Qismat
"Qismat bizni eng shirin tushlar bilan aldab , eng achchiq haqiqat bilan uygʻotadi".
Kun bo'yi zarrin nurini atrofga sochgan quyosh go'yo charchaganini tan olgandek o'rnini to'lin oyga bo'shatib bergan edi.Gavjum ko'chalar , kunduzi sevishganlaru yosh bolalar bilan to'ladigan parklar, sotuv do'konlari ham allaqachon zulmat bag'riga cho'mgan. Odamlar ham ancha siyraklashgandi , lekin ancha kech bo'lishiga qaramay ko'chalar bo'ylab yolg'iz qadam tashlab ketayotgan qiz bularni hech biriga e'tibor qaratmasdi. U uchun hozir hatto qayerga ketayotgani ham qiziq emas , u faqat o'z o'ylari bilan band , uni 4 yildan beri tinch qo'ymaydigan hayollar. U uchun bu xotiralarni eslash qanchalik qiyin bo'lmasin , u bularni osinlikcha unutib ham yuborolmasdi. Qiz shunday hayollar og'ushida o'zi doim keladigan va taskin topadigan sohil bo'yiga yetib kelganini sezib asta-sekin qumloqqa o'tirarkan har xil hissiyotlar og'ushida qolgandi:nafrat,sog'inch,havotir.
Aera Italiyaga kelganiga ham mana 4 yil bo'ldi u shu o'tgan yillar davomida umuman Koreaga bormadi xohlamadi , hatto ota-onasi bir necha marta uni sog'inganliklarini aytib chaqirishdi , lekin yo'q u bundan bosh tortib keldi. Chunki u qaytib borib unga yuzlashib qolishdan qo'rqardi , lekin mana endi u majbur bu safar bosh tortolmaydi. Qiz cheksiz dengizning shahar chiroqlari ta'sirida tovlanishiga tikilgancha ertalabki onasining qo'ng'irog'ini esladi.
Erta tongdan uyg'ongan qiz yuvinib kiyimlarini almashtirib doimgidek yugurgani yo'l oldi .
Aera pov
Erta tongdan uyg'onib doimgidek yugurishga yo'l oldim tonggi sof va toza havo menga Italiyani shu havosi sohil bo'ylari hammasi o'zgacha tuyuladi.
Chamasi yarim soatcha tor ko'chalardan sohil atrofidan yugurib charchagan qiz tonggi sof havodan o'pkasini to'ldirib nafas olgancha uyiga yetib keldi. Yuvinib chiqib sochlarini quritarkan stol ustida juringlayotgan telefoniga ko'zi tushdi. Sekin borib telefonni qo'liga olarkan qo'ng'iroq egasi onasi ekanligini ko'rib yuziga tabassum yugurgancha javob berdi.
Aera:onajonimmmm ....
Yaxshimisiz telefon qilmay qo'ygandingizaaaa oyi .
Yiye xonim :haaa kechir oy yuzligim o'zing qalaysan o'qishlaring yaxshimi
Aera:ha yaxshi, nimadir bo'ldimi oyi nega ovozingiz g'alati
Qiz oyisining ovozidagi g'ashlikni sezib so'radi.
Y xonim: qizim... dadang... dadangni ahvoli borgan sari og'irlashyabti.
Ayol shu so'zlarni titrab aytib birdan yeg'lab yuborarkan qiz nima deyishni ham bilmay qoldi .
Y xonim:dadang seni ko'rmoqchi qizim dadang bu ahvolda kompaniya ishlariga ham qarolmay qoldi sen bizning yakkayu yakka farzandimizsan qizim iltimos qayt qizim ...
Aera onasining gaplarini tinglarkan ko'zlaridan yosh miltilladi yo'q u endi qocholmaydi baribir ham u qachondir o'tmish bilan yuzlashishi kerak edi. Qiz endi boshqa chorasi yo'qligini tushunib .
Aera :yaxshi oyi yig'lamang hammasi yaxshi bo'ladi ertagayoq birinchi reys bilan Koreyaga uchaman.
Comeback
Qiz shularni o'ylab dengizga uzoq tikildi. Aslida yolg'izlik o'ziga ham yoqmasdi , u doimo ota-onasi bag'rida o'sgan erka qizaloq edi , u bu hayotda hammani o'zidek sofdil sanardi. Lekin uning bu dunyo qarashini o'z dugonasing sevgilisi bilan qilgan xiyonati o'zgartirdi. Qalbidagi ishonch va sevgi bir zumda gumon va nafratga aylandi. Qiz ko'zidan oqqan yoshlarni artarkan 4 yildan buyon yuragini o'rtagan bu ko'z yoshlarga erkinlik berdi u shunchaki sevgandi chin qalbdan sevib ishonch bildirgandi , lekin biz bazan o'z tuyg'ularimizga sof sevgimizga javoban hiyonat bilan siylanamiz. Qiz vanihoyat alam bilan ovoz chiqarib yig'larkan uning bu holatiga faqat shu sohil va dengiz guvoh edi. Aera biroz yengillab olgach chuqur nafas olib uyi tomon yo'l oldi. Xonasiga kirib kiyinlarini almashtirmasdan o'zini yotoqqa tashladi.
Qiz turiboq samalyotga kech qolmaslik uchun kiyimlarini joylashga tushib ketti jamadoni tayyorlab o'zi ham kiyinarkan xonasiga oxirgi marta nazar tashladi.
Aera pov
Bu xona , bu uy , bu davlat hammasi shu òtgan yillar ichida men uchun qadrli bo'lishga ulgurdi. Vatanimdan uzoqlarda shu yerlarda taskin topdim. Endi bu yerlarga qaytamanmi yo'qmi bilmayman , lekin men yana o'sha menga faqat baxtsizlik bergan vatanimga qaytyabman.
Qiz samolyotdan tushib jamadonini sudrab aerportdan chiqdi va o'pkasini to'ldirib nafas oldi.
Aera pov
Samalyotdan tusharkanman odamlar gavjum kimdir oilasi bilan xayrlashib qayergadir safarga yo'l olyabti. Kimdir esa o'sha safardan oilasining bag'riga qaytyabti , aeroportdan chiqib atrofga nazar solarkanman kuz fasli bo'lgani uchun hammayoq tillarang tusga kirgan barglar yer bag'rida orom olardi biroz atrofga tikilib bu go'zal manzaradan rohatlandim.
Qiz biroz atrofni kuzatib turgach taksi to'xtatib uyiga yo'l oldi uni kutib olishga hech kim kelmadi. Chunki qiz buni onasiga tayinlagan edi. Qiz uyiga yaqinlashgan sari yuragi boshqacha urushni boshlaganini his qildi.
Aera pov
Taksiga o'tirib 4 yildan buyon qadam izi qilmagan yaxshi yomon xotiralamrimni o'z bag'riga olgan uyim tomon yo'l oldim. Yaqinlashgan sarimiz yurak ururishim hatto o'zimga ham sezila boshladi. Men qo'rqyabman yana hayotimni bir tekisda davom ettira olamanmi o'tmishim og'riqlarim bilan yuzlashishga tayyormanmi bilmayman lekin shunisi aniqki ortiq qocholmayman.
Taksi manzilga yetib kelarkan oldindan ogohlatirilgan qo'riqchilar qizni kelishini kutib turgan ekan mashina ko'rinishi bilan qo'rg'on eshiklari ochildi. Aera mashinadan tushishi bilan xizmatchilar uning yuklarini tushurib xonasiga joylash uchun olib kirib ketishdi. Qiz qo'rg'on o'rtasida biroz turib qoldi.
Aera pov
O'zgarmabdi hech biri o'zgarmabdi men yoqtirgan favvora , doim kitob o'qiydigan bog'im hammasi o'sha o'sha qiz biroz atrofni kuzatib oxiri uyga kirishga jurat topib eshik tomon qadam tashladi. Qiz ichkariga kirarkan bu uyda o'tgan xotiralarini birma bir ko'z oldidan o'tkazdi. Qizini kelganini eshitgan Yiye xonim mehmonxonadan shoshib chiqqancha kelib , qizini bag'riga bosarkan qiz bu quchoq tasirida erigan qordek onasining bag'riga singib ketdi va javoban onasini mahkam quchdi.
Aera:oyi sizni sog'indim juda qattiq sog'indim.
Y xonim:men ham oy yuzligim endi ketmaysan doim bag'rimizda bo'lasan.
Qiz onasi bilan ko'rishib biroz sog'inchi bosilgach oyasini so'radi.
Aera :oyi dadam.. ularni ahvollari yaxshimi ular qani.
Y xonim:ha dadang xonasida sifoxonada qolishni istamadi shuning uchun uyda barcha sharoitlarni tayyorladik.
Qiz onasi bilan dadasining xonasiga ko'tarilib dadasi bilan ko'rishdi , yig'ladi qiz ota-onasini anchayin sog'inganini endi his qildi. Otasi davolanayotgani sabab kompaniya ishlari bilan shug'ullanishini va keyingi haftadan ish boshlashi kerakligini tushundi.
Aera xonasiga ko'tarilarkan xonasida birorta detalni joyi o'zgarmagan edi. Shu o'tgan yillar davomida xizmatchilar bu yerni tozalagan bo'lsa ham , hech nimani joyini o'zgartirishmagan edi. Qiz dush qabul qilib chiqib charchagani bois kechki ovqatgacha uxlab olishni rejalashtirgancha yotoqqa o'zini tashlab uyquga ketdi.
Qiz xonasida o'tirarkan shu 2 kun ichida ko'chaga chiqmagani bois biroz ko'cha aylangisi keldi. Soʻng dugonasini esladi. U Koreyaga qaytganini hali aytgani yo'q telefonini qo'liga olib unga qo'ng'iroq qildi.
Timeskip
Ikki qiz cafeda suhbatlashib o'tirarkan hech gaplari tugamasdi .
Xarin: nega kelishingni aytmading men kutib olgan bo'lardim.
Aera:shunchaki hohlamadm bilasan qaytish niyatim yo'q edi.
Xarin:xo'sh endi nima qilmoqchisan.
Aera:nima ham qilardim kompaniya ishlari bilan shug'ullanman. Ertadan ish boshlayman va shunchaki u bilan ko'rishib qolmaslikka harakat qilaman.
Xarin :qachongacha undan qochib yurmoqchisan menimcha sizlar gaplashib olishingiz kerak Taehyung hali hamon seni sevadi.
Aera:agar sevganda meni sadoqatimga nisbatan xiyonat bilan javob qaytarmagan bo'lardi.
Seoyung:Ae bu xatoligini ikkimiz ham bilamiz axir u mast bo'lgan bilmagan balki o'ylab ko'rarsan sen ketganingdan keyin uni uylantirmoqchi bo'lib ko'p harakat qilishdi lekin u buni hohlamadi sendan so'ng hayotiga hech kimni kiritmadi
Aera:ha lekin men borligimda kiritdi shundaymi qo'y amakivachchang bo'lgani uchun uni oqlama undan ko'ra Jimin bilan orangiz qalay shundan gapir
Soe :bizda hammasi yaxshi hatto shu yil oxiriga to'y qilmoqchimiz
Aera: sen uchun hursandman Jimin yaxshi inson
Aera erta tongdan turib odat bo'yicha yugurishga chiqdi yarim soatlik yengil yugurishdan so'ng sohil bo'yiga kelib o'tirdi dengiz ortidan endi ko'tarilayotgan quyoshga qarab hayol surdi
Aera pov
Bugun kompaniyadagi ilk ish kunim o'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi men eplayman
Qiz yana biroz o'tirib so'ng uyga qaytdi yuvinib chiqqach onasi bilan nonushta qildi,dadasidan xabar oldi va kiyinib ishga yo'l oldi
Aera pov
Kompaniyaga kirib borar ekanman menga dadamning yordamchisi Bangchan peshvoz chiqdi u komonaiya ishlarini juda yaxshi tushunadi u bilan ancha yaqinmiz ketishimdan oldin hambdadamning qo'lida ishlardi va biznikiga ko'p kelib turardi dadam uni o'z o'g'lidek yaxshi ko'rgani uchun men ham uni o'z akamdek ko'raman
Bangchan: bizning qochoq kabutar vanihoyat o'z uyini topipdida
Aera pov
Uning araz bilan aytgan bu gapidan kulgim qistadi lekin uning oldida ham aybdorman unga hech narsa demay ketganman shu o'tgan yillar davomida ham biz deyarli gaplashmadik
Aera:yaaa nima mendan arazdamisiz men bo'lsa siz ham meni sog'ingansiz deb o'ylagandim qiz lab burib shu gaplarni aytarkan yigit ham miyig'ida jilmaygancha qizni bag'riga tortib boshini siladi.
Bangchan:seni sog'inmay bo'larkanmi zumrasha.
Qani endi ishga o'tsak bugun ilk ish kuning va bugun hamkorlar bilan uchrashuv bor yosh xonim shuning uchun hozir majlislar zaliga borishimiz kerak
Aera:yaxshi qani unda yo'l boshlang janob
Ikkisi kulishgancha majlislar zaliga qarab borisharkan Bangchan yo'l bo'yi bu hamkorlik haqida qizga qisqacha tushuntirib ketdi
Ikkisi zalga kirib borisharkan qiz iltifot ila unga eshikni ochib ichkariga taklif qilgan yigitga mayin jilmaygancha ichkariga kirdi.
Chan bilan kulishgancha karidor boʻylab yurib kelarkanmiz u menga ish haqida tushuncha bera boshladi va hammasi yaxshi boʻladi deya jilmayib menga eshikni ochdi , zalga birinchi men ortimdan u kirdi.
Kirishim bilan oʻzimga tanish boʻlgan chehrani koʻrib biz zumga bu dunyodan uzilgancha joyimda qotib qoldim.Toʻgʻri men yuzma-yuz kelishimizni bilardim lekin bunchalik tez boʻlishini kutmaganim bois bir necha soniyalarga hech qanday yuz ifodasisiz joyimda unga tikilgancha turaverdim toki Chan qoʻlimdan tortib imlamaguncha.
Majlis davomida hamma diqqatini ishga qaratgan va hammani e'tibori ekrandagi grafikda edi faqatgina bitta odamdan tashqari.Taehyung qizdan koʻzini uzmas oʻtkir nigohlarini Aeraga qadagabcha hech uzilay demasdi.
Bundan Aera ham o'zini noqulay his qilar , ham jahli chiqardi.
Majlis tugab shartnomalar imzolangach hamma joyidan qoʻzgʻala boshladi.Hamkorlar birma- bir zalni tark etishar ekan chiqishdan oldin Chan va Aera bilan qoʻl siqishib chiqib ketishardi.Navbat kutilgan odamga kelarkan , Taehyung qizni qoʻlini siqqancha uni nigohlari ortidan quvdi.
Taehyung:Oʻylaymanki hamkorligimiz bardavom boʻladi Miss.Yiye
Yigit shunday deya kotibasi bilan birga xonani tark etarkan qizga oxirgi bor nazar tashlab qoʻydi.
U chiqib ketishi bilan Aera ichida ushlab turgan alamni qoʻyib yubordi va joyiga oʻtirgancha tinchlanishga harakat qilib chuqur nafas ola boshladi.
Aera:hammasi joyida xuxx hammasi joyida
Chan:Aera tinchlan hammasi yaxshi boʻladi hoyyy
Chan yerga choʻkkalagancha qizni qo'llaridan tutib uni yupatishga tushib ketti.
Chan:bunday boʻlishini bilardinku ortga qaytish u bilan yuzlashishligini hikarding shu sabadan tinchlan hammasi oʻtib ketdi.
Chan:tur men seni uyingga tashlab qo'yaman bu yerdagi ishlar meni boʻynimda , sen faqat kerakli vaqt imzo qoʻyishing va majlislarga qatnashsang yetarli.
Aera uni uyiga tashlab qoʻygan Changa yana bir bor rahmat aytgancha ichkariga kirib toʻgʻri xonasi tomon zinalardan yuqoriladi.
Yuvinib chiqib oʻzini toʻgʻri yotoqqa tashladi.
Qiz yotoq oʻrtasida bir uyoqqa , bir buyoqqa ogʻirilgancha uhlar ekan , xonasining derazalariga otilgan toshdan cho'chib koʻzlarini ochdiyuu oʻrnidan turib , asta qadam tashlagancha deraza tomon yura boshladi. Yana bir marta kelib tekkan toshni deb bir zum yurishdan toʻxtadi.Qiz ochiq oyna oldiga yetib kelarkan u yerda turgan oppoq atirgullarni koʻrib beixtiyor qoʻrquv oʻrnini quvonch egalladi. Shoshilib oynadan pastga qararkan qora kiyimli odam sharpasi bir zumda ko'zdan g'oyib boʻldi.
Kompaniyadagi yangi lohiyalar va hamkorlik aloqalari sabab kechgacha ishlagan qiz zoʻrgʻa xonasiga koʻtarildiyu kiyimlarini almashtirib , yuvinib chiqish maqsadida hammomga yoʻl oldi.
*
Tezda yuvinib chiqqan qiz uhlash uchun tungi kiyimini kiydi va bir nuqtaga qarab oʻylangancha sochini quritishni boshladi.Birdan nimadir esiga tushgan Aera oyna oldiga mayda qadamlar bilan bordi va oynani ochib tekshirib koʻrdi negadir 1 haftadan buyon keti uzilmayotgan oq atirgullar bugun yoʻq edi.Qiz hayron qosh qoqib , labini burgancha joyiga qayta oʻtirib sochini quritishda davom etdi.Ishini tugatgan qiz soch quritgichni oʻchirib yotoq tomon yurarkan oynaga kelib tekkan mayda tosh sabab qadamlari kesilib joyida qotib qoldi.
Sekin oyna tomon yoʻnalgan qiz manziliga yetib bordiyu , derazaning bir qanotini ochib oʻsha sevimlisi boʻlgan oq atirgullarni bagʻriga koʻmib toʻyib hidladi.Qiz bu oq atirgullar sohibi kimligiga qiziqmadi chunki taxminlari toʻgʻri chiqsa , qanday yoʻl tutish haqida bilmasdi.Shu sabab shunchaki gullarni qabul qilib suvga solib to soʻlib quriguniga qadar ular goʻzalligidan bahra olardi. Bu safar ham gullarni yotoq oldidagi suv toʻldirilgan vazaga solgan qiz ularga oxirgi bor qaradi va uyquga ketdi.
Oradan kunlar , kun ketidan oylar yeldek uchib oʻtar ekan , Aera bu yerdagi muhitga qayta moslashib , kompaniya ishlariga krishib ketgandi.
Shu oʻtgan 2 oy ichida qiz kompaniya ishkarini yaxshi oʻrgandi va ancha muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdi.Aera uchun yagona muammo Taehyungga aylangandi.Qiz qancha uning qarashlari , piching gaplariyu nojoʻya harakatlariga e'tibor bermaslikka harakat qilsada bu uning yurak tubiga koʻmgan hislari uchun noqulaylik tugʻdirardi.
Qiz oʻz xonasidagi aylanma kursisida bir qoʻliga tayangancha hujjatlarni birma-bir oʻqib chiqib imzolardi. Birdan kelgan telefon qoʻngʻirogʻi sabab diqqati boʻlindi. Aera telefonini qoʻliga olib asta stuldan qaddini koʻtardi va qoʻngʻiroqqa javob berish barobarida shisha oyna tomon yurdi.
Qoʻngʻiroqqa javob berib joyiga qaytgan qiz hujjatlarni stolning bir burchagiga surib yegʻishtirgan boʻldiyu , sumkasini qoʻliga olib xonadan chiqdi.Qiz toʻgʻri lift tomon borarkan tezda lift ichiga kirdi va telefoniga kelgan sms sabab koʻzlarini telefoniga qadadi. Lift ichidan joy olgan bir juft qora brend tufliga koʻzi tushgan qiz boshini koʻtarib oyoq kiyim egasiga qaradi. Yigit esa qizga shahvoniy jilmayib lift tugmalariga qoʻl yugurtirdiyu , kerakli tugmani bosib qiz tomonga surildi. Borgan sari tushib qolgan vaziyatidan oʻzini noqulay sezayotgan qiz qanchalik oʻzini befarq tutishga urinmasin , koʻzlari oldidagi kelishgan yigitga hech bo'lmasa bir marta qarashga undardi. Birdan galstugini bo'shatib, ko'ylagini old tugmalarini yechgan yigit , keskin qiz tomonga burildi.
Aera Taehyungni bu keskin harakatini kutmagani sababli oʻzini ortga oldi , lekin uning bu harakati qarshisidagi gavdali yigitning changalidan qutilib qolish uchun yetarli emasdi. Qiz yigitning bagʻridan chiqishga urinib uning yelkalariga mushtlab tipirchilardi.
Taehyung qizning ikkala qo'llarini ham bilagidan siqib birlashtirdi va kaftiga olib kishanladi. Soʻng qizning lablariga egilib atayin lablari ustida nafas olib qizni qaynoq nafasi bilan kuydirdi. Yuziga urilyotgan qaynoq qaynoqlikdan entikkan qiz , hayajondan tartibsiz nafas olgancha bor jasoratini jamlab yigitning koʻzlariga tikildi. Yigit nigohini qizning tubsiz koʻzlaridan yana qayta lablariga koʻchirdi va qizni belidan ushlab oʻziga keskin tortgancha qizdan mayin boʻsa ola boshladi. Bir zum aqli shoshib qolgan qiz yana oʻsha tanish harorat va lablarni his qilib , yigit bilan oʻtkizgan shirin damlari ko'z oldidan kasetadek aylana boshladi. Xotiralar ogʻushida butun dunyoni unutgan qiz lablari ustida mohirlik bilan harakat qilayotgan oʻzga lablarga joʻr boʻldi. Lablarini erkalagan yumshoqlikni his qilgan Taehyung oʻzi qumsagan hislar ogʻushida qolgandi. Lablari orasidagi dudoqlarni tishlab tortgan yigit oxir oqibat nafas yetishmovchiligi sabab qizdan uzilgancha peshonalarni birlashtirdi. Biroz nafas rostlab olgan yigit yana qizga yopishib ketdi. Qizni bellaridan qisgancha lift burchagiga battar tiradi. Ikki yoshning bir biriga toʻyolmay turgan bu vaziyatiga lift eshiklarining keskin ochilishi yakun yasadi.
.
Bu mini fanfini Aera onniemga bag'ishladim. Onnie love you forever💘💘
Qoʻngʻiroqqa javob berib joyiga qaytgan qiz hujjatlarni stolning bir burchagiga surib yegʻishtirgan boʻldiyu , sumkasini qoʻliga olib xonadan chiqdi.Qiz toʻgʻri lift tomon borarkan tezda lift ichiga kirdi va telefoniga kelgan sms sabab koʻzlarini telefoniga qadadi. Lift ichidan joy olgan bir juft qora brend tufliga koʻzi tushgan qiz boshini koʻtarib oyoq kiyim egasiga qaradi. Yigit esa qizga shahvoniy jilmayib lift tugmalariga qoʻl yugurtirdiyu , kerakli tugmani bosib qiz tomonga surildi. Borgan sari tushib qolgan vaziyatidan oʻzini noqulay sezayotgan qiz qanchalik oʻzini befarq tutishga urinmasin , koʻzlari oldidagi kelishgan yigitga hech bo'lmasa bir marta qarashga undardi. Birdan galstugini bo'shatib, ko'ylagini old tugmalarini yechgan yigit , keskin qiz tomonga burildi
Aera Taehyungni bu keskin harakatini kutmagani sababli oʻzini ortga oldi , lekin uning bu harakati qarshisidagi gavdali yigitning changalidan qutilib qolish uchun yetarli emasdi. Qiz yigitning bagʻridan chiqishga urinib uning yelkalariga mushtlab tipirchilardi.
Taehyung qizning ikkala qo'llarini ham bilagidan siqib birlashtirdi va kaftiga olib kishanladi. Soʻng qizning lablariga egilib atayin lablari ustida nafas olib qizni qaynoq nafasi bilan kuydirdi. Yuziga urilyotgan qaynoq qaynoqlikdan entikkan qiz , hayajondan tartibsiz nafas olgancha bor jasoratini jamlab yigitning koʻzlariga tikildi. Yigit nigohini qizning tubsiz koʻzlaridan yana qayta lablariga koʻchirdi va qizni belidan ushlab oʻziga keskin tortgancha qizdan mayin boʻsa ola boshladi. Bir zum aqli shoshib qolgan qiz yana oʻsha tanish harorat va lablarni his qilib , yigit bilan oʻtkizgan shirin damlari ko'z oldidan kasetadek aylana boshladi. Xotiralar ogʻushida butun dunyoni unutgan qiz lablari ustida mohirlik bilan harakat qilayotgan oʻzga lablarga joʻr boʻldi. Lablarini erkalagan yumshoqlikni his qilgan Taehyung oʻzi qumsagan hislar ogʻushida qolgandi. Lablari orasidagi dudoqlarni tishlab tortgan yigit oxir oqibat nafas yetishmovchiligi sabab qizdan uzilgancha peshonalarni birlashtirdi. Biroz nafas rostlab olgan yigit yana qizga yopishib ketdi. Qizni bellaridan qisgancha lift burchagiga battar tiradi. Ikki yoshning bir biriga toʻyolmay turgan bu vaziyatiga lift eshiklarining keskin ochilishi yakun yasadi.
.
Bu mini fanfini Aera onniemga bag'ishladim. Onnie love you forever💘💘