November 18, 2024

𝐔𝐧𝐬𝐩𝐨𝐤𝐞𝐧 𝐩𝐚𝐢𝐧

episode 2

Atirgul doim tikanlari borligi uchun sevilmaydi....

~
Tong... Quyosh hamma yerga nurlarini sochish bilan band.
Boylar yashaydigan hudud bu yerda hatto órta meyonda yashaydigan odamlarni ham topish qiyin. Katta qórg'on tashqaridan qasrdek kórinadi. Ammo ichkari zulmatga chókgan odatda bu qórg'on doim shunday bóladi tashqaridan chiroyli baxtli odamlar yashaydigan uyga óxshasada ichkariga kirgan odam uchun unday emas.

- Janob sizga muhim gapim bor

- Ertalabdan qanday gap ? - ertalabki yangiliklarni odatda gazetada óqiydigan yigit Hyunwoo gapidan hushyor tortida kózlari qisildi.

- Janob haligi ....

- Hyunwoo bilasan eng yomon kórgan odamlarim gapni chózib aytadigan odamlar. Gapni ezilmay tez tez gapir ! - Hyunwoo Taehyung ning tansoqchisi. U doim Taehyung qayerda bólsa ósha yerda, olovga boradimi yoki suvga buni farqi yóq. Ammo bazida unga gapirishga qórqadi. Chunki Taehyungning jahli tez chiqadi va jahli chiqganda qutirgan qoplondek harakatlanadi.

- Morwenna xonim Koreayaga qaytibdi.

- Morwenna.....? Qachon .....? Kim aytdi .....? - Hyunwoo ning gapidan biroz shoshib qolgan yigit. Hozir na jahli chiqganini biladi na boshqa narsani ...

- Bilmadim ammo hali kóp bólmagan. Eshitishim bóyicha 1 haftacha bólibdi.

- Hyunwoo ! Men senga necha bor aytganman? Menga dalil isbotsiz nimadir haqida gapirma deb. Avval ochiq oydin qil keyin kelib menga ayt.

- Uzr sórayman. Men hoziroq shu ish bilan shug'ullanaman - uydan qanday chiqib ketganimni bilmayman lekin doim jahllari chiqsa alamini mendan oladi. 5 yil oldin ham bor alamini mendan olib tópponchani menga qaratib 3 marta óq uzgandilar yaxshiyam oyog'imga tekgandi bólmasa nima bólardi bilmayman. Óshanda ham anavi Morwenna ni deb meni óldirib qóyay degandilar. Hozir ham yana biroz turganimda óshani deb menga nimadir qilardilar.

~ Hyunwoo uydan chiqib ketgandan sóng Taehyung na hursand bólishni bilardi na hafa bólishni. Hozir nimadirlar haqida óylab ótirgan yigit, miyasida faqat biroz oldin Hyunwoo aytgan gaplar aylanardi.

- Azizim - uy kattaligi sabab Suani ovozi baland jarangladi. Zinalar bóylab tepa qavatdan pastga tushayotgan qiz tez tez yurib Taehyung yoniga kelib ótirdi.

- Bugun kechqurun ziyofat bor esingizdami ?

- Qanday ziyofat ? Men hech qayerga bormayman ! Mening nomimdan ham ózing bor

- Nima ? Yóq bunday bólmaydi axr Jeon Jungkookning otasining tugilgan kun bayrami. Ózi kelib sizni taklif qilgani esingizda yóqmi ? Bormasangiz Jungkook ham hafa bóladi

- Bugunmidi ? Esimdan chiqibdi . Mayli kechga yaqin kelaman tayyorlanib tur.

~

Sokin musiqa yangrayotgan kichik qaxvaxonada ótirgan qiz qólidagi kitobga shu qadar berilib ketgan ediki bazida jilmayib bazida esa kózi yoshlanardi.

- Kechirasiz , bezovta qilmadimmi ? - Jungkook Weslinning yoniga ótirar ekan , Weslin ham kózlarini kitobdan olib Jungkookga qaradi. Jungkookning tund ovozi Weslinni ózi rom qildimi yoki boshqa narsa sokin eshitilayotgan musiqa ham eshitilmay qolgandek edi góyo - uzr sórayman, yon tarafingizdagi stolda ótirgan edim kitob óqishingizni kórib qaysi kitobligiga qiziqdim. Shu qadar ajoyib kitob óqir ekansiz hatto kitob óqimaydigan inson ham siz óqiyotgan kitobga qiziqib qoladi.

- Kitob óqish sevimli mashg'ulotim.., sizga etibor bermabman. Kitob nomi "The Shadows Between Us "

- Men ham óqib kóraman qiziq kitobga óxshaydi . Qanday kitoblar óqiysiz yani janri qanday bólishi kerak ?

- Kópincha dark romanse kitoblarga qiziqaman va tragediya sevimli janrim. Ammo hozir óqiyotgan kitobimda fantastic janrda

- Kitob nima haqida biroz ayta olasizmi juda qiziqdim.

- Qiz boshida yigit bilan shunchaki boylik va kuch uchun turmush quradi ammo keyin ularning órtasidagi sevgi muhabbat sabab , boylik ham kuch ham ahamiyatsiz bólib qoladi - qiz gapirar ekan yigit uning yuziga termulib turardi xuddiki yosh bola ertakni eshitish jarayonida ósha ertak ichiga kirib ketgan singari.

- Meni qiziqtirib qóydingiz bugunoq óqishni boshlayman, ha aytgancha ismim Jeon Jungkook

- Min Weslin tanishganimdan xursandman

- Men ham Weslin. Qayerda ishlaysiz ?

- Uzr ammo shaxsiy malumotlarimni hammaga ham ayta olmayman.

- Yóq unday yomon odam emasman, shunchaki mening ishxonamda ishlamaysizmi demoqchi edim ? Bizga sizga óxshagan ochiq fikrlaydigan , kóo kitoblar óqigan xodimlar kerak

- Yóq Janob hamma ishda ham ishlay olmayman . Men ketishim kerak -Órnidan turgan Weslin qóliga kitob va sumkasini olib endi eshik tomon yurmoqchi bólganda Jungkook uni bilagidan ushlab tóxtatdi

- Albatta hozir ishlang demayman óylab kóring va menga qóng'iroq qiling mana bu tashrif qog'ozim - Jungkook gapini tugatib Weslin ushlab turgan kitobga ózining tashrif qog'ozini qistirdida Weslindan oldin eshikdan chiqib ketdi

- u chiroyli va kelishgan yigitmidi ? Uning ovozi tund ovozi hali ham qulog'im ostida yangrayabdi , nima yóq men ózimga kelishim kerak - ózi óziga gapirgancha qaxvaxonadan chiqgan qiz biroz oldin bólgan ishni óylab yuzlari qizarardi - nega bunchalik qizarib ketyabman xatto yuzim issiqlihidan hozir meni kuydiradiya .

- uni ertayu kech kuzating

- xóp bóladi janob - kattagina qop qora mashina ichida ótirgan Jungkook ruldagi odamga buyruq berdida haydang deb ishora qildi.

~

- demak u senga ish taklif qildi lekin sen rad etding shundaymi ?

- nima qilishim kerak edi axr? Ha albatta men ishlayman deb yugurib ketmaymanku , tayyor turgan ekan deb óylaydi. Bir ikki kundan song qóng'iroq qilaman. Keyin ishxonasi haqida malumot tóplashim kerak , u qanday ishxona , nima ish qiladi , shunaqa narsalarni bilishim kerak.

- ha albatta sendan kutsa bóladi . Uni kelishgan deb tasvirlaganing uchun hozir hayolimda ósha yigitni bir marta bólsa ham kórish bilmadim menimcha men u bolani sevib qoldim - Morwenna gapirish ohangini kulgiga almashtirar ekan uydan ikki qizning kulgi ovozi yangray boshladi. Anchadan beri by uyda bunday ovoz eshitilmay qolganligi sababli Min xonimning ko'ngli yorishdi.

~

- Hush kelibsiz - kattagina villa yorqin chiroqlar bilan bezatilgan xuddi yangi yil bazmidek nishonlanayotgan Jeon janobning tugilgan kun bazmiga huddi butun Koreaya kóchib kelgandek.

- Hush kórdik Jungkook

- Yoningdagi xonim bilan tanishtirmaysanmi ? - Jungkook Taehyung ga gapirib Suani qólidan xuddi malika bilan salomlashgandek qilib ópib qóydi

- Tashrifingizdan boshim osmonga yetdi, Jeon Jungkook - deb Suani qólini biroz qisgandek bóldi - siz menimcha Taehyungning bólajak rafiqasisiz shundaymi ?

- Kang Sua tanishganimdek hursandman. Ha shunday biz yaqinda turmush quramiz shundaymi azizm ? - Sua Taehyung ga qarar ekan Taehyung xotirjam atrofdagilarni kuzatardi

- Ha .

- Menimcha turmush órtog'ingiz sizni mendan rashk qilmaydi , faqatgina sevmaydigan insonlar rashk qilmaydi deb eshitgan edim

- Jungkook sen bilan gaplashadigan gaplarim bor

- Albatta avval Sua xonimdan bir narsa sóramiqchi edim. Sua avval tungi klublarda ishlamaganmisiz?

- Nima? A men avval...

- Yóq u ishlamagan - Jungkook va Sua ni órtasiga qóshilgan Taehyung Jungkookga qisilgan kózlari bilan qarar ekan Jungkookning labida biroz jirkanch tabbasum baydo bóldi.

- Nima gaping bor menda ? - Sua ayollar yoniga ketgandan sóng Jungkook Taehyung ni savolga tutdi

- Morwenna qaytibdimi ?

- Ha qachon bilding? Senga surpiriz qilmoqchi edim

- Buni nimasi surpiriz axmoqmisan ? Qachon qaytibdi . Nima sabab qaytibdi ?

- Men chaqirdi desam ishonasanami ?

- Yôq . Asabimni buzma

- Weslinni bilasanmi ? Dugonasi , ósha bilan qaytibdi. Meni Weslin bilan ishim bor edi , ammo qaytmaydi deb óylagan edim

- Lanati* Weslinda nima ishing bor seni ?

- Bu yog'i sir oz vaqtlardan sóng bilasan - u Taehyung ga gapirish ohangida biroz kuldida ichimlikni hópladi .

~

- qani telefon qil

- balki qilmasman biroz ko'nglim g'ash

- yóq axr ózi aytdiku bólaqol

-📞 .....

- mana bizning ólja óz oyog'i bilan qafasga tushdi - eshitaman

- salom Jeon Jungkook men Weslin qaxvaxonada tanishgan edik esingizdami?

- ha esladim. ahvollaringiz qalay Min xonim?

- yaxshi . Men ish bóyicha telefon qilayotgan edim

- ha albatta. qachon vaqtingiz bor ishxonaga keling gaplashib olamiz ?

- men ertaga borsam bóladimi? aytgancha ózim haqimda malumotlar kerak bóladimi ?

- aslida menda bor ammo, ózingiz bilan olib kelavering. bólmasa men sizga manzilni tashlayman ósha kórishguncha - Weslinning gapini eshitmay qóyilgan telefon Weslinni qórquvga soldi

- unda men haqimda malumotlar bor ekan ?

- qanaqasiga ? Nima u seni tanir ekanmi ?

- bilmayman ammo shunday dedi

- balki sen unga yoqib qolgandirsan

- axmoq bólma unday emas - yana ósha yuz qizarishi yo xudo men yana yonyabman qulogimchaga qizarib ketdim . U meni sevib qoldimi? Yóq nimalar deyabman ózinga kel Weslin axmoq bólma.

~

~Katta bino ichidan kayfiyati yóq chiqgan qiz óziga ózi gapirishni boshladi

- menimcha hali ish topa olmayman . koreada buncha ish topish qiyin bólmasaya - Morwenna óziga ózi gapirib atrofga qaradida endi yurmoqchi bólganda yólning u chetida turgan odam uni biroz havotirga qóydi - u kim? - yóling u chetiga sekin yigitga bildirmay ótar ekan uni tanigandek bóldi

- Hyunwoo? Meni tanimaydi deb óyladingmi ?

- menga gapiryabsizmi ?

- isming Hyunwoo shundaymi ?

- ha.

- ózingni ózgarib ketdim deb óylaysanmi ?

- tanib qolasiz deb óylamagan edimda - yuzida biroz achinish hissi paydo bólgan yigit Morwenna qarab kulib yubordi - anchagina ózgaribsiz xonim .

- sen esa bóying biroz ósib kelishgan bólganingni aymaganda ózgarmabsan

- ancha katta bólib qolibsiz

- avval kichik emasdim axmoq.

- hazlashdim. qachon koreaga qaytdingiz ?

- kóp bólmadi. bu yerda nima qilyabsan ?

- ish bóyicha yurgan edim. sizni kórib qoldim keyin meni tanimaysiz deb óyladim ammo tezda tanidingiz

- shu kunlarda xotiram pand beryabdi ammo seni taniyman

- balki biron nima icharmiz. ana kichik qaxvaxona bor ekan

- mmmm. mayli yur

*

- hósh Italyada nimalar qildingiz ?

- ishladim yana ishladim hahaha hazl u yerlar ancha yaxshi tinch degandek

- siz ketganingizdan keyin hamma narsa chalkashib ketdi , ammo hozir hammasi yaxshi. janob yani Taehyung yaqinda turmush quradi habaringiz bormi

- koreayaga qaytganimdan beri shu ismni ikkinchi marotaba eshitishim. mayli u baxtli bólishga haqli. ózing haqingda gapir senchi hali ham yolgiz misan?

- ha uchta qiz bilan uchrashdim ammo hech biri bilan turmush qurishgacha bormadim

- buncha kóp men besh yili ichida bironta bola bilan uchrashdim sen uchtasi bilan uchrashib ulgurdingmi

- men boshqa siz boshqa boring hazil qilmang. janob esa juda kóp qizlarni yig'latdi. siz ketgandan keyin har kuni yangi qizlarni zórlaydigan bólib qoldi deyarli koreayadagi barcha qizlarni qizligini oldi deb ôyladim xatto, lekin Sua xonim uning xayotiga kirib kelgandan beri hammasi yaxshi ammo avvalgidek tabbasum yóq ularda. Morwenna nega ketib qoldingiz axr aybingiz yóqligibi isbotlash imkoningiz bor edi?

- nimani isbotlayman? hammasi aniq edi u menga emas ularga ishondi menga bundan ortiq azob yóq edi. bóldi qil boshqa mavzu desam yana ótmishga olib boryabsan gapni