October 19

Buxoro Davlat Universiteti “Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) yo’nalishi 10-1 BIO-22(qishki) guruhi magistranti Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevnaning “Hujayralarning ko’payishi. Mitoz. Mitotik sikl” mavzusi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Buxoro Davlat Universiteti “Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya” fakulteti biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) yo’nalishi 10-1 BIO-22(qishki) guruhi magistranti Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevnaning Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti bosh binosi 408-xonasida 9D24- guruhi bilan “Hujayralarning ko’payishi. Mitoz. Mitotik sikl” mavzusidagi ochiq darsi bo’lib o’tdi.
Dars talabalar ikki: “Ibn Sino izdoshlari” va “Gippokrat” guruhlariga bo’linib olingan holda olib borildi. Dastlab davomat olindi. Talabalar 100 foiz darsda qatnashishdi. So’ngra o’tilgan mavzular talabalar aktiv ishtirok etgan holda takrorlanib olindi. Talabalar tomonidan o’tilgan mavzuga va yangi mavzuga oid rasmlar ustozga ko’rsatilib, ta’rif berildi. Jamoalarni baholash, hamda o’tgan darsni takrorlab olish maqsadida guruhlarga krossvord, tarqatmalar tarqatildi, “Oltin kuz” didaktik o’yini bilimlar yanada mustahkamlandi. Darsda har bir talabaning alohida va guruh bilan aktiv ishtirok etishi o’qituvchi tomonidan shakllantirildi. Darsda talabalar javobiga qarab tarqatmalar orqali baholandi.

So’ngra yangi mavzu:”Hujayralarning ko’payishi. Mitoz. Mitotik sikl” o’qituvchi tomonidan ko’rgazma, prezentatsiya slaytlari va mavzuga mos videolar orqali tushuntirib berildi. Ustoz tomonidan talabalarda tug’ilgan savollar yuzasidan javoblar berildi. “Clever Postman” didaktik o’yini orqali talabalarning mavzuni qay darajada tushunib yetganliklari baholandi. Mavzu bo’yicha berilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, xulosalandi. Dars so’ngida guruhlar yig’gan tarqatmalar asosida g’olib bo’lgan guruh aniqlandi va barcha talabalar darsda ishtiroki yuzasidan xolisona baholandi.

O’tkazilgan ochiq dars mashg’uloti shu tariqa o’z nihoyasiga yetdi. Amaliyotchi Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevna o’tgan ochiq darsi nazoratchilar tomonidan namunali deb baholandi.