MY SINS 2 ~ OR ~ LAST DROP OF HOPE
☆~Hayotni jahannam deb atadik toki chinakamiga tushguncha~♡
Qish bo‘lishiga qaramay derazadan yuzimga yorug‘lik tusharkan asta ko‘zlarimni ochdim. Shu kunlarda havo shunchalik musaffo ediki, simirib ichging kelardi. Yuzimni yuqoriga burgancha yotarkanman asta qo‘lim bilan divanning boshqa tomonini siladim. Bo‘shliq! Har galgidek.... Kunduzi chidashim mumkun ammo tun kirishi bilan bunga bardoshim yetmay qoladi deb o‘ylayman. Lekin chidab bundan omon qolganimda o‘zim ham hayron qolaman. Chet elda ekanimda men kabi musofir bir ayol aytgandi "Yaratgan sen ko‘tarolmaydigon narsa bilan sinamaydi..," Chindan ham u haq bo‘lgandir. Qanchalik toqatim toq bo‘ldi, bundan keyin yashay olmayman desam yana o‘zimni hayotning yo‘lida yugurayotganimni ko‘raman. Har bir qiyinchilikdan keyin qayta tug‘ulgandek yangi kuch bilan no‘ldan boshlayman. Hozir ham shunday. U ketgach nima qilishimni bilmay karaxt holda bir joyda qotib qoldim, boshqa nafas ololmayman, boshqa kulmayman, boshqa hech narsa haqida o‘ylay olmayman dedim. Ammo mana har kuni ishga boraman, Daniel bilan suhbatlashib bazan kulaman, O‘g‘lim bilan telefon orqali gaplashishni intiqlik bilan kutaman. Har doim maktabdan qaytganda va uxlashidan oldin qo‘ng‘iroq qiladi va butun kuni haqida gapirib menga har kuni qanchalik katta bo‘lib borayotganini aytadi. Uyimdagi ikki qiz uchun kuchli bo‘lishm va o‘glim uchun aql bilan harakat qilishm kerakligini bilaman.
Bo‘shliqda uning hayollari, o‘z afsuslarim va ayblarim meni yeb bitrmasidan oldin o‘rnimdan turib yuvinish honasiga kirib ketdim. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin u ishlatgan shampundan foydalanaman. Uning sochig‘iga artinib uning hommom halatini kiyaman. Yotishdan oldin kiyish uchun uning javonidan biror narsa olaman va uni bu kiymni kiyganda qanday ko‘ringanini o‘ylayman. Bu meni yanada o‘zimni aybdor his qilishga majbur qiladi xolos...
Kiyinib pastga tushar ekanman bugun uchun tayyorlagan rejamni eslab yuzim yorishdi. Bugun yangi yil yaqinlashib qolganligi bois uydagi muhitni yengillatish uchun "Ayollar kechasi" uyushtirishga qaror qildim. Aniq bilaman Mina uydan chiqmayotganini sababini biladigon aqilli ayol bo‘lishiga qaramay, hozr xuddi portlaydigon bomba holiga kelgan bo‘ladi. Chunki u bazm va suhbatlar odami. To‘g‘ri Yunxi ham barcha aka-ukalar asosiy uyga qaytganida ko‘chib o‘tdi ammo faqat uning kompaniyasi Minaga kamlik qiladi.
Bundan tashqari odam ovilikmi yoki o‘zim bilan bo‘lib qolganim uchun uydagi qizlarga ham tuzuk-quruq muomila qilmadim. Buni o‘zgartirish vaqti kelgandi.
Oqshomda beshovimiz suhbatlashamiz, yeymiz, ichamiz va bir oz chalg‘iymiz.
Hoseok chodrdan chiqmasdan ichkarida o‘tirar, bundan keyin qanday yo‘l tutishi haqida o‘ylardi. Sochlari allaqachon o‘sib yelkasiga tushish arafisida edi. Ilgari yumshoq bo‘lgan sochi hozrda shampun tegmaganidan dag‘allashib ulgurgan, bir vaqtlar porlab turgan oppoq terisi allaqachon hiralashib qattiqlashgan edi. Bu yerda salkam bir oydan beri vaqt o‘tkazarkan dastlabki kunlari urush o‘chog‘i bo‘lmish bu mamlakatni o‘rganish ustunlik qilib atrofni va aholini o‘rganib chiqdi. Atrofda birorta sog‘ bino yo‘q. Hamma o‘zlari yasagan chodrlarda yashar va qish bo‘lgani uchun issiq saqlanish qiyn edi. Bolalarning yig‘isi, ayollarning so‘lg‘in nigohiga yarashmaydigon dadillik va ishonch bilan ularni ovutishi va bazan hech narsaga qaramay allaqanday o‘zlarining muqaddas kitoblarini tinmsiz o‘qishlari, erkaklarning o‘z ahlini tirik saqlash uchun yemish topishga urinishi kabi turli xil holatlarni ko‘rarkan bu urush haqidagi ma‘lumotlarni eslashga urindi. Namjoon ularga Falastinga yordam puli jo‘natishlari kerakligini aytganini esladi. Jin bunga qarshilik qilmagan bo‘lsada bu hech qachon amalga oshmadi. Eslagan narsasi faqat bu xalqga hech kim yordam bermayotgani bo‘ldi. Dunyoning qanchalik ko‘p qismi ular tomon bo‘lsa ham, qanchalik ko‘p odam urush to‘xtashi tarafi bo‘lsa ham negadir bu urush hamon davom etayotgandi. Va qandaydir mo‘jiza tufayli bu odamlar shuncha vaqtdan beri bariga bardosh berishayotgandi. Hoseok qancha atrofni o‘rgansa shunchalik qalbigia og‘ir bir tugun bog‘lanib borardi.
So‘ng chodrdan chiqmaslikga qaror qildi. Buni qaranki u hech narsa qilmay ichkarida o‘tirsada unga 3 mahal taom kelardi. To‘g‘ri bu shoxona emas ammo och qolmaslik uchun yetarli. Bu taomlar nafaqat och qolmaslik uchun balki vijdoni qiynalishi uchun ham yetarli. U qanday qilib bu yerni tark etishi mumkunligini o‘ylab o‘yiga yetolmasdi. Ammo modomiki shu yerda ekan unga berilayotgan non tuz uchun loyiq bo‘lishi kerak edi.
Hoseok bu yerga kelganidan beri hech kim bilan gaplasholmadi. Faqatgina Asad uni atrofida unga qiziqqancha girdi-kapalak bo‘lardi. Lo‘ppi yuzli bu bola allaqachon Hoseokning e‘tiborini tortgandi.
Bu bola bazan uni harakatlari bilan kuldirsa ba‘zan uni bu bola haqida chuqur o‘ylashga sabab bo‘lardi. Qanday qilib bu bola ayni o‘ynab kulishi kerak bo‘lgan bir vaqtda urush tamini totishi kerak? U dars qilish yoki maktabdan qochib barcha yoshlar kabi kichik shumliklar qilishi kerak bo‘lgan pallada bu yerda bo‘lib ota-onasiga urush qoldiqlari ichra yordam berishi kerak? Ayni damda o‘gli Dawn haqida o‘ylamaslikning iloji yo‘q edi... U hozir qay ahvolda? Ular sog‘-omonmi?
Koreada allaqachon kech tushgan Iseol kutayotgan mehmonlar ham kelib birgalikda ovqatlanishdi. Iseol iloji boricha Seva o‘zini noqulay his qilmaslik uchun bir necha qo‘l ishoralarini o‘rgandi. Bu vaqtda Daniel bilan birgalikda tashqarida Jungkook va Taehung ham havo sovuq bo‘lishiga qaramay tashqarida turishardi. Ularga qanchalik taqiqlanmasin ular baribir bu yerga kelishdi. Mina "bu qizlar kechasi" degancha ularni tashqariga quvib soldi.
Jungkookning bu yerga bunday mash masha bilan kelishi odatiy hol edi. Lekin Taehyung Sevadan qattiq havotrda edi. Agar bordiyu u xafa bo‘lsachi? degan fikr hayolini tark etmasdi. Taehyung bir oz bo‘lsada Bu ayollarni tanisa bidr-bidr qilib jag‘i tinmay, bazan gapirayotganida na qulog‘i na ongi ishlamasligini bilardi. Bu tun aynan shunday holatda bordiyu u ajralib qolsa Sevani yonida bo‘lish istagida edi...
Seva gapirolmasligining sababi yoshligidagi travma sabab edi. 5 yoshligida koptogini olish uchun yugurgan qiz kutilmaganda yuk mashinasi qarshisida paydo bo‘ladi. Mashina to‘ztagan bo‘lsada qiz qo‘rquvdan bo‘zarib yuzi yuk mashinasi sirtiga terib turardi. Juda kichik xatto sonidan ham kichik lahza qizni hayotini saqlab qolgandi biroq o‘sha vaqtdagi qo‘rquvi sabab tildan qoladi. Shifokorlar ehtimol o‘sha vaqtda qiz baqirib yuborganda bunday bo‘lmasdi ammo qiz o‘sha vaqtda tovush chiqarmay o‘z ichiga yutgan. Qizning soqovligi tug‘ma bo‘lmagani uchun uni davolash mumkun edi. Uning ota-onasi bir necha bor qurbi yetgan mulajalarni olishgan ammo bular hech qachon o‘z samarasini bermagan. Qiz 14 yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashadi. Onasi va opasi bilan qolgan qizga ko‘chaga chiqish taqiqlangandi. Onasi hnga yana nimadr bo‘lishini hoxlamasdi. Ko‘pincha ishi sabab haftalab oylab uyga kelmasdi. 15 yoshida oyisi Xitoylik erkakga turmush chiqadi va opa singilni yolg‘iz qoldirib Xitoyda yashay boshlaydi. Har oy qizlari uchun yetarlicha pul yuborar va tez tez habar olishga harakat qilardi. Sevaning opasi ko‘p vaqtini o‘qishga sarflardi. U hatto AQShga grand asosida opqishga qabul qilindi ammo ketishga sharoiti bo‘lmagani uchun o‘qiy olmadi. Taehyung Sevani bu yerga o‘zi bilan olib kelishdan oldin uning opasini Angilyaga o‘qishga yubordi. Endi esa bu qizning hayotining masulyati mutlaqo Taehyungning bo‘ynida edi.
Ammo tashvishlanish uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Chunki Iseol mehmonlarini hech birini xafa qilish istagida emasdi.
Qizlar ovqatlanib bo‘lguncha mehmon-mezbon odobiga rioya qilib bir birlariga madaniatli honimlardek savol berib javob olishdi. Lekin tugatgach Iseol ikkinchi qavatga tayyorlagan xonaga kirib spirtli ichmliklarni ochishlari bilan har qanday odob meyorlarini unutishdi.
— Kelinglar "haqiqat yoki jasorat" o‘ynaymiz - dedi ikki qultum ichgach Mina. Seva avval ichmagani uchun ularni sharbatdan ho‘plab sneklardan tanavvul qilardi. Mina bo‘shagan shishani Sevaga irg‘tishi bilan u darhol tutib oldi.
— Sen "o‘yin boshi" bo‘lasan. Yaxshilab aylantir.... - dedi ko‘zlarini tahdidli qisib. Seva shishaga qaradida bosh irg‘adi. Seva uni qizlar orasida aylantirarkan aylanib Yunxining oldida to‘xtadi. Qizlar baqirib yuborarkan, Yunxi birinchi bo‘lishdan unchalik ham quvonmadi.
— Qani boshliq uni stakanini to‘ldir - dedi Mina Sevaga qarab. So‘ng Yunxiga jilmaygancha
— Qani aytchi Namjoon nimada yaxshi?
— Bu juda aniq. O‘qishda - dedi Yunxi juda oson savolga bepisand javob bergancha. Mina esa jahl bilan uni turtdi.
— Buni so‘ramadim. Yotoqda aynan nimada yaxshi? Qo‘llar.., tillar.., so‘zlar.., olishda yoki berishda? Tushunyapsanmi?
Yunxi bu savoldan unchalik tasrlanmadi. Bunga salkam bir oydan beri birga yashayotganini sabab bo‘lsa kerak. Ammo nima haqida gap ketayotganini tushungach Iseol va Harin darhol qizarib ketishdi.
— Yo‘q, yo‘q. Qayniakam nimada yaxshi ekanini eshitishni istamayman - dedi Iseol.
— Nega? Har Namjoonni ko‘rganingda shu hayolinga keladimi keyin?
— Haa... sen... juda yomon qizsan - Iseol Minani yelkasiga bir necha bor urdi.
— Shu gapinga bilasanmi erimni shunday gapi bor "Yomon qizlar jazolanadi, yaxshi qizlar esa mukofotlanadi. Men uchun yaxshi bo‘lasanmi?"
Mina Jin kabi nigohlar bilan uni gaplarini takrorlarkan Mina ham Yunxi ham Iseolning qotib qolganini ko‘rib kulib yuborishdi.
— Savolinga keladigon bo‘lsak tilni yoqtirmaydigon ayol bo‘lmasa kerak... U bunda juda yaxshi.
Minaning ko‘zi chaqnab ketdi.
— Chindanmi? Menimcha bu aka-ukalarning qonida bordir.
— Jin bilan ham shundaymi? - Yunxi kuldi.
— Balki bu otalaridan merosdir
— Sen ham shunday deb o‘ylaysanmi? - Yunxi ularga ajablanib qarayotgan Iseolga yuzlandi. Qiz birdan dovdirab qoldi.
— A? ha ha. Menimcha shunday
Mina Yunxini turtib mavzuni o‘zgartirdi.
— Qani kapitan bizga keyingi omadli odamni aytib aniqlab beringchi...
Shisha aylanib Haringa kelib to‘xtadi. Mina qoshini chimirib qaradi. anchadan beri bu qiz haqida bilmoqchi bo‘lib yurgandi va qulay fursat kelganidan yuzida ayyor jilmayish paydo bo‘di.
— Ho‘sh menga o‘zing haqida aytishingni hoxlayman. Bu yerga qanday kelding va kelishingdan oldin nimalar bo‘ldi. Menimcha bu haqida gaplashadigon vaqt keldi - dedi jiddiy ohangda qizni so‘roqqa tutib.
— Lekin bu bitta savol bo‘lishi kerak emasmi? - dedi Harin
— Sen bilan yo‘q.
Mina qizning stakaniga to‘ldirib ichimlik quydi
— Buni ichda boshla. Barchamiz seni tinglaymiz....