November 14, 2025

When love changes to sin

30-Chapter [Kel boshqa olamda uchrashamiz]

Hoseok "Hech narsa qilolmaysan" deb pichrladiyu qizning ustiga yopinchiqni tashlab o‘zi dush ichidan kichik quti ko‘tarib chiqdi. Qiz uni tushinmay ko‘rpani o‘ziga tortgancha kuzatarkan yigit qizning yoniga o‘tirib jarahotlangan qo‘lini ushlab o‘ziga tortdi. Qizning kesilgan nozik qo‘llarini mehr ila tozalarkan
— Unga g‘amxo‘rlik qilishing kerak. Vaqtinchalik.
— Oyisi qayerda? - qiz yig‘i aralash so‘radi.
— Iseol senga nima deganm esingdami?
— Aynan qaysi?
Yigit qizning qulog‘iga lablarini olib borib pichirladi:
— Farzandlarimning onasi faqatgina sen bo‘lasan...
Qiz tushunmagadek qosh chimirdi.
— Bu qizchani sen dunyoga keltirdingmi Iseol? - dedi Hoseok.
Qiz darhol yo‘q deb bosh chayqadi.
— Demak u meni farzandim emas.
— Ammo... u seni dada dedi - Iseol qanday qilib yig‘lab yuborganini ham bilmay qoldi.
— Bilaman ishonish qiyn. Lekin bu sen o‘ylagandek emas. Men bu qizchaning otasi yo‘q bo‘lishida aybdorman. Sal qolsa bu qizcha ham men sabab bugun oramizda yo‘q bo‘lishi mumkun edi. Tushunyapsanmi?
Qiz yoshli ko‘zlari bilan Hoseokga qarab turarkan bu kichkina qizchaning yo‘q bo‘lishi mumkunligini aytganida ona sifatida darhol o‘z farzandi ko‘z oldiga kelarkan yana bir bor ko‘zlari yoshlandi.
— Yig‘lama...
Hoseok uni ko‘z yoshlarini artib, bag‘riga bosarkan uni tinchlantirishga urinardi.
— Menimcha endi uxlasak bo‘ladi to‘g‘rimi? - deb so‘radi qizning yuziga yopishgan sochlarini ortga taragancha.
— Kiym menga birorta kiym ber...!
Hoseok hech ikkilanmasdan egnidagi kulrang futbolkani yechib uni qizning ustiga kiydirdi. Iseol uni kiyishi bilan xuddi uni quchoqlagandek bo‘ldi. Hoseokning hidi shunday dimog‘iga urilib turardi. Hoseok ham ko‘rpa ichiga joylasharkan
— Oyog‘imchi? - dedi qiz nolib.
— Juda charchadm meni uxlatib qo‘y! - deb boshini qizning yelkasiga qo‘yib qo‘li bilan belini o‘ragancha, yosh bola onasining bag‘ridan qanday joy olsa shunday joylashib oldi. Qiz avvaliga noqulay bo‘lsada keyin qo‘lini yigitning sochlari oralab yurgizib uning boshini silay boshladi. Bu harakatni sezishi bilan Hoseok ko‘zi yumuq holda jilmayib qo‘ydi.
Hoseok ikki daqiqalik sukutdan so‘ng
— Iseol bu uy sizlar uchun eng xavfsiz joy. Bu uyda sen doim xavfsiz bo‘lasan. Bu uyni hech qachon tark etmang - dedi uyqu aralash.
— yaxshi endi uxla! - dedi boshini silashda davom etarkan. So‘ng qo‘shib qo‘ydi
— Bu uyni yaxshi ko‘raman...
Ikkisi ham hotirjam holda o‘z uylarida sokin uyquga ketishdi....

☆☆☆☆☆

Hayot kimga shavqat qilibdi? Kim o‘zining eng qadrli narsasiga osonlikcha erishipti? Kim baxtni qo‘lida tutib abadiy changalida saqlabdi? Kim o‘ylapti kun kelib jirkangani eng suyuklisi bo‘lishini? Kim o‘ylapti suv deb chanqoq bostirish uchun yugurib borgani shunchaki sarob ekanini? Kim o‘ylapti yutayotgan joyida yutqazishini?
Hech kim....
Oson topilgani qadrli emas...
Qadrsizning qadri yo‘qligida bilinadi....

Qizni uyga olib kelgan kundan keyin Hoseok yana ikki kun uyga kelmadi. O‘sha kuni quyosh chiqib turgan ammo kuzning sovug‘i hukm surayotgan oddiy bir Noyabr kuni edi. 14-Noyabr... Dam olish kuni bo‘lgani uchun Iseol uyda, Dawn va Minso birga o‘ynashayotgan, Mery esa ularni kuzatib turardi. Hali tushlik vaqtiga ikki soatdan ko‘priq vaqt bor edi. Iseol uy ichidagi limonlarni sug‘orib ularning hididan chuqur hidlarkan bu Limon ko‘chatlari unga juda yoqardi. Mevalari yetilgan bir nechta limonni olib balki pirog tayyorlarman deb o‘yladi. Telefoniga kechagi xulosa xatlarini jo‘natishini so‘rab hamkasbidan xabar keldi. Qiz yugurgancha honasiga chiqib kompyuteridan ularni jo‘natarkan mashina to‘xtaganini eshitdi. Bu Hoseok. Boshqa kim ham bo‘lardi? Qiz shoshgancha xabarni jo‘natish tugmasini bostiyu xabar ketishini ham kutmay yugurib honasidan chiqdi. Chiqishi bilan zinadan u tomon kelayotgan Hoseokni ko‘rib yengil tabassum qildi. Lekin Hoseokning yuzi jiddiy edi. Ikkisi ham zinada bir-biriga nima deyishni bilmay turarkan Hoseok qizning qo‘ilini ushlab bosh barmog‘i bilan qizning qo‘lini yengil siladi.

— Vaqt keldi....
Hoseok chuqur nafas olgancha gapirarkan qiz u nima deyotganiga tushunmasdi.
— Nimani?
— Va'dang esingda to‘g‘rimi?
Qiz hamon tushinmay qarab turarkan yigit cho‘ntagidan zumrad rangdagi kattaroq baxmal qutini chiqardi. Qiz uni qiziqb ochib ko‘rarkan bu nikoh uzugi yashil yoqutlar bilan jilo berilgan edi. Bu juda kamyobligi bilinib turardi. Qiz avval bunday uzukni ko‘rmagan. Uzuk boshqa uzuklar kabi bo‘rtib chiqqan qo‘pol yoki ortiqcha bachkana emasdi. Ammo buni oddiy deb ham bo‘lmasdi. Uzukni ko‘rishi bilan darhol uni taqish istagini arang bostirarkan Hoseokning titrayotganini sezib unga qaradi. Uning ko‘zlarida qatiat va qayg‘u bor edi.
— Nimadr bo‘ldimi? Bu nimaga? - dedi uzukga ishora qilib.
— "O‘liming kelguncha beva Kim honim sifatida yashay olasanmi?" degandim.
— Shunday deganmiding? - dedi negadr eslolmay. Hoseok ha deb bosh silkidi.
— Xayrlashish uchun keldim. Agar o‘sha xabarni eshitsang bu uzukni umringni oxirigacha yechma - dedi qandaydr umid aralash maxzunlik ila...
— Sen...
Qiz u nima haqida gapirayotganini tobora tushinar ekan ko‘zlari ko‘lmakdek suvga to‘lgandi.
— O‘zingni ayblama. Ering ko‘plab begunohlarni saqlab qoladi. Bilsang unchalik yomon odam emasman - yigit tabassum qilishga urindi - Bilaman gunohlarim ko‘p. Gunohlarim ichida eng shrini va yana hayot berilsa qayta-qayta qiladigonim bu sensan - dedi kafti bilan qizning yuzini silarkan va davom etdi - Sen bilan qayta uchrashgan onimizdan sen uchun mukammal erkak namunasi bo‘lishga urindim. Va‘dalarimni bajarshga harakat qildm. Ammo rashkimga yengilib senga yomon munosabatda ham bo‘ldim. Kel boshqa hayotimizda boshqacha vaziyatda tanishamiz. Dawn esa mening gunohim mevasi emas, sof sevgimiz ramzi bo‘lardi. O‘shanda meni janob emas, faxr bilan "dada" deb chaqirardi...
Qiz Hoseokga qotgan hodadek tikilib turarkan, xatto kiprik qoqmas, ko‘zlaridan esa yosh tak-tak tomardi.
— Kel qayta uchrashsak boshqacha yashaymiz...
Hoseok bir kaftini qizning sochiga qo‘yib, silarkan qizni peshonasidan o‘pish barobari uning hididan so‘ngi bor to‘yib nafas oldi...
— Yig‘lashni bas qil "KIM" honim. Bu senga yarashmaydi.
Hoseok qizga qaradi. Hamon karaxt va nima qilishini bilmayapti. Iseol ayni damda boshini qaysi devorga otishni bilmay o‘z yog‘ida qovurilyapti.
— Ketish vaqti bo‘ldi yaxshi qol malika..
Hoseok ortga burulib zinadan sakragancha shoshib tusharkan to‘xtab hamon joyida turgan qizga qarab jilmaydi, va shu tarzda uydan chiqib mashinasining o‘t oldirgani eshitildi....
U jilmaydi...., so‘ngi bor ketish oldi xuddi maktabda jilmaygandek jilmaydi. Iseol mator ovozini eshitishi bilan uyg‘ongandek sergak tortib zinadan pastga tushdi. Ammo eshik oldiga kelguncha Hoseok tezlikda mashinani uchirib haydab ketdi. Derazadan uning ketishini kuzatarkan qo‘llarini oynaga qo‘ydi.
— Men xayrlashmadm. Xayrlashmadim sen bilan.
Qo‘lidagi qutini siqmlagancha yig‘larkan qutini ochib yana bir bor uzukga tikildi.
— Seni hech qachon taqmayman. Eshitdingmi uni taqmayman. Agar bu nikoh uzugi bo‘lsa nega uni o‘zm taqishm kerak. Taqishmni istasang qayt.... - yig‘lagancha o‘ziga o‘zi pichrlarkan eshik oldida turgan kishini xatto sezmadi ham. Iseol uni ko‘rishi bilan ayb ish qilgan boladek ko‘z yoshlarini artib qo‘llarini ortga qildi
— Siz kimsiz?
— Salom honim - erkak Iseolga tazim qildi so‘ng o‘zini tanishtirdi.
— Men janob KimHoseokning o‘ng qo‘liman. Janob muhum missiya oldi so‘ngi buyrug‘i sifatida meni endi sizga xizmat qilishga buyurdi. Vazifam sizni va yosh janobni xavfsizligini taminlash va sizning buyrug‘laringizga so‘zsiz itoat etish. Menga Daniel deb murojat qilishingiz mumkun.

— Sizni oldin u bilan hech ham ko‘rmaganman - dedi shubxalanib
— Men maxfiy tarzda unga xizmat qilaman. Meni mavjudligimni faqat uning o‘zigina biladi. Yaqinda katta akalari bilan yuzma yuz keldim.

— U qachon qaytishini aytdimi? - men bilan o‘yin qilgandur deb umid bilan so‘radi. Ammo Daniel boshini quyi egib afsus bilan;
— Bu missiya noma‘lum muddatga ega. Buni uning o‘zi reja qildi. Xatto men ham to‘liq xabardor emasman. Boshqa Kimlarning esa bundan umuman xabarlari yo‘q
— Tushunarli.... Iseol yana oynadan uning mashinasi so‘ngi bor ko‘ringan nuqtaga qaratdi.
Oradan yetti soatdan ortiq vaqt o‘tdi hamki Iseol hamon yashash honasida oynaga tikilgancha o‘tirardi....
Iseolning tobora umidlari so‘nib borarkan bolalarni oldida ha deganda bunday o‘tirishi yaramasligini sezib zinadan yuqoriga ko‘tarila boshladi. Shu vaqt mashina ovozi eshitilib Iseol oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmaydigon darajada tezlik bilan eshik tomon borib eshikni ochdi. Eshikni ochishi bilan endi uni taqqillatmoqchi bo‘lgan, kiymlari qon dog‘lari aralash Jungkook va uning oldida ko‘kargan yuzlari bilan bir qiz turardi. Ikkisining ham ko‘zlarida qo‘rquv bor edi...

1-FASL TAMOM!
E‘TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR...