November 19, 2025

MY SINS 2 ~ OR ~ LAST DROP OF HOPE

☆~Hayotni jahannam deb atadik toki chinakamiga tushguncha~♡

1-Epizod

O‘sha kundan keyin butun dunyo poyimga qulagandek bo‘ldi. Hoseokdan hech qanday xabar bo‘lmadi. Chegaradagi kuchli portlash esa butun televidinyani, ijtimoiy tarmoqlarni qamrab oldi. Hayot faqat kulrang chiziqlardangina iborat edi. Hayotimning yorug‘ligi bo‘lgan Dawn ham endilikda faqat qalbimdagi jarohatni yangilardi xolos. Chunki u xuddiki uning o‘zi edi. Shu sabab uni Las vegesga jo‘natishlariga rozi bo‘ldim. Bir vaqtlar sokinlik hukm surgan bu uy endilikda men uchun begona bo‘lgan odamlarga to‘lgan edi. Har bir "Kim" o‘z ayolini himoya qilish uchun shu uyga birin ketin joylashtira boshlashdi. Eng qizig‘i bu uydagi har bir ayol qaysidr "Kim" erkaklarining sevimlisi va har biri turli xil qismat va xarakterga qaramay bir tom ostida edi.
Jin akamning aytishicha Hoseokning o‘z boshimchalik bilan qilgan ishi Koreadagi bola savdosini to‘xtatgan bo‘lsada, ularni xavf ostida qoldirgan. Kenjatoy Jungkook olib kelgan qiz esa o‘ta xavfli honadon kelini bo‘lgan... Aynan o‘sha oila endilikda Kimlarga qarshi jang e‘lon qilgandi.
Hech bir ayolga bu uydan chiqishga ruxsat berishmas, faqatgina men chiqa olardim xolos. Agar ishga bormasam, o‘zimni nimadr bilan chalg‘itmasam bu muhit va uning yodi meni ezib qo‘yardi.
O‘sha portlash xabari kelganidan keyin Jin hyung Mina bilan birga birinchilardan bo‘lib yonimga kelishdi. Bu vaqtda Jungkook va Harin ikki kundan beri shu yerda edi. Keyin asa butun oila yig‘ildi. Bo‘lib o‘tganlarini Danieldan so‘rab bilib olishdi. Hoseokni topish uchun bir necha bor chegaraga odam yuborishdi. Yoongining shaxsan o‘zi borib voqeani sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi, ammo ular portlash vaqti Hoseok ichkarida bo‘lganidan boshqa hech qanday ma‘lumot topolishmadi. Jasadlar yonib tanib bo‘lmaydigon xolga kelgandi. Men o‘zimni dastlabki kunlarda yo‘qotib qo‘ydim va yig‘idan ko‘r bo‘la yozdim. Ammo bir hafta o‘tib ular meni va Dawnni LasVegesga jo‘natmoqchi bo‘lishdi. Aytishlaricha Hoseok Harinni qutqarish uchun uning erini MinVon ismli shaxsni o‘ldirgan va natijada Koreaning mafiasi sanalgan Minlar oilasi Kimlarga qarshi jang ochish uchun shuncha yillik ularga chidash va adovatlaridan so‘ng arzirli sababga ega bo‘lishdi. Endilikda ular har bir azoni yo‘q qilish payida edi. Bordiyu ular Hoseokning oilasi borligidan xabar topishsa men va o‘glimga raxm qilishmasligini aytishdi. Shu vaqt o‘zmda kuch topdim. Yig‘lashni to‘xtatdim. Hoseokning bu uyni tark etmasligimiz kerakligini aytgan gaplari hamon qulog‘imda jaranglardi. Shu bois ketmayman deb turib oldim.
— Ketishing kerak. Bu sening xavfsizliging uchun. Meni vazifam sizlarni himoya qilish.
— Ammo u buni istamagan bo‘lardi. U bu yer eng xavfsiz joy ekanligini tez tez aytardi. Bu yerdan ketolmayman.
— U o‘limidan keyin nima bo‘lishini bilmasdi.
— Bilardi. Hammasini bilardi! - men qanday qilib ovozimni ko‘tarib yuborganimni ham sezmay qoldim.
— U biz haqimizda barchaga aytishini so‘radim. Lekin u buni rad etdi. U har doim buni istardi, ammo rad etdi. U o‘sha vaqtda bilardi.
Ovozimni ko‘tarib Jinni barchani oldida behurmat qilganimni sezib bir oz hijolat bo‘ldim. Va pastroq ovozda qo‘shib qo‘ydim
— Bolalarni u yerga jo‘nata qoling. Men shu yerda qolaman....
Vaziyatni, ularning qarorini tushunsamda agar bu uydan ketsam undan uzoqlashib ketadigondek edim. Xatto uni ko‘molmadik. Shu sabab bir kun u qaytadigondek edi. Bordiyu u qaytsa bizni ko‘rish uchun uyga kelsayu biz uyda bo‘lmasak u meni yana qochib ketgan deb o‘ylasachi?
Dawn va Minsuni Mery bilan birgalikda LasVegasga jo‘nab ketishdi. Dawnga hali ham uni o‘lganini aytmadim. Aytolmadim. Shuncha vaqtdan beri ota so‘zini ishlatmasdan eng birinchi aytadigon gapim "otang o‘ldi" deyish bo‘lishini o‘ylab bag‘rim qon bo‘ldi va tillarim harakatsiz holda u kelishini aytdim. U esa menga umid bilan qaradi. Bechora bolam uni qanchalik yoqtirishini bilaman. Doim agar ikkisi birga vaqt o‘tkazishsa ko‘zlari porlab turadi. Lekin qanchalik hoxlamasin men ahmoq onasini deb uni ota deb chaqirolmadi va endi chaqirolmaydi...

Bolalar ketgach hayot bir maromiga tushishini kutgandim lekin keyin Taehyung Seva ismli soqov qizni olib keldi. Jimin ham Luna kelsa bu yerga olib kelsam bo‘ladimi deb so‘radi. Men rozi bo‘ldim. Biroq qiz hali u yerdagi ishlari tugamaganini aytdi. Jimin esa undan qattiq xavotr olayotgani sezilib turardi. Barcha "Kim" lar Seulga qaytib o‘sha katta uyda yashay boshlashdi. Faqatgina biz yaxshirin xotin bo‘lgan yoki hali xotini bo‘lmaganlargina shu uyda qoldik. Shaharga chiqishimizni taqiqlashdi. Faqatgina uyni atrofinigina qo‘riqchi bilan aylana olardik. Ammo bu men uchun ortiqcha stressdan boshqa hech narsa emasdi. Yuzlari hali ham o‘ziga kelmagan Harinni, yoki biror gap aytolmaydigon beg‘ubor Sevani ko‘rish keyin esa uning hidi to‘lgan honaga qaytiah.... Bu juda qiyn edi.
Men o‘g‘lim ketganidan keyin Hoseokning honasiga ko‘chib o‘tdim. Hamon uxlay olmasdim ammo o‘sha honada qandaydr mo‘jiza sabab uxlab qolardim. Uning hidi ufurib turishi uchun uning atrini har kuni honaga sachib qo‘yardim.
Bu yerda Danieldan boshqa gaplashadigon odamim yo‘q edi. Unga ha denmb u haqida savol beraverardim. Ayniqsa bu uyni biz qanday tayyorlashganini eshitishni yoqtirardim. Qayerga borsam soyadek ortimdan ergashib yurardi. Bir kuni issiqxonadagi gullardan xabar olib chiqarkanman yana u meni kutib turardi.
— Charchadim. Ishga qaytishni xoxlayman. Bunday yashash jonimga tegdi - dedim.
— Unda ertaga ishga borishingiz uchun barcha narsani tayyorlayman - dedi. Men hayron bo‘ldim. Chunki Jin bizni hech qayerga chiqmasligimizni aniq qilib aytgandi.
— Rostanmi?
— Ha!
— Nega qarshilik qilmayapsan. Axir buni taqiqlashdiku...
— Menga sizni istaklaringizni bajarish buyurilgan. Bu yerda siz harakat qilasiz men esa, sizni himoya qilib, yo‘lingizni tozalayman...
— Nima deb o‘ylaysan u bunday vaziyatda ishlashimga qarshilik qilgan bo‘larmidi?
— U siz istagan ishni qila olishingiz uchun barcha choralarni ko‘rardi.
Men kulib yubordim.
— Aldayapsan. U juda qo‘pol edi.
— To‘g‘ri lekin o‘ylashimcha siz uning qo‘polligini ko‘rmagansiz - dedi u ham qosh chimirib
— Bundan ham battarmidi?

O‘sha kundan keyin ishga bora boshladim. Daniel gapida turdi. Jin va Namjoon qarshilik qilsa ham meni ishga olib bordi. Danielning aytishicha Hoseok hech qachon men doim borib keladigon yo‘ldan bormas, uyga kelish uchun aylanma yo‘ldan yurib yarim yo‘lda mashina almashtirar edi ekan. Mendan boshqa kim bu uyga kelsa ham aynan shu usuldan foydalanishayotgan ekan. Buni eshitib Hoseok har doim uyga kelish uchun shunday qilganiga ishonmadim. Ammo Daniel u biror marta ham xavfsizligimizni tahlikaga qo‘yadigon ish qilishni istamaganini aytdi. Ammo hozir xavsizmizmi?