May 23

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 1
Author: Kim Yeon Mi

— BIR NECHA OYLAR AVVAL—

Han qabr ichida, Jungkookni boshidan qoni sizib chiqishini kuzatar ekan, qabr chetiga kelib choʻkkalab oʻtirdi. U bilardi, Jungkook shu holida oʻlib ketmasligini ammo miyaga, boshiga kirgan oq uni aniq oʻldirardi. Sekin astalik bilan qabrdan Jungkookni 4 odam koʻtarib olib chiqar ekan Hani koʻngli aniq sezdi, Jungkook oʻlmaydi, ammo hamma uchun oʻlib boʻlganini. . .

Han koʻp vaqt talab qilmasdan Jungkook va odamlari yoʻqolib gʻoyib boʻlganidan soʻng, Jungkookdan qolgan yarimidan koʻpi yoʻq qilingan mafiyalar olamini shartnomasini olib hammasini sohtalashtirib oʻzini nomiga oʻtkazib oldi. Va Ispaniya bilan mutlaqo aloqalarni uzdi.

– Qirol oʻlsa ham uning qirolligi u qurgan hamma narsa undan keyingi odamga qoladi. U oʻldi degani hech narsa tugadi degani emas, boshqa odamlar bor uni oʻrnini egallaydiganlar, men ham ularni biriman, Jungkook yoʻq qildim degan narsani butkul boshqacha qilib oʻzim tubidan tiklayman. – Han oʻziga gapirgancha qoʻlidagi ruchkani siqimlab chuqur nafas oldi.

– Kiring. – Eshik taqillash ovozidan Han charchoq bilan boshini orqaga tashlab gapirdi.

– Han . . . . . – Tanish qizni ovozi. Hani yurak urishi tezlashib koʻzlari tezlik bilan ochilib boshini koʻtarib ichkarida unga bir ahvolda ayanchli qarab turgan qizni koʻrib joyida qotib qoldi.

– Sana? Bu yerda nima qilayapsan nega kelding? – Han oʻrnidan turgancha qizni savolga tutdi.

Sana turgan joyidan yigitni qoʻllariga yopisha ketdi.

– Han . . . . Menga yordam ber, sendan oʻtinaman, boʻlmasa Jungkookni odamlari hammasini tortib oladi, bilaman sen hozir Jungkookni oʻrnini olmoqchisan, men senga yordam beraman. – Sana yigʻi aralash gapirib Hani javobini kutdi.

– Men allaqachon Ispaniya bilan aloqani uzganman, Jungkook bolsa uni endi menga qizigʻi yoʻq, Yeon Mi oʻldi, u esa qaysidir bir burchakda oʻlib ketmaganligi uchun afsuslanib oʻtiribdi. – Han qizni siltab tashlagancha qoʻriqchilarga uni olib chiqib ketishini aytdi.

– Yeon Mi . . . . U tirik, uni qayerda va qanday ahvolda ekanligini faqat men bilaman. – Sana oʻylanib oʻtirmasdan gapirib keyinchalik bundan afsuslandi.

– Nima? U tirik? Qanaqasiga? – Han joyida toʻxtagancha tezlik bilan qoshlari chimirilib, ortga burildi.

– Osha kuni uni oʻldirgani uyga otamni odamlari bilan borgandim, u qochdi va osha payt oʻzini oynadan tashlab yubordi, men unga qoʻlimni uchini ham tekkizmadim, rost aytayapman, osha kuni Jungkookdan intiqomimni olmoqchi boʻlganim uchun jasadlarni almashtirganman, Yeon Mi esa oʻsha kundan beri xushiga kelmagan. – Sana oʻzini qoʻriqchilarini qoʻlidan boshatgancha gapirdi.

– Aqldan ozgansan, meni uni yoniga olib bor. – Han qizga yaqin kelgancha ogʻir nafasini qizni yuziga pufladi.

– Avval meni shartimga rozi boʻl. – Sana asabiy koʻzlarini ochib yumagancha qoʻllarini musht qilib siqdi.

– Roziman, hammasiga, Yeon Mi menda boʻlmaguncha. – Han shoshilib javob bergancha tezlik bilan tashqariga chiqib ketdi.

Sana ham uning orqasidan chiqib, uni oʻzini kichik uyiga olib keldi.

– Bu uyda avval men yashardim, u payt Jungkook bu yerga umuman kelmasdi, chunki koʻp vaqtlarini Yeon Mi bilan oʻtkazib boshlagandi . . . . – Sana mavzudan tashqari gaplarni aytgancha biroz hijolat boʻlib chuqur uh tortdi.

– U ichkarida, tepa qavatda. – Han, Sanani bu soʻzlarini eshikdan ichkariga kirayotgan paytida eshitgancha, oʻzi bilmagan holda tezlashib, oʻziga kerakli xonani topgancha shoshilinch eshikni ochdi.

Chiyilash ovozi Hani boshini egallab olar ekan xonani oʻrtasiga yetgan yigit sekin astalik bilan polga oʻtirib qoldi. Bu chiyilash kuchayib borgan sari Hani koʻz oldi qorongʻulashib boraverdi. Ikki qoʻli bilan Han sochlarini changallab tez tez nafas olgancha oʻziga bitta gapni qayta qayta takrorlay boshladi.

– Uni koʻrishim kerak. – Polga qoʻlini qoʻyib arang ornidan turib yonidagi duch kelgan narsani mahkam ushlagancha, ingrash qilib qizni toshagini oldiga yetib, oʻzida kuch qolmay toʻshak oldida tiz choʻkib qoldi.

Hani tekis tutilgan yelkalari charchoq bilan yotoq yoniga egilgancha Han boshini qizni qoʻli ustiga qoʻyib koʻzlarini yumdi. . . .

—HOZIRGI VAQT—

Shifokorlar tipirchilab u tomondan bu tomonga yugurib yurishar ekan Jungkookni yurak urishi kamayib borardi. Osha kungi voqeadan soʻng Jungkook ham huddi Yeon Mini ahvoliga tushib qolgandi.

– Oq miyaga unchalik ham zarar bermagan, ammo bu degani uni saqlab qolish mumkin degani emas, undan hamma narsa kutish mumkin, bazi bir kasalliklarni, jumladan, xotira yoʻqolishi va miya oʻzidan oʻzi yolgʻon va boʻlmagan narsalarni aks ettirib xotira qilib olishi, bazi narsalarni eslaydi va bazi narsalarni eslamay ularni oʻrniga mutlaqo boshqa narsalarni eslashi mumkin, tayyor boʻlinglar. – Shifokor xonim Jungkookni odamlarini ogohlantirib qoʻygancha xonadan qolgan ishlarni hamshiralarga tayinlab qoʻydi.

Jungkookni odamlaridan biri boʻlmish Kai chuqur xoʻrsinib oʻzi ham tashqariga chiqdi. Jungkookni ahvoli meyoriga tushar ekan hamshiralar uh tortgancha yengillik bilan tashqariga chiqishdi.

– Bemorni ahvoli ancha yaxshi, bundan ortiq kafolat bera olmaymiz. – Hamshira egilib uzur soʻragancha ogohlantirib ketib qoldi.

– Ogʻir qadamlar. Yelkasida yuk koʻtarib yurgandek biroz bukchaygan yelkalar. Koʻzlar esa avvalgidek emas ichidagi uchqun yoʻqolgan. Sochlar biroz tartibsiz. U oʻzini yoʻqotib qoʻygan odam edi. Ammo bularni barchasi bu xonaga kirishi bilan yoʻqolib ketgandi. Bir yil ammo hali ham Yeon Mi komada yotardi.

Han, xushsiz yotgan Yeon Mini oldiga yaqinlashgancha uni hali ham hayot ekanligini koʻrsatib turgan monitorga qarab biroz yengilashdi. Ichida nimalar yonib nimalarni boshidan kechirmagan Han hozir qizni hali ham iliqlik bor qoʻlidan ushladi, hali ham urib turgan yuragini his qilardi.

– Qachongacha u yerda turmoqchisan? – Han qoʻpol eshikdan poylab turgan Sanaga gapirdi.

– Orqamdan pichoq urmoqchi bolsang, marhamat ammo qoʻlingdagi odamlaring bilan uzoqacham bora olmaysan . . . . Agar Jungkookdan intiqomingni olmoqchi boʻlsang xohlamasangda men bilansan. – Han hatto Sanaga etibor bermay Yeon Mi oldiga choʻkkalab tiz choʻkkancha bir qoʻli bilan mayin silash qildi qizni yonoqlarini.

– Bunday qilish niyatim yoʻq, faqat shunchaki Yeon Miga hasad qilaman, uni sendek odami bor, bir tomondan u uchun oʻzini oʻldirishgacham borgan telbasi Jungkook . . . – Sanani ovoz shakli ozgargancha biroz yotoq tomon yaqinlashdi.

– Uni hali ham sevasanmi? – Han, Jungkookni nazarda tutgancha Sanaga qarab savol berdi.

– Bilmayman, va bilishni ham istamayman, bu nafrat, ammo shirin, huddi sevgidek . . . Balki undan hammasini javobini olganimda bu hislar va toxtatib bolmas son-sanoqsiz hayolar yoʻqolar, balki meni ham hayotim Yeon Minikidek bir odam kirib kelar. – Sanani koʻzida biroz uchqun paydo boʻlgancha sezilmas tabassum qilib qoʻydi.

– Senchi, agar u uygʻonmasa, yoki xotirasini yoʻqotsa nima qilasan? – Sana yuzini yon tomonga burgancha, Hani Yeon Miga qanday qarashini koʻrib ichidagi havas hisini yoʻqota olmadi.

– Uni yonida mendan boshqa erkak boʻlmaydi va u meni sevib qolishga majbur, xotirasiga kelsak bunisi qiziq emas, avval ham keyin ham men bilan qoladi, uni koʻzida hech qachon Jungkookdek koʻrinmayman, uning ishini oldim ammo mendagi Han har doim Yeon Mi bilan . . . Men uniki edim uni Hani, u esa Yeon Mi edi, meniki, men bilan Yeon Mi boʻlgan, bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. – Han bir qoʻlini choʻzgancha Yeon Mini yuzini yengil barmoq uchlarida silab qoʻygancha yuragidagi quvonchdan tabassum qilishdan oʻzini toʻxtata olmadi.

Hozir koʻp narsa Hani qoʻliga oʻrgandi va bundan Kaini ham habari bor boʻlgani sabab u tuni kun shifoxonada edi, yagona umidi Jungkook xushiga kelib hammasini yana oʻz iziga solib qayta Jeon boʻlishi edi.

Kai asabiy oʻtirar ekan ichkariga kirib ketgan hamshirani qichqirigidan Kai ornidan sabchip turib xonaga tezlik bilan kirdi.

Kai ichkarida hushiga kelgan Jungkookni hotirjam hamshiraga jim boʻl degandek qilgan ishorasini koʻrib koʻzlariga ishonmay orqaga qadam tashladi.

– Janob, Janob, nihoyat oʻzingizga keldingiz. – Kai katta tabassum qilgancha Jungkook oldiga kelib egilib xursandchiligin bildirdi.

– Janob, nimalarni eslay olasiz? Hammasi yodingizdami? – Kaini yodiga shifokor aytgan soʻzlar kelib, tezlik bilan soʻradi.

– Esimda, Alderoni odamlari sabab avtohalokat natijasida shu yerga tushib qoldim, aytgancha Sana qani? – Shifokor aytganidek bazi xotiralar yoʻqolgan bazilari esa hayolatni oʻzidan kelib chiqqan.

– Mi xonimni eslaysizmi? Yeon Mi? – Kai koʻzlarini katta katta ochib Jungkookga diqqatini jamlab etibor berdi.

Jungkook bu isimni eshitib yuragida nimadir jimirlab ketdi, tushunib boʻlmas tuygʻu, huddi u nimanidir istaydigandek ammo nimaligini bilmaydi.

– Kim u? Bu qanday qizni ismi boʻldiku menga bunday taʼsir qiladi? – Jungkook sochlaridan qoʻllarini otkazgancha ornidan turdi.

– Han qayerda? U men yoqligimda Sana va kompaniyaga yaxshi qaradi deb oʻylayman. – Jungkook ornidan turmoqchi boʻlib harakatga kelib qoʻlidagi ulanib turgan narsalarni yulib olgancha ornidan turdi.

– Sizga mumkin emas, oʻzi endi xushingizga kelgansiz. – Kai qarshilik qilgancha Jungkookni yoʻlini tostdi.

– Yoʻlimdan qoch. – Jungkook jiddiy ohangda boʻyin qismini qirsilatgancha ingrab Kaini yoʻl boʻshatishini kuzatdi.

Kai asabiy koʻzlarini yumib ochib chetga chiqdi. Jungkook eshikni ochgancha tirsak bilan eshika suyanib atrofga qaradi.

– Shifoxona meniki ekanligini yodingdan chiqarma. – Jungkook ortidagi odamiga Kaiga gapirgancha sekin qadamlar bilan koridor boʻylab yura boshladi.

Yeon Mi/Pov:
Gʻalati tush, goʻyo menda unutilib ketgan narsalarni eslatmoqchi boʻlgandek, bir yigit har doim menga qoʻl choʻzadi ammo men yeta olmayman, unga u qandaydir uzoqda, uzoqlashadi . . . Menda xotiralarim ochib borayotganini his qilaman, buvimni oʻlim kechasi . . . Bu daxshatli bu kechani juda yaxshi eslayman, va oʻsha kechada yonimda boʻlgan yigitni esa yoʻq. Bu huddi kinodek, boshimdan oʻtgan ishlarni hammasini koʻrib chiqayapman, ammo tanamni qimirlata olmayman, hammasi chalkash . . . .

Koʻp terlash va daxshatli, maʼnosiz tushlar tasirida qiz tun yarimda koʻzini ochdi. Yeon Mi qorongʻu na yulduzlarsiz na oysiz osmonga tikildi. Bu qorongʻulikni faqat shahar chiroqlari yorita oladi.

– Menga nima boʻldi? – Yeon Mi bir qoʻlini yuziga olib kelgancha holsiz aylang oyogʻini sovuq polga qoʻygancha tanasiga sovuq yugurdi.

Qoʻliga ulangan narsalarni Yeon Mi uzib olgancha ornidan turib oynani ochdi. Shamol qizni terlab ketgan yuziga tegib qizni ancha sovutar ekan Yeon Mi oyoq uchida turib oynadan boshini chiqarib pastga egildi.

– Bu nima? – Pastga egilgan qizni koʻz oldiga osha kungi oʻzini oynadan tashlagan kun kelar ekan koʻz yoshlar bilan orqaga tirsaldi.

Yeon Mini nafasi notekis boʻlib tezlashgancha qadamlari yana ham tezlashib orqadagi devorga tegib yerga oʻtirib qoldi. Tizzalarini quchoqlab yuzini qoʻllariga komgan Yeon Mi koʻzlarini yumdi.

Tong shu tarzda kirib kelar ekan Yeon Mi tonga yaqin shu xolatda uyquga ketgandi. Uni koʻrgani kelgan hamshira eshikni ochib qizni yotoqda yoʻq ekanligini va ochiq oynani korib koʻzlari kattalashib ketdi qoʻrquvdan.

– Xonim, xonim. – Hamshira hali ham eshik yonidagi devorga suyanib uxlab qolgan qizni payqamay oʻynani yoniga kelib pastga qaradi.

U yerda hech narsa yoʻqligini koʻrgach biroz yengilashdi ammo tezda ortiga burilib qaraganda uxlab yotgan qizni koʻrib choʻchib ketgancha baqirib yubordi.

– Xonim, xonim, yaxshimisiz, qachon xushingizga kelgan edingiz? – Hamshira qizni yoniga choʻkkalab uni sekin silkitib uygʻota boshladi.

– Men bu yerda nima qilayapman, sizlar kimsizlar? – Yeon Mi oʻzini yana ham ortga olgancha koʻzlarini ochdi.

– Shu xonadan chiqmay kutib turing, men hozir kelaman. – Hamshira tashqariga chiqib, Hanga habar berdi.

Koʻp oʻtmay Han zarb bilan eshikni ochib ichkariga kirib bir burchakda hech narsani anglay olmay oʻtirgan qizni oldiga yaqinlashdi.

– Meni eslay olasanmi? Men Han. – Han qiz tomon qoʻlini choʻzgancha undan javob kutdi.

Yeon Mi qarshisidagi yigitga tikilib turgancha asta yutinib qoʻydi. Qizdan sado chiqmagach Han qizni yoniga choʻkkalagach biroz oʻylanib keyin gap boshladi.

– Sening boʻlajak ering va sevgiling Han boʻlaman, Han Jisung, men haqimda va ohirgi eslay oladigan narsang nima? – Han qizni yuzi tomon biroz egilib qizni noaniqlik bilan toʻlgan koʻzlariga tikildi.

– Bir yigitni eslayman, har doim meni yonimda boʻlgan, va buvimni oʻlimini, qolgan hech narsa yodimda yoʻq, avvalgi hayotim ham yodimda emas . . . . – Yeon Mi qoʻrquv bilan gapirib qoʻllari bilan yuzini beriktib oldi.

Qizni gaplaridan Han jilmaygancha, Yeon Mi aytgan yigitni oʻzi deb oʻylagancha qizni bagʻriga oldi.

– Har doimg yonigda boʻlganman, ammo birgina xatoyimni deb sen shu ahvoldasan, endi bunday boʻlmaydi, avvalgidek yoningda boʻlaman, ammo sen menga ishonishing kerak, meni aytganimni qilishing kerak. – Han qizga yolgʻon gapirgancha, unga hammasini tushuntirdi.

Yeon Mi bosh chayqagancha Hani bagʻridan biroz taskin topgancha endi uni yengil tortqilashidan oʻrnidan turdi.

– Hamshiraga biz ketayotganimizni aytaman, sen tashqaridagi mashina ichida kutib tur. – Han qizni uzun sochlaridan silagancha unga chiqish eshigini koʻrsatib oʻzi ortiga qaytib ketdi.

Yeon Mi biroz oʻylanib turgancha tashqariga chiqib, Han aytgan mashina eshigini ochib oʻtirar ekan, oynani tushirgancha chekadan ikki tomonga yurayotgan odamlarni sukutda tomosha qila boshladi.

– Nega hamma narsa tanishdek tuyuladi? – Yeon Mi bir toʻda boʻlib otib ketayotgan odamlarni tomosha qilgancha ularni biri oʻzi tomon kelishini kuzatdi.

– Mi xonim? – Kai qizni koʻrishi bilan koʻzlari kattalashib, u va hamma Yeon Mini oʻlgan deb bilardi.

– Men sizni taniymanmi? – Yeon Mi biroz duduqlangancha hayrat bilan gapirdi.

– Yoʻq shunchaki sizni kimdir bilan adashtirib yuboribman. – Kai biroz asabiy gapirib uzur soʻrab, tezlik bilan shifoxonaga kirib Hani izlay boshladi.

Han hotirjam va biroz xursand koridor boʻylab ketayotgandi Kai uni burchakka tortdi.

– Yeon Mi tirik ekanligini nega aytmading?! Va u xotirasini yoʻqotganligichi?! Jungkook xushiga keldi, ammo avvalgidek emas, faqat Sana va seni eslay olaydi, va bazi bir xotiralari miyasi tomonidan toqib chiqarilgan, endi esa u seni va Sanani soʻrayapti. – Kai asabiy gapirgancha Hani yoqasidan ushladi.

– Yeon Mi haqida aytsam nima oʻzgarar edi, baribir u ham Jungkook ham xotirasi yoʻq, bu menga ishlaydi, sen esa aralashib chigalashtirishni hayolinga ham keltirma, Yeon Miga meni sevgilim va boʻlajak ayolim ekanligini aytdim, huddi shunday boʻlib qoladi ham. – Han, Kaini qoʻlini oʻzidan zarb bilan olib tashlab bir qoʻli bilan Kai ushlagan yerni qoqib qoʻydi.

– Sanani bolsa ogohlantir, yana xato qilishga haqqi yoʻq, endi oʻzini avvalgidek tutsin, meni esa sizlarni bilan bir tiyinlik ishim yoʻq. – Han ogohlantirish berib ketib qoldi.

Yeon Mi oʻzi tomon kelayotgan tanish insoni koʻrib tabassum qilgancha qoʻl siltab qoʻydi.

– Kutib qolmagan boʻlsang, uyga boramiz, keyin esa dam olasan. – Han qizni sochidan silagancha mashinani ishga tushirdi.

Jungkook osha eski uyiga qaytib kelib katta eshiklarni ochgancha ichkariga kirdi. Hamma narsa oppoq matoga oʻralgan holda, bazi bir narsalarni ustida sezilarli chang bor. Bu yerda oʻsha Jeon xonim va Yeon Mi bilan yashagan onlarni butunlay xotirasidan otar ekan eslagan narsasi faqat qizni kichik tanasi.

– Bu yerda nima boʻldiki men eslay olmayman . . . . – Jungkook chuqur nafas olgancha tepa qavatga chiqib xonalarni hammasini birma bir koʻrib chiqa boshladi.

Bu uydan Yeon Mi oʻzi olib kelgan narsalarni olib ketgandi, Jungkook sovgʻa qilgan yoki olib bergan unga tegishli boʻlgan hamma narsani shu yerga tashlab ketgandi.

– Bu xonani yigʻishtirib olish kerak ekan. – Jungkook hamma narsa yoyilib yotgan buyumlarni koʻrgach telefonini olib Kaiga xizmatkorlar topishini buyurdi.

Qiz bolaga tegishli kiyimlar, taqinchoqlar, va atir, har hil narsalarni koʻrgan Jungkook qoshlarini chimirdi.

– Sanaga bunday narsalar olib bermagan edim. – Jungkook stol ustidagi rasmlar va rasm chizish uchun kerakli narsalarga qoʻl chozar ekan bilagidagi soch bogichga koʻzi tushdi.

– Bu kimniki? – Bilagidagi soch bogichni koʻrgan Jungkook hayratda qoldi.

Asabiy va tez rasmlarni birma bir korib chiqar ekan ularni koʻpida oʻzi aks ettirilgan edi.

– Bular kimniki? Kim edi u qiz? Nega men bu uyda men va oyim bilan yashab shuncha voqealar yuz bergan qizni eslay olmasam, tanimasam . . . ? – Bu savol boʻshliqqa berilar ekan bu savol faqat oʻzi uchun edi.

– Bu bogich nima uchun shuncha payt meni bilgaimda, undagi bu ifor nega meni tinchlantira oladi? – Jungkook koʻzlarini asabiy yumgancha Kaiga qoʻngʻiroq qildi.

– Sanani oldimga olib kel. – Jungkook Kaiga buyruq bergancha qoʻngʻiroqni yakunlab pastki qavatga tushdi.

Pastki qavatdan hamma oynalarni yopgancha pardalar bilan toʻsib uyni qorongʻuga chomdirdi. Bu aura bu qorongʻulik Jungkookga oʻzi istagan narsani berar ekan Jungkook endi hotirjam bola boshlagandi. Avvalgi hayotiga qaytgan bu erkak har doimgidek astalik bilan shisha qimmatbaho sharopni ochgancha oʻrindiqqa oʻtirib boshini orqaga tashladi.

Koʻp vaqt oʻtmay Kai ichkariga Sanani olib kirib unga yana qayta tushuntira boshladi.

– Aytganlarim esingdan chiqmasin, oʻzingni qoʻlga ol. – Kai qizga uqtirgancha uni ichkariga kirgazib yubordi.

– Jungkook . . . . – Sana ehtiyot bilan erkakni ismini sekin pichirlab aytgancha boshini orqaga tashlab koʻrilari yumuq boʻlgan erkakga qaradi.

– Nega oʻzingni boshqacha tutayapsan? Nega ovozingda havotir koʻzlaringda qoʻrquv bor? – Jungkook joyida qimir etmay qoʻlidagi shisha idishni siqimladi.

– Haligi . . . .

– Mendan nima yashirayapsiz? Kai sen va Han sizlar bilasiz nimadir men bilmaydigan va bilishim kerak boʻlgan narsani. – Jungkook sekin orqaga tashlagan boshini oldinga egib Sanaga qaradi.

– Jim turma ! Bu bogich seniki emas, hatto undagi ifor boshqasiga tegishli ! – Jungkook gʻazab bilan oʻrnidan turib Sanani oldiga yaqinlashdi.

– Rasmlar topdim, har bir burchakda har bir kiyimimni choʻntagida osha qizni rasmi, laʼnati ! Nega . . . ?

—THE END—