December 17, 2025

Qora taxt

Evelnor qirolligi eshigi yonida toʻxtagan qoʻshin , qasrning kirish eshigi yonida toʻxtashadi , ularni Evelnor qirolligining shaxsan oila vakillari kutib olishga chiqishgan , chiqishmasa ham boʻlmasdi Ahir Jeon Jungkook shu yerda.

- Choson qiroli sizni koʻrib boshimiz osmonga yetdi , bizning sovuq oʻlkalarga sizni nima yetakladi. - Ustiga hachur qora palto kiyib olgan toʻlachadan kelgan erkak savol berdi.

- Mulozamatingizdan minnatdormiz , shu yerdagi shifobaxsh muz koʻlini ahtarib shu yerlarda yuribmiz.

- Sizdek ulugʻ inson shaxsan oʻzi tashrif buyurgan ekan jiddiy masala koʻrinadi , barcha koʻllar sizniki, foydalanishingiz mumkin , davlatimiz doʻstligi mustahkam boʻlsin , hozir qasrimiz ichra kirib dam olishingiz mumkin .

- Taklifingizdan bagʻoyot minnatdorman lekin biz shoshilyabmiz , qoʻshininggiz hamrohligida koʻl tomon yursak.

- Men u yergacha borolmayman , lekin udumga koʻra sizlar bilan oilamiz aʼzosi borishi shart , kichik qizim siz bilan borsin uning qoni bilan gʻor eshiklari ochiladi bu oilaviy kalitdek gap.

Jungkook boshini chayqab ortiga qaytdi , ot arava ichidan qizning kichik tanasini qoʻliga olar ekan avval uni soʻngra oʻzi otga mindi , bir qoʻli bilan Amayani quchib olgan boshqasida esa otni boshqaryabdi.

Evelnor qirolligining kichik qizi shoshib qoldi u endi 16 yosh nima qilish kerakligini ham bilmaydi. Uni olib ketishi uchun otasi ot va soqchi berishi mumkin edi ammo bermadi , chunki Semu qirolning 2-oilasidan boʻlgan asrandi qiz edi holos , shu sababdan ham uni gʻorga borishiga ruhsat berdi.

Kichik qizni shoshib qolganini koʻrgan Enid boshqalardan sado chiqmasligini sezib uni bir qoʻlida koʻtarib otga oʻtqizdi. Qizning tanasi shunchalik kichik ediki lashkarboshining tanasi ichiga singib ketadigandek.

Jungkook hammadan oldin ot choptirib oʻtib ketgan , Enid ham ularga yetib olish maqsadida otni bor tezligi bilan choptirardi, uning oti ham oʻziga oʻhshash chayir , qora zotlilar hilidan. Otning yoʻl boʻylab uchib ketgudek harakatlanayotganidan choʻchigan qiz biroz ortga yigitning koʻkrak qismiga suyanid. Oʻz taftida issiqlikni his qilgan Enid oʻzini ortga oldi ammo qiz u tomon suyanishdan chekingani yoʻq.

Enid qizning qaltirab ushlash uchun joy qidirayotgan qoʻllaridan shuni tushindiki u ot tezligini oshirib yubordi , qiz qoʻrqayotganini sezib otning tezligini sekinlashtirdi.


Otlar tezligi tobora tezlashib borar ekan , Jungkook manzil tomon shoshardi. Oʻrmon oralab ketayotgan otlar oyoq ostidagi qorda oʻz izini qoldirardi.

Deyarli yarim soatlik oʻrmondagi yoʻldan keyin ular gʻor yoniga yetib kelishdi. Bu gʻor shunday ilohiy kuchga ediki uning ichida joylashgan muzli koʻlda kimki choʻmilsa hatto yarimjonni ham tiriltirib yuboradigan kuchga ega edi.

Enid va Jungkook birin ketin otdan tushishdi. Qoʻllarida qizning kichik tanasini koʻtarib olgan Jungkook gʻor ichiga kirib ketdi. Ammo koʻlni ilohiyligini bildiruvchi Evelnor oilasi azosining qoni kerak edi , otdan tusha olmayotgan Semu kimdandir yordam kutardi. U tabiatan kam gap , uning oilasi uni shunday tarbiyalashgan. Semu ning otdan tushmayotganidan jaxli chiqgan Enid uni qoʻllariga olib yerga qoʻydi.

- Endi yura olarsan - sovuq havoda yigitning yuzi yanayam qoʻrqinchliroq koʻrinib ketdi.

- Rahmat janob - Semu juda past hatto eshitilmaydigan tovushda minnatdorchilik bildirdi lekin undan samiymilik koʻrinib turardi.

- Menga pichoq yoki shunga oʻhshash narsa kerak - Semu gʻor ichiga kirganidan soʻng yonidagilardan soʻradi. Uning gaplarini eshitgan Enid yonidagi kichik yon pichogʻini tutqazdi.

- Biroz vaqt olishi mumkin - qiz uyalibgina gapirdi. Kaftini pichoq yordamida kesar ekan birinchi urinishda biroz kesildi ammo bu yetmasdi yana bir marotaba qoʻliga tigʻni olgan qiz qayta kesdi.

- Aaaghh - ikkinchi marta qayta kesganidan soʻng , qoʻllaridan goʻyoki qon otildi , qoʻlini koʻlga choʻzib qon tomchilarini koʻl suviga tushishini kuzatar ekan koʻzlaridan yosh oqa boshladi.

Semu hafa emasi , u aksincha qarshisidagi hushsiz qizga yordami tegayotganidan hursand boʻlayotgandi ammo qoʻlidagi yara unga kutilmagan ogʻriqni beryabdi , goʻyoki u chiday olmayabdi. U Amaya uchun hursand edi , chunki uni sevuvchi , qadrloʻvchi insonlari bor , Semuda esa bundayi boʻlmagan , u doyim oilasida mehrsiz oʻsgan huddi ortiqcha odam kabi.

Amayaning faqatgina ustgi kiyimlarini yechgan Jungkook unga oq yuqa halat kiydirdi va qizning hushsiz tanasini muzdek suvga ehtiyotkorlik bilan qoʻydi.

- Nega boʼlmayabdi ? Nega ishlamayabdi - Jungkook suvning ichiga endi qoʻllarini solib nimanidir qidirgandek harakat qila boshladi.

- Yoʻq ishlashi kerak , - Semu qon oqayotgan qoʻlini boshqa qoʻli bilan siqimlab qon oqishini yanada tezlatdi.

- Yetarli - Semuning qoʻlidan tortgan Enid, qizning qoʻlini oq doka bilan qattiq bogʻlab qoʻydi.

- Maya... Maya boʻlmayabi , seni qaytarolmayabman. . . - Jungkook Amayaning peshonasiga boʻsa qoldirib soʻngra oʻziniki bilan birlashtirdi , ularning orasidagi masofa juda yaqin edi , Jungkookning issiq tanasidan chiqayotgan tutun ikkisiga ham yetayotgandi.

- Ju. . ng. .kook , Jungkook - qisqa nafas olgan qiz Jungkookning ismini aytishni boshladi , Amaya uygʻondi.

- Maya , Maya - qizning suvga botgan tanasini koʻl ichidan olgan yigit uni qattiq bagʻriga bosdi , bu qoʻpol boʻlsada sogʻinch va mehrga toʻla edi.

- Jungkook. . . Sovuq , juda sovuq - Amayaning hoʻl tanasi sovuqni juda yahshi sezayotgandi lekin eng qizigʻi bu sovuqlik havodan emas bu uning tanasidan chiqyabdi , endi bu sovuqlik undan ajralmaydi , qadimdan bu koʻlda choʻmilgan odam qayta iliq taftni his qilmagan.

- Ketamiz ketamiz - Ustidagi hayvon terisidan tayyorlangan poʻstin ichiga qizni oʻrar ekan uni koʻtarib oldi.

Otga minib ketayotgan qiz va yigit shamol tezligida qirollik tomon kelishardi. Jungkookning oldi tomonida oʻtirgan Amayaning siymosi poʻstin ichidan deyarli koʻrinmayabdi.

- Janob hammasi tayyor , qoʻshin yotoqxonalarga joylashdi. - Enid Jungkookga malumot berishda davom etardi.

Hozir Jungkook va uning qoʻshini Evelnor qirolligi qasrida mehmon boʻlishmoqda, aslida bu yerlar ham Jungkookga tegishli lekin qadimiy urf odatlarni deb Jungkook Evelnor oilasini shu yerda qolishiga rozi boʻlgan.

Ular avvaldan zodogon , bu yerlarni egasi boʻlishgan , lekin Jungkook ancha avval katta qoʻshin bilan bu yerlarni ham oʻz yeriga qoshib olgan.

- Sen bor Enid , ularga koʻz quloq boʻl. Otlar sogʻligʻiga qara , ular issiq joylardan kelgan sovuq havoga tez koʻnikolmaydi.

Jungkookdan buyruqlarni olgan lashkarboshi honani katta qadamlar bilan tark etdi.

Ular joylashgan hona ulkan yotoqxona oʻrtadagi yotoqda Amaya hali hanuz uyquda. Jungkook kichik qadamlar bilan yotoq yoniga borib sekin polga oʻtirdi.

- Qoʻllaring isimayabdi , yuzlaring qizarmayabdi - qizning yuz koʻzlarini qoʻllari bilan siypagan yigit Amayaga tikilib qarardi.

- Qizargan yanoqlaringni yana koʻrarmikinman - Amayaning bir tutam sochini qulogʻi ortiga olgan Jungkook oʻyga tolgandi.

Shu vaqt eshik taqillab bir hizmatchi kirib keldi.

- Janob qirol sizni kechki taomga kutmoqda , marhamat qilib tushsangiz. - hizmatchi honani tark etar ekan , Jungkook qizning peshonasidan boʻsa olib honani tark etdi.

- Kichik honim uchun juda afsusdaman , hali yosh ekan , koʻrganlari shu boʻlsin - Evelnor qiroli Jungkookga yaqinlashmoqchidek gap boshladi.

- Shunday - Qisqa javob berdi Jungkook.

- Menimcha uning tanasi muzlayabdi , sovuq harorat ketmaydi , lekin sizga farzand kerak janob Jeon , shundaymi ? - Qirolning bu gaplaridan keyin Jungkook u nima demoqchi ekanini tushundi.

- Ha farzandli boʻlishim kerak , lekin hali erta. - iloji boricha madaniyatli boʻlishga harakat qildi , Jungkook.

- Yosh vaqt farzandli boʻlib qolish kerak deymanda , mana meni katta qizim Sefuya 20 ha toʻldi u ham turmushga chiqish yoshida , agar istasangiz. . .

- Yoʻq! Kerak emas , meni farzandli boʻlishimni shu darajada hohlar ekansiz menga kichik qizingiz Semu ni berasiz. - Nimanidir rejalashtirgandek takidladi Jeon.

Uning bu gapidan soʻng Evelnor qirolining yuzi tubdlashdi , u kichik qizini Jungkookga rafiqa boʻlishini hohlamasdi. Chunki u bir joriyadan boʻlgan qiz , koʻp ham kichik qizini hushlamasdi.

- Lekin Semu endi 16 kirdi - vaziyatni toʻgʻirlamoqchi boʻlib gapirdi qirol.

- Nima boʻlibdi , menga kichik qizlar yoqadi - shahvoniy jilmayib qoʻydi Jungkook.

Jungkookning kutilmagan gaplaridan tobora tomogʻidagi taomi tiqlib borayotgan Evelnor qiroli yoʻtalib stol ustida turgan qadahni oldi.

Yotoq chetida yotgan Jungkook Amayaning holsiz yuziga termulgan koʻyi yon tomon sochlarini oʻynab yotardi.

Jungkookʼs pov:
Qiziq! Avval bunday emasdi , men umrimni hayotimni dengizda ulkan kemalar ichida oʻtqazardim, vaqtimni dengiz maxluqlari ichida qonxoʻr ritserlar bilan oʻtqazardim. Lekin hozir... Huddi tishsiz boʻridekman , meni janglar , kemalar , dengizlar ortiq hech biri qiziqtirmaydi. Qandaydir uning ogʻushida boʻshliq ichiga tushib qolgandekman , tun rangidagi sochlari-yu muzli tanasi barchasi meni oʻziga narkotikadek tortyabdi.

Uning koʻzlari ichiga boqsam dengizlarim chuqurligidan ham ortiqroq pastlikni koʻraman , goʻyoki koʻzlari ichida yashayman , sodda qalb egasi... U men bilgan eng pok inson Amayaning qalbi goʻzal.

Jungkook qizning tanasini bagʻri ichiga oldi , issiq koʻrpani ustiga yopar ekan qizning qoʻllarini iloji boricha isitishga harakat qilardi , chunki Amayaning tanasi vaqt sayin muzlab bormoqda.

Erta tong , quyosh qorli Evelnor qirolligi ustida bosh koʻtardi. Tongi sovuq havo atrofni qoplab olgan , hatto bu izgʻirinda qushlar ham koʻrinmaydi. Qirollik saroyining 3-qavati asosiy honalarning birida yigit va qiz shirin uyquda.

Amayaʼs pov:

Koʻzimni ochar ekanman ikki haroratni birdan his qildim , tanamdan muzlik honadan esa issiqlik ufiryabdi , hech narsani tushina olmayabman , qayerdaman oʻzi ? Bu yerlar qayer.

Yonimga qarasam Jungkook, u ham shu yerda ekan biroz koʻnglim joyiga tushdi. Oʻrnimdan turib sekin deraza yoniga borib kuzatdim. Bu yerda qor bor edi!!! QOR! pardek oppoq qor! Men sevgan qor.

Ortimga oʻgirilib Jungkookning yoniga borib turib oldim. Nima u bugunchalik turish niyati yoʻqmi ?

- Jungkook... Jungkook ? Turing , Jungkook - yotoq yonida uning boshi ustida turib olib yigʻlamsirab turar ekanman u uyqusirab koʻzini ishqalashni boshladi.

- Jungkook turasizmi ? Jungkook....

- Amaya UYGʻONDINGMI? - oʻrnidan turib ortidagi par yostiqqa suyangan yigit qizni oldiga oldi.

- Yoʻq , tashqarida qor bor!!! Qor yogʻibdi , shuncha koʻp uhladimmi? Chiqaylik chiqaylik. - Uning qoʻllaridan ushlab oʻrnimdan turar ekanman tashqariga chiqishga oshiqardim.

- Yoʻq! Boʻlmaydi , havo sovuq boʻlmaydi. - jiddiy takidladi u .

- Men umuman sovuqqotmayabman , siz chiqmasangiz oʻzim chiqaman - chiqish eshigi yoniga borib eshikni ochar ekanman u endi oʻrnidan turib bu yerga kelayotgandi. Bundan foydalanib tashqariga karidorga chiqdim.

Lekin bu yerlar notanish , yugurib karidor burchagiga borar ekanman qarshimdan chiqgan hizmatchi chiqganini payqamay turtilib ketdim , bu yosh yigit hayajondanmi koʻzlari pirpirab yuzlaridan kulgu arimasdi.

- Ohhh uzur , koʻrmay qoldim kechirasiz - qarshimdagi yigitchaga narsalarini yigʻishga yordam berar ekanman ortimdan kelgan Jungkookni sezmay qolibman.