December 23, 2024

"𝐑𝐞𝐦𝐞𝐦𝐛𝐞𝐫 𝐨𝐮𝐫 𝐩𝐫𝐨𝐦𝐢𝐬𝐞? "

𝟑-𝐪𝐢𝐬𝐦 | 𝐕𝐚'𝐝𝐚𝐦𝐢𝐳 𝐞𝐬𝐢𝐧𝐠𝐝𝐚𝐦𝐢?

"𝑵𝒆𝒈𝒂 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒈𝒂𝒏𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒊𝒔𝒕𝒂𝒈𝒂𝒏𝒑𝒂𝒚𝒕𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒐𝒍𝒎𝒂𝒚𝒎𝒊𝒛-𝒖, 𝒍𝒆𝒌𝒊𝒏 𝒊𝒔𝒕𝒂𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐 𝒉𝒂𝒚𝒐𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒃𝒊𝒓 𝒃𝒖𝒓𝒄𝒉𝒂𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏 𝒗𝒂𝒒𝒕𝒅𝒂 𝒌𝒐ʻ𝒓𝒊𝒏𝒊𝒔𝒉 𝒃𝒆𝒓𝒂𝒓𝒌𝒂𝒏?"

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Ozgina jim turolasanmi?
Savol bermay tur hozir nima qilishni oʻylab Olay!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Toʻhta! Sen qochyapsan!! Seni ahmoq desam qip qizil jinni ekansanuu! Qayerga qochmoqchisan shu holatingda?!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Jim tur iltimos ahir! Boʻlmasa boshinga bundan katta muammolar keladi! Jim!

Mina Jungkookga koʻzlarida qandaydur tashvish bilan uzoq termulib turdi, sekin poylagandi akasi ular tomonga kelayotganini koʻrdi, yigitning bagʻriga battar shoʻngʻib ketardi.
Eshik ochildi va katta qadamlar bilan kelishgan bir novcha yigit kirib keldi, soati va telefoni mahsus tokchaga qoʻyib qoʻllarini yuvishga tushdi.

"Yoo Hudooo agar hozir meni koʻrib qolsa bormi! Aniq oʻlaman ehh tentak Mina turgan vaziyatingni qaraa! Bir oliftaning quchogʻida ikkinchi turqi sovuqdan yashirinyapsan! Endi nima qilaman?! Nima qilib boʻlsa ham shu yerdan eson omon qoʻlga tushmasdan chiqib ketsam vada beraman...Aqlli qiz boʻlaman! " qizning miyyasidan bu hayollar yashin tezligida oʻtti va yalt etib gʻoya paydo boʻldi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Iltimos hozir jim tur va meni eshit! Bilaman boshinga balo boʻldim!...Soʻz beraman! agar shu yerdan chiqib olsam, meni umuman koʻrmaysan, ammo menga seni yordaming kerak. Agar yoningda turgan naynov meni koʻrib qolsa... Ishon mendan umuman qutulolmaydigan boʻlasan! Shuning uchun hozir sekin eshik tomonga yur va meni taksigacha olib bor!

Bu gaplarda soʻng Mina uning bagʻriga yanada mahkamroq oʻrnashdi va orqalab eshik tomonga yurishni boshladi.
Jungkook nima deyishga hayron, ammo ichidagi qaysidir tuygʻu uni bu qizga yordam berishga undadi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yahshi. Faqat keyin meni qarshimdan chiqma iltimos! Gʻirt baloni oʻzi ekansan!

Jungkook Minani kastyumi bilan yashirdi va eshik tomonga yurarkan Minaning akasi "𝐴𝑟𝑎𝑛" ularning harakatidan ajablanib soʻradi...

-𝐴𝑟𝑎𝑛- Kechirasizlar? Lekin boshqa joy topolmadingizmi? Har qalay bu erkaklar hojathonasi.

Bu gapdan jungkookning jahli chiqti va endi oʻgirilmoqchi boʻldi hamdi bilagidan mahkam ushlagan qoʻllar uni Toʻhtatdi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Yoʻq! Iltimos! Chiqib olaylik!

Jahlini arang bosa olgan yigit bu safar qizga quloq solishga qaror qildi.

Sekin qadamlar bilan vanihoyat eshik tashqarisiga chiqishga ulgurishdi hamki Mina Jungkookdan uzoqlashdi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- U.. zur... Men atay qilmadim.. U oʻzi kirdi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Nimani atay qilmading? Kel shuni aniqlashtirib olamiz! 1.Mashinam tagiga oʻziga otganing. 2.Qochishga urinib erkaklar hojathonasiga, yana meni yonimga kirganingnimi? Yoki bir erkakdan yashirinib menga yopishib olganingni?

Kesatiq va achchiq jahl bilan aytilgan soʻzlar Minaga qattiq tegdi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Nima men bularni rejalashtiribmanmi? Hojathonaga kelsak... Yozuvga qaramabman....

Ohirgi soʻzlarni koʻzlarini yerdan uzmagan holda aytgan qiz negadir hijolat boʻlganini sezdi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yahshi, Yahshi nimaga kelishgandik? Oramiz ochiq! Hayr va seni boshqa koʻrmayman deb umid qilaman!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Men ham beoʻxshov qoʻpol.!

Qadamlarni jadallik bilan tashlagancha yoʻl chetida turgan mashinaga hech bir soʻroq savolsiz oʻtirib olgan qiz oʻzini hoʻrlangandek his qilardi. Qoʻllarini koʻksiga tugib olib nimalarnidir oʻziga jahl aralash pichirlardi.

Oradan 40 daqiqalarcha vaqt oʻtganidan soʻng vanihoyat uyiga yetib kelganini bilgan qiz kredit kartasi orqali toʻlovni qildi va zinalardan 6 qavatga chiqib ketti. Uyini oʻzi yahshi ko'radi, devorlarni sevimli suratlari bilan bezagan, derazadan seulning hayot qaynayotgan koʻchasi koʻrinib turadi.

Uyga kirishi bilan oʻzini divanga otgan qiz shu yotishdan qancha vaqt oʻtganini ham bilmay qoldi. Harqalay uyga kirayotganda quyosh charaqlab turgandi, hozir esa yulduzlar unga peshvoz. Uydagi sukunat joniga tegdi, televizorni yoqti, tuzukroq narsa yoʻq. Birdan yelkasida qattiq ogʻriq sezdi, hali tuzalishga ulgurmagandi...

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Qornim ochti! Men ham insonman ahir! Uni ustiga bu yelka va qoʻl. Yo Hudo qaniendi shundek uzib tashlasam!

Soat 23.45

Dangasalik bilan mayda qadamlar bilan birinchi dorixonaga kirib ogʻriq qoldiruvchi oldi.
Qor yogʻyapti... Oʻsha begʻubor sevgining nishonasi bo'lgan qor...

Mayin shabboda sochlari bilan oʻynasharkan dori ta'sir qildimi endi oʻzini ancha yahshi his qilyapti... Hatto bu haftada boʻlib oʻtgan ishlarni unutish uchun bir ikki qadahga ham rozi...

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Hoʻsh... Kim meni cheklaydi! Ozginasi zarar qilmaydi...

Clubga dalil kirib borgan qiz hatto egnidagi uy kiyimi haqida ham oʻylamoqchi emas. U boʻlib oʻtgan ishlarni unutib, yengillashsa boʻldi!

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Menga oʻtkirrogʻidan 2 ta ber.
2 shisha alcoholni olib juftliklardan keyingi divanga oʻtirdi, katta stakanga hohlagancha quyib ichayotgan qizning koʻziga hech narsa koʻrinmayotgandi. Yigʻlay olmaydi... Begonalar oldida hech qachon yigʻlamagan va yigʻlamaydi ham... U faqat bir inson oldida hohlagancha kular,yigʻlar gohida shoʻhliklar qilardi... Lekin u inson endi yoʻq...U esa uni sogʻinishdan boshqa hech narsa qilolmaydi! Bu esa ogʻriqli tuygʻu...

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Qara hatto baxtli boʻlishni ham eplolmagansan... Sen kimsan oʻzi...

Yon tarafda oʻtirib bir biriga mehr koʻzlari bilan boqib turgan juftlikga qaragancha asta oʻziga savol berdi...

Afsus... Ichkilik oldin 2 ta edi.. Keyin bu 2 tadan 4 ta boʻldi...
Nima qilayotganini umuman anglamayotgan qizni barmen uygʻotib, yopilish vaqti boʻlganini eslatdi.

Hohlamaygina oʻrnidan turgan qiz qadamlari huddi Yangi yoʻlga yurgan boladek chalkash va betartib ekanligidan habari yoʻq.

Soat 1.56

-𝑀𝑖𝑛𝑎- YAHHHUUUU HAYOOTT NIMAGAAA... AYT MENGA.. NIMA MEN SHUNAQA YOMON INSONMIDIMAAA?? JAVOB BERRRR!!!

Oradan tahminan 30.daqiqa oʻtti lekin u uyini topolmayapti oʻrniga bu chalkash qadamlar uni dengizga olib kelibti... Hotiralar bilan toʻla joyga...

-𝑀𝑖𝑛𝑎 - Heyyy dengiz!!! meni eshityapsanmi? Uni menga qaytar... Qaytar dedm!!! Men oʻlishim kerak edi eshitdingmi? Menn!! Bu emas! Menga yashashni oʻrgatgan inson emas!....

Dengizga qarata huddi bir sado keladigandek gapirayotgan qiz birdan ortidan kelgan qadamlar tovushidan chalgʻidi.

-? - Nima qilyapsan?

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Menmi? Aytaymi?! Koʻrmayapsanmi raqsga tushyapmanku!!
Oʻzining betartib, huddi telbalardek kulib gapirayotganidan butkul bexabar qiz yigitga javob qaytardi.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Kel birga tushamizzzz...!

Alcohol ta'sirida nima qilayotganini bilmayotgan qiz yigitni qoʻlidan tortib yosh bolalardek raqs tushishni boshladi.

Tasodifni qarangki yigit ham alcohol ta'sirida boʻlgani uchun shunchaki qizga hamohang harakat qila boshladi. Dengiz suvining oyoqlari bilan har qayoqqa sachratib oʻynayotgan yigit va qiz hozir hech narsani oʻylayotgani yoʻq. Dardlari bir koʻrinadi! Ikkisi ham tarki dunyo qilgan telbalardek oʻynamoqda.

Qum sirpanchiq boʻlgani sababli ikkisi ham suvga yiqildi. Kiyimlari jiqqa hoʻl boʻlgan, tabassumdan ogʻzi yopilmayapti ikkisining ham.

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Meni yiqitdinggg..
Sen yaramassss! Menga qara negadir tanish koʻrinyapsan... Balki seni tanirman shunday ekan kechiraman.

-𝑗𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Men esa tanimayapman. Demak hammasi yahshi...

Oyning yorugʻ nuri... Koʻchada deyarli hech kimsa yoʻq... Dengizning shirin shabbodasi va toʻlqinlarning yoqimli ovozi... Va...

Alcohol ta'sirida boʻlgan ikki yaralangan qalb shunchaki hech qanday soʻzlarsiz koʻzlar orqali bogʻlanishmoqda.

Oraga sukunat choʻmdi...Faqat koʻzlar...nafas olish negadir qiyinlashmoqda...Qizning qoʻllari yigitning keng yelkalarida, yigit esa qizning belidan beixtiyor qoʻllarini oʻragan...Harqalay yiqilayotganda bir-birini ushlab qolishga uringanishgandi.

Yigit bu sukunat uzoq davom etishini hohlamadi, qizni oʻziga yaqinroq tortdi... uning yuzi tomon egildi. Hech qanday qarshiliklar koʻrmagan yigit oʻzining sovuqdan titrayotgan lablarini qizning gʻunchadek lablari bilan birlashtirdi...Koʻzlar yumildi...Hayollar, nafaslar birlashdi...

Vaqt goʻyo toʻxtab qoldi...Qisqa, ammo chuqur boʻsadan uzilgan lablar...

Jungkook qizning koʻzlariga tikildi, huddiki ichidagi bor gapni shunday bilib olayotganday. Mina esa jim. U hech narsani oʻylamadi...Bu nim pushti lablardan yana totgisi bor...bir qoʻli yigitning boʻyni orqasidan, ikkinchisi yuzining chetidan ushlagancha oʻziga yaqinlashtirdi...Yana oʻsha bir vaqtning oʻzida ham yoqimli ham ogʻriqli boʻlgan boʻsa...

Jungkook ham qoʻllarini uning belidan mahkam oʻrarkan tanasida muzdek qoʻlning harakatini sezgan qiz birdan tok urgandek yigitni oʻzidan qattiq itardi.

-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Nima boʻldi?

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Bu hato... Yoʻq bunday qilolmayman... Yoʻq qoch, qoʻlingni ol . Bu hato!!!

Oʻrnidan tez turib atrofga alanglagancha oʻziga tanish boʻlgan belgi tomon yurib ketti. Nima boʻlganiga tushunolmayotgan yigitning ohirgi koʻrgan manzarasi qizning chap koʻksida, yelkasidan biroz pastdagi tushunarsiz ammo kapalakga oʻhshash tatoosi boʻldi.

𝐊𝐞𝐲𝐢𝐧𝐠𝐢 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐝𝐚:

-𝑀𝑖𝑛𝑎- Kechirasiz janob men Yangiman.Shu mollarni chegaradan oʻtkazish kerak ekan.

-? - Yaqinda sevgan qizi hiyonat qilgan va uni oʻz Koʻzi bilan koʻrgan emish...

-?- Agar yana bir marta gapirsang hech ikkilanib oʻtirmasdan oʻldiraman tuahundinmi?
Qurolning muzdekligini boʻynida sezsada qoʻrquvini hech koʻrsatmaslikga harakat qilardi.

"~ 𝐒𝐞𝐯𝐠𝐢 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐭𝐮𝐲𝐠ʻ𝐮𝐤𝐢 𝐮 𝐛𝐢𝐳 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐚𝐛𝐢 𝐤𝐢𝐭𝐨𝐛𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐪𝐨𝐯𝐚𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐫𝐚𝐛 𝐛𝐚𝐡𝐨 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐛 𝐨ʻ𝐭𝐢𝐫𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢... - 𝐊𝐢𝐦𝐧𝐢 𝐡𝐨𝐡𝐥𝐚𝐬𝐚 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐪𝐚𝐥𝐛𝐢𝐠𝐚 𝐬𝐨ʻ𝐫𝐨𝐪𝐬𝐢𝐳 𝐯𝐚 𝐛𝐞𝐦𝐚𝐯𝐫𝐢𝐝 𝐣𝐨𝐲𝐥𝐚𝐬𝐡𝐚𝐝𝐢."

Yoqti degan umiddaman Sirens! 💗Fikrlaringizni kutib qilaman...

Fikrlaringizni kutib qilaman...

@Secret_ficc ✯