"Slowaive"
Chapter⁴
Silnoir – men uchun qonun edi
– Namjoon maktabga yetib kelishi bilan tushib ustki kiyimlarini toʻgʻrilab ichkariga kirdi.
– Bugun ovqatlangani boraylik men mehmon qilaman ! – Yeon Mini dugonasi Yeon Soo Nari bilan Yeon Miga qarab gapirib ketar ekan Yeon Mini koʻzi ichkariga kirib kelayotgan odamda edi.
– Sizlar borib turinglar, meni ishim bor. – Yeon Mi ikkala dugonasini ichkariga kirgazib oʻzi eshikni yopdi.
– Janob Namjoon? – Yeon Mi erkakni ismi bilan chaqirar ekan Namjoon joyida toʻxtab qoldi.
– Bu yerda nima qilayapsiz? Sferani oldiga kelgan boʻlsangiz u allaqachon qayergadir ketgandi. – Namjooni oldiga kelgan qiz uni maqsadini sezgancha gapirdi.
– Qayerga? – Namjoon tishlarini gijirlatib asabiy soʻradi.
– Bilmayman, menimcha uyga. – Yeon Mi hotirjam biroz kulgancha javob qaytardi.
Namjoon qizga bosh chayqagancha oʻrtiga oʻgirilib yana qayta mashinasiga oʻtirdi. Namjoon sukutda ketar ekan miyasida faqat jimlik edi. U har doim oʻz ishini sokinlik bilan bajarardi hech qanday ortiqcha hislarsiz. Hotirjam. Sfera bilan nima qilishni ham hotirjam oylab uyga yetib keldi.
– Jang xonim, Sfera qayerda? – Bu uyda 3 yildan beri ishlaydigan xizmatkor ayoldan Namjoon kelib soʻradi.
– Janob Silnoir, xonim orqa hovlidalar. – Namjooni ismini hamma unutgandi u endi hamma uchun Namjoon emas —Silnoir – edi.
Namjoon tezda orqa hovliga otar ekan omborxonadan musiqa ovozini eshitishi bilan muz maydonchasiga kirdi. Ichkarida Sfera Namjooni payqamasdan muz ustida aylanardi.
Nafis harakatlar bilan ikkala qoʻlini atrofiga chozgancha orqa oyogʻini birini koʻtarib havoda muallaq ushlab turdi, keyin bir aylanish va musiqa sadosi yakunlandi . . . . .
– Barakalla. – Namjoon muz ustiga chiqmasdan qarsak chalar ekan lab chetida jilmaydi.
– Bunday qattiq mashq qilsang ham yetarli emas. – Namjoon yerga choʻkkalab oʻtirgancha muz ustidan barmoq uchlarini surtib chiqdi.
Namjooni gaplaridan tabassumi songan Sfera muz ustidan tushib oyogidagini yechgancha Namjooni oldiga keldi.
– Hoʻsh nima? Qilsam sizga qanday odam ekanligimni koʻrsatish uchun qilayapman ! – Sfera biroz ovozini koʻtarib gapirdi.
– Sfera . . . Oʻzi bugun qilgan ishing uchun seni shu muz bilan bitta qilishim kerak edi. – Namjoon gapirish mobaynida qizni qulogʻini oldidan qoʻllarini oʻtkazib uning sochlarini orqaga tortib siqimladi.
– Men shunchaki hazil qilgandim. – Sfera ogʻriqdan koʻzlarini yumdi.
– Hazil? Qaysi aqiling bilan hazil qilding? Men bilan? – Namjoon yana ham qattiqroq tortib siqimlab bir siltash bilan oʻzini yuziga yaqin olib keldi.
– Janob Silnoir, boshqa qaytalanmaydi, kechiring. – Sfera koʻzlaridan dumalab kelayotgan yoshlarni bir qoʻlini koʻtargancha artib ikkinchi qoʻli bilan Namjooni bilagidan ushladi.
– Qaytar. – Namjoon qatʼiy buyruq berar ekan Sfera ogʻriqqa chidamay ikkinchi qoʻlini ham Namjooni bilaklariga qoʻydi.
Sfera jim turar ekan sukunatini mayin yutunish ovozi buzdi. Sfera labini tishlab koʻzini yana ham mahkam yumib joyida qilt etmay turganda Namjoon siltash bilan uni qoʻyib yubordi.
– Bugun shu omborxonada tunaysan. – Namjoon orqasiga qaramasdan eshikni yopib qulfladi.
– Jin ursin* seni ablah ! – Sfera Namjooni orqasidan uni sokancha qolib muz ustiga oʻtirib qoldi.
Namjoon uyga kirib oʻtirmay mashinasiga qaytdi.
– Yangi bolalar kelar ekan eshitingizmi? – Haydovchi orqa oʻrindiqda oʻtirgan boshligʻiga gapirdi.
– Ularni oldiga boramiz. – Namjoon past ovozda buyruq berdi. Haydovchi esa buni darrov tushunib mashina haydadi.
Mashina shahardan chiqib toʻgʻri shahar tashqarisidagi kattakon pentxausni oldida toʻxtatdi.
– Ichkarida koridorga hamma yangi bolalarni toʻpladik. – Namjoonga uning yordamchisi mashina eshiklarini ochib bergancha gapirdi.
Namjoon uy ichkarisiga kirib borar ekan bir qator boʻlib tizilib turgan bolalar "Silnoir shumi?" Degan pichirlash gaplarini aniq eshita olardi.
– Men Silnoir butun boshli yoʻllanma qotillarni eng boshi boʻlaman, bugundan boshlab sizlar men bilan birga ishlaysizlar, evaziga men sizlarga ish, uy, oila, pul, hadiya etaman, sizlardan kutadigan yagona narsam sodiqlik va men bilan ohirigacham borishdir. – Namjoon sekin astalik bilan ortidagi oʻrindiqqa oʻtirib gapirdi.
– Rostdan ham sovuqlik egasi Silnoir shumi? – Bolalar orasida pichirlashlar kuchayib ketar ekan Namjoon yana gap boshladi.
– Silnoir - qora sukunat egasi, menga bu nom yillar avval berilgan, qotilni doʻsti va quroli bu sukunatdir, qachonki sen oʻz buyurtmanga asos qilib kimnidir oʻldirgani kelganingda sukutda oʻldirishing kerak, agar bu sukut buzilsa senga buyurtma bergan odam bilan oʻzingni ham jarga itarasan, har doim xatosiz ishlashga harakat qiling toki sizlar mendek odamni qoʻlida tarbiya bilan bilim olayapsizlar. – Namjoon sekin astalik bilan oʻrnidan turdi.
– Ketamiz. – Namjoon orasida turgan odamlarga buyruq bergancha bu pentxausdan chiqib ketdi.
XXXX- yil Koreya
Saroyda hamma marosimga tayyorgarlik qilib yurardi. Qirolicha ona qirolicha boʻladi Namjoon esa qirol boʻlib taxtga oʻtiradigan kun uchun. Namjoon qoʻshni qirollikdan kelguncha hammasi tayyorlanib qoʻyar ekan Yeon Mi bu kun uchun alohida tayyorgarlik koʻrdi. Bu marosimni birinchi qismi saroyga boʻlgan yoʻl yaniy qishloqni aylanib chiqish edi. Namjoon ikkita sarkardani ortida ot ustida ketar ekan uni ortidan katta taxt ustida ona qirolicha boʻlmish Namjooni oyisi 6 nafar insoni yelkasidagi taxtda magʻrurlarcha ketardi.
Yeon Mi ustiga moviy rangda boʻlmish mayda gullarni rasmi aks ettirilgan hanbokni kiygancha sochiga Namjoon sovgʻa qilgan soch tognogich u taqib ohirigi bor koʻzgudagi aksiga tabassum qilib qaragancha joyidan qoʻzgʻaldi. Namjoonga koʻrinish uchun qiz olomonni aylanib otgancha ikkita qari ayollarni yoniga turdi.
– Bu nimasi? – Yeon Mi qoshlarini chimirgancha ona qirolichani taxt ustida ketayotganini koʻrib.
– Namjoon, yaniy qirol ketishi kerak emasmidi bu taxt ustida? – Yeon Mi oʻziga gapirar ekan uni gapini eshitgan ayollarni biri javob bera boshladi.
– Qirolimiz yaxshi inson, u oʻz odamlarini qiynab qoʻygisi kelmay oddiy odamlar kabi ot ustida ketayapti. – Ayolni gapi yakunlangancha uni yonidagisi soʻz qoʻsha boshladi.
– Kim qirolligida endi yaxshi davr keladiganga oʻxshaydi, hatto ona qirolicha ham hech narsa qila olmaydi. – Ikki ayol Namjooni kuzatishgancha gapirishdi.
–Haa, endi hammasi yaxshilanadi. – Yeon Mi ham ularga qoʻshilgancha kichik tabassum qilib qoʻydi.
– Sen kim boʻlasan qizim? Koʻrinishing juda chiroyli qaysi mansabdan bolasan? – Ayolni biri oldiga bir qadam tashlab Yeon Miga biroz yaqinlashdi.
– Men . . . . . Haligi . . . . Aslida 5 yoshimda ota onam meni oziq ovqat uchun sotib yuborgan qishloqni tabibi boʻlmish janob Jeonga. – Yeon Mi biroz jazavaga tushib gapirdi.
– Jeon oilasidanman degin, ular ham oddiy emas, koʻrinishingda malikaga oʻxshaysan, oddiy halqini orasida farishta misol porlab yuribsan, senga ham qirol yoqadimi? – Ayol biroz tabassum qilib ayyorona gapirdi.
– Aslini olganda ha, ammo bu sir boʻlib qolsin, endi men borishim kerak, suhbat uchun esa rahmat. – Oʻynoqi tarzda Yeon Mi kulgancha biroz egilib keyin orasidagi koʻcha ichiga kirib ketdi.
Toj kiydirish va qirollik marosimlari tugab boʻlgach Namjoon kiyimini old qismini ochib olgancha oynadan kirgan shamolga mushakli tanasini sovutishiga qoʻyib berib, oppoq shishadagi oliy darajadagi sharobni hoplab oʻtirardi.
Tun boʻlgani uchun tungi osmonda yulduzlardan boshqa hech narsa yoʻq edi. Bu safar atrofni yoritib turuvchi oy ham yoʻq edi. Yeon Mi yoʻlak boʻylab sekin qadamlar bilan chuqur oʻyga choʻmgancha boshini biroz egib Namjooni eshigini oldiga kelib toʻxtadi.
Yeon Mi koʻp oʻylanib turdi. U bu ishlarga oʻzini tayyor emasdek sezardi, ammo hozir bulardan bosh tortib butunlay voz kechsa keyin u bilan otasi Jeon bilan sodir boʻladigan ishlardan qoʻrqardi.
– Kech kelganim uchun uzur. – Yeon Mi oʻzini oʻnglab olgancha eshikni ochib ichkariga kirib, charchoq ila tabassum qildi.
– Ayni vaqtida kelding. – Namjoon qoʻllarini tepaga koʻtarib ularni yoygancha qizni yalang tanasiga tortib quchoqladi.
– Meni qirolicha boʻlishimga qarshilar koʻp boʻladi, agar bunga hech kim rozi boʻlmasachi? – Yeon Mi biroz oʻzini Namjoondan uzoqlashtirgancha gapirdi.
– Menga qiziq emas, qiziq boʻlgan narsa shuki seni yonimda olib qolish, shunday ekan, oʻzingni keraksiz hayollardan tozala, yoki oʻzim boshqacha uslub bilan chalgʻitib beraman. – Namjoon gapini boshini jiddiy ohirlarini esa hazil aralashni qizni mazax qilib gapirib yana uni oʻziga tortdi.
Sfera ombordan chiqar ekan sovuqdan lablari koʻkarib qolgandi. Kun esa har doimgidek bulutli. Shamol mayin esadi, ammo sovuq. Bunda ob-havoga oʻrganib qolgan Sfera uy ichkarisiga kirganida mashina tovushini eshitib chetga oʻtdi. Ohirgi paytlarda ancha oʻrganib qolgan qiz, oʻzi bilmagan holda itoat qilishni boshlagandi. Eshik ochilib ichkariga oʻzini sovuqligini tarqatgan Namjoon hech kimga qaramasdan tepa qavatga koʻtarilib ketdi. Unga salom berib chekada egilib turgan Sfera endi ushlab turgan nafasini chiqarib uh tortdi.
– Sfera xonim, sizga nimadir kerakmi? – Xizmatkor ayol qizni ancha oʻzgarib qolganini sezgancha havotir ila soʻradi.
– Yoʻq shart emas, men tepa qavatda xonamda bolaman. – Sfera egilib rahmat aytgancha oʻzi ham zinalardan koʻtarilib oʻzini xonasini oldiga kelgancha eshikni ohista ochib ichkariga kirdi.
– Yaqinda aqildan ozaman. – Sfera sochlarni gʻijimlagancha asabiy ikki tomonga yura boshladi.
– Asabiylashma, shu vaqtgacham koʻp yigitlar bilan uchrashgansan, va bu ham huddi shunday tuygʻu. – Sfer oʻzini tinchlantirishga urinib tirnoqlarini asabiy tishlay boshladi.
– Buni . . . . Buni sinab koʻrishni bir yoli bor. – Chuqur nafas olgan qiz endi xonasidan chiqancha oʻziga taqiqlangan eshik oldiga keldi.
– Janob Silnoir, sizdan soʻramoqchiman, lekin avval siz halol boʻlishga vaʼda bering. – Sfera qadini rostlagancha, sezdirib qoʻymaslik uchun bilinmas lab tishladi.
– Hoʻsh? – Namjoon davom et degandek qoʻlidagi qogʻozlarni stol ustiga qoʻydi.
– Koreyada shunday gaplar borki, sevgi bu sen uchratgan qor, va u hech kimnikiga oʻxshamaydi, shu uchun birinchi sevgi va ohirgi sevgi qor misol keladi, uni koʻrganingda qanchalik sovuq boʻlmasin yuragingda quvonch paydo boʻladi, va yuzinga tabassum tarqaladi, huddi shu baxtni quvonchni sevgi demakdir. Hoʻsh, Janob Silnoir, siz uchun sevgi nima? Oʻsha rasmdagi qiz birinchi qoringiz boʻlganmi? – Sfera gapirish mobaynida stolga yaqinlashib Namjooni qarshisiga kelib toʻxtadi.
– Bunday ahmoqona savol berma, yosh bolsa emassan, koʻrinib turibdiki Koreya madaniyati va unga tegishli koʻp narsalarni oʻrganib olibsan, endi xonanga qaytib uxla. – Namjoon jiddiy gapirib qoʻliga qayta qogʻoz olganda, qogʻozni mahkam ushlashga ulgurmay Sfera uni tortib oldi.
– Bu hech qanday yosh bolalik emas ! Aksincha siz oʻzingiz yosh boladek qochayapsiz ! – Sfera jahl bilan qoʻlidagi qogʻozlarning ortga tashlagancha qoʻllarini zarb bilan stol ustiga urdi.
– Javobimni kutayapsanmi? Haa, u mening birinchi qorim edi, ammo u koʻp vaqt turmadi, shunchaki erib ketdi, undan hech narsa qolmadi faqat quruqlik, bu yerda hech narsa osib chiqa olmaydi toki u qor qaytib yogʻmaguncha. – Namjoon ornidan turib qizga bir qadam masofa olis turganiga qadar yaqinlashdi.
– Demak rost, ammo oʻsha birinchi qoringiz endi boshqacha boʻlsachi? Hoʻsh? – Sfera ayyorona lab chetida jilmaygancha koʻrsatkich barmogʻini Namjooni koʻkrak qismiga bosdi.
Namjoon tasdiq maʼnosida qoshlarini chimirdi, Sfera boʻlsa tabassumni kengaytirib Namjooni qayta joyiga oʻtirgʻizdi.
– Bugun muz ustida mashq qilayotganimda yangi narsalarni oʻrgandim, Janob Silnoir, sizga manzur keladi deb oʻylayman, ammo bundan avval men biron nimani oʻzimda sinab koʻrmoqchiman.