June 5, 2022
1. Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladi ?
SAVOL: Qanday hollarda xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladi?
JAVOB: Amaldagi qonunchilikka muvofiq umumiy qoidaga koʻra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik boʻlmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Lekin, Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan xodimning roziligidan qatʼi nazar, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin boʻlgan holatlar keltirilgan.
Bular quyidagilardir:
- soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
- sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
- ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga oʻtganligi munosabati bilan berilgan boʻlib, sarf qilinmay qolgan va oʻz vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish uchun;
- hisobidan xodim taʼtil olib boʻlgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
- xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmasa;
- Mehnat kodeksning 181-moddasi nazarda tutilgan jarimani undirish uchun.