Qismat
-Qismat | 2 episode.
" Qismat bizni eng shirin tushlar bilan aldab , eng achchiq haqiqat bilan uygʻotadi".
Kechasi bilan yaxshi uhlay olmagan qiz koʻzlarini xorgʻin ishqalab yostiqdan boshini koʻtardi.Yotoqdan sekin tushib oyogʻiga shippaklarini ilgancha yuvinish xonasiga yoʻl oldi.Tezda yuvinib chiqib kiyindi , bugun yangi hamkorlar bilan muzokara borligi sabab shoshilyotgan edi. Aera nonushta ham qilmay tayyorlangancha oyogʻini qoʻlga olib ishga joʻnadi.
*
Qiz mashinadan tushib bino ichkarisiga kirarkan , liftga yaqinlashganda kechagi voqea koʻz oldidan shuv etib oʻtdiyu , oʻzidan oʻzi uyalib labini tishladi. Aera kecha hislariga erkinlik berdi. Lekin kecha Taehyungning boʻsalariga javob qaytarayotganda ertaga nima boʻlishini oʻylab koʻrmagani uchun oʻzini koyidi. Qiz lift eshigi ochilishi bilan ichkariga kirdi va asabiy oyoqlarini qimirlatgancha lift oʻziga kerakli qavatga koʻtarilishini kuta boshladi.
*
Aera majlislar zaliga kirib kelarkan orqa oʻgirib Taehyungga roʻparama-ropara oʻtirgan qizni koʻrdi. Qizni yuzi koʻrinmayotgan boʻlsa ham Aera uni tanidi. Qadamma-qadam ularga yaqinlasharkan qiz orqasiga qaradi va keng tabassum bilan oʻrnidan turib Aera tomonga keldi. Huddi hech nima boʻlmagadnek kelib uni bagʻriga bosgan qizning bu harakati Aerani jahlini chiqardi
~Aera yaxshimisan , koʻrishmaganimizga ham ancha boʻldi. Oʻzgarib ketibsan Italiya havosi yaxshi ta'sir qildimi deyman.
~Ha yaxshiman koʻrib turganingdek , Italiya havosiga kelsak u yerda havo juda toza , balki bu sen u yerda yoʻqliging uchundir. Chunki Koreyaga qaytganida shuni sezdimki bu yerlarni havosi ancha ifloslanibti.
Soolin Aeraning zaharxandalik bilan aytgan gaplaridan biroz dami ichiga tushib ketdi , lekin yuzidagi tabassumini yoʻqotmagan holda turaverdi.
~Aera bilaman oramizdan biroz gap qochgan lekin bu bunday yuz koʻrmas boʻlib yurishimizga arzimaydi.
Xonaga kirib ulgimasimdan Taehyungning roʻparasida oʻtirgan qizga koʻzim tushdi . O'sha zahotiyoq xiyonatkor dugonamni tanidim. Kelganimni sezgach tirjaygancha qarshimda kelib , meni bezbetlarcha bagʻriga bosdi. Jirkanaman iflos qoʻllarini yelkamdan oʻtkizib qucharkan tezda qoʻllarini siltalab tashladim. Koʻzlarimga oʻsha jirkanch tabassumini saqlagan xolda tikilgancha gapirarkan , uning ogʻzidan chiqayotgan har bir tovush asab tolalarimni yemirardi. Nima deydi Italiya havosi emish oʻrgildim savl. Bu yer ishxona boʻlgani uchun ham uni sochidan sudrolmayman , shuning uchun hech boʻlmasa gap bilan chaqib olay deb achchiq- achchiq javob qaytardim. U boʻlsa nima deydi oramizdan qochgan biroz gap bunday arazga arzimasmish. Oʻshanda men Taehyungni qanchalik sevishimni , zirapchadan ham qizgʻonishimni hech kim bilmasa ham sen bilardingku. Nahot shuni koʻra bila turib oʻzingni uni ostiga ikkilanishsiz otsang va bu arazga arzimasa. Taehyungku mast boʻlgandir bilmagandir , lekin sen oʻzingda edingku taklif bergan taqdirda ham rad eta oladigan holatda eding.Begona bu ishni qilganida , menimcha bu menga bunchalik ogʻir botmagan boʻlardi.
~ Demak arazga arzimaydi degin.....
~Hada axir endi hamkor boʻlsak , har xolda har kuni koʻrishamiz. Bunday araz ish sifatimizga ham ta'sir qilmasin deymanda.
Qarshimdagi qizga hech qanday hamkorlik boʻlmasligini aytib koʻchaga haydab solgim keldi. Lekin aksiyalarning allaqachon 10%ni yangi hamkorlar sotib olganini bilganim uchun uni javobsiz qoldirib , borib joyimga joylashdim.
Hamma asta majlislar xonasiga yigʻilarkan e'tiborimni jamlashga urinib , oldimdagi bakalga toʻldirb suv quygancha sekin-sekin icha boshladim.
Majlis tugab hamma tarqalarkan men ham zalda biroz hayol surib oʻtirgach sekin oʻrnimdan qoʻzgʻala boshladim. Liftdan tushgach kompaniyaning chiqsh eshigiga qarab turarkanman. Eshik oldida turgan qoʻriqchilarning tilagan hayrli kunlariga nisbatan mayin jilmayib bosh silkigancha javob qaytarib tashqariga chiqdim. Chetda turgan mashinam oldiga borib , eshikni ochib sumkamni qoʻyib oʻzim rul tomonga aylanib oʻtarkanman , binodan chiqb kelgan yigit va uning ortidan shoshib chiqqan qizni koʻrib toʻxtadim.
Taehyung binodan chiqib mashinasi tomon yurgan edi hamki ortidan kelgan ovozni deb toʻxtadi. Ularni beixtiyor kuzatib turgan Aera , ensa qotirib qoshlarini chimirdi. Soolin bir nimalar degancha Taehyungni qoʻlini silab , boʻyniga osilgancha quchib olganini koʻrgandan soʻng mashinasiga oʻtirib eshikni qattiq yopdi. Keyin esa mashinasini oʻt oldirib ko'zdan g'oyib boʻldi.
Qizni bu kutilmagan harakatidan asabilashgan Taehyung Aeraning hozirgina yurib ketgan mashinasining ovozini eshitib oʻsha tomonga qaradi. Yoʻl oxirida koʻrinmay ketgan mashinani koʻrib battar asabilashgancha boʻyniga tirmashgam qizni bir harakat bilan yulqib olib yerga uloqtirdi. Qiz asfaltga oʻtirib qolar ekan , yigit koʻchadaligini ham unutib , qiz tengi egildi va qizni sochini siqimlagancha.
~ Sen kichik miyyang bilan nimalar qilishga urinyabsan. Soolin agar akang doʻstim boʻlmaganida allaqachon seni majaqlab tashlagan boʻlar edim shunday ekan , haddingdan oshma . Men faqat Aerani sevaman , eshityapsanmi faqat uni . Agar yana oʻzingcha Aera oldida oʻyin qilsang , oʻz qoʻlim bilan joningni sug'urib olaman bilib qoʻy.
Taehyung qizni sochini qo'llaridan siltalab bo'shatib , mashinasiga oʻtirib u yerni tark etdi.
*
Soolin yerda oʻtirgancha yoshdan qizargan koʻzlari bilan ketayotgan yigitning orqasidan qarab qoldi.
~ Koʻramiz hali men bor ekanman u bilan baxtli boʻlmaysan.Kim Taehyung yoʻl qoʻymanman menikilar faqat meniki boʻladi.
Aera oshxonada ivirsib , nimalardir pishirishga urinardi. Qiz uyda yolgʻiz ota-onasi 1 haftaga Jejuga dam olgani ketishdi. Aera kayfiyati yoʻlqigi va yolgʻiz qolishni xohlagani uchun hamma xizmatchilarga ruxsat berib yubordi. Endi esa qorni ochib oʻziga achchiq ramen tayyorlayabti. Qiz tayyor ovqatni stol ustiga taraqlatib qoʻyib , stulni tortib oʻtirdi. Qaynoq bugʻ chiqib turgan ramenni bir , ikki puflab ogʻziga solib yeyishni boshladi.
Ulardan yana nimani kutgandim hayronman. Binodan chiqib hech qayerga qayrilmay ketishim kerak edi. Soolinni uni boʻyniga osilganichi , Taehyung nega uni oʻzidan itarmadi. Nima u ham jon jon deb turganmidi pfff.....oʻrgildim...menga nima. Bu ham mayli men Taehyungni kechagi ishidan keyin meni hali ham sevadi , balki imkon berarman deb yuribmana ahmoqlik. Oxxx boshimda ogʻriq turdi.... , qoʻshmazor boʻlgurlar kafyitamni buzganlari qoldi.
Aera hayol surgancha ovqatlanarkan ikkinchi qavatdan kelgan ovozni deb , ogʻziga olib borayotgan ovqati havoda muallaq qolib ketdi.
Aera pov
Bu nimasi boʻldi endi, men hammaga ruxsat berib yuborgandimku.
Yana tiqir-tiqir tovushlarini eshitgan qizning yuragiga battar gʻulgʻula tushib asta oʻrnida qoʻzgaldi. Muzlatgichni ochib qoʻliga qattiq shishali viskini olib , stoldan oshxona pichogʻini olib ortiga yashirgancha asta zinalar tomon yurdi .
Aera pov
Sekin birma-bir zinalardan koʻtarilib borarkanman qoʻlimdagi qalin shishani yaxshiroq ushlab , ikkinchi qoʻlimdagi oshxona pichogʻini qattiqroq siqib ortimga berkitdim. Kechasi bu nima boʻlishi mumkin degan oʻy hayollar bilan xonam eshigi oldiga kelganda toʻxtadim. Asta qoʻlim titrab eshikni ochib ichkariga moʻraladim. Qorongʻu va hech nima yoʻq , eshikni yopmoqchi boʻldimu , oyna oldidagi yorugʻlik e'tiborimni tortib oʻzmni beixtiyor xona ichiga oldim. Oyna oldiga borgach oq atirgullarni koʻrib koʻnglim biroz joyiga tushdi. Qoʻlimdagi pichoqni stul ustidagi tungi chiroq oldiga qoʻyib bir qoʻlimga gullarni olib xidladim negadir bu safar gullardan menga tanish boʻlgan ifor kelyabti. Toʻxta derazalar ochilmagan , doim tashqari tarafda qoldiriladigan gullar bu safar xona ichkarisida turibdi. Shularni oʻylab ichimdagi gʻashlik va qoʻrquv qayta uygʻonar ekan , birdan ortimdan kelgan odam sharpasi va belimdan oʻralgan baquvvat qoʻl deb salkam qichqirib yubordim. Qoʻlimdagi viski polga tushib chil-chil bo'larkan oyoq ostim xoʻl boʻldi. Menga tanish ifor va taftni his qilib ortimga oʻgirilmasdan ogʻir yutindim. Ochiq yelkamga bosilgan sovuq lablar sabab tanam boʻylab yengil titroq oʻrmalarkan o'zimni ortga olib uning quchogʻidan chiqishga urindim.
Aera Taehyungning qo'lidan yulqinib chiqdiyu , ortidagi shisha bolaklari oyogʻiga kirib ingragancha sovuq polga oʻtirb qoldi. Shoshib qiz tenggi egilgan yigit qizni qizil qonga belangan oyoqlariga qarab , ichida soʻkingacha qizni qoʻllariga dast koʻtarib yotoq tomon yurdi.
~ Tushur meni oʻzim yura olaman , nima qilyabsan.
Qiz gʻingshib yigitni yelkalariga mushtlarkan Taehyungning oʻlik nigohlaridan keyin dami ichiga tushib jimib qoldi. Taehyung qizni yotoqqa qoʻyib oʻzi xonadan chiqib ketdi.
Birozdan soʻng , qoʻlida dori qutisi bilan qaytgan yigit asta qizni oyoqlari oldiga oʻrnashdi.
Aera ehtiyotkorlik bilan oyoqlariga malham surtayotgan yigitga qararkan , bir zum mahliyo boʻlib qoldi.
Qaniydi sen bilan baxtli boʻlolsak , qaniydi oʻsha xiyonatni qilmasayding. Seni kechirish uchun , koʻzlaringga shunday tikilganimda xiyonatingni eslamaslik uchun , ayni damda faqat va faqat xotiramdan ayrilishni xohlayabman. Qani edi nimadir yuz bersa va men hammasini unutsam , qalbimdagi ogʻriq va alam yoʻqolsa senga yana oldingidek boqolsam . Hatto hozir ham koʻzlaringga qarab faqat bir narsani xohlayabman. Hammasini unutib issiq bagʻringga kirib oʻksib-oʻksib yigʻlagim kelyabti. Nega oʻshanda bunday qilganingga haligacha javob qidiraman. Agar hiyonat shunday oson kechiriladigan narsa boʻlganda edi. Balki shayton jannatdan haydalmagan boʻlarmidi. Balki menga biroz vaqt kerakdir yoki yoʻq , baribir singan shisha oldingidek boʻlmaydi.
~ Ancha yaxshimi , ogʻriq yoqoldimi.
Taehyung bir nuqtaga qaragancha hayol surib oʻtirgan qizga qarata savol berdi. Soʻng yana qizning bintga oʻralgan oyoqlariga qaradi.
~Ha yaxshiman , ogʻriyotgani yoʻq.
Qiz shunday dediyu , xira oy nuri tushib turgan ochiq deraza tomonga yuzini burdi. Aera koʻz yoshlarini arang tutib turgani uchun ham yigitdan yuzini oʻgirdi.
~ Aslida , sen bilan gaplashib olmoqchi edim. Bugun ertalab koʻrganlaring , aslida sen oʻylagandek emas.
~ Men nima oʻylaganimni senga qanchalik qizigʻi bor .Men hech nima koʻrmadim ham hech nima oʻylamadim ham , havotirlanma.
Qiz bu gaplarni shunchalik sokinlik bilan aytdiki. Taehyung bir zum oʻylanib qizga tikilgancha qoldi.
~ Bu yerga nega kelyabsan bilamdimu lekin endi ketadigan vaqting boʻldi. Men charchaganman .
Qiz asabiy yotoq chetidagi koʻrpani oyoqlariga tortib yigitdan yuz burdi.
Taehyung qizni kayfiyati yoʻqligini tushundimi , oʻzi ham oʻylangancha xonani tark etdi.
Endigina dushdan chiqqan yigit qoʻlidagi sochiq bilan sochlarini quritgancha kiyim javon oldiga kelib to'xtadi. Bir harakat bilan qora futbolkasini egniga ilgach , sekin borib o'zini yotiqqa tashlagancha shiftga qarab oʻyga choʻmdi.
Balki xato qilayotgandirman rostdan ham uni kechirishiga arzimasman .
Biroz oʻylanib turgan yigit bu ahmoqona fikrdan boshini tez tez silkidi.
-Yoʻq men uni sevaman va aniqki u ham meni sevadi. Hali hammasi oʻz holiga qaytadi . Sevgingni ham ishonchingni ham qaytadan qozonaman.
Oʻz xonasida hujjatlar bilan ovvora boʻlib oʻtirgan qizni diqqatini eshik taqqillashi boʻlarkan , boshini koʻtarib eshikka qaradi.
Aera boshini qayta egib hujjatlarga koʻz tashlarkan yigitning baland ovozi sabab cho'chib tushdi.
~ Hayrli tong - dedi Bangchan baland ovozda.
~Xoʻsh goʻzallar goʻzali nimalar bilan bandsiz.
~ Oldin sizni bu kayfiyatingiz boisi ne ekan bilaylik janob Chan .
Aera stuldan qaddini koʻtarib , yigit qarshisiga chiqib qoʻllarini chalishtirarkan yigitga oʻtkir tikildi.
~ Xullas kamina bugun kechga bazm uyushtirayapti shunga seni ham taklif qilish uchun keldim.
Aera jilmaygancha qoʻliga ruchka olib aylantirib oʻynay boshladi .
~Ha shunday barcha hodimlar va hamkorlarni taklif qilganman.
~ Demak hamma keladi , yaxshi tushunarli.
~ Ha albatta boraman. Hozir esa uyga borib tayyorgarlikni boshlashim kerak .
~ Yaxshi xonim unda kechga koʻrishguncha.
Bangchan shahzodalardek qizga oyoqlarini chalishtirgancha bosh egib xonadan chiqib ketdi.
Xonasida uyoqdan buyoqqa yurib koʻylak tanlayotgan qiz hech bir qarorga kelolmay qiynalardi.
Yotoq ustida turgan telefoniga kelgan sms sabab yurishdan toʻxtagan qiz qadamlarini oʻsha tomonga yonaltirdi
~ Menimcha , qora rangli koʻylak senga koʻproq yarashadi azizam.
Xabarni oʻqib birdan telefonini qayta yoqtoqqa o'tib yuborgan qiz asabilashgancha atrofga alanglay boshladi.
~Jin ursin , oʻldiraman seni Kim Taehyung yaramas.
Xona boʻylab qizning baland qichqirigʻi yangradi. Aera qayta telefonini qoʻliga olib , smsga javob yozdi.
~ Men bilan oʻyin oʻynamang janob Kim.
~ Nega endi Miss.Yiye bu maroqli axir.
Aera telefonni qayta uloqtirib xonani sinchiklab koʻzdan kechira boshladi.
Qiz xona boʻylab aylanib yurarkan oyna oldiga kelganda toʻxtadi .
Shoshib oyna oldiga borgach koʻz ilgʻamas mitti kamerani qoʻliga oldi. Aera mini kamerani oyoqlari ostiga tashlab majaqlab tashlarlan yengil nafas chiqardi.
Xona oʻrtasidagi aylanma stulda oʻtirgancha qarshisidagi ekrandan koʻz uzmayotgan yigit qizni koʻylak tanlolmay jigʻirbiyron boʻlib , uyoqdan buyoqqa yurishini kuzatib oʻtirardi.
Yigit stuldan qaddini koʻtarib ekranga yaqinlashib qizninqoʻlidagi 2 ta koʻylakga e'tiborini qaratdi. Soʻng labini burib yengil jilmaygancha telefonini qoʻlga oldi. Qizga sms yozgan yigit , qizning reaksiyasini koʻrish uchun ekranga qayta yaqinlashdi. Aera telefonini uloqtirib , kamerani qidiryotganini koʻrgan yigit yengil bosh chayqab kula boshladi.
~ Bizni qishcha sezib qoldiku.. attang.
Qizni kamerani topib olib , oyoqlari ostida ezgʻilaganini koʻrgan yigit boshini ortga tashlab chuqur hoʻrsingancha kula boshladi.
Qorongʻu xonaga qadam bosgan yigit deraza oldida doimgidek atirgullarni qoldirdi. Soʻng choʻntagini titkilab mini kamerani chiqargach uni asta koʻrinmaydigan qilib joyladi. Va zinadan ko'tarilayotgan qadam tovushlarini eshitib , xona burchagiga berkindi.
Yigit stuldan qayta qaddini rostlab oʻrnidan turib yuvinishga kirib ketdi. Yarim soatda xoʻl sochlarini silkitib hammomdan qaytib chiqgach esa oʻzi ham bazmga tayyorgarlik koʻra boshladi.
~ Janob biz dengiz boʻyidan topilgan jasad boʻyicha siz bilan bogʻlanyabmiz .
~ U siz hayotni menga ham keragi yoʻq.
. Mana 2 qism ham tugadi guys. Keyingi qismni ham tezroq tashlashga harakat qilaman. Aera onnie love you forever ...💘💘💘💘