Diqqat - katta pul!
2000 - yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot odamlarning o'rtacha diqqatni jamlab turish davomiyligi 12 soniya ekanligini ko'rsatdi. 2015-yilda o'xshash tadqiqot bu ko'rsatkich 15 yil ichida 8 soniyaga tushganligini ko'rsatdi.
Yer yuzidagi 47 % odamlar bitta vazifaga 2 soatdan ortiq diqqatni qarata olmaydilar. Insonlar o'rtacha telefoniga 58 marta qaraydi. 75 % odamlar boshqa narsaga chalg'imay diqqatni bir vazifaga qaratib tura olmaydilar. O'rtacha hisobda insonlar bir kunda 2 soat 30 daqiqa vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazadilar. 90% odamalar uchrashuvlarda hayol surib o'tirishlari aniqlangan.
Yuqoridagi faktlarni keltirib o'tishimga sabab bugungi zamonaviy rivojlangan jamiyatimizda har bir inson yaxshi yashash va yuqori daromad topishni hohlaydi ammo kam sonli odamlargina bunga erishishadi.
Oddiy telefon esa diqqatimizning ajali. Unutmang istalgan yuqori daromadli kasbni egallash niyatida bo'lar ekansiz va / yoki yuqori daromad topish ilinjida ekansiz, hech qachon diqqatingizni ma'lum vazifalarga to'liq va uzoq muddatga qaratmasdan turib natijaga erisha olmaysiz.
Bugungi kunda inson diqqati susayib borayotgan bir zamonda biz endi o'sib kelayotgan yoshlar qo'liga maktab davridayoq telefon olib berib qo'yayapmiz. Va bu esa aynan bolaning o'smir vaqtida uni diqqati va aqliy faoliyatini rivojlanishi o'rniga ularning susayishiga sabab bo'lmoqda. Har bir ota-ona farzandini kelajakda yaxshi yashashi va yuqori daromadli kasblarda ishlashini istaydi, ammo shu o'rinda savol tug'iladi.
Farzandingiz qo'liga o'smirlik davridan telefon berib uni kitobga va sportga yo'naltirmasdan undan qanaqasiga yaxshi kelajak kutyapsiz???
Hali maktabni bitirmasdanoq ongi marketologlar va turli ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlar bilan to'lgan shuningdek diqqati faqat ijtimoiy tarmoqlarga yem bo'lgan boladami ayb???
Diqqatni qanday qilib jamlashni o'rganaman? - degan savol bormi sizda?
Buning eng zo'r usuli har kuni 2 soat sport mashg'ulotlariga muntazam qatnashish va 2 soat kitob o'qishni odatga aylantirish. Aynan ushbu ikkita narsa sizni telefonomaniya va marketing tuzog'idan bir munchaga qutulishga va hayotingiz sifatini yaxshilashga yordam beradi. Kitob o'qish esa diqqatni bir joyda jamlashni o'rganish uchun eng foydali mashg'ulotdir.
Yuqori daromadli kasb insondan uzoq davom etadigan diqqatni talab qiladi.