʻlsa sevgimga sodiq qolaman deb oʻzini mashinadan tashlabdi. - deyamnmi? TENTAK!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Qayerdan bilding?

-𝑁𝑎𝑏𝑖- Nima deb oʻylaysan? Seni ortingdan faqat oʻsha psixopat kuzatib yursa. Sen boʻlsa doim nimadur qilib ham qochib qolasan. Lekin Bu safar yahshi ish qilmapsan! Sensiz men nima qilardim? Kimga suyanardim? Boshqa bunaqa qilma hop! Hozir boʻlsa tez oʻrningdan tur va ofisga kel boshliq hali kelmadi ulgursang boʻladi.Tezroq boʻl Tentak Mina!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Hop tushundim.. Yahshiyam borsan... Ketyapman mana uchdim yoʻldaman!

Oʻrnidan yashin tezligida turdi. Apil-tapil kiyimlarini kiydi, yengil make up unga yetarli. Ogʻirmake upga allergiyasi bor.Oyna oldida biroz oʻziga tikilib turib
"-Mana yana Yangi kun va Yangi ish... Yangi insonlar... Hayotingni iziga tushurib olishing kerak... Ahir nima boʻlganda ham bahtli boʻlaman deb vada bergansan Mina xonim.. "

Oʻziga - oʻzi motivatsiya berib eshikdan chiqdi, omadni qarangki avtobus kelayotgan ekan. Avtobusga bir amallab chiqib oldi. Ichkari tiqilinch. Ertalab boʻlgani uchun hamma ishga, oʻqishga ketyapti. Soat millaridan sekinroq yurib turishini iltimos qilib manziliga ham yetib keldi.

> 𝐁𝐑𝐈𝐆𝐇𝐓 𝐂𝐎𝐑𝐏𝐎𝐑𝐀𝐓𝐈𝐎𝐍 <

Eshikdan kiriboq interior dizaynining qimmatga tushganiga guvoh boʻldi, tashqaridan ham chiroyli koʻringandi, lekin ichkarisi bunchalik hashamatli va odam koʻp boʻladi deb oʻylamagandi-da..

Hamma qayoqqadir qoʻlida 2\3 talab fayllar koʻtarib olib shoshilib ketyapti. U 13-qavatga, boshliqning yoniga chiqishi kerak. Allaqachon kech qolib bo'ldi. Soat 8.25 u boʻlsa 7.30 da shu yerda boʻlishi kerak edi. Endi birinchi kundan boshliqdan shirin gap eshitishni kutmasayam boʻladi.

𝐕𝐈𝐂𝐀 𝐏𝐑𝐄𝐒𝐈𝐃𝐄𝐍𝐓 |𝐌𝐑.𝐉𝐔𝐍𝐆𝐊𝐎𝐎𝐊

13-qavatga koʻtarildi va mana unga aytilgan eshik tashqarisida turipti. Kotibadan kirishga ruhsat oldi. Bu sa'vil qiz unga huddi yeb qoʻyadigan darajada qaradiki...Menimcha bu qiz bilan hali koʻp tortiahadiganga oʻxshab turipti. Eshikni taqillatgandi ichkaridan "kiring" degan ovoz eshitildi.Eshikni sekin ochib ichkariga ham kirdi.Hona hashamatli. Katta derazalaridan butun shahar koʻrinib turipti. Bir yigit qandaydir qogʻozlarni oʻqish va imzolash bilan band.

Yigit boshini koʻtarib qizga qaradi ,qiz bu yigitni bittada tanidi va mana endi haqiqiy mojaro boshlandi...

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- SEN!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- SEN!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Bu yerda nima qilyapsan bosh ogʻrigʻi? Meni Shu yergacha izlab keldingmi yoki?

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Nega endi seni izlab kelishim kerak! Men Janob.Jungkook bilan uchrashuvga keldim! Oʻzi qani? Men Min Nabining dugonasiman kotiba lavozimi uchun suhbatga kelganman! Sen kimsan? Nima Janob. Jungkookning hozirgi kotibimi yoki choy tashuvchisimisan? Nega uni narsalariga tegyapsan?

Ana endi qovun tushirdi...Lekin Mina ham nima qilsin Dugonasining tariflashiga koʻra Jungkookni katta odam aniqrogʻi qari chol boʻlsa kerak deb oʻylagandi..

-𝑗𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑘- Men!? Choy tashuvchi? Endi haddingdan oshding sen qiz! Hozir honadan chiqib ket yoki qiladigan harakatimga oʻzim pushaymon qilmasimdan!!!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Menga baqirma!! Kim bopsanki buyruq berasan! Men Janob Jungkook bilan gaplashgangani kelganman! Sen oʻzing yoʻqol!

-𝑗𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Unda oyimcha meni eshit! Men oʻsha sen aytayotgan Janob Jungkook boʻlaman! Seni dugonang Nabi meni qoʻlimda ishlaydi!

Negadir omad menga teskari ishlayapti shekilli... Yana qovun tushirding ahmoq Mina... Endi nima qildim...

Agar hozir bu ishni qoʻldan chiqarsam... Kontraktimga va uy harajatlariga pul topishga qiynalaman... Yoʻq bu ishni qoʻldan chiqarmayman!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Aaa... Men haligi... Nima desam ekan... Hullas shahsiy adovat oʻz yoʻliga kel urushmaylik...agar hazillashmagan boʻlsang... Ya'ni rostdan ham Janob Jungkook boʻlsang... Meni ishga olishing kerak! Bizga... Yani dugonam Nabi bilan siz shunga kelishgansiz ahir!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Hali ishga olasan! Majbursan! Ham degin.. Qoyil! Seni bosh ogʻrigʻi desam hali surbet ham ekansan!

Yigit shu gaplarni aytgancha oʻrnidan turib,qoʻllarini shimining choʻntagiga solgancha kibor bilan qizga yaqinlashib kela boshladi.Oralaridan 1 metr joy qolganda jungkook harakatidan toʻhtadi va qizning hijolatdan qizarishni boshlaganini sezib mi yogʻida kuldi lekin sezdirmoqchi emas , u gap boshladi...

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Hoʻsh... Qoʻlingdan nima keladi oʻzi? Oldin bunaqa joylarda ishlaganmisan oʻzi? Dugonajoning maqtaganchalik ishingni ustasiga oʻhshamayapsan...

Iloji boricha jiddiy gapirgancha bir qoshini biroz tepaga koʻtarib savol ohangida soʻragan yigit qizning maftunkor hazel koʻzlariga oʻzining tunning yulduz toʻla osmonni eslatuvchi koʻzlari bilan boqti... Oʻzi bilmagan holda qizga yanada yaqinroq kela boshladi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- A.. Albatta ikkimiz ham oʻz ishimzning ustasimiz. Va etiborining...etiboringiz uchun Janob Xalqaro Bizness Boshqaruv yoʻnalishini tamomlaganman... Bu strategiyalar va bozor oʻrganish meni Ishim, eplayman albatta...kompaniya rivoji uchun harakat qilishga vada beraman... Faqat..Yoʻq dema... DEMANG...!
Yigit yaqin kelgani sari undan kelayotgan yoqimli ifor qizga yoqa boshlagandi ortga qadam tashlasa undan qochsa boʻladi, lekin bu yigit oldida oʻzini zaif koʻrsatgisi yoʻq.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘 - Meni ishim degin...Hoʻsh unda kel seni sinab koʻramiz. 1 hafta sinov muddatida ishlaysan va senga bu uchun haq toʻlanmaydi. Agar eplolsang ishga qabul qilinasan va 1- ishlagan oylik maoshingdan 90% miqdori companiyaga qoladi ahir shifoxonadagi qilgan harajatlarimni qaytarishing kerak! Toʻgʻrimi betkachopar qiz?

Jungkook bularni nega qilyotganini hozir tushunmayaoti lekin bu qiz unga bir oz boʻlsada muammo tugʻdirgan... Endi hisobni teng qilish va uning sabrini sinash vaqti kelganga oʻhshadi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Haa...Men lekin... Mayli hoʻp roziman.

Mina oʻzi boshida rad qilmoqchi, urushmoqchi edi ahir bu nohaqlik 1 oydan ortiq muddatda tekinga ishlash.. Lekin ish topish oson emas oz boʻlsada koʻngli yumshab ish haqqining yarmini berar hech boʻlmaganda bu muz... Deya bir qarorga kelib oʻz javobini aytdi.

Bu vaqt oraligʻida jungkook qizga yaqindan qarashga ulgurdi faqatgina oq kofta kiygan qizning yelkalarini yupqa mato tagidan bemalol koʻrsa boʻlardi va kapalak shaklida tatoo yigitni oʻylashga majbur qildi. Negadur bu tatoo unga juda tanish tuyulyapti... Ammo hozir soʻrolmaydi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yahshi unda kompaniyaga hush kelibsan Noeun Mina bugundan meni va bu Companiya Prezidenti boʻlgan dadamning kotibasisan. Prezident bu yerga 1 oyda 1 yoki 2 marta keladi halos. Agar menga va jamoaga biron qilgan ishing yoqmasa senga joy yoʻq kelishdik deb oʻylayman.

Negadur bu bahaybatning savlati bosyapti jin ursin hammasini... Tanamga termulishi yoqmayapti! Nega bunchalik yaqin kelib tikilyapti?! Bu nohaqlik! Nega endi bunaqa qoʻrs yigitlar doim boshliq boʻlishi kerak!? Asabimga tegyapti!
Oʻziga oʻzi pichirlagancha yigitdan koʻzini olib qochib gapirdi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Haa Janob kelishdik. Men nima qilishim kerak?

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Eshik tagidagi kotiba senga tushuntiradi va qaytishinga menga qahva ola kel

Boshini sekin irgʻib honadan chiqib olgan qizning nafasi vanihoyat sekinlashdi. Kotibadan hamma narsani soʻrab bildi, "Beoʻxshov muz" ga (Jungkookni) qahvasini olib bordi.Bugungi kun ancha ogʻir bo'ldi hamma bilan tanishish tugul tushlikka chiqa olmadi. Kompaniya erkak va ayollar uchun kiyim ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi...

Bu esa kuchli raqobat degani ahir nima koʻp kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar koʻp...Kechgacha faqat hisob kitob bozor aylanasi, kompaniyaning hozirgi holatini oʻrganish bilan oʻtkazdi.Jungkook ataylabdan unga koʻp ish bergan, bugun tugatib ketishini tayinlagan.
Kun kechkirdi.Hamma birin ketin ketti. Faqat narigi honada tozalovchining ovozi kelyapti. Va nihoyat tugatdi! Endi topshirsa boʻldi.Qayerdandur baland ovoz kelyapti. Kimdir gʻazabda!

Jungkookning honasi yaqinlashganda baqir chaqir ovozini aniqroq eshitdi. Yaqinroq kelib poylagisi keldi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Senga nima degandim! AGAR YANA KOʻZIMGA KOʻRINSANG OʻLDIRAMAN DEGANMIDIM?! MENI ALDAB OʻYINCHOQ QILGANINGDA NIMANI OʻYLAGANDING? KECHIRADI DEBMI?YOʻQ!

-𝐴𝑦𝑙𝑖𝑛- Meni kechir... Ahir ilojim yoʻq edi... Sevaman men! Seni sevaman faqat haydama meni... Qornimdagi bola bilan qayerga boraman?!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- BU HAROMING BILAN MENI ISHIM YOQ!

-𝐴𝑦𝑙𝑖𝑛- Bu seniki ahir... Men... Yoʻq.. Seniki bu...

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- YOʻLGʻON GAPIRA KOʻRMA ASLO! MEN BILMAYMANMI? OʻZ KOʻZLARIM KOʻRDM HAMMASINI QANDAY OʻSHA MISHQI YIGIT TAGIDA YOTGANINGNI ENDI MENDAN NIMA KUTYAPSAN? AGAR CHINDAN MENIKI BOʻLGANIDA ...EXXX OʻLDIRIB QOʻYMAGANIMGA RAHMAT DE!!

Men dori tasirida edim... Hech narsani bilamaganman... Bu seniki ishon menga... Men bilan boʻl deb yalingan oʻzingmasmiding... Endi meni itarma.. Majbursan qabul qilishga... Yoʻqsa... Ommaga va otanga hamma gapni aytib beraman! qandayliginni ular ham bilsin!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- ENDI HADDINGDAN OSHDING!

Jungkook belidagi kamaridan sovuq rangdagi qurolni chiqarib oyogʻiga egilib turgan qizning boʻynidan qattiq siqib oʻziga qaratgancha qurol uchini qizning boʻyniga tiradi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- MENI JIRKANCHALIGING BILAN ADASHTIRMA SENGA IMKON BERGANDA. ENDI OʻZINGDAN OʻPKALA!

Tepkini bosishga shaylangan edi hamki eshik tagida hamma gapni eshitib turgan Mina ichkariga hech qanday ikkilanishsiz bostirib kirdi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- TOʻHTA! NIMA QILYAPSAN!? TELBAMISAN? HOMLADORMAN DEYAPTI AHIR!

-𝑗𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Bu yerda nima qilyapsan? Poylab turganmiding?

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Men shunchaki.. eshitib qoldim!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Chiqib ket!!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Yoʻq! Uni Oʻldirib qoʻyasan!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yoki hozir chiqib ket! Boʻlmasa birinchi senga navbat beraman!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Bilganingni qil lekin men ketmayman!

Bu paytdan foydalanib jungkook bilan janjallashayotgan qiz oʻrnidan turib jungkookning qoʻlidagi qurolga tashlandi,uni olib qoʻya oldi. Qurolni hech qanday ikkilanishsiz jungkookga qaratib turdi.

-𝐴𝑦𝑙𝑖𝑛-MENGA SEYFNI PAROLINI BER! YOʻQSA OʻLDIRAMAN!

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-senga oʻzi boshidan shu kerak edi! Otsang ot! Nimani kutayapsa!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Aqlingizni yeganmisiz! Hoy qiz qurolni tushir! Qamalib ketamiz hammamiz! Va ishon u yer yahshi joy emas! Tirik chiqishing qiyin!

-𝐴𝑦𝑙𝑖𝑛- MENGA HOZIR FAQAT PUL KERAK! SENI DEB JUNGKOOK KOʻP NARSA YOʻQOTDIM! HATTO SEVGILIM MENDAN VOZ KECHDI... ISHONMADI GAPLARIMGA BU SHUNCHAKI ROʻL OʻYNASH HOLOS DEGANDIM! ILOJSIZ SENGA KOʻNDIM LEKIN ENDI NIMA MANA SHU QIZNI TOPIB OLDINGMI MENI OʻRNIMGA?!! OʻLDIRAMAN UNI!

Qurolni tepkisi bosildi... Va uning oʻqi Minaga qaratilgan edi...

-𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭 𝐛𝐚'𝐳𝐚𝐧 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐢𝐤 𝐜𝐡𝐚𝐥𝐤𝐚𝐬𝐡𝐤𝐢... 𝐊𝐮𝐭𝐢𝐥𝐦𝐚𝐠𝐚𝐧 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐝𝐚 𝐤𝐮𝐭𝐢𝐥𝐦𝐚𝐠𝐚𝐧 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐲𝐨𝐭𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐳𝐝𝐚 𝐩𝐚𝐲𝐝𝐨 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐚𝐝𝐢.

Yoqti degan umiddan...:)

Fikringizni qoldiring! Bu muhim!