Rainy day
Episode 3
"Sevgimiz jinoyat bo‘lsa, men sudsiz ham aybdorman, chunki bu yurak seni tanlashdan hech qachon to‘xtamaydi".
Erta tongdan keng xona ortasida asabiy uyoqdan buyoqqa yurayotgan yigit qoʻngʻiroqlari javobsiz qolayotganiga borgan sari asabilashib borardi.
Yigit gʻazab bilan qoʻlidagi telefonni devorga qarab uloqtirdi va shkafdan qora jacketini olib , apil-tapil kiygancha zinalardan yugurgudek boʻlib tushdiyu katta panjarali eshik oldida turgan mashinasiga o'tirib yeldek uchib ketdi.
Oʻziga kerakli uy oldida toʻxtagan yigit mashinadan otilib tushdiyu , eshik qoʻngʻirogʻini bosdi ha deganda javob kelmagandan soʻng eshikni buzib yuborgudek taqqillatishni boshladi.
Taehyung:bilaman uydasan , agar hoziroq eshikni ochmasang o'zim buzib kirman , ishon oʻshanda jazoying muqarrar boʻladi.
Yigit qanchalik o'zini bosishga harakat qilib gapirmasin , ovozidagi jahl uni sotib qoʻyayotgandek edi.
Taehyung eshik oldidagi devorga qoʻlini tirab turarkan birdan qulf boʻshab eshik ochildi , yigit ichkariga qadam qoʻyarkan eshikni ochib ortiga burilib ketayotgan qizni qoʻlidan tortib devorga tiradi.
Taehyung:nima qilmoqchi boʻlyabsan.
Taehyung:nima qilmoqchi boʻlyabsan.
Yigit boshini egib turgan qizni iyagidan ushlab o'ziga qaratarkan , bir zum uni koʻzida mavjlanib turgan yoshni koʻrib yuzidagi jahl oʻrnini havotir egalladi.
Taehyung:nima bo'ldi nega yigʻlayabsan biron joying ogʻriyabtimi , gapirsangchi.
Sukut saqlab ko'zini undan olib qochayotgan qiz nihoyat uni koʻzlariga qaradi.
Qiz shunday degancha yigitni devorga tirab turgan qo'lini asta ushlab koʻksiga qoʻydi.
Movida:shu yerim ogʻriyabti , yuragim ogʻriyabti , sizni yoʻqotyotganim alam qilyabti eshityabsizmi.
Taehyung: Movi senga nechchi marta aytdim axir , men uni sevmayman.
Movida: unda nega u bilan kecha uchrashuvga chiqdingiz.
Yoo Hudo unga buni qanday tushuntiraman endi , buni aniq unga Miyoung aytgan sen qiz hali qarab tur adabingni beraman.
Yigit ogʻir xoʻrsinib gap boshladi
Taehyung:ular meni uylanishimni xohlashyabti.... ular istagan qizga..... lekin menga sendan boshqasi kerak emas , unda ertaga kechga seni ota onam bilan tanishtirgani olib boraman.
Qiz bir zum unga hayron bo'lib qaragancha gap boshladi.
Movida: ular bizni qabul qilmasachi
Taehyung: unda biz , bir-birimizni qabul qilamiz , bizni kimdir qabul qilishi shart emas.
Movida: Taehyung axir ular sizni....
Qiz gapini tugatmay labiga tekkan issiqlikdan joyida qotib qoldi , na qarshilik qiladi , na javob qaytaradi.
Taehyung uning lablaridan uzilgancha gap qotdi.
Taehyung:umid qilamanki kun kelib javob qaytarishni ham oʻrganasan.
Taehyung: ertaga oʻzim seni olib ketaman , hozir ishga borishim kerak.
Yigit shunday deya qizni peshonasidan oʻpib uydan chiqib ketdi va toʻgʻri ishga yoʻl oldi.
Chamasi soat 18:00larda ishdan qaytgan yigit yuvinib chiqib , kiyimlarini almashtirishdi va pastga tushib kechki ovqatga oʻtirdi.
Yigit ikki kishi uchun tayyorlangan dasturxonga qaragancha bosh xizmatchini chaqirdi.
Taehyung:qolganlar qani oyim va dadam uyda emasmi
Kang x:ular hamkorlarinikida oʻtkizilayotgan kechki bamzga ketishdi janob
Kang x: xonim oʻz xonalaridalar
Taehyung:yaxshi ayting kechki ovqatga tushsin
Ikki kishilik tuzalgan dasturxonda aka-singil ovqatlanisharkan ular oʻrtasida sukunat hukm surardi.
Yigit bugungi boʻlganlar haqida o'ylar ekan , hayoliga buni Moviga kim aytgani keldiyu singlisi so'roq qila boshladi.
Taehyung:kecha tushda qayerda eding.
Miyoung:nima....men menmi do'kon aylanishga chiqqandim.
Qiz oʻzini sezdirib qoʻymaslik maqsadida ovqatini ogʻziga solgancha e'tiborsiz javob qildi.
Qiz ovqatlanarkan kecha aslida nima qilganlari esiga tushib ogʻir yutindi.
Xona o'rtasidagi keng yotoqda pishshillab uxlayotgan qiz jiringlayotgan telefonga e'tibor bermaslik maqsadida yostiqni boshiga tortib uxlashda davom etmoqchi boʻldi lekin qayta qayta boʻlayotgan qoʻngʻiroq bunga yoʻl qoʻymadi oxiri yostiqni xona burchagiga uloqtirgan qiz oʻrnidan sudralib turib telefonga javob berdi.
Movida:sen qiz haliyam uhlayabsanmi...
Movida:bugun biznikiga kelmoqchidin esingda yoʻqmi , birga doʻkon ham aylanmoqchi edik , sen boʻlsa uhlab yotibsan.
Miyoung: ha ha boraman mana hozir turyabman - qiz uyqusirab yotoqdan turib shippagini oyogʻiga kiyib hammom tomon yugurdi.Lekin teskari kiyilgan shippaklar sabab oyogʻi chalishib , yuzi pol bilan uchrashdi.
Miyoung: ahhhh..... jin ursin*
Miyoung:yo'q hammasi joyida hozir
Qiz tezda oʻrnidan turib yuvinish xonasiga kirdi.
Uyqusiranga tish cho'tkasini qidirarkan dugonasini savoliga o'zi bilmay javob berib yubordi.
Miyoung: yo'q uni bugun janob Sonni qizi bilan uchrashuvi bor.
Miyoung nimalar deb qoʻyganini anglab uyqusi tarqangancha tezda labini tishladi.
Miyoung:yoʻq haligi sen notoʻgʻri tushunmay bu...bu shunchaki ish yuzasidan.... ha haa shunday ish boʻyicha uchrashuv.
Qiz ishonqiramay atayin kesatiq hilan javob qilarkan Miyoung o'zini oʻzi koyiy boshladi.
Movida:kechirasiz lekin men seni oʻzingdan ham yaxshi bilaman dugonajon yolgʻon sen gapirsanggina shunday chaynalasan , hoynahoy hozir labingni tishlab turgandirsan.
Miyoung koʻzlari tezda kattalashib labini tishlashdan to'xtab qoldi.
Miyoung:m..men...aldamadim....
Movida:uyingga ketyabman meni bilan borasan oʻsha yerga
Movida:Taehyung uchrashuvga chiqadigan restaranga.
Movida shunday dediyu qo'ng'iroqqa yakun yasadi.
Movida pov
Koʻramiz hali Kim Taehyungni koʻngli janob Sonni qizini tusab qolibtimi hali.
Qiz shunday degancha sumkasini yelkasiga ilib uydan chiqib ketdi.
Miyoung:Movi seningcha shu shartmi.
Ikki qiz restaranga kiraverishda turisharkan Miyoung akasi bilib qolsa nima bolishidan qorqib savol berdi.
Movida:hech nima qilmaydi shunchaki aytganingdek akajoning rostan ham ota-onang qistovi bilan chiqdimi yoki yoʻq shuni bilmoqchiman.
Miyoung:yaxshi lekin agar sezib qolsa tamommiz.
Movida:havotirlanma endi tezroq u kelmasdan ichkariga kirib , chekkaroqqa oʻtirb olaylik yur.
Ikki qiz ham qora kiyimda ikkisining ham boshida kepka va sochlari yoyilgan edi.Ular ichkariga kirib chekkaroqdan joy olib oʻtirishdi.Birozdan soʻng kirib
kelgan juftlik ikkisini ham e'tiborini tortdi.
Movida bezak uchun qoʻyilgan gul ortida sekin ular oʻtirgan stol tomon qararkan qiz nozlangancha Taehyungni qoʻlini silaganini koʻrib koʻzlari kattalashib ketdi.
Movida:buncha surbet boʻlmasa bu qiz
Qiz Taehyung unga orqasi bilan oʻtirgani uchun yigitning bu holatga nisbatan reaksiyasini koʻrolmadi lekin Taehyungning qoʻlini tortib olganini koʻrib biroz tinchlangandek boʻldi.
Miyoung:yur keta qolaylik oʻzi seni bu yerga olib kelmasligim kerak edi.
O'zi bu yerga kelmasligim kerak edi jin ursin oʻzimni oʻzim yerga urdim.Xoʻsh Taehyung unga yaxshi muomala qildi ham deylik , qoʻlimdan nima ham kelardi ota-onasi Soolin bilan nigohlariga rozi va agar Taehyung xohlasa meni istalgan payt tashlab ketishi mumkin.
Miyoung bir nuqtaga qarab hayol surib qolgan qizga qarab gapirdi ammo javob olmagach uni turtib yana gap boshladi.
Qancha ketaylik desa ham unamagan dugonasining birdan ketamanga tushib qolgani Miyoungni hayron qoldirdi.
Ikki qiz sekingina tashqariga chiqib hayrlashgancha oʻz uylari tomon yoʻl olishdi.
Miyoung unga tikilib javob kutib turgan akasiga oʻzini bildirib qoʻymaslik uchun oʻzidagi jiddiylikni jamlab akasiga nigohlarini qadagancha qatiy ovozda javob qildi.
Miyoung:men doʻkon aylanishga chiqqandim shu xolos agar nimadir boʻlgan boʻlsa ochiqchasiga aytavering.
Taehyung unga bir zum oʻtkir nigohlarini qadab oʻylanib turdi .
Taehyung:yoʻq hech narsa boʻlmadi.
Qiz akasiga yolgʻon gapirganidan vijdoni qiynalsa ham yuzidagi jiddiy ifodani saqlagan xolda ovqatlanishda davom etdi.
Seoyung odatiga ko'ra erta uygʻonib xonasini tartibga keltirgancha tonggi yugurishga yoʻl oldi.
Seoyung pov
Erta tongdan sohil boʻylab yugurarkanman hayolimda faqat Jimin va oʻsha kungi boʻsa aylanardi , jin ursin* u nega bunday qildi axir men nega uni itarmadim oʻzim ham yoqqandek qotib turaverdim , bularni oʻylayverib aqldan ozmasam boʻlgani.
Qiz shu hayollar bilan uyi oldiga kelib toʻxtab qoldi.Uylari oldida dadasining shaxsiy mashinasi qiz koʻzlari chaqnab ketdi.
Erta tongdan sohil boʻyi boʻylab sayrga chiqqandim yarim sotcha aylanhach uyga qaytarkanman dadamning shaxsiy haydovchisi va mashinasini darvoza oldida ko'rib hursand boʻlgancha qadamimni tezlatdim.Aslida ota-onam ikki kun oldin qaytishlari kerak edi.Lekin ular ishlari choʻzilib yana biroz qolib ketishlari mumkinligi haqida ogohlantirishgani uchun ularni bugun kelishlarini bilmagandim.Shu sababdan hursand boʻlgancha uy tomon shoshib borardim.
Ichkariga yugurgudek kirgan qiz bir qator boʻlib tizilgancha boshini egib turgan xizmatchilarga hayron qarab qoldi.
Seoyung:Lee xonim ota-onam qaytmadimi.
Qiz ichkariga koʻz yugurtirgancha xizmatchi ayolga yuzlandi.Lekin hech qaysi xizmatkordan miq etgan tovush chiqmadi.
Seoyung:sizlarga gapriyabman nega jimsiz.
Bu safar ovoz toʻnini balandlatgan qiz javob olmaganiga asab ilashardi va allaqachon qalbini havotir chulgʻab olib boʻlgandi.
Birdan yugurib kirgan Niki qizni e'tiborini oʻziga tortgancha gap boshladi.
Niki janob Kangning oʻng qoʻli va eng ishongan yordamchisi edi u 9 , 10 yoshlaridan beri Kanglar xonadonida xizmat qilib shu yerda katta boʻlgandi. Seoyung ham akasidek boʻlib qolgan yigitga yuzlanib zoʻrgʻa ushlab turgancha gap boshladi.
Seoyung:gaprisangizchi nima boʻldi oʻzi.
Niki: yaxshi. faqat oʻzingni qoʻlga ol Seoyung ota-onang aeroportdan qaytishda avtohalokatga uchrashibti , bu jiddiy avtohalokat boʻlgan va ular voqea joyida vafot etishgan.
Yigit shu gaplarni aytib boshini egib yerga qaragancha qoldi.
Bir zum eshitganlarimdan aqlim shoshib qoldi va birdan qulogʻim ostida qattiq chiyillash eshitilib oʻzimni tutolmay qoldim.Oxirgi koʻrgan narsam men tomon havotir bilan talpingan yigit edi.
Niki Seoyungni koʻtarib ehtiyotlab xonasiga olib kirdi va sekingina yotoqqa qoʻyib ustini yopgancha shifokor chaqirib oʻzi xonadan chiqib ketdi. Niki uchun hozir qizni faqat uhlagani yaxshi , qancha uhlasa shuncha yaxshi chunki uygʻonib qolsa yig'lab hammayoqni boshiga koʻtarishi va oʻzini ancha oldirib qoʻyishi mumkin.