𝗨𝗻𝘀𝗽𝗼𝗸𝗲𝗻 𝗽𝗮𝗶𝗻
~ Loving you was my favorite mistake, one I would make a thousand times over if given the chance. (Seni sevish mening eng sevimli xatoim edi va menga yana imkon berilsa, uni ming marta takrorlar edim ) ~
_Bahor fasli kirib kelgani bilan havo anchagina sovuq , qorlar biroz erigan va daraxtlar kurtak ochishga tayyor. Ertalabdan quyosh charaqlab turgan Italya kóchalari odamlar bilan tólgan. Barcha óz ishi biland band. Kimnidir kayfiyati yaxshi ammo kimdadir teskarisi.
- Janob bugun dam olish kunim. Bu kun uchun ruxsat olgandim axr
- Hóp aytgan vaqtingizda kompaniyada bólaman.
_ Asabiylashgancha yotoqda "uff" tortgan qiz órnidan turib boshlig'ini lanatlab yuvinish honasiga kirdi .
- Bu odam ahmoq , g'irt telba . Ataylab qildi meni dam olishimni kórolmaydi. Yaxshiyam ogoxlantirgandim bu odamni yóq baribir bilganini qildi.
~ Nonushta qilib bólib ishga qarab yól oldim. Morwen ni ogoxlantirishim kerak , unga vada bergandim kinoga tushamiz deb. U hafa bóladigan bóldi. Óz hayollarim bilan bólib yólda magazinga kirish ham yodimdan kótarilibdi. Ishxonaga yetib kelib óz mashinasidan tushgan boshlig'imni kórib yanada asabiylashib ketdim. Lekin na iloj u mening boshlig'im yaxshi gapirishim kerak.
- Raxmat. Hósh bugungi kun uchun qanday rejalaringiringiz bor edi ?
- Menimcha bu sizni qiziqtirmaydi. Menda hammasi yaxshi Janob ishlarimni tugatib kunimni davom etira olaman.
- Judayam ser javobsiz Min xonim . Sizga savol berishga ham qórqadi odam.
_ Weslin kompaniya eshigidan kirib lift tomon yurdi uni ortidan boshlig'i. Odatda Weslin erkaklar bilan bitta xonada bólishni yoqtirmaydi,shuning uchun kópincha liftda erkaklar kóp bólsa eng baland qavatga chiqishi kerak bólsa ham zinalardan foydalanadi .
- Balki bugun kechqi ovqatni birga qilarmiz sizni kuningizni barbod qilganim uchun uzr sórash deb qabul qilasiz ?!
- Ammo uzr sórayman rozi bóla olmayman sababi dugonamga vada bergan edim kechgi ovqatni birga qilarmiz deb...
- Mayli ertaga tushliknicha , axr siz ham ish vaqtida tushlikga chiqasiz men ham birga chiqsak bólmaydimi ?
- Bilmadim... Hóp mayli ertaga tushlikni birga qilamiz
- Mana bu boshqa gap. Sizni ózim bilgan eng zór joyga ovqatlanishga olib boraman.
_ Weslin shunchaki uni gapini tasdiqlagan bólib bosh silkab qóydi .
~ Nega rozi bóldim ózi ?! Uning sevgan qizi bilib qolsa avvalgidek kelib men bilan urushib ketadi. Nick (boshlig'i) yaxshi odam ammo uning sevgan qizi doim mendan rashk qiladi bilmaydida men hatto yigitiga etibor bermasligimni. Avvalgidek kelib u meni sevadi deb baqiradi Nick uni tinchlatirib xonasiga olib kirib ketadi va birozdan sóng menga qarab qóyib pastgi qavatga tushib ketadi. Bu kompaniya meni yaqinda yutib yuborsa kerak. Har kungi bir dunyo hisobotlar , kungi ish jadvaldagi xatolar.
_ Weslinga qóng'iroq qilib uyidan bir ikkita narsamni olish kerakligini aytib uyiga keldim. Eshik tagidagi pochta qutisida xat kelganligini kórib biroz xayron bóldim chunki avval unga hech xat kelmas edi. Xatni olib uy ichiga kirib kresloga ótirib xatni ochdim avvaliga Weslinning oshiqlaridan deb óyladim ammo unday emas. Bu uning Koreayadagi singlisi Yeindan kelgan xat ekan boshida ochmaslikka qaror qildim ózi ochsin dedim, ammo keyin qiziqganligim sababli ochdim. Holam Weslinning onasini tobi yóqligi aperatsiya qilish uchun pullarini dadasining qarziga berib yuborganliglarini aytgan ekan. Boshida Weslinning dadasi yoshligida ólib ketganligi hayolimga keldi , lekin nechadir yillardan keyin qanday qarzlari bólishi mumkin ? Holam kasalligini bilar edm chunki avval Weslin kóp marta Koreayaga pul ótkizardi bazida men ham berardim holam va Yein uchun deb. Weslin Yein yaxshi óqishda óqishi uchun doim ishlatgan barcha pullarini singlisini universitetiga ótkizadi uni yaxshi universitetda óqisin yaxshi joyda ishlasin deb xarakat qiladi ammo Yein u óylaganchalik yaxshi qiz emas.
Men Weslin bilan birga Italyaga kelganman 5 yil oldin. 5 yildan beri Italyada bólsak biz deyarli Italyanlarga , ularning harakterlariga , ularning odatlariga , kvqatlariga hamma hammasiga kónikdik ammo bazida Koreyani sog'inaman u yerda ota onam yóq bólsada. Men Weslinning onasini 10 yoshimdan beri hola deyman ammo ular deyarli Meni onam bólib qolganlar. Amakimning uyidan qochib ularnikiga borardim , menga doim shirin kulchalar pishirib beraradilar. Ammo xozir ularni kórmaganimga naq 5 yil bóldi. Yein xatda aytishi bóyicha hoamga tezroq aperatsiya qilinmasa ólishlari mumkin ekan . Hammasi chalkash bu gapni Weslinga qanday aytaman ?! Axir uni onasidan bólak hech boshqa yaqini yóq. Hozir unchalik katta emas maosh ham menikini qóshsak yarimini topamiz holos !
_ Morwenna avvaliga hozirning ózida Weslinga qóng'iroq qilib aymoqchi edi ammo hozir ishda havotir olib ishlay olmasligini óylab aytmaslikni maqul kórdi .
~ Ótirgan joyimda juda kóp yigladim yoshligimni , unda holam men va Weslin qanday baxtli damlarimiz bólganini eslab. Birdan uyg'onganimda uyda Weslin ovqat qilayotgan edi. U qachon keldi ? Men shunchalik kóp uxladimmi ?
Morwenna - Weslin ? Ovqat qilyabsanmi ?
Weslin - ha hozir keldim. Uxlab qolgan ekansan uyg'otmadim.
Morwenna - ha men uxlab qolibman. Ovqat qilib bóldingmi ?
Weslin - ha bóldim
_ oshxonadan qólida har xil mevalar bilan chiqgan qiz ularni stol ustiga qóyidida ózi Morwenna ga yuzlandi
- Biron nima bóldimi ?
- Weslin men seni uyinga kelganinda xat kelgan ekan qiziqib ochdim Yein yozibdi holamning axvoli yaxshi emas ekan , tezroq aperatsiya qildirish kerakligini yozibdi
_ Biroz joyida turgan qiz , yiglashni boshladi
- Weslin unday qilma iltimos. Axr hali óldilar demadim ularni tuzatamiz nega bunchalik yig'laysan ? Hammasi hali oldinda Weslin órningdan tur
- Men ularga yaxshi farzand bóla olmayabman avvalroq aperatsiya qilidirishim kerak edi. Yóq men qildirmadim óz Ishim bilan yuraverdim. Kerak bólsa ikkita ishda ishlab ularni aperatsiya qilidirishim kerak edi . Men ularsiz yasholmayman Morwen ular mening hayotim. Men kasal bólsam doim yonimda edilar ammo menchi ular ólim tóshagida ekanligilarida ham yonlarida emasman.
- Hoy qiz menga qara ularni farzandlari faqat sen emassan men ham ularning qizlari man. Ular mening ham onam shuning uchun hadeb faqat men deyaverman . Birga aperatsiya qildiramiz hopmi . Oyim nima der edilar hech qachon yig'lama qani bor yuvinish xonasiga yuz qólingni yuv keyin ovqatlanamiz.
~ Ikki hafatadan keyin ular Koreayaga qaytamiz biroz qórqyabman eski xotiralarim jinlanishni boshladi yana har kuni uni tushimda kóryabman nega barchasi teskari ketyabdi. Yein bilan gaplashganimda unda uncha qórqish yoki hafa bólish sezmadim . Balki menga sezdirmagandir. Morwen shu yerda qolsa bólardi ammo men bilan ketaman deb turib oldi. Shu paytgacha doim unga suyandim katta katta sinovlar kelganda ishdan haydashganda u meni doim himoya qildi. Oymni hola deydi ammo bilamanki u oyimni mendan kóra koproq yaxshi kóradi .
- Yein axr opang aytdi 2 haftadan keyin boramiz , va ogohlantirib qóyaman opang faqat oying uchun pul topgan seni óqishing uchun pulini tólab bógan qayerda yóq barlar uchun pul sórama
- Sizdan sóramayman bóldi qiling. Xullas tezroq kelinglar oyim uchun albatta.
_Doim Yein bilan gaplashgandan keyin asabiylashadigan qiz hozir ham gaplashib bólib qóng'iroqga javob berganiga afsuslandi.
- Bu qiz doim opasini suvuni ichiadi nega bunaqa aa ? Axr opasi u va oyisi uchun ishlayabdi . Meni shunday opam bólganda edi ózim bilar edim uni qanday yaxshi kórishimni.
Doim Yeinga opasiga va onasiga mexribonlik qilishini aytaman ammo u doim teskarisini qiladi.
- Bugun sizga ótgan oydagi ish xujjatlarini , oylik hisobotlarni , jadvallringizni berishim kerak . Oxirgi ish kunim ertaga sizga yangi kotiba keladi ótkan hafta tanlagan edingiz. Janob maoshimni oldim barchasi uchun raxmat .
- Menimcha yóq lekin kelajakda kelishim mumkin .
- Unda men Koreayaga boraman meni mehmon qilasiz . Maylimi ?
- Albatta keling Koreyani aylanamiz. Koreya ham chiroyli davlat sizga yoqadi.
- Ha mayli sizga ham omad Min Weslin xonim. Siz bilan birga ishlaganimdan judayam hursandman aslida kotibam sifatida bu ishni boshqasiga topshira olmasdim ammo majburman.
- Ha afsuski shunday .
Mayli Janob yaxshi qoling
_ Weslin Nick bilan hayrlashib bólib kompaniyadan hujjatlarni tóg'irlab ketish uchun tayyorgarlik uchun pastgi qavatga tushib ketdi
~ Nega hafa bólyabman u aniq bir kun Koreayaga qaytar edi . Ammo nega uni ketmasligini hoxlayabman ? Hammasi jigallashib ketdi. Bunday bólsihi mumkin emas. U mening kotibam unga nisbatam hech nima his qilmayman
_ Vanihoyat ósha kun Italya airaporti tomon taksida ketayotgan ikki qizlar , 5 yildan keyin Koreayaga yana qaytishyabdi. Bir paytlar biri bu Koreya kóchalarida yomon xotiralarini tashlab ketgan bólsa biri sevgiga tóla yaxshi xotirasini tashlab ketgan.
~ Bu yerdan ketayotganimda 18 yosh edim hozir esa 23 yoshman. Ósha paytlar 5 yil avval bir kun Italyaga ketaman deb xatto óylamagan edim lekin mana 23 yoshimda Italya deyarli ikkinchi uyim bólib qolgan joydan qaytyabman. Biroz qórqinchli avvalgi ishlar , avvalgi odamlar ,avvalgi xotiralar hammasi yana takrorlansachi..... Yóq men óshanda juda kichik qiz edim ammo hozir voyaga yetgan mustaqil qizman ! Weslin bilan oxirgi marta Koreya airaportida bizni hech kim Italyaga kuzatmagan bólsa hozir ham mana Italydana hech kim bizni Koreyaga kuzatgani yóq xatto Koreyada ham hech kim kutmaydi ! Ózimni hech kimi yóqdek his qilaman....
~ Necha soat uxladim bilmayaman ammo Morwen uyg'otganda Koreada edik.
- Buni hoxlamasdim ammo men bu yerni sog'inibman
- Oxirgi marta sog'inmayman degan eding , keyin men bir kun Koreaga qaytib kelganinizda senga eslataman degan edm
- Juda katta ózgarishlar tog'rimi ? Anchagina katta shaxar
- Gapni burma ketdik taksi keldi.
- Barakalla azizam ishingni juda yaxshi bajarding
- Endi vada ber Meni tashlab ketmayman deb .
- Men hech kimga vada bermayman. Qani endi ket !
- Bu nima deganing ? Axr ishni bajardim u Koreaga keldi yana nima istaysan . Birga bólamiz degan edinku ?
- Hozir uyinga bor boshqa kuni gaplashamiz hopmi asabimni buzma iltimos !
- Holajon kam ovqat yeyabsiz ekan nega ? Axr bunday qilib men va Weslinni havotirga qóyasizku
- Mendan havotir olmang. Ózi yaqinda ólsam menga bu dorilari,ovqatlarni nima keragi bor ? Ózingiz katta katta yeng. Morwenna sen nega kelding axr bu yerga boshqa kelmayman degan edingku ?
- Siz kasal bólasizkuya men u yerda ishlaymanmi tavba . Siz tuzaling keyin ketaman.
- Sen ketganingdan keyin Taehyung....
- Mayli men Weslinni oldiga chiqay siz dam oling
_ Min xonim Taehyung xaqida endi gap boshlaganda órtasida tóxtagan Morwenna tashqariga chiqdi
~ Faqat u emas xolajon faqat Taehyung emas. Men unday qilolmayman yana uni eslolmayman.
- Morwen Yein qóng'iroqlarimga javob bermayabdi sen qilib kórchi.
- Yóq kótarmayabdi . Qayerga ketgan edi ?
- Ertalab chiqib ketgan edi bilmayman.
- Havotir olma hozir kelib qolsa kerak
Birinchi qism unchalik qiziq bólmagan bólsa sorry , lekin keyingi qismlar qiziqarli bóladi👽💕. Man bunaqa fanficni birinchi marta yozishim xatolari bólsa kechiraslar. Oz bólib qolgan bólsihi mumkin keyingi qismlardan kópaytiraman.