When love chages to sin
Iseol yarim tun bo‘lsada hali ham uyga qaytmagan Hoseokni asabiylashgancha kutarkan, to‘ydan chiqib ketayotganida u va o‘sha alvasti yana birga turgan tasviri hayoliga kelishi bilan yana ham bir joyda turishi qiyinlashib u yerdan bu yerga huddiki poygada chopayotgandek yurishni boshladi. Hoseok unga tezda uyga qaytishini aytdi lekin hali ham undan darak yo‘q edi.
— Bu nimasi nega uni kutyapman! - deb baqirgancha Hoseokning honasidagi yotoq va tumbalardan tashqari yagona buyum bo‘lgan kichik lampani irg‘itib yubordi. So‘ng qilgan ishidan o‘zi hayratga tushgancha divanga o‘tirib ko‘z yoshlari yuzini namlashiga erk berdi.
Tungi ikkida uy oldiga mashina to‘xtarkan Iseol beixtiyor yugurib deraza yoniga bordi. Hoseok sochlari tartibsiz, charchagan holda mashinadan tushdi. Qiz darxol ko‘z yoshlarini artib o‘zini divanga otib uxlaganga soldi.
Hoseok honasiga kirib chiroqni yoqarkan eng avval yotog‘ida yotgan Iseolni ko‘rgan bo‘lsa keyin ko‘zi yerda sinib yotgan lampaga tushdi. Hoseok kastyumini bir chetga tashladiyu singan lampaning sinqlari bilan yig‘ib paketga solib honadan chiqib ketish oldi uni yerga qo‘yib Iseolning yoniga bordi. Qizning sochini silab uning nafas olishini kuzatarkan
— Mensiz uxlashni o'rganganing yaxshi - deb oltindek tovlanayotgan och shokolad rang sochlariga yengil o‘pich qo‘yib divandan turib boyagi paketni chiroqni o‘chirib eshikni ochdi. Ochdiyu nimadr yodiga tushgandek bo‘lib eshikni qayta yopti. Qo‘li chiroq yoqish tugmasiga yetmasdan u tomon nimadr uchib tushdi.
Iseol eshik yopilishi bilan "Jin ursin seni!!" deb bolishni eshik tomon otarkan kutilmaganda chiroq yonib unga hayron tikilayotgan Hoseokni ko‘rdi.
— Qanday uyqum kelishi mumkun. Uyga borgach gaplashamiz dedingku - dedi-yu ovozi yig‘idan buzilib ketdi va jahl bilan deraza tomon yuzini burib.
— Meni kutdingmi? - Hoseok hayron bo‘lib so‘radi. Qiz esa javob berish o‘rniga ko‘zidagi yoshlarini artib piqqillab yig‘lashni davom etdi. Nega yig‘layotganini o‘zi ham bilmas ammo qayerdandr ko‘z yoshlari quyulib kelaverardi.
— Sen shu yerda uxlayver men pastda uxlayman. Shundoq ham bugun erta ketishm kerak...
Hoseok ortga burildi hamki
— To‘xta! Nega bu yerda qolmayapsan? - deb Iseol o‘rnidan turib yigit tomon yurdi. Yigitning ko‘ziga tikilagancha tikka borarkan Hoseok qizning g‘alati harakatidan hayron bo‘lgancha bir necha qadam ortiga yurdi.
— Nega men bilan uxlamaysan? - qiz o‘limni vada qiluvchi nigohlari bilan yigitga qararkan yigit tomoq qirgancha boshqa tomonga qaradi.
— Yana shunday qilding to‘g‘rimi? Yana o‘sha qarg‘a bilanmiding?
Hoseok nima deb javob berishni bilmas ekan qiz yigitning ko‘ksiga ura boshladi.
— Nega? Nimaga? Foxoshaxonaga borganing yaxshi edi.... Eshitdim otasi qizini senga turmushga bermoqchi ekanini aytibdi... Sen esa oilaliman, farzandim bor deyish o‘rniga u bilan don olishib yuribsan...
Qiz qayta-qayta yigitning kopksiga urib yig‘lashni davom etarkan Hoseok uni quchoqlab oldi. Shunda ham uni urishni davom etarkan, shu barobarida yig‘lashni ham to‘xtatmasdi.
— Tshshsh.. tshh... tinchlan - Hoseok qizni quchgancha yelkasini silardi.
— Kechir, kechir meni. Shunday odam bo‘lganm uchun kechir. Senga noloyiqman. Lekin seni qo‘yib ham yuborolmayman. Kechir... tinchlan. Tshshsh.. yig‘lama. Senga bir yaxshi yangiligm bor. Senga yoqadi. Faqat yig‘lama.
Qiz hiqqillagancha yigitning ko‘ksiga bosib turgan yuzini Hoseok tomon ko‘tarib umidli ko‘zlari bilan tikildi. Hoseok esa unga og‘riqli jilmaygancha
— Hammasini sen aytgandek qildm. Tez orada sen va o‘glimiz baxtli bo‘lasiz.
— Qanday qilib - dedi qiz yoqmli ohangda, burnini tortgancha.
— Menga ishon bu sen eng hoxlagan narsa bo‘ladi. Faqat bir narsaga vada berishing kerak...
— Nimaga?
— Meni rafiqamligicha, katta Kim honimligingcha qolasan. Dawn ham haqiqiy katta Kim sifatida o‘z o‘rnini egallasin...
— Senga aytganman u hech qachon sizlarning bu harom ishlaringizga aralashmaydi.
— Sen bu qanchalik muhum ish ekanini haqiqy Kim bo‘lmaguningcha bilolmaysan. Sen bizning vazifamizni ahamiyatini bilganingda edi...
Ammo sen bizni qandaydr gangster yoki mafia kabi ko‘rasan. Aslida biz ulardan kattaroq va muhummiz. Endi esa yotib dam ol - deb qizming peshonasidan o‘pgancha quchog‘idan bo‘shatdi. Qizdan uzoqlashayotgandi Iseol yigitni yoqasidan ushlab o‘ziga tortdi. Iloji boricha yigitning bo‘yiga tenglashib
— Ularga ayt - dedi.
— Nimani?
— Biz haqimizda. Men va o‘gling haqida. Oilali ekaning haqida. Boshqa buni sir saqlamaylik. Barcha bilishini hoxlayman.
Qiz Hoseok buni juda istashini yaxshi bilardi. U negadr bu tun yana o‘sha ayol bilan bo‘lganini bilgach ichida anchadan beri yonayotgan olov alanga olib butun vujudini kuydirayotgandi. Ammo Hoseokning birgina javobi bilan ustidan sovuq suv quyilgandek bo‘ldi. U hozrgina uni rad etdi. Uni ommaga oshkor etishni istamasligini tan oldi.
— Yo‘q buni endi iloji yo‘q. Buni sir saqlash yaxshi fikr edi. Va buni oshkor qilolmayman. Ishon bu sening xavfsizliging uchun...
Yigit hodadek qotib qolgan qizning boshini siladiyu chiqib ketdi.
— Albatta undan boshqa nimani ham kutish mumkun edi. U hech qachon meni ommaga oshkor qilishni hohlamagan. U o‘g‘limni ham aslida istamaydi. Kim ham nikohsiz farzandni istardi. U shunchaki o‘glimdan foydalanmoqchi holos. Barchasi yolg‘on. U yana meni o‘yincboq qilib o‘ynadai. Yo‘lidan o‘sha qora qarg‘a chiqishi bilan asta-sekin o‘zini chetga olyapti. Ahmoq. Sal qolsa unga ishonardim. Yana unga erkimni tutqazardm. Men shunchaki meni ham oilam bo‘lishi mumkun deb o‘ylagandim. Bir nechta shrin gap so‘zing sabab ehtimol bur oila bo‘lib keta olarmz deb o‘ylagandim. Ammo u o‘sha tunda meni chaqirganidek foxisha deb biladi. Balki har safar menga qaraganda jirkanar...