Fargʻona viloyati yuridik texnikumi
Fargʻona viloyati yuridik texnikumi Fargʻona shahar hokimining
2007 yil 20 sentabrdagi 777-sonli qarori bilan Fargʻona shahar huquqshunoslik kolleji sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi
PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Fargʻona viloyati yuridik kollejiga aylantirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-sonli Farmoniga muvofiq Fargʻona viloyati yuridik texnikumi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Fargʻona viloyati yuridik texnikumi quvvati 720 oʻrinli. 50 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi (75 nafar oʻquvchi istiqomat qiladi) va 40 oʻrinli bufet mavjud.Oʻquv binosida 24 ta oʻquv xonalari jumladan, 16 tasi maxsus fan xonalari, 2 ta kompyuter (AKT) xonasi, 4 ta ingliz tili va 2 ta rus tili xonasi, shuningdek oʻquv amaliyoti xonalari - 1 ta sud zali, 3 ta innovatsion xona, 1 ta huquqiy targʻibot xonasi, 1 ta konferensiya zali va 1 ta sport zal mavjud. Texnikumda optik tolali internet tarmogʻi ulangan boʻlib, oʻquvchilar foydalanishi uchun WiFi zona tashkil etilgan.
Hozirgi kunda texnikumda 56 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Jami 444 nafar oʻquvchiga 18 nafar pedagoglar taʼlim bermoqda. Ulardan 2 nafari yuridik fanlar nomzodi, 1 nafari yetakchi, 1 nafari katta oʻqituvchi,12 nafari oliy maʼlumotli oʻqituvchilardir.
Jami oʻquvchilar soni- 444 nafar.
Undan: 1-bosqich- 189 nafar; 2-bosqich - 255 nafar.
Oʻquvchilar quyidagi yoʻnalishlarda taxsil olmoqdalar:
1 Davlat-huquqiy faoliyat;
2 Yuridik xizmat faoliyati;
3 Sud-huquqiy faoliyat.
2021/2022 oʻquv yilidan texnikumda darslar kredit-modul tizimini qoʻllagan holda olib borilmoqda.
Texnikum axborot resurs markazidan sakkiz mingdan ziyod yoʻnalishlarga mos ravishda maxsus adabiyotlar hamda badiiy kitoblar mavjud. Bundan tashqari 30 dan ortiq elektron darsliklar ham mavjud.