December 4, 2025

MY SINS 2 ~ OR ~ LAST DROP OF HOPE

☆~Hayotni jahannam deb atadik toki chinakamiga tushguncha~♡

2-Epizod

Bugun 14-dekabr....
Uni oxirgi bor ko‘rganimga bir oy bo‘ldi. O‘g‘lim ketganiga esa 15 kun...
14-noyabr... Hayotimda kiymdagi dog‘ kabi qoldi. Hech qachon kuzni, noyabrni bunchalik yomon ko‘rib qolaman deb o‘ylamagandim. Bu sanani hech qachon unutolmasam kerak. To‘g‘ri aslida sanalarning aybi yo‘q bari ayb insonlarning o‘zida. Ammo bu sana.., bu oy.. - o‘ylasam qayg‘u soladi.
Ishga borayotganimga 4 kun bo‘ldi. Daniel aytganidek meni borishim uchun barcha xavfsizlik chorasini ko‘rdi. Jinning odamlari qarshilik ko‘rsatganida ularga zarracha etibor bermay meni olib chiqib ketdi. Ishga o‘zim mashina haydab ketaman. O‘sha u menga sovg‘a qilgan mashina. Ishgacha bo‘lgan uzun yo‘lni bosib o‘tarkanman yo‘l va bu mashina uni eslatardi xolos. Doim nazorat ostida bo‘lishimni qayerga borsam ham, o‘zim bilmasligm mumkun ammo doim kimlardir menga soyadek ergashishini ogohlantirdi. Bu albatta avvalgidek jahlimni chiqarmasdi aksincha xavfsiz his qilardim.
Keyin birdan o‘ylanib qoldim.... ularga kim oylik to‘laydi? Axir Hoseok yo‘q. Daniel Jinga umuman quloq solmas faqat men aytganimni qilardi.
Uyga Harindan xabar olish uchun Jungkook kelgandi. Ularni bezovta qilmaslik uchun tashqariga chiqdim. Ochig‘i ularga bir oz kuyukdim. Bir biriga sevgi bilan qarashlari, Jungkookning uni avaylashi, undan tashvishlanishi bu juda yoqimli shu bilan birga bu bir oz men kabi o‘z odamini ushlab qololmagan, qaysidir ma‘noda sovuq niyatlari bilan uning o‘limiga sabab bo‘lgan odam uchun og‘riqli edi...
Tunda qurigan baseynga tikilgancha sigaret chekayotgan yigitning yoniga borib turdim. Xavo juda sovuq edi. Uy ichidan bu sezilmagani uchun yupqa kiyinganimni angladim. Ammo unga beradigon savolim yodimga tushib qo‘llarimni qovushtirdim
— Senga oylik berishim kerak to‘g‘rimi? Bir oy bo‘ldi bu yerda men bilan ekaninga.
U savol berishimga qoshlarini chimirib jilmaydi. Sigaretni yerga tashlab oyog‘i bilan bosib o‘chirarkan kastyumini yechib ustimga tashladi.
— Men juda qimmatli odamman. Oyligingizni o‘zi kamlik qiladi.
Uning haziliga kulib yubordim.
— Ustimdan kulyapsanmi? Erim bergan kartam ham bor meni - deb maqtandim
— Qaysi jahl ustida 600 ming von kasalxonaga va 700 ming von bolalar uyiga hayriya qilingan kartami? - dedi hiylakor nigoh bilan. Men esa hayratga tushdim.
— Buni qayerdan bilasan?
— Men janobning hisobchisi ham edim
— Ko‘rib turibman u senga juda ishongan. Ho‘sh shunday qimmatbaho odamning narxi qancha...
— Siz uchun qora kartadekman. Istaganingizcha ishlatishingiz mumkun. Hech qachon limiti tugamaydi.
Men bir necha on jim qoldim. U kim bunday gapira oladi?
— Hazilni bas qil! Shunchaki ayt
— Janob allaqachon to‘lov qilgan.
— Nima...? Qancha? Qachongacha....
— Bu siz Kim honim bo‘lguningizcha yetadi. Keyin esa nasib qilsa o‘glingiz uchun ishlayman..
Indamadim. Shunchaki osmonga tikilib turdim. U juda uzoqni o‘ylagan ko‘rinadi...

☆☆☆☆☆

Jungkook shoshgancha Harinni ko‘rish uchun kelarkan akalari ha deb bormasligi haqida bir necha bor ogohlantirgandi. Biroq u har kuni sevgan odamidan xabar olmasa tinchlana olmasdi. Bir necha bor shu yerda yashashi haqida aytdi ammo Namjoon va Jin bunga ruxsat bermay o‘z uylariga olib ketishdi. Bugun ham uni ko‘rish uchun hech kimni ogohlatirmasdan keldi.
Harin deyarli o‘zi uchun ajratilgan honadan chiqmasdi. Jungkook qizning honasiga eshikni bir ikki chertishdan so‘ng kirarkan Junkookni ko‘rgan qiz ko‘zlarida yosh qanday paydo bo‘lganini ham bilmay qoldi. Darhol uni quchoqlab oldi.
— Bo‘ldi.., hammasi tugadi... - deya yelkasiga boshini qo‘yib piqqillayotgan qizni ovutdi.
— Kook uni unutolmayapman, tushlarimga kirib chiqyapti, ba‘zan uni ovozini eshitaman
Jungkookning ham beixtiyor ko‘ziga yosh to‘ldi, arang bo‘g‘iq ovozda qizga javob qaytardi.
— Bunda seni aybing yo‘q. Hozirgi ahvolingni ko‘rsa u xafa bo‘lgan bo‘lardi....

☆☆☆☆☆☆

Havo qanchalik sovuqligiga qaramay, butun boshli vayronalar ichida ekanimga qaramay atrof g‘alati tarzda tinch edi. Ko‘zimga faqat changli osmon ko‘rinardi. Kutilmaganda tepamda soqoli o‘sib ketgan, yuzi qora mehnatda qorayib ketgan bir erkak paydo bo‘lib ko‘zini lo‘qqillatgancha menga tikilib turardi. Asta kipriklarim pirpirarkan menga qarab g‘alati tarzda jilmaydi va yuzini ortga burib qandaydr menga notaninsh bo‘lgan tilda baland ovozda baqirdi. Keyin uning yoniga turli yoshdagi bir nechta odam qo‘shildi. Negadr o‘zimni his qilmayotgandim. Sezganim sovuq va og‘irlik. Va yana bir narsa aniqki men trik edim. Ular meni birgalikda zambilga ortib bir chodrga olib kirishdi. U yerda meni joylasharkan ko‘zlarim yumilish arafasida edi. Bular kim yoki menga nima qilishmoqchi bu menga qiziq emasdi. Chinki allaqachon o‘limni bo‘ynimga olib yo‘lga chiqqandim. 10 yoshlar atrofidagi, yuzlari kir va sochlari tim qora, qo‘ng‘iroq bola kelib lablarimga g‘alati idishda suv tutdi. Uni arang smirar ekanman qanchalik chanqaganimni tushundim. Bola menga qarab jilmayib qo‘ydi so‘ng peshonamdan silab sochlarimni kichik qo‘llari bilan ortga tarab qo‘ydi. Bu vaqtda ikki erkak meni shundoq ham bir ahvolda bo‘lgan kiyimlarimni yirtib yaralarimga nimadrlar surtishar va bog‘lashardi... ko‘zim ro‘mol o‘ragan ayolga tushdi. Balki bu Xitoydagi uyg‘urlardir..., ularning tili arabchaga yaqin deb taxmin qilgancha ko‘zlarim yumildi....
Qancha vaqt o‘tdi bilmayman ammo yana ko‘zimni ochdim. Yonimda yana ikkita menga o‘xshab yaralanib behush yotgan odam bor edi. Haligi bola chodirga kirdida meni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi. Darhol yugurib chodrdan chiqib ketdi. Ko‘p vaqt o‘tmay menga qarash uchun bir odam keldi. U nimadrlar deb meni savolga tutar ammo birorta ham gapiga tushunmasdim. Afsuski, Kores tilidan boshqa tilni bilmasdim.
3 kungacha qimrlay olmadim keyin esa asta sekin tiklananib avval o‘tirdim keyin bir oz chodr ichida yurdim. Bolakay doim shu yerda bo‘lar meni davolgan odam otasi bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Va bir ayol u menimcha onasi. Ular har Asad desa bola darhol ko‘zlarini moshdek ochgancha ularga qarardi. Bu uning ismi bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Yoki o‘zlarining qandaydr chaqirish usuli.
Ilk bor tashqariga chiqqanimda men qayerda ekanimni tahmin qila boshladim va bayroqni ko‘rganimda bu qanday bo‘lganini tushunolmadim. Men so‘ngi bor Xitoy chegarasidagi portlashda edim, lekin birdan qanday qilib bu yerda hozrdagi haqiqiy urush markaziga tushib qolganimni tushunolmadim. Buni kimdr rejalashtirgan. Kim bo‘lsa ham, hor bo‘lib o‘lishimni hoxlagan. Aks holda qaysi ahmoq ming mashaqaat bilan, bir tepki orqali o‘ldirishi mumkun bo‘lgan odamni Falastin vayronalariga tashlaydi...
Bu yerdan qutulaman va ajalingni o‘zim bilan birga olib boraman....

Hoseok shahar,vayronalaridan uzoqroqda joylashgan tekkis yerdagi chodrdan turib atrofni kuzatarkan telbadek kula boshladi. Bir aloqasiz, tilini xatto aniq joylashuvini bilmaydigon, ustiga ustak istalgan vaqt qayer bombardimon qilinishini bilmagan joyda yolg‘iz edi...
Na kirish bor na chiqish....