nomsiz
« caffé v » nomli shinam qahvaxona.
Oyna yonida daftariga tinimsiz nimalarnidir yozayotgan qiz tashqariga bir nigoh tashladi, go‘yo hali ham yomg‘ir yog‘yaptimi, deb tekshirayotgandek. Kechadan beri tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir allaqachon barchaning joniga tegib ulgurgan. Kuzning yarmi ortda qolgan, shu bois yomg‘irli ob-havo deyarli har kuni kuzatilmoqda. Soat millari tushlik vaqti kirib kelganini bildirardi. Qizning yoniga kelgan dugonasi patnisda uning eng yoqtirgan qulupnayli shirinligi va qahvasini olib keldi.
- tamaddi qilib olasan deb o'yladim.
- ah, raxmat katta. bugun judayam charchadim, ishga ham bormadim ammo charchoq hali ham meni qiynayabdi.
- yomg'irli ob-havo odamni charchatadi deb eshitgan edim yangiliklarda, keyin... ha deb manavi daftaringga yozaverma u ham quvvatingni oladi.
- menga yomgʻir yoqadi.... undan hech charchamayman.
Qo'liga qaxvasini olib oynadan tashqarini kuzatishni boshlagan qiz xuddi nimadirni eslagandek dugonasiga yuzlandi.
- ha aytgancha meni ishxonam tomonidan bazimga taklif qilishgan edi kecha.
Sumkasini qo'liga olib bazim uchun berilgan taklif qog'ozini qidirishni boshladi.
- qanday bazimga?
- yangi kelganlar uchun tashkil qilingan bazimga, bilasanku ishga kirganimga atigi 1 oy bo'ldi menga o'xshagan yangilar juda ko'p ekan shu sababli bazim tashkil etishibdi, ammo...
Taklif qog'oziga tikilib qolgan qolgan qiz, biroz sukutga jo'mdi.
- nima ammo? bormoqchi emasman dema faqat.
- bormoqchi emasman.
- hooy qiz bunday qilmaysan, axr u hodisaga 2 yil bo'ldi. qachongacha o'zingni odamlardan olib qochasan? sen menga so'z bergan eding-ku bo'ldi hamma kabi yashashni boshlayman deganding.
- haa ammo
Qahvaxona eshigidan yangi xaridor kirib kelishi ikkisni ham hayollarini qochirib yubordi.
- shoshma, hozir qaytaman.
O'rnidan turib xaridorga hizmat qilish uchun yurgan qiz dugonasini hayollari bilan birga qoldirdi. Oyna oldida o'z hayollari ichida qolib ketgan qiz esa o'sha ikki yil avvalgi voqealarni eslashni boshladi. hammasini xuddi kecha bo'lgandek eslaydi...
| flashback, 2 year ago. |
- 2021- yil, aprel oyi -
- Bo'ldi qil deyabman senga! Bo'ldi!!!
Bor kuchi bilan baqirgani sababli qizning ovozi butun uyni qamrab oldi.
- yuzimga qara, meni eshityabsanmi yuzimga qara!
Polda hech narsa bo'lmagandek kulayotgan qiz dugonasiga qarab baqirib kula boshladi. Bir ozdan so'ng labidan kulgi yig'iga aylandi.
- nega meni tashlab ketdi? nega... axr bizda hammasi yaxshi ketayotgan edi, to'y uchun joy tanlagan edik daryo bo'yini tanlagandik, bilasanmi menga daryo yoqishini bilgani uchun daryoni tanlagan edi, daryo ovozi, qushlar, salqin havo men o'zim uchun to'y ko'ylagini tanlagan edim u esa kostyum shim tanlagandi, bilasanku u hech qachon kostyum kiyishni yoqtirmasdi shu sababli atigi 2,3 soat kiyaman deb men bilan tortishgan edi. Nega birdan ketib qoldi-a? Axr meni osonlikcha tashlab ketmasligi kerak edi... Hammasiga men aybdorman men o'sha kuni gazni o'chirganimda u ketmas edi men ahmoq gazni o'chirishim kerak edi. Hammasi mening aybim.
Poldan tanasini ko'tarib oshxonaga yurishni boshlagan qiz stol ustida turgan hamma narsani yerga uloqtirishni boshladi.
- ming lan'at bo'lsin, ming lan'at, nega axr, nega... bu hayot nega doim menga nisbatan shavqatsizlik qilaveradi? bo'ldi qilsangizchi! James tirik deb ayting!... iltimos... hozir seni olish uchun keladi deb aytinglar, yolvoraman...
Yana polga bor tanasini tashlagan qiz baqirib yig'lashga tushdi. Eshik yonida unga qarab turgan Melissa uni yoniga o'tirdi.
- hohlasang bu uyni buzib tashala ammo James qaytmaydi... bunda sening aybing yo'q, bu baxtsiz hodisa edi. Buni qabul qilishing kerak.
| flashback, 1 week ago |
8 - aprel, dushanba.
Ertalabdan beri yigitini yuzida bo'sa olib oxiri uni ham uyqusini qochirgan qiz hursand bo'lib yigitga qarab kula boshladi.
- kechir uyg'otib yubordimmi?
- yaaa? sen men bilan qanday o'yin o'ynayabnsan-a?
Sevgan qizining belidan ushlab o'ziga tortgan James qizdan bo'sa olishni boshladi.
- Shoshma shoshma, bugun ishga bormaylik, birga nonushta qilamiz keyin aylanishga chiqamiz, sayr qilamiz havo judayam yaxshi.
- Bilasanku ishga bormasam telefonimni teshib yuborishadi qo'ng'iroqlar bilan. Yakshanba dam olamizku axr, sevgilim...
- haa ammo bugun ishga borgim yo'q negadir, uyda qolgim kelyotgandi. u hamma hop mayli nima deyman.
- bu qizni hafa bo'lishiga bir qaranglar-a, mayli agar hohlasang sen bilan uyda qolaman, sen aytgan ishlarni birga qilamiz va kechqurun esa sen meni hohlaganimni qilasan...
Yuzida yovuz kulgi paydo bo'lgan yigit qizni labiga lablarini qayta bosdi.
- yo'q, yo'q qara allaqachon telefonim chiringlayabdi. esimdan chiqibdi bugun muhim uchrashuvim bor edi. ahhh qani kiyinishim kerak.
Qizning birdan divan ustidan turib yuvinish xonasiga kirib ketganini ko'rgan James kula boshladi.
Gaz tepasiga suv qo'yganini esidan chiqarib eshikdan birinchi ishga jo'nab ketgan qiz allaqachon ishga yetib borib o'z ishlarini yarmini bajarib bo'lgan edi. Uyda esa gazdagi suv qaynab allaqachon gazga tushgan va suv gazni o'chirishga ham ulgurgan edi. Uydan chiqib ketgan James bugun aynan dushanba kuni negadir qaxva ichishni xohlamagan va oshxonaga xatto kirmagan.
Soat kechki 18:30 larni ko'rsatar tashqarida havo judayam yaxshi edi, ammo uy ichi gaz hidiga to'lgan edi, bugun qizdan ertaroq kelgan yigit uyga qadam tashladi va yorugʻlikni yoqdi...
Baland qavatli binoning 3 qavatidagi deyarli barcha uylar portlash sabab vayron bo'lgan, xatto portlashning kuchliligidan pastki va yuqori qismdagi uylarga ham zarar yetgan.
Soat 20:30 lar atrofida o'sha portlash sodir bo'lgan bino yoniga to'xtagan taxi haydovchisi - menimcha yongʻin bo'lgan shekilli..
Derazadan bino tomon qaragan qiz hayron bo'lib taxidan tushdi tepa qavatdan chiqib turgan tutun, pastgi qavatdagi odamlarning baqir chaqiri, o't o'chiruvchi katta mashinalar, tez yordam mashinalari. Hamma joydan odamlarning yig'i ovozi eshitilardi. Qizning yuragi qattiq urushni boshladi, tepaga qaysi uyda yongʻin chiqganiga qarar ekan ularning qavati deyarli yonib yo'q bo'lib ketgan edi.
- yo'q... faqat bu emas, yo'q.
Sumkasidan telefonini olgan qiz telefonni ochdi va qo'ngiroq qilish uchun James nomli kontaktini qidira boshladi, qo'ngiroq qilish tugamsini bosdi. Ammo bir necha soniyadan so'ng...
- "siz qo'ngiroq qilayothan raqam o'chirilgan"
taxminan 10 marta qayta qayta qo'ngiroq qilish va har birida bir xil javobni olayotgan qiz so'ngi qo'ngiroqdan so'ng uyi tomon yugurishni boshladi. Voqea joyini o'rab olgan politsiya xodimlari yonidan o'tib ketgan qizni ko'rgan politsiya xodimlari.
- xonim shoshmang, to'xtang qayerga ketyabsiz? ko'rmayabsizmi bu yerga kirish mumkin emas. qarang biz xatto sariq tasmada belgilab qo'yganmiz.
- ha albatta ko'ryabman, bilasizmi meni yigitim James u... u bu yerda bo'lmasa kerak ammo har extimolga qarshi bir qarab chiqishim kerak uyimizga kiramanu qaytaman. iltimos...
- uyingizni raqamini ayting, politsiya xodimlari qarab tushishadi.
- 3 - qavat 12-kvartira, jigarrang eshik.
- siz o'sha uyda yashaysizmi?
- ha?
- honim hozirgi portlash yani portlashning asosiy sababi aniqlangani yo'q ammo portlash sizning uyingizdan chiqgan va deyarli 3-qavatdagi barcha uylar yonib ketgan. menga isim familyangizni aytolasizmi?
nima bo'layotganiga tushunmayotgan qiz birdan yugurishni boshladi. 'yo'q yo'q bu hazl aniq bilaman hazl, yoki tush meni uyg'ot James, meni uyg'ot.'
Yana yomgʻirli kun... Ishga odatda avtobusda boradigan qiz bugun kech qolayotgani sababli taxi chaqirgan ammo ustiga ustak taxi ham kech qolayotgani qizni asabini buza boshlagan.
Qo'lida qaxva katta binodan shosha pisha kirarkan issiq havo tanasiga urildi, bugun muhim uchrashuvi borligi uchun kalta yupka, ustiga oq yengil kofta kiygan qiz har kungidan ancha jozibaliroq ko'rinardi.
Tez-tez yurish oqibatida yo'lidan chiqgan erkakni ko'rmay qolgan qiz qo'lidagi qaxvani erkakning kiyimiga to'kib yubordi.
- voy xudoyim nima qilib qo'ydim, aahh kechiring, iltimos. qaynoq emas ekanmi?
sumkasida kichik romolcha olib yigit kostyumini artish davomida gapirarkan birdan yigitga qaradi.
' qora qaxva kabi sokin va qorongʻi ko'zlar...'
- hozir juda muhim uchrashuvim bor edi.
- uzr so'rayman janob. rostan ko'rmay qoldim.
- bo'ldi! tegmang!