December 17, 2025

Thorns of fate episod 1

Thorns of fate || 1 episod

Kunlar sovib , qish ayozini yerga yoygan palla edi. Atrof qorga burkangan qadam bosganda quloqqa yoqadigan tovush chiqarardi. Chamasi 17 yoshlarga yaqinlashib qolgan Yasmina hovlida uy ishlari bilan band , negadir qalin kiyingan boʻlsada lablari sovuqdan titrar , uzun kipriklariga qarov tushib oqarib qolgandi . Qiz ishlarini tugallab uyiga kirdi , harobadan biroz farq qiladigan bu kulba ikki davlat oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydigan qishloqning bir chekkasida joylashgan edi. Qiz oshxonaga oʻtib nonushta tayyorlashga kirishdi , hammasini tayyor qilib yaqinda 5 yoshga toʻlgan ukasi Alining xonasiga yoʻl oldi.

-- Ali..... Turaqol , Ali nonushta tayyor .

Qiz ukasining yelkalaridan silab uni uygʻotdida pastga tushib birga nonushta qilishdi . Qiz ukasi iltimos qilib , gʻingshigani uchun u bilan birga tushgacha turli xil oʻyinlar oʻynadi ukasi uhlab qolgach esa uni joyiga yotqizib oʻzi yana uy ishlariga shoʻngʻib ketdi.

Yasmina yuvilgan idishlarni joylarkan uning diqqatini eshikning keskin ochilgani boʻldi. Qiz yana mast holda uyga kirib kelgan otasiga qararkan mayus koʻzlarini
hafsalasiz ochib yumdida , ogʻir yutunib yordamga shoshdi. Oldiga yugurib kelib unga yordamlashmoqchi boʻlgan qizni turtib tashlagan erkak qizga jirkanish va gʻazab bilan qarardi.

-- Seni deb , eshityabsanmi iflos seni deb sen boʻlmaganingda hammasi yaxshi boʻlardi.....hammasi oʻz oʻrnida boʻlardi....Munis.... Munis hali ham yonimda boʻlardi , meni Munisam....

Erkak boshida baqirib soʻng ovozi pastlab oʻziga-oʻzi pichirlay boshladi.

Qiz bir yarim yil oldin oʻlgan onasining ismini eshitib yana barchasi yodiga tushdida koʻzlari qizarib , ketma-ket yoshlar dumalay boshladi.

-- Dada men emas men hech narsa qilmaganman....Oyim...oyim..

Qiz hiqqillab dudulangancha gapini tugatmasidan dadasi qiz tomon yaqinlashib uni sochlaridan sudray boshladi.

-- Shuncha chidadim sen yetimvachchaga endi yetar eshitib ol sen meni qizim emassan seni otang allaqachon oʻlib ketgan men esa shuncha yil faqat Oyingni jonimdan ortiq sevganim uchungina seni qizim deb tan olib yashadim.

Erkak shu gaplarni aytish barovarida qizning sochlaridan qattiqroq tortib sudrab eshikdan tashqariga chiqarib eshikni qattiq yopdi.

Yupqa kiyimda qaltirayotgan qiz shunchaki tosh qotgandi shuncha yil dada deb kelgan insonining bu oʻzgarishlarini onasining oʻlimi ta'sirida deb bunday boʻlishi mumkinligini hayoliga ham keltirmagandi . Qiz qaltiragancha oʻrnidan turdida uy ortidagi eski omborxonaga kirib eshik ortiga oʻtib bir nuqtaga tikilgancha uzoq oʻtirdi.

Tong yorishib qiz dadasining bor yoʻqligini tekshirish uchun ombordan chiqib atrofni tekshirdi. Ishonch hosil qilgach esa chuqur nafas olib uy tomonga shoshdi. Ukasi endi uyqudan uygʻonib uni qidirayotgan ekan qiz ukasini yupatgach bu uyda ortiq qololmasligini anglab yetdi.
Lekin qayerga borishni ham bilmasdi.

Quyosh botib kun qoyara boshladi iloji boricha tezroq harakat qilayotgan qiz derazadanqarab-qarab qoʻyardi.

Yasminaning ichki o'ylari:

Tezroq boʻlmasam boʻlmaydi , u keladigan vaqt boʻldi.

Qiz oxirgi marta yoshligi oʻtgan bu hovliga nazar soldida ukasini yetaklab orqa eshikdan chiqib ketdi. Vivenna qilayotgan ishlari toʻgʻriliga yuz foiz amin emasdi. Qiz tuproq koʻchadan ukasini yetaklagancha borarkan qoʻshni ayoldan poyezd chiptasi uchun qarz evaziga olgan puliga qarab ketardi. Qachonligini bilmasada bu pullarni qaytarishiga ishonchi komil edi.

Poyezdda atrofni kuzatib ketayotgan qiz tizzasiga bosh qoʻyib ketayotgan ukasining boshini silagancha jim atrofni kuzatib ketardi.

Yasmina:
Uydan chiqishga chiqib ketdim endi nima qilaman qayerga boraman ukamchi...

Qiz koʻzidan oqayotgan yoshlarga etibor qilmay boshini asta poyezd oynasiga qoʻygancha koʻzlarini yumdi.Yetib kelganlarini bildiruvchi baland ovozdan uygʻonib ketgan qiz atrofga alanglashni boshladi. Birma bir poyezdni tark etayotgan odamlar ortidan ergasharkan ukasini qoʻlidan yetaklab pastga tushdi.

Devor boʻylab bir chizigʻda ketayotgan qiz bir yigitga urulib ketib oʻtirib qoldi.

Yasmina: Uzr janob kechirasiz..

Qiz kechirim soʻrab yengil bosh egargan yigit qizga tikilgancha koʻzlarini uzolmay qarab turardi.

Yigit:Hechqisi yoʻq xonim , bu yerda yangimisiz.

Qizning kiyimlariga va qoʻlidagi sumkasiga qaragancha savol berdi yigit.

Yasmina:Ha janob shunday.

Yigit qizning gaplarini tinglarkan poyezd ovozini eshitib ketishi kerakligini tushundi va qizga vizit kartasini tutqizdi.

Yigit:Agar yordamim kerak boʻlsa , bemalol bogʻlanishing mumkin.

Qiz bir qoʻlidagi kartaga bir uzoqlashib ketayotgan yigitga qarar ekan , qogʻozdagi ismni ovoz chiqarib oʻqidi.

Valerya: Rustam Karimov...

<<<Kechki payt>>>

Avtobus bekatidagi o'rindig'da o'tirgan qiz sovuq sabab ukasining qo'llarini kaftiga mahkam siqib olgandi . Yasmina bir o'tib ketayotgan mashinalarga , bir osmondan yog'ayotgan yomg'ir tomchilariga qarardi. Hayol surib o'tirgan qiz birdan nimanidir eslagandek bo'ldiyu cho'ntagiga qo'l suqdi. Qo'lidagi vizitkaga ancha payt tikilib turdi va birdan jur'at topib telefonni qo'liga olgancha ko'rsatilgan raqamga qo'ng'iroq qila boshladi.

*Birozdan so'ng

Shahar markazida joylashgan Cafe qarshisida turgan qiz bir qòlidagi manzilga bir cafega qarab to'g'ri topib kelganiga ishonch hosil qilgacha ichkariga kirdi.

~Salom xonim xush kelibsiz , biror yordamim kerakmi?

Qiz ichkariga kirishi bilan bir yigit unga peshvoz chiqdi.

Yasmina: Ha menga Rustam Karimov kerak edi.

~ Ular ish bilan boshqa shaharga ketganlar ertaga tushga keladilar. Siz Yasmina Abdullayevamisiz?

Yasmina: Ha ha shunday janob.

Qiz shoshib jabob berarkan yigit Rustam Karimov uning kelishi haqida allaqachon uni ogohlantirganini aytib qizga yo'l boshladi.

~ Bizning Cafe ancha katta bolganligi sababli bu yerda ishchilar uchun ajratilgan maxsus xonalar mavjud. Siz bemalol shu yerda ishlashingiz va tunab qolishingiz mumkin .

Yasmina: katta rahmat janob qachondan ish boshlasam bo'ladi.

~ Bu sizning xohishingiz xonim lekin janob sizni uzoq yo'ldan keldi degandilar shuning uchun dam olavering ishni ertadan boshlayverasiz .