Experience
...nima boʻlgani esimda yoʻq. Hamma yer qorongʻu edi. Bazan odamlarning shovqinini eshitar edim, biroq anglashga qiyin. Bazan sovuq edi bazan esa issiq. Va nimadr roʻy berdi va shuncha urinishlarimdan soʻng koʻzlarimni arang ochdim. Qovoqlarmni koʻtarish juda qiyin edi. Dori hidi, oppoq shift, qarshimdagi katta deraza va birdan bir nechta oq halat kiygan doktirlar atrofimni oʻrab olishdi. Koʻzimga lazer tutishdi, koʻkragimga sovuq narsa urildi, kimdir ularni eshityapmanmi yoki yoʻq deb savol berdi. Gapirishga holim yoʻq edi. Asta koʻzimni pirpiratdim. Doktor mamnun koʻrindi keyin esa barmoqlarimni qimirlatishimni aytdi. Men urinib koʻrdim ammo doktir yana takrorladi. Men qancha garakat qilmay qimirlata olmadim. Doktorlar oʻzaro sirli nigoh almashishdi. Nega qoʻlimni qimirlata olmayapman. Nima boʻldi menga? Qulogʻimda qandaydr uzun chiziqli chiyillash paydo boʻldi va yana qorongʻulik...
1 yil avval...
"Kim" lar honadoni...
Taehyun har doimgidek tong otmasdanoq oʻrnidan turib yugurish va bir qancha doimi odatga aylangan mashqlarni qilgach uyga qaytdi. Kim honim va janob Kim birgalikda nonushta qilishardi. Taehyun otasi bilan salomlashib onasini mahkam quchoqlagancha yuzidan oʻpdi. Kim honim baquvvat oʻgʻlining mushaklari orasida qisilgancha burnimi jiyrib uning yugurishdan soʻng hidlanganligidan nolidi. Taehyung jilmaygancha onasining tostidan bir tishladiyu katta qadamlar bilan zinadan yuqoriga chiqdi. Taehyung dush qabul qilib kiyimlarini oʻzgartirdi. Pastda qandaydr shovqinni eshitdi lekin eʼtibor bermadi. Chunki uning egizak uka singlisi doim janjal qilgani qilgan. Jihoon va Jiwoo...
25 yoshli KimTaehyung 22 yoshidan beri otasini ishini oʻzi yurgizar edi. U oʻz ishiga mukkasidan ketgan, juda kam uxlar, uyga yarim tundan oʻtganda kelar shunda ham derazadan tashqariga qaragancha kamida bir shisha sharobni boʻshatar edi... Erta tongda esa juda erta uygʻonar bazan esa uxlamas edi. Kim honim oʻgʻlining xulq atvoridan qanchalik koʻngli toʻq boʻlmasin borgan sari oʻgʻlidan xavotir ola boshladi. Qancha tergamasin baribir uyga juda kech qaytar, ayniqsa Kim honim nasihat qilgan kunlari uyga qaytmasdan ishxonada yoki boshqa joyda tunagan paytlari ham boʻldi.
Taehyung tayyor boʻlgach honasidan chiqdi. Xizmatchilardan biri qoʻlida chamadon va boshqasida yuk sumkasi koʻtargancha zinadan koʻtarilayotganda Taehyung ayol bilan toʻqnashdi. Ayolni qoʻlidagi yuklarga shubha bilan qaradi.
— Bular kimniki? - dedi Tae qiziqish va biroz boshliq ohangida
— Mehmon keldi. Onangiz bir muddat shu yerda yashashini aytdi - deb yoʻlini davom etdi. Tae ham mehmon kimligiga qiziqsada sovuqqonligini saqlagancha pastga tushdi. Dasturxon atrofi allaqachon toʻla edi. Jiwoo va Jihoo allaqachon maktab uchun kiyinib olgan edi. Jiwoo tinmay qarshisidagi odamga gapirar edi... Va u... Yoʻq.
Taehyung qadami toʻxtab qoldi. Butun oila unga qaradi. Sohy qoʻlini baland koʻtargancha silkitib salom yoʻlladi. Qizning yuzida tabassum qulogʻigacha choʻzilgan.
— Heey Tata hali nonushta qilmadingmi? - dedi Sohy yonidagi stolga oʻtirishi mumkunligini bildirgandek urib qoʻydi.
— Kelaqol oʻgʻlim nega qotib qolding - deb Kim honimning yoqimli ovozi Taeni oʻziga keltirdi.
— Bu yerga nega kelding? - dedi boʻsh ohangda noiloj Sohyni yoniga oʻtirar ekan.
— U Seulga koʻchib oʻtib yangi ishga joylashibdi. Ijaraga uy qidirib yurgan ekan, uyimizda boʻsh honalar koʻpligini hisobga olib jiyanimni uyimizga taklif qildim - dedi Kim honim shrinlik bilan Sohy javob berishidan oldin.
Taehyung hech narsa demasdan nonushta qilishga kirishdi. Sohyga bir qarashni ham ravo koʻrmadi. Sohy Taehyun bilan tarang vaziyatga qaramay, barcha bilan suhbatlashishni davom etar ekan onda sonda uni oyogʻiga tepib qoʻydi. Taehyung esa hech qanday reaksia bildirmasdan nonushtani tez tugatdida barcha bilan xayirlashib uydan chiqdi. Mashinaga yetib ulgurmasidan orqasidan Jiwoo yetib keldi va ogohlantirishsiz haydovchi yonidagi oʻrindigʻni egalladi. Allaqachon singlisining shoʻxliklariga oʻrganib qolgan Tae indamasdan uni maktabi tomon haydadi.
Jiwoo Taeni yuzidan oʻpib raxmat aytdi va mashinadan tushib darvoza tomon ketayotganida Tae uni toʻxtatdi.
Jiwoo ortga oʻgirildi. Tae unga kel degan ishorani qildi. Jiwoo hoxlamasdan akasi tomon bordi.
— Formangni toʻgʻirla! - dedi qovogʻini uyib. Jiwoo kofta va yupkasini silab qoʻydi.
— Yupka! - dedi Tae yana singlisiga tikilib. Jiwoo hoʻmraygancha koʻfta ostidagi yupka taklamini tushurgach, yupka uning nozik oyoqlarining tizzasini berkitdi.
— Hursandmisz? - dedi ermaklab.
— Juda! Buni ol - Taehyung Jiwooga pul uzatdi. Akasi toʻxtatgandan beri qovogʻi osilgan qizning chehrasi yorishib ketdi. Pulni darhol oldida Taeni yuzidan yana bir oʻpib maktab ichiga yugurib ketdi. Tae esa oʻz ishiga yoʻl oldi.
Taehyung ishxonada ekanida Sohy unga qoʻngʻiroq qildi. Begona raqamni koʻrib olgach bu Sohy ekanini bildi. Tae vaqti yoʻqligini aytib oʻchirib qoʻydi. Kechga yaqin esa kotiba Sohy uni kutayotganini aytdi. Taehyun band ekanini bugun hech kimni qabul qilmasligini aytib uni ketgazib yubordi.
Allaqachon yarim tun boʻlganini koʻrgan Tae tortma ichiga joylagan telefonini oldi va onasi, Sohy va Jihoondan bir dasta oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqlarni koʻrdi.
Taehyun uyga qaytganida soat tungi 1dan oʻtgan va oila azolarining barchasi uyquda edi. Taehyun honasigacha boʻlgan yoʻlni shovqinsiz bosib oʻtdi. Hona ostonasidan oʻtib chiroqni yoqdi va qoʻlidagi kastyumni stol chetiga qoʻyib boʻshashib yotgan boʻyinbogʻini yechib yotoqqa otmoqch edi kirganidan beri payqamagan narsani koʻrdi. Sohy uni yotogʻida oyogʻining bir qismini pastga osiltirgancha bolishlardan birini deyarli quchoqlagancha uxlab yotardi. Tae asta unga yaqinlashib yuzini yaxshiroq koʻrmoqchi boʻldi.
Ular shuncha vaqtdan beri koʻrishishmagan edi. Ularning 3 yil oldin boshlagan jinniliklari va 7 oy oʻtib uning hech narsa demasdan ketib qolganidan beri 2yil-u 5 oy vaqt oʻtdi. Bugun esa u nafaqat uning uyida balki uning yotogʻida ham edi... Uning uzun sochi koʻrpa boʻylab sochilib yotardi. Tae uni turtdi
— Hoy tur! Bu meni honam. Hooy...
Sohy bir oz gʻinshib yarim koʻzlarini ochib Taega qaradi.
— Men dushdan chiqgunimcha honangga bor - dedi Sohy uni eshitib, tushunayotganiga amin boʻlib.
Tae dushga kirishdan oldin Sohyni qoʻllarini yoygancha buralib kerishayotganini koʻrdi.
Dush halatini kiygancha sochlarini sochiqda ishqalab chiqgan Tae Sohyni bu safar oʻz divanida hushyor holda dush eshigiga tikilgancha oʻtirganini koʻrdi.
— Nega hali ham shu yerdasan? - dedi Tae sochini qurutishni toʻxtatib.
— Men sen bilan gaplashib olmoqchi edim...
— Gaplashadigon hech narsa yoʻq. Xuddi ketishingdan avval boʻlmaganidek.
— Taehyung bilaman xato qildim. Lekin oʻz sabablarim bor edi.
— Hoʻsh qanday sabab ekan men bilan hatto xayrlashmay ketadigon.
— Men.. men... - Sohy gapini davom etolmay ovozi buzilib ketdi - uni boshqalar bilan koʻrishga ortiq chiday olmadim...
Sohy endi yigʻlashni boshladi.
— Heey yigʻlama - dedi Taehyungni ovozi yumshab.
— Yoo Xudoyim! Sen doim gʻirrom oʻynagansan. Bu yerga kel!
Taehyung shu gaplarni aytib Sohyni yoniga borib uni quchoqlab oldi. Sohy ham uni quchoqlab yuzini uning koʻkragiga koʻmgancha qattiqroq yigʻlab yubordi. Tae uni ovutish uchun bellariga toʻkilgan uzun sochlarini siladi.
— Uni sevaman Tae. Junkookni sogʻindim. Uni unutolmayapman...
Tae uning sochlarini unga ozor bermaydigon tarzda siqimladi.
— Tshshsh... hammasi yaxshi boʻladi....
Taehyung Sohy chiqib ketganidan beri oʻzining doimi kreslosiga oʻtirib boshidan oʻtgan voqealarni oʻylagancha bir shishi shampanni qurutib, ikkinchisini boshladi.
Sohy Taehyungning holasini qizi va undan bir yoshgina kichik. Ammo yuqori maktabda birga oʻqishgan. Sohy, Taehyung, Jungkook va Yoongi juda yaxshi doʻst edilar. Tae Sohy Jungkookni yoqtirushini maktabni soʻngi kunlarida bilgan edi. Universtitetda Jungkook oʻziga qiz topdi. Uni atrofi deyarli turli xil qizlar bilan toʻla edi. U doim diqqat markazida boʻlgan. Sohy esa doim bundan deb azob chekardi. Agar unga yoqtirishini aytsayu u buni rad etib doʻstliklari buzilishi mumkunligidan qoʻrqar edi. U faqat Jungkookning oʻzi bir kuni uni yoqtirib qolishiga umid qilardi. U oʻsha vaqtgacha hech kim bilan uchrashmagan edi. Ballki uni boshqa yigit bilan koʻrsa rashk qilar deb unga doʻstlashishni taklif qilganlar ichida Sonu ismli yigitga rozilik berdi va uchrashishni boshladi. Taehyung uni oʻyin qilayotganini sezib jahli chiqdi. Uni ogohlantirdi. Lekin quloq solmadi va Sonu uni majburlamoqchi boʻlganida aynan Tae qutqarib qoldi. Sohyni tinchlantirib, yupatdi. Unga tasalli berdi. Taehyung agar u Jungkookni sevsa bunday oʻyin qilmasligini ochigʻchasiga uni oʻziga aytishini aytdi. Ammo ertasi kuni Sohy butkul oʻzgarib qoldi. Avvallari u doim kofta shim yoki tizzani yopadigon yupkalar kiyardi, biroq oʻsha vaqtdan u kalta yupka va koʻylaklardan foydalana boshladi. Makiaj qilishni oʻrgandi, soch turmagini oʻzgartirdi. Taehyung unga quloq solmaganidan jahli chiqdi. Bir kuni doʻstlar tunda klubga borishganda Sohy kiyim borasida juda oshirib yubordi.
— Sohy senda bunday ajoyib tana borligini bilmasdim. Ochilib ketibsan - dedi Junkook unga hayrat bilan.
— Rahmat! Tata va Yoongi qayerda? - deb soʻradi u bir oʻzi oʻtirganini koʻrib.
— Yoongi ichimlik uchun ketdi. Tae hali kelmadi. Ha ana oʻzi - dedi Jungkook orqaga ishora qilib.
Sohy ortga oʻgrilishi bilan ular tomon kelayotga Tae uni koʻrib toʻxtab qoldi. Qoshlari darhol chimirildi. Sohyni yonidan oʻtib Jungkook bilan koʻrishgach Sohyga yaqinlashdi...
— Bu nima kiyim holamni qizi? - deb har bir soʻzini urgʻu bilan aytdi.
— Ular yangi. Jungkook bu juda chiroyli ekanini aytdi - dedi shokolad olgan boladek quvonib. Taehyung qattiq nigohlarini unga tikib turishdan toʻxtamadi.
— Jungkook Sohy senga yoqadimi? - dedi Sohydan koʻz uzmasdan. Sohyni koʻzlari katta ochilib ketdi. Taehyung bu haqida aytmaslikga vaʼda bergan edi. Lekin hozir ...
— Albatta. Aks holda doʻstlashmasdim - dedi oddiygina
— Yoʻq. Ayol sifatida yoqtirasanmi? - dedi hamon qizga qarab.
— U bilan yotgan boʻlarmiding demoqchimisan - dedi oʻynoqicha.
— Aynan!
Jungkook endi jiddiylashdi. Avval Taeni tekshirdi keyin esa noqulaylik bilan atrofni koʻzdan kechirayotgan Sohyga qaradi.
— Albaata u bilan jinsy aloqada boʻlardim. Har bir yigit u kabi qizni hoxlaydi - dedi oddiygina. Sohyni yuzlari qizarib ketdi. U ikki doʻstiga ham qaramay atrofni kuzatishni davom etar ekan asabiylashib qoʻllarini siqdi.
— Lekin oʻylashimcha Sohy hech kimga bu imkoniyatni bermagan. U juda tajribasiz ekani sezilib turibdi. - deb qoʻshib qoʻydi Jungkook.
— Tajribasiz boʻlsa yaxshi emasmi? - soʻradi Tae endi Jungkookga oʻgrilib.
— Ochigʻi biz eski zamon odami emasmiz toʻgʻrimi. Hozirgi zamonda tajriba juda qadrli. Qolaversa bokiraligini olganingdan keyin qanday dod voy solishlarini yaxshi bilasan. Oʻzlarini xuddi endi senga tegishlidek tutishadi. Lekin men chindan sevib qolgunimcha istalgan odam bilan bu ishlarni qilishim mumkun. Tajribalilar bilan esa bu judayam zavqli...
— Men Yoongini qidiraman - degancha Sohy bar tomin ketdi. Sohy asabiylashib ikki stakan oʻtkir vinoni boʻshatdi. Uchinchisini ichayotganida yoniga bir yigit kelib oʻtirdi.
— Goʻzal qiz yolgʻiz va allaqachon mastmi? - dedi stakan ushlab turgan qoʻlini barmoq uchi bilan yengil silab. Sohy toʻrtinchi stakanga buyurtma berdi.
— Yoqimtoy sen allaqachon mastsan... - dedi yigit Sohyga boshdan oyoq termulib.
— Senga men yoqamanmi? - dedi mastlik aralash.
— Albatta baby - dedi koʻz qisib stolini unga yaqinroq surib. Sohy stakanni tezlik bilan boʻshatib barmendan yana soʻradi. Yonidagi yigit unga suv taklif qildi lekin u;
— Senga hozir aytmoqchi boʻlayotgan taklifim uchun yetarlicha mast emasman - dedi.
— Hoʻsh menga nimani taklif qilmoqchisan - dedi keng tabassum qilgancha Sohyni navbatdagi stakani boʻshatishini kuzatdi.
Sohy stakanni qoʻyishi bilan kimdir uni bilagidan ushlab oʻrnidan turgizib eshik tomon olib chiqmoqchi boʻldi. Biroq Sohy vaqtida uni qoʻlidan chiqib avvalgi joyiga qaytdi.
— Sohy, juda mastsan. Yur uyga ketamiz. - Taehyung uni oʻziga tortdi ammo qiz qarshilik qildi.
— Oʻzing ket! Men endigina oʻzimga sherik topdim. Hali taklif qilib ham ulgurmadim - dedi Taega mast-alast holatda soʻng yonidagi yigitni qoʻlini ushlab pichirlash uchun qulogʻiga yaqin keldi, lekin baland ovozda - Hoy chiroyli yigit men bilan toʻshakdagi tajribangni boʻlisha olasanmi? - dedi. Yigit kula boshladi. Taehyung asabiylashib koʻzlarini yumdi.
— Kechirasan baby, sen juda mastsan. Sening taklifing endi menda, uni albatta bajaraman. Faqat hushyorligingda yoqimtoy...
— Judayam JANOB! - dedi Sohy kesatib. Taehyung uni yelkasida koʻtarib u yerda olib chiqib ketdi. Avvaliga qarshilik qilgan qiz mashinaga yetib ulgurmasdan tinchlanib Taeni yelkasida oʻlikdek osilib qoldi. Tae uni avaylab mashinaga joyladi.
Uyqu aralash qiz Taedan ham u bilan jinsiy tajribasini boʻlishishini bir necha bor soʻradi....