When love chages to sin
Muzdek omborda qora mayka va triko kiygancha boks qopini mushtlayotgan yigitni kuzatib turgan Daniel xo‘jayni hali beri to‘xtamasligini bilgach asta gap boshlashga qaror qildi.
— Janob uch kundan beri uyga bormadingiz balki bir oz dam olarsiz. Aslida bunday vaqtda ukar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishingiz kerak emasmi?
Jahl bilan qopni mushlayotgan Hoseok to‘xtab Daniel tomon qaradi.
— Ular haqida faqat sen bilasan. Ularga ko‘z quloq bo‘lishing kerak - yigit qo‘lqoplarni yecharkan terlagan peshonasini artdi.
— Albatta bundan xavotr olmang. Qo‘limdan kelgancha ularga yordam beraman.
— Qizcha haqida nima deyish mumkun. Kerakli testlarni topshirdimi?
— Ha tez orada natijasi tayyor bo‘ladi.
— Hali o‘z o‘g‘lim biror marta ota demagan u esa dada deb chaqiryapti. Yaxshilab so‘rab surishtir.
Hoseok egniga kiymlarini kiyarkan
— Jekson bilan uchrashuvni qachonga tashkillashtiray? - deb so‘radi.
— Bunga vaqtingni sarflama. Hozrni o‘zida uni hal qilamiz deb mashina tomon yurdi. Haydovchi o‘rniga o‘tirib mashinani o‘t oldirarkan unga tikilib turgan Danielga o‘tir deb ishora qildi. Daniel esa shoshgancha old o‘rindiqga o‘tirdi. Odatda uni uchrashuvlarga olib ketmasdi.
Hoseok deyarli 3soat deganda dengiz bo‘yidagi Jeksonning yaxtasiga keldi. Danielni ortidan yugurtirgancha tez tez yurib Yaxta ichiga kirarkan ayni damda ichkarida bazmu jamshid avjida edi. Jekson qizil ko‘ylak kiygan ayolni quchoqlagancha ayolni yuzidan o‘parkan atrof shunday juftliklarga to‘la edi. Hoseok afitsantdan bir shisha sharobni oldiyu uni yuqoriga ko‘tardi va tashlab yubordi. Shishaning chil chil bo‘lgan ovozidan so‘ng Hoseok honadagi yagona diqqat markaziga aylanarkan Jekson uni ko‘rib 32 tishini ko‘rsatgudek tirjaydi, ammo shu holida ham ayolini qo‘ib yubormay yanada kuchliroq bag‘riga bosdi.
— Gaplashib olarmiz? - dedi Hoseok kesatib.
— Shuncha vaqtdan keyin ko‘rishdik olib kelgan baloying shunga ursin - dedi sinqlarni ishora qilib. So‘ng ayolni o‘pdiyu istamay undan uzoqlashdi. Hoseokni boshqa bir honaga olib kirdi.
— Nima uchun kelding.
— Qadrdonimni sog‘indim.
— Maqsadga o‘t!
Shu vaqt honaga boyagi ayol suzilgancha kirib keldi va darhol Jeksonning quchog‘iga o‘rnashib oldi. Jekson yana ayolni o‘parkan
— Bunga hech to‘ymaymanda. Qancha ssam shuncha skim kelaladi. Sevgi shu bo‘lsa kerak....
Hoseok bu odamning yoshligida qanchalik bemani bo‘lganini bilardi ammo yillar o‘tib yoshiga yosh qo‘shilsada bu ochiq og‘zi bir oz bo‘lsada o‘zgarmaganini ko‘rib kuldi.
— Albatta sevgi nima ekanini bilmagan inson buni jinsiy aloqa bilan o‘lchaydi.
— O‘zing ham mendan qolishmaysan yoki hayotingdagi sevgini topdingmi... - dedi Jekson sinchkovlik bilan Hoseokni kuzatarkan.
— Yo‘q. Bunga ishonmayman. Qolaversa akam uylantirmiqchi qandaydr hamkorini qizi
— To‘yga taklif qilish uchun keldingmi?
—Yo‘q muhum bir taklif bilan keldim. Bola savdosiga aloqang bor shundaymi?
Jeksonning rangi o‘chib ketdi. O‘z tupigiga yo‘talgancha qizni ustidan turgazib uni chiqishini aytdi.
— Bu gapni qayerdan olding? - desi pichrlab.
— Havotr olma senga yaxshi taklif bilan keldim. Bir oz soqqa qilmoqchiman. Bilasanku akalarimni meni uncha chiqishtirishmaydi. Qolaversa oila qoidalarini deb Kerrouga boshchilik ham qilolmayman. Bilasanmi men ular uchun odam o‘ldiraman lekin ular meni bu ishlardan chetlatishdi. Xatto qurolimni olib qo‘yishdi
Hoseok Jeksonni ishontirish uchun astoydil kirisharkan Jekson ham unga bor gapni aytib bera boshladi.
— Jekson kel o‘sha kuni bolalarni yetkazib berishda senga yordamlashaman. Bahonada boshliq bilan ko‘rishib u bilan tanishib olaman. Agar yaxshi kelishuv tuzsam seni quruq qo‘ymayman....
Hamirdan qil sug‘urgandek kechgan Jeksonni avrash ishlaridan so‘ng yo‘lda ketisharkan Daniel boshlig‘ining horg‘in yuziga qarab
— Balki uyga borib dam olarsiz.
— U meni ko‘rishni istamaydi.
Shu vaqt Danielning telefoniga xabar keldi. Daniel xabarni o‘qiahi bilan bir oz tushkun bo‘lib qoldi
— Nima ekan?
— DNK natijasi.
— Ho‘sh?
— Mos keldi!
Hoseok jahl bilan rulni mushtlarkan endi bu qizchaning hayoti ham
O‘sha ketganidan beri mana uch kundurki Hoseok uyda hatto qorasini ham ko‘rsatmadi. Iseolni ham uni koprishga ko‘zi uchib turgani yo‘q edi. O‘sha tundagi suhbatlarini deb yanada jiddiylashib o‘z ishida qat‘iylashib qolgan qiz ishda ham, uyda ham tinmasdan alamini kompyuter klaviaturasidan olardi. Hozir ham uyda barcha uxlagan bo‘lishiga qaramay yashash homasida o‘tirgancha o‘z maqolasi ustida ishlayotgan qiz eshik taqqillashi bilan uni ochdi. Qarshisida holsiz eshikga suyanib turgan Hoseok va uning qo‘lini tutgancha ko‘zlarini mo‘ltiratib turgan pushti kiymdagi 4 yoshlar atrofidagi qizcha turardi. Iseol bu shrin qizni bir ko‘rishda yoqtirib qolgan bo‘lsada negadr hayoliga kelgan taxminni og‘ziga chiqarishdan tortinmadi.
— Faqat qizm dema!
— Yo‘q, haligi...
Qiz Hoseokning qo‘lidan tortib o‘ziga qaratdi.
— Endi shu yerda yashaymanmi dada? - qiz o‘z tilida juda shrin qilib savol berarkan ayni damda nimaga sababchi bo‘lganini bilmasdi.
Iseol hafsalasi pir bo‘lgancha boshini silkidiyu divanda qoldirgan kompyuterni olib yuqoriga chiqib ketdi.
Honasidagi butun narsani uloqtirgancha yig‘lamaslikga urinarkan qanchalik ko‘z yoshlarini qaytarsa o‘pkasi to‘lib nafas olishga qiynalardi. Dushga kirib sovuq suvni yoqdiyu o‘zini tinchlantirishga urindi.
— Nimani kutgandim! - deya u avval unga aytgan gaplarni eslarkan oynaga qanday qilib musht tushrganiniyu qo‘l qonga belanganini ham bilmay qoldi. Shunchaki dush ostiga o‘tirib yuzini yashirgancha yig‘lay boshladi. Taxminan 10 daqiqa, Hoseok uning yoniga kirgunga qadar 10daqiqa shu zaylda o‘tirdi.
Hoseok qizchani Meryga topshirib o‘zi Iseolning yoniga kirdi. Suv ostida piqqillab o‘tirgan qizni ko‘rib suvni o‘chirib qizning qarshisiga o‘tirib qizni yuzini o‘ziga qaratdi.
— Bu nima qilganing. Qo‘linga shikast yetkazibsan
— Tegma! Ket. Qorangni ham ko‘rmay. Nega qaytib kelding. Shuncha kun kelmay nega qaytib kelding. Nega yana bola bilan.
Qiz hiqqillagancha yigitni savolga tutarkan Hoseok lab tishlagancha yuzini yerga qaratdi.
— U shu yerda yashab turadi. Unga g‘amxo‘rlik qilishing kerak...
— Jin ursin seni...!!! - qiz yigitni urarkan Hoseok ayb ish qilgan boladek turaverdi. So‘ng qizni dast ko‘tarib hommondan olib chiqib ketdi. Qizni shu ho‘l kiymlari bilan uning honasidan chiqib o‘z honasiga olib kirdi. Yerga qo‘yib nam kiymlarini yecharkan Iseol unga qanchalik qarshilik qilmasin u e‘tibor bermasdi. Barcha ho‘l kiymlardan halos bo‘lib butkul kiymsiz qolgan qiz unga qarshilik qilish yoki o‘zini berkitish kabi qiyn tanlov oldida qolgandi. Uning ustida turgan yigit qizning yuziga tikilgancha uni nam sochlarini silarkan
— Menga qo‘lingni uchini ham tekkiza ko‘rma esingda tursin menga teginsang o‘zimni ham seni ham o‘ldiraman. Hech narsaga, hech kimga qaramay...
Qiz nafrat ko‘zlari bilan unga tikilarkan...
Hoseok lablarini uning lablariga olib kelib
— Hech narsa qilolmaysan.... - dedi pichrlab.
Ikkisining ko‘zlari bir birinikiga g‘arq bo‘lgancha ishq havosidan nafas olisharkan, kopzlari qanchalik sovuq, yoki g‘zabni ko‘rsatmasin ko‘ksilarida istak yonardi....
Fanfik oxirlay deb qoldi sal fikr degan narsalarniyam yozib qoldirilar go‘zallarm