"𝐑𝐄𝐌𝐄𝐌𝐁𝐄𝐑 𝐎𝐔𝐑 𝐏𝐑𝐎𝐌𝐈𝐒𝐄? "
"𝐓𝐚𝐛𝐚𝐬𝐬𝐮𝐦𝐢𝐦 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐪𝐢𝐲 𝐯𝐚 𝐡𝐚𝐲𝐨𝐭𝐢𝐧𝐠 𝐪𝐚𝐥𝐚𝐲? 𝐝𝐞𝐠𝐚𝐧 𝐝𝐞𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢𝐠𝐚 𝐣𝐚𝐯𝐨𝐛 𝐭𝐨𝐩𝐚 𝐨𝐥𝐠𝐚𝐧𝐧 𝐩𝐚𝐲𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦𝐧𝐢 𝐣𝐮𝐝𝐚 𝐬𝐨𝐠ʻ𝐢𝐧𝐝𝐢𝐦..."
𝐴𝑦𝑙𝑖𝑛- MENGA HOZIR FAQAT PUL KERAK! SENI DEB JUNGKOOK KOʻP NARSA YOʻQOTDIM! HATTO SEVGILIM MENDAN VOZ KECHDI... ISHONMADI GAPLARIMGA BU SHUNCHAKI ROʻL OʻYNASH HOLOS DEGANDIM! ILOJSIZ SENGA KOʻNDIM LEKIN ENDI NIMA MANA SHU QIZNI TOPIB OLDINGMI MENI OʻRNIMGA?!! OʻLDIRAMAN UNI!
Qurolning tepkisi bosildi... Va uning oʻqi Minaga qaratilgan edi...
Sovuq quroldan otilgan oʻq ovozi butun honani qamrab oldi...Mina hozir qimirlash tugul oʻylashga ham botinolmayapti. Koʻrgan ohirgi manzarasi Jungkook Aylindan qurolni olib qoʻymoqchi boʻlib u tomonga borgandi...Vaqt bir zumga toʻxtab qoldi. Aylin nima ish qilib qoʻyganini, hayollarini endi his qildi... Qoʻlidagi qurolga uzoq termulib ogʻir yutundi va ne koʻz bilan koʻrsinki bir paytlar shunchaki rejasining bir qismi, goʻzal hayot kechirish uchun tuzgan planining bir qismigina boʻlgan lekin afsuski keyinchalik sevib qolgan insonining oʻng koʻksidan qip-qizil qon sizib chiqa boshlagani, koʻzlari asta yumilib, bukchayib qolayotganini koʻrdi. Boshqa tarafda esa hatto koʻz pirpiratishga ham qoʻrqayotgan qiz Mina turardi. Jungkook chap qoʻlini oʻng koʻksiga olib keldi va koʻz oldi hiralasha boshladi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- ... Dunyoda chin sevgi yoʻq deyishsa men ishonmagandim... Afsus!
U shu gaplarni achchiq kulgu bilan aytishga ulgurdiyu butunlay sovuq polga yiqildi. Aylin nima qilarini bilmay qoldi. Qoʻllari qaltiraganidan qurolni tushurib yubordi. Sekin eshik tomon harakatlanib honadan chiqib ketishga urindi va buni epladi ham. Honada esa boʻlgan ishlardan toʻliq shok holatiga tushgan Mina va polda qonga belanib Jungkook yotardi. Mina yugurib borishi yordam berishi mumkin edi lekin bu holat uning hayotida ikkinchi marotaba sodir boʻlayotgandi... Haa huddi shu holat...Bundan 3 yil oldin jonidan ortiq koʻradigan sevgilisini ham huddi shunday - Minaning koʻz oʻngida otib oʻldirishgandi.. Va tasodifni qarangki oʻsha paytda ham oʻq Minaga qaratilgan edi va huddi shunday bahtsiz hodisa roʻy berib bu qizning hayoti va dunyosi shu sabab oʻzgarib ketgandi...
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Ja..nob Jung..g..kook..
Shu ikki dona soʻz ogʻzidan zoʻrgʻa chiqishga ham ulgurdiki Mina boʻgʻzida tiralib turgan nimanidir his qildi, nafas olishi ogʻirlashishni boshladi, koʻzlarini qattiq yumib turgan joyida oʻzini chalqalayotgandek his qildi.Bir muddat oʻzini oʻnglab olgan kishi boʻldida Jungkookning yoniga oʻtirib oldin qora kastyumini keyin boʻyinbogʻini avaylabgina yechib oldi lekin oq koʻylagini sekin oʻq tekgan joyidan yirtib yarasiga oʻzi va jungkookning roʻmolchasini bosib turdi zora oz boʻlsada qon toʻhtashini sekinlashtirsa...Bu orada choʻntagidan telefon olib tez yordam chaqirishga ham ulgurdi.Lekin nafas olishi shunaqangi ogʻirki... Huddi yongʻin ichida bir oʻzi qolib ketib, tutun orasida nasaf olishga harakat qilayotgan odamday.Lekin negadir bu yigitni tirik qolishini shunaqangi hohlayaptiki, oʻz sogʻligʻi ham koʻziga koʻrinmayapti. Ahir u oʻz sevgilisi saqlab qololmagan bu hatoni ikkinchi marta qilgisi yoʻq.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Iltimos oʻlma...Yana bir inson koʻz oldimda oʻlsayu men hech nima qilolmasam...Sen menga yaxshilik qilding ahir.
Eshikdan tez yordam xodimlari shoshilib kirib keldi va ana endi Minaning koʻngliga oz boʻlsada yorugʻlik tushdi.Endi kasalligi uni yengishiga qoʻyib berdi. Oʻpka emboliyasi - ya'ni qattiq shokka tushish natijasida oʻpkada qon tomirlar tiqilib qolishi. Bu kasallik esa uni tugʻilgandan buyon tinch qoʻymagan.
Mina koʻzlarini yumib sovuq polga quladi va ohirgi koʻrgan manzarasi doktorlar ular tomonga shoshilib yugurishayotgani edi...
Jungkook koʻzlarini hech tasavvur qilib boʻlmas ogʻirlik bilan ochdi. Hammayoq oppoq, qandaydir chiyillagan ovozlar kelyapti. Oʻrnidan turmoqchi boʻlgandi yarasi oʻzini eslatdi.Sekingina qoʻllariga tayanib biroz teppaga yotib olgan kishi boʻldi. Buni koʻrgan hamshira Jungkook tomonga keldi.
-𝐻𝑎𝑚𝑠ℎ𝑖𝑟𝑎- Qimirlamang! Yarangiz Yangi! Ochilib ketadi!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Menga nima boʻldi oʻzi? Qanchadan beri yotipman?.... AYLIN qani! Qoʻlimga tushsin nimtalab itlarimga tashlamasammi hali nomkoʻr!
-𝐻𝑎𝑚𝑠ℎ𝑖𝑟𝑎- 4 kun boʻldi. Ahvolingiz neytral edi. Oʻq chuqur kirmagan. Hozir ancha yahshisiz. Yara bitkuniga qadar har kuni tozalab yangittan bogʻlash kerak boʻladi.Dorilaringizni yozib beraman. Lekin siz bilan kelgan qiz davolanishi kerak. Bu kasallik uni yurak yetishmovchiligiga olib kelib ohiri yomon boʻlishi mumkin.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Men bilan kelgan kim?
-𝐻𝑎𝑚𝑠ℎ𝑖𝑟𝑎- Beydjikiga Mina deb yozilgan edi. U qiz ham hozir ancha yahshi yahshi lekin albatta davolansin!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yahshi Yahshi men qachon keta olaman?
-𝐻𝑎𝑚𝑠ℎ𝑖𝑟𝑎- Ertaga ertalab. Mayli sogʻayib keting men yana kelaman.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Bugun ketishimni iloji yoʻqmi?
Hamshira bir nimalarni tekshirgancha chiqib ketti. Jungkook esa nima qilib boʻlsa ham Aylinni topishi kerak. Qilgan ishi uchun qasdini olmasa boʻlmaydi.Bola mavzusiga oydinlik kiritishi kerak,uniki boʻlmasa yahshi...Ammo Bola chindan uning qonidan boʻlsa tugʻilishini kutadi...
Bu paytda esa ranglari ancha sinib qolgan Mina Jungkook uygʻonganini koʻrib honaga kirdi.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Uygʻondingmi?... Yahshimisan? Qalay yarang ogʻrimayaptimi? Hamshira habar oldimi yoki chaqirib kelaymi?
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Men yahshiman.Senga rahmat deyishim kerak shekilli?!
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Rahmat deyishga arzigulik ish qilmadim hali. U oʻqni menga otmoqchi edi...Sen toʻsding.. Toʻgʻrimi? Shunday ekan, men rahmat deyish kerak janob.Va...u qiz kim?
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Seni toʻsishga uringanim rost. Chunki u meni telba sevgim edi. Ishqida ado boʻlgan,butun umrimni
bagʻishlashga tayyor boʻlgan yagona insonim. Endi mendan mehr kutishmasin! Chunki hammasi soxta! Insonlar soxta! Hissiyotlar soxta! Hatto Qarashlar ham soxta!
Jungkook bu gaplarni aytarkan Mina oʻziga tanish boʻlgan, bir paytlar oʻzi ham his qilgan nafrat tuygʻusini Jungkookning koʻzlarida koʻrdi.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Men buni yahshi tushunaman...Yaqin insoningdan hiyonat koʻrish...Qoʻyningda ilon saqlab kelganingni bilmay qolish juda alam qiladigan hissiyot. Men buni doʻst deb ataladigan mavjudotdan koʻrganman. Lekin sevgidan koʻrish juda ogʻir boʻlsa kerak...Shunchaki unut demayman. Maslahat berishga haqqim yoʻq.Lekin ishon.. Hammasi oʻtib ketadi va faqat " Yahshilikka" boʻladi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Rahmat. Bosh ogʻrigʻi :) Oʻzin qalaysan? Qandaydir oʻpka siqilishimiyey degan kasaling bor deyishti.?
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Haa umi... Uni Qoʻyaver. men yahshiman va hammasi zoʻr. Shunchaki nafas muammosi holos.
-𝑗𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Oʻzinga qara. Politsiya keldimi?
-𝑀𝑖𝑛𝑎-Haa lekin men chiqmadim sogʻligʻim yomonligini savollariga javob berolmasligimni aytdim. Oʻzingdan soʻrashmoqchi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Men ham javob bermoqchimasman. Agar yana biron narsa soʻrashsa eslolmasligingni ayt. Men buni oʻzim hal qilishim kerak.
-𝑀𝑖𝑛𝑎- Tushunarli. Janob Jungkook... Men endi uyimga boray. Chaqirtirsang yetib kelaman.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Yahshi. Koʻrishguncha va... Rahmat Mina...
Mina yoqimli bir kichik tabassum qilib endi chiqib ketmoqchi edi hamki eshikdan jahl bilan kirib kelgan inson gavdasi uni turtib yiqitib ketdi.
-𝑀𝑖𝑛ℎ𝑜𝑜-JUNGKOOK! SEN BOLA TUGʻILISHING XATO EDI! NEGA OʻLDIRIB YUBORMADIM SENI OʻZI!? BILASANMI SEN BU YERDA YOTGANINGDA TASHQARIDA NIMA BOʻLYAPTI!!?? KORPORATSIYAM HAQIDA BUTUN KOREA GAPIRYAPTI! "JEON JUNGKOOK QANDAYDIR BAR MALIKASI BILAN OʻYNASHIB YURIB ENDI HOMILANI TAN OLMAPTI VA U QIZ UNI OTIB KETIPTI! VA UNI YANGI TOPGAN QIZI OʻSHA YERDA BOʻLGAN EKAN! " odamlarni matbuotni ogʻzida shu gap! MEN HAMMASINI TEKSHIRTIRDIM! BOLA CHINDAN SENIKI EKAN AHMOQ BOLA! ENDI NIMA QILMOQCHISAN? MENI OBROʻYIMNI YER BILAN BITTA QILIB BOʻLDING NOMKOʻR! HUDDI ONANGGA OʻHSHAB!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘-Onamga til tekkizmang! Sizni otam deb atashga or qilaman hatto! Yosh bolani... Atigi 9 yosh Meni shu chirkin oʻyinlaringizga... Qonuniy corporatsiya ortiga yashiringan mafia olamingizga.. Botqogʻingizga tortgansiz! Onam ham sizni deb ogʻir betob!
-𝑀𝑖𝑛ℎ𝑜𝑜-MENGA GAPIRISH TUGUL KOʻZIMGA QARASHGA HAQQING YOʻQ SENI!NOMKOʻR! ENDI BU ISHNI OʻZING TOʻGʻIRLAYSAN! LEKIN BILIB QOʻY OʻSHA QIZ BOLA TUGʻULGUNICHA BIZNI UYDA YASHAYDI! HECH KIMGA KOʻRINMAYDI! AFSUSKI UNDA BIZNI QONIMIZ BOR! SEN BOʻLSA OʻSHA SEN BILAN HONADA BOʻLGAN QIZGA UYLANASAN VA BOLA OʻSHA QIZDAN TUGʻILGAN BOʻLADI! BARDAN TOPGAN HAROMINGNI OMMAGA KOʻRSATMAYMIZ!
Bu suhbatni boshidan jim eshitib turgan qiz ohirgi jumladan keyin huddi toʻk urgandek boʻldi.Oʻrnidan turib chiqib ketmoqchi boʻlgandi lekin botinolmadi.
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- YANACHI? HECH BIR SOʻZINGIZGA KIRMAYMAN! HOHLAGANIMNI QILAMAN TUSHUNDINGIZMI KIM MINHO!
-𝑀𝑖𝑛ℎ𝑜𝑜-UNDA ONANG OʻLADI... Uni qayerdaligini faqat men bilaman!shunday ekan yahshi yigit boʻlda aytganlarimni qil! Yoʻqsa shuncha kutib ham ONANG bilan uchrasholmaysan! Oʻgʻilginam...
Jungkook yana oʻsha tahdidga uchradi...bu oʻgay otasi uni yoshligidan oʻz olamiga tortgan... Va 12 yosh boʻlganida onasida yurak yetishmovchiligi boʻlgani uchun uni chet davlatga davolatish uchun deb joʻnatib yuborgan. Afsuski haligacha jungkook onasini topolmaydi ham gaplasholmaydi ham. Faqat uni suratlarini mana shu dada deb ataladigan maxluq bir oyda bir marta koʻrsatishga vada bergan. Jungkook bu qorongʻulikdan onasini topmaguncha chiqolmaydi. Bu kishini qanday vahshiy ekanini yahshi biladi. Ahir yoshligidan bu insonga quldek soʻzsiz hizmat qiladi.Onasini topishiga oz qoldi. Ba'zi odamlarni pul bilan sotib ola oldi.. Ozgina sabr qilish kerak! Jungkook hozir itoatsizlik qilsa onasi jabr koʻrishi aniq!
-𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘- Yahshi...Menga muhlat bering
-𝑀𝑖𝑛ℎ𝑜𝑜- Senda 2 kun muhlat bor! Men sen bardan topgan qizni uyga olib keltirib oʻq uchun jazosini ham berib boʻldim. Shartlarga rozi..katta pul evaziga yoʻqsa bolani oldirmoqchi edi. Sen honada boʻlgan qiz bilan kelish va chorshanba kuni sohilda kichik toʻy matbuotni chaqiramiz.Bu ishni yopmasak ular biz bilan koʻproq qiziqadi va sirlarimiz ochilguday boʻlsa ona bola ikkingizni tiriklayin yoqaman!
Kim Minhoo yani Jungkookning oʻgay otasi koʻzlarida nafrat bilan honadan chiqib ketti. Yoʻlda turgan qizga yeb yuborgiday nigoh bilan qarab qoʻydi chunki biladi bu oʻsha qiz. Honada u boʻlgan. Jungkook esa qoʻlidagi ukollarni sugʻurib har qayoqqa otib, xonani ostin ustun qildi jahlini bosolmayapti. Aqlini topolmayapti nima qilishni bilmay qoldi. Oʻzini shunaqangi zaif sezyaptiki hatto oʻz hayotini oʻzi boshqarolmayapti. Jungkookni oʻtmishi va hayotini bilib turib ham Undan, sevgisidan shunchaki foydalangan qiz bilan bir tom ostida yashashi kerak! Yetmaganiga hali yahshi tanimagan qiziga uylanishi ham.
Mina esa bu paytda kasalxona tashqarisiga chiqib ketti dori isi aralashib ketgan havodan chuqur va ogʻir nafas olib ketarkan eshitgan narsalari qulogʻida qayta qayta jaranglardi. Nima endi u qandaydir Mafia oilasiga yana aralashib qoladimi?agar yoʻq desa bir begunoh ayol va yigit hali tugʻilmagan goʻdak oʻlishi aniq. Agar rozi boʻlsa uning oʻzi ham bu botqoqga botib ketishi mumkin va u yerdan tirik qaytish ham gumon.
-?- Agar menga teginsang...oʻldiraman! Sen oʻylagan qizlardan emasman!
-?- Agar yoʻq desamchi...? Nima qilolasan?
-𝑀𝑖𝑛ℎ𝑜𝑜- Bu qoidaga kim amal qilmasa soʻzsiz jazolanadi! Va bu jazo kinolardagi yosh bolalar oʻyini boʻlmaydi!
•𝐸𝑛𝑑 𝑜𝑓 𝑡ℎ𝑖𝑠 𝑐ℎ𝑎𝑝𝑡𝑒𝑟!
𝐹𝑖𝑘𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑞𝑜𝑙𝑑𝑖𝑟𝑖𝑠ℎ𝑛𝑖 𝑢𝑛𝑢𝑡𝑚𝑎𝑛𝑔 𝑣𝑎 𝑏𝑖𝑧 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑞𝑜𝑙𝑖𝑛𝑔!