When love changes to sin
My sins or When love changes to sin. Mening gunohlarim yohud sevgi gunohga aylanganda...
Qanchalik Seul maftunkor boʻlmasin tunda oʻsha shaharning millionlab miltillaydigon chiroqlari ham yorita olmaydigon burchaklarida insoniyatning nafsi eng hakalak otadigon, oʻzining eng buzuq ishlarini oshirib kunduzi qoʻzichoq terili niqob ostida yuruvchilar tomonidan buzgʻunchiliklar amalga oshiriladi. Bu qorongʻulikni ham oʻz hukmronlari, qonunlari bor. Ular yorugʻlik va qorongʻulik oʻrtasidagi muvozanatni ushlab turishga urinadi.
1998 - yildan beri Kerrov tashkiloti bu vazifani amalga oshirib keladi va bu tashkilot asoschisi "Kim" lar sulolasi boʻlib avloddan avlodga boshqaruv meros boʻlib qoladi. Eng avval buni yoʻlga qoʻygan odam Kim Sonju edi. U shimol va janub urushidan soʻng 1992 yilda mamlakat qashshoqligini kamaytirish uchun AQSh bilan ulkan aloqalarni yoʻlga qoʻyadi va bundan tashqari 1995 yil Xitoy bir yil oʻtib esa Yaponiya bilan yashirin aloqalar oʻrnatib Koreaning misli koʻrilmagan rekord darajadagi rivojlanishiga gʻoyibona sabab boʻlgan. Bu vaqt u ichki ishlar vaziri oʻrin bosari edi. U barcha iplarni ushlab turish uchun avvaliga prezidentlikni koʻzlaydi ammo hokimyat ichida yurar ekan bu notoʻgʻti fikr ekanini tushunib, barchaga koʻz koʻz boʻluvchi qoʻgʻirchoq boʻlish oʻrniga soyada hech kimga qaramlikni his qilmasdan aholini nazorat qilishni maqsad qiladi. Xuddi shu maqsadda u 1998 yilda rasman "Kerrou" ga asos soladi. Uch yil oʻtib Sonju 48 yoshda vafot etadi va uni oʻrniga vasiyatiga koʻra oilaning eng katta erkagi boʻlmish uning ukasi Senjo boshqaruvni qoʻlga olib aloqalarni yanada mustahkamlab sermahsul 20 yilni tashkilot rahbari sifatida oʻtkazib oshqozon kasalligi sabab bir yil kasalxonada davolangach axiyri vafot etadi. Kim Seok Jin esa oilaning eng katta erkagi edi. Chunki amakisining faqat bir qizi bor edi. Amakisining xotini qizi Mina dunyoga kelgach 3 yil oʻtib olamdan koʻz yumadi va amakisi xotiniga boʻlgan kuchli sevgi sababmi yoki ishiga mukkasidan ketgani uchunmi boshqa oila qurmaydi. Boshqaruv SeokJinga kelganida esa iplar bir oz boʻshashgan edi. U boshqaruvni Namjoon bilan boʻlishib uni seul va Koreaning shimol tomonlariga vakil qildi oʻzi esa Seulning va butun Koreaning janubini masuliyatini yelkasiga oldi. Ayni shu vaqtda aka ukalar orasi ikkiga boʻlinadi. Taehyung va Hoseok Seulda qolsa, Jimin va Jungkook Namjoon bilan ish boshlashdi. Yoongi esa bu vaqtda politsiya ofitseri sifatida ish boshlagan edi va u har ikkisining ham bazi ishlarini yopishda koʻmaklashar edi.
Oilaning kenjatoylari Taehyung va Jungkook bir Universitetda oʻqishardi lekin gaplashishmasdi. Ularga bu ikkiga boʻlinish boshqacha tasʼsir qilgandi. Xuddiki endi ular dushmandek... Jungkook endi ikkinchi yilda boʻlsa Taehyung bu yil bitirib rasman oila ishlariga jalb qilinardi.
Jungkook hazilkash va yoqimtoy edi toki uni dumini bosmaguningizgacha. Tae esa juda sovuqqon va kamgap. Uning koʻzlari oʻlimni eslatadi. Sokin va tinch...
Taehyung har doimgidek Univerdan qaytar ekan oyoqlari allaqachon uni oʻsha tanish koʻchaga boshlardi. U shunchalik eʼtiborsiz yuradiki uni koʻrgan odam oddiy yoʻlovchi deb oʻylaydi. U hech kimga qaramasdan bir yelkasiga sumkasini osgancha oldinga odimlaydi. Toki bir uy chegarasiga yetgunga qadar. Ha bu uning chegarasi. U qadamini yanada sekinlatadi va asfaltdan uzmagan nigohlarini uyga soʻng uning yuqori qavatidagi panjarali derazaga qaratadi va bir zum toʻxtab qolganini ham anglamaydi. Hech qanday harakat alomatini sezmagach qadamini tezlatib bu koʻchadan gʻoyib boʻladi. Tae oʻzining hashamdor uyiga yetib kelganida allaqachon tun kirgandi. Darvozadan oʻtmasdanoq tartibsizlik boʻlganini sezdi. Qiziqishi tanasiga kuch berib uyga intildi. Aytganidek nimadr yuz bergan, qandaydr muammo...
Jin oʻng tomonda qanotli qora charm kursida keng yoyilgan oyoqlriga koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarini bir maromda urib bir nuqtaga tikilib turardi. U kimnidr kutardi va bu kiraverish boʻlgani uchun hech qanday rasmiy uchrashuv emasligini bilish mumkun. Asabiylashayotgani bu muhum ekanini takidlardi. Jin unga bir nigoh tashladiyu yana avvalgi nuqtaga qaytdi. Hafasalasi pir boʻlgandek. Demak u Taeni kutmayapti. Taehyung bu oʻzi emasligidan yengil tortib ohista qadam bilan uni yonidagi uzun qora kreslo burchagini egalladi. Taehyung Jinning ortida turgan yordamchisiga "nima boʻldi" degandek ishora qildi. Yordamchi Han esa "Buni soʻramang" degandek lablarini qisgancha bosh irgʻadi. Tae buning manosini tushundi va gapirishni xushlamaydigon inson sifatida sukunatni maʼqulladi va u biladiki: Vaqt oʻzi hammasini koʻrsatadi.
Oradan yarim soatcha vaqt oʻtdi va Akasining kuchli sukunatidan bu juda yomon ekanini chuqurroq angladi. Shu orada ularga tegishli boʻlgan uchta qora mashinalar karvoni uy darvozasi oldida toʻxtadi va faqat toʻq kulrang sport mashinasi dabdaba bilan ichkariga bostirib kirdi. Tae akasini mashinasini tanidi va haydash usulidan uning kayfiyati chogʻligini tushundi. U biror topshiriq uchun ketganmidi? U muvaffaqqiyat bilan qaytyaptimi? U yana nigohini Jinga qaratdi. U oʻzgarmagan. Tae bularni bogʻlashga qiynaldi va yana bir bor "Vaqt koʻrsatadi!" dedi. Va bu safar vaqt uni jumboq kalitini bilishi uchun koʻp kuttirmadi. Hoseok gullab-yashnagancha ichkariga kirdi. Albatta Hoseok tabassum qilmayapti. Yumshoq nigohlar va yengil uchishga tayyor boʻlgandek qadamlar uning kayfiyati aʼlo ekanini belgiladi. Chunki har doim gʻazab, bir qarash bilan odamni kesib yuborishga qodir boʻlgan oʻtkir nigoh va doimiy sovuq yuz bilan, xuddi har bir qadamidagi dushmanini ezgʻilashga tayyor shiddat bilan yuruvchi odamni bunday koʻrish uni tabassumini koʻrish bilan teng edi... Qora shim, oq koʻylak va ustida tugmalari qadalmagan zamonaviy keng uslubdagi qora kastyum kiygan uzun boʻyli yigit Jin va Taeni koʻrgan zahoti ular tomon yoʻl oldi. Hoseok ozgʻin boʻlishiga qaramay mushakli, keng yelkali ham boʻyi uzun edi. Tae akasini yaqindan koʻrgach oq koʻylagi va boʻyni qonga belanganini koʻrib bir zumda vahima bilan oʻrnidan turdi va shoshgancha ahvolini soʻradi;
– Yaxshimisz?
– Juda! - deb javob qaytardi oʻzidan mamnun.
Tae akasiga yetib ulgurmasidan orqadan "Qurolingni stolga qoʻy!" degan jiddiy buyruq keldi. Hoseok darhol oʻzgardi va "Nega?" deb soʻradi.
Jin bu savolga keskin nigoh bilan qaradi va oʻrnidan turdi. Asta yurib uni qarshisida toʻxtadi va oʻng qoʻlini choʻzdi. Bir necha soniya koʻz bilan aloqa qilishgach Hoseok yengil hoʻrsinib kamariga osib qoʻyilgan qurolni hamon qotgan qon dogʻlari bor qoʻli bilan olib akasini qoʻliga qoʻydi. Jin darhol ortidagi yordamchiga qurolni uzatdi va ikkisi ham koʻz aloqasini ushlab turishardi. Qurol oradan gʻoyib boʻlgach
– Ertaga tushlikdan soʻng Londonga kompaniya nomidan yangi hamkorlar bilan muzokara oʻtkazish uchun uchib ketasan - deb sovuq bayonot berdi. Tae ham, Hoseok ham hayron qoldi.
Taehyung biladiki Hoseok hech qachon qonuniy kompaniyalar ishiga aralashmagan. Faqat oʻz hududidagi oʻz qonunlarini buzganlarni jazolash, chegaradagi muammolarni hal qilish va oʻz oʻrnini bilmagan raqiblarini qaqshatish bilan shugʻullangan. U hech qachon qurolsiz ishlamagan. Boʻsh vaqtida poygalar uyishtiradi yoki ov qiladi.
Ammo Tae akasini bir marta boʻlsa ham kompaniyalaridan biriga yoki mebel yoki sement korxonasiga qadam bosish u yogʻda tursin aniq manzilini bilishiga shubxa qiladi. Uni bularda hech qanday ulushi yoki vakolati ham yoʻq. Albattta buni u oʻzi istamagan. Va Tae Jin aynan nimadan bunchalik gʻablangani uni qiziqtirib qoʻydi. Biror marta ham qurolini belidan yechmagan odamdan qurolini olib uni oʻzi istamagan ishga jalb qilish orqali jazolash uchun qanday xato qilish kerak. Bu Hoseok uchun juda jiddiy jazo!
– Hech qayerga bormayman - deb qisqa bayonot berdi Hoseok oʻzining sovuq holatiga qaytib.
– Sendan hech kim soʻramadi - javob qaytardi Jin shu zahoti. Hoseok asabiy qisqa jilmaydi
– Nimadr xato qildimmi? - dedi achchiq ohangda.
– Bu hayotdan uzoqlashishingni hoxlayman.
– Aka men sizni yaxshi bilaman. Men bilan oʻyin qilish oʻrniga nimada xato qilganimni ayting! - deb tahdid va gʻazab aralash baqirdi. Jinning bu hurmatsizlikdan soʻngi asab tolasi ham uzulgandek boʻldi.
– Bugun nechta odamni oʻldirding? - deb Jin kutilmagan savol berdi.
– Ularni sanashimni hoxlaysizmi? - dedi kinoya bilan.
– Sen oʻzingni toʻxtata olmayapsan. Ularni shunchaki koʻngilxushlik uchun oʻldiryapsan.
– Bu meni ishim. Bu yerdagi vazifam shu emasmi?
– Seni vazifang muammoni eng kam talofat bilan hal qilish. Sen esa kundan kunga qonga botyapsan. Borgan sari maxluqga aylanib boryapsan. Yoongi sen oʻldirgan odamlarni jasadini suratlarini tibbiy ekpertizia xulosalarini yubordi. Ularning har birida kamida ikkita oʻq bir nechta pichoq izlari xatto baʼzilarini barmoqlari yoʻq. Yoongiga bu ishlarni yopish muammo keltiryapti va doimiy ortingdagi axlatni tozalashdan noliyapti. Men seni bir muddat bu ishdan uzoq turib oʻzingni oʻnglashingni hohlayman.
Hoseok rad etolmaydigon haqiqatlar bilan yuzlashar ekan akasi bilan tortishish uni fikridan qaytarmasligini bilardi. Drahaqiqat u oʻzidagi qonga boʻlgan hohishi oshayotganini sezardi. Qonga botgan odamni koʻrsa roxatlanar, kun-u tun uni taqib qiladigon hayollardan, uyqusida eshitadigon ayol qichqirgʻidan chalgʻirdi. Hoseokning uzoq sukunatidan soʻng Jin;
– Men seni hozir toʻxtatmasam keyin bundan chiqa olmaysan - dedi ovozi yumshab.
Hoseok chindan ham nima deyishni bilmasdi. Ichida qaynayotgan gʻazab vulqonini bostirishga urinar, uni qoʻyib yuborib akasi qanchalik haq ekanini isbotlashni istamasdi. U bosh qimirlatib qoʻydi va soʻzsiz yuqoriga xonasi tomon yoʻl oldi.
Ochigʻi Jin bu suhbatni bunday sokin tugashini kutmagandi. U soʻngi vaqtlar ukasi oʻzgarganini bilardi, biroq Yoongining jiddiy ogohlantiruvi va soʻngi 5 kun ichida 8ta jasad va bugun tunning oʻzida 4ta murdadan soʻng zudlik bilan bir qarorga kelishi kerak edi. Hoseok yuqori maktabni tamomlagandan beri jiddiy va sovuqqon boʻlib qolgandi. Hatto maktabdan keyin Universtitetga kirishni ham xohlamadi. Ularning ishida odam oʻldirish odatiy hol boʻlishiga qaramay ular oʻz manfaati uchun oʻldirishmaydi. Oʻtgan haftadagi jasadlar shimoliy Korealiklar bilan til biriktirib barcha taqiqlarga qaramay moddiy boyliklarni pullayotganlar edi. Ularni politsiaga topshirish yaramasdi. Bu haqida televidinyaga oshkor boʻlardi. Keyin Shimolning oʻzi xabar topib keskinlik yanada kuchayardi. Bugungilar esa Xitoyning "Choʻron" tashkilotiga aʼzo boʻlib uni yoshlar orasida targʻib qilayotganlar edi. Ularni deb 2 nafar oʻsmir yigit bir bolani oʻldirgan. Va xatto sudda ham buni ochiq oydin tan olib afsuslanmasligini aytishgan. Bolalarga bunday notoʻgʻri taʼsir kuchaymasidan uni ildizi bilan quritish kerak edi...
Hoseok hech qachon sovuqqon qotil boʻlmagan. U doim tepkini bosishdan oldin yetti bor alternative yoʻllar haqida oʻylagan. U ukasini qachon bunchalik oʻzgarganini bilmay qoldi. Oʻsha rasmlarni koʻrib xatto Jin ham titrab ketdi. U hech qachon uning yoshlikdagi singari yorqin tabassumini va bu tabassumga ergashuvchi Namjoonniki kabi chuqurchalarni koʻrmasdi. Buning oʻrniga hech narsani anglatmaydigon hissiz yoki maniaklarnikidek qah-qahani eshitar edi.
Jin vanihoyat oʻz hayol botqogʻidan chiqib Taehyung tomon oʻgirildi va unga ilk bor gapirdi;
– Oʻqishing yaxshimi?
Bu oddiy savol edi. Taehyung bosh irgʻadi. Jin uni yelkasidan qoqib qoʻydi va;
– Oʻqishingga yaxshi eʼtibor ber va... - u ikkilanib qoldi lekin yana davom etdi.
– Hoseok yoʻqligida baʼzi harakatlarda qatnashishinga toʻgʻri keladi.
– Tushundim!
Jin mamnun jilmayib qoʻydi va gʻoyib boʻldi.
You never live without me... However, you never fall in love me. You are so pure for me, for my life, for my world. You are green light of my life. Stay with me forever darling...