September 20

"Slowaive"

"Slowaive"

Chapter⁵

– Bugun muz ustida mashq qilayotganimda yangi narsalarni oʻrgandim, Janob Silnoir, sizga manzur keladi deb oʻylayman, ammo bundan avval men biron nimani oʻzimda sinab koʻrmoqchiman. – Sfera biroz noz qilgancha Namjoon tomon, uning sabrini sinagancha yaqinlashdi.

Sfera Namjooni boʻyindan qoʻllarini oʻtkazgancha oyoq uchida turib, Namjooni yuzi tomon asta yaqinlashganda, telefonga boʻlgan qoʻngʻiroq Sferani uzoqlashishiga olib keldi. Namjoon qizni qoʻllarini sovuqlik bilan oʻzidan siltab tashlar ekan, telefonini kiyimini choʻntagidan chiqarib ekrandagi Yeon Mi ismini koʻrishi bilan tezda xonadan chiqib ketdi.

Bu isimni Sfera ham koʻrishga ulgurib qolar ekan asabi buzilib, kulib turgan yuzi tekislandi. Sfera Namjooni orqasidan poylab eshik ortidan uning suxbatini eshitar ekan qoshlari chimirildi.

– Bugun bosh boʻlsang, hozir, doʻkoningni oldidagi hiyobonda kutib tur. – Namjoon, Yeon Mi bilan uchrashuvni belgilar ekan, suxbatdagi har bir soʻzni eshitgan Sfera eshik ortidan qoʻllarini musht qilib siqdi.

Namjoon goʻshakni qoʻyib ortiga oʻgirilib, eshikni tutqichiga endi qoʻl choʻzganda, eshik oʻzi ochilgancha eshikni nargi tarafidan Sfera bilan yuzlashdi.

– Uyga ertaga qaytaman, hozir zarur ishim chiqib qoldi. – Namjoon, qizni chetlab oʻtmoqchi boʻlganda, Sfera Namjoon koʻksidan itarib, oʻzi ham xona ichkarisiga kirgancha eshikni ortidan qulfladi.

– Nima qilayotganingni oʻzing anglayapsanmi, Sfera? Ozgina kel, sen Aleksandroni qizi Sferasan, obroʻyinga mos kelmaydi, qotil bilan qilayotgan ishing. – Namjoon, qizni u tomon tashlayotgan qadamini bittada toʻxtatdi.

– Toʻgʻri, ammo bu obroʻyimdan voz kechaman, qotilni sevgani boʻlaman desamchi? Otamdan himoya qila olasizmi? – Sfera koʻksiga qoʻlini qoʻygancha moʻltilab soʻradi.

– Kech qolayapman, gaplaring haqida yaxshilab oyla, va unut. – Namjoon kiyimini ichki choʻntagidan qoʻl soatni chiqarib soatga qaragancha gapirdi.

– Keta olmaysiz, agar shu eshikdan uni deb chiqib ketsangiz, huddi avvalgi hayotingizda yoʻqotgan insoningizni yana bir yoʻqotasiz. – Sfera bor ovozi bilan baqirdi. Namjooni harakati asta sekinlashdi, u endi ketmaydi.

Namjoon ortiga, hiqqilab yigʻlab turgan qizni oldiga borgancha uni bagʻriga bosdi. Ammo Sfera koʻz yoshlarini artgancha hissalariga erk berib, Namjooni lablari bilan oziniki toʻqnashtirgancha, Namjoon bilan toʻshakka chiqdi.

Yeon Mi kech tushib qolishiga yaqin, doʻkoni atrofiga bir nazar tashlab qoʻydi. Kutayotgan odami koʻrinmagach, doʻkonini yopgancha, tashqariga chiqdi. Doʻkondan unchalik ham uzoqda joylashmagan hiyobon ichiga kirar ekan, chiroqlarni ostidagi skameykalarni biriga kelib oʻtirdi. Kuz boʻlganligi sabab Yeon Mi biroz sovuq qotgancha xoʻrsinib qoʻydi.

– Opacha! – Orqadan kelgan bolani ovozidan Yeon Mi ortiga oʻgirilib qaradi.

– Bunday sovuqda nima qilayapsiz? – bola mayda qadamlar bilan Yeon Mini oldiga kelib soʻradi.

– Oʻzingchi? Yoshing nechida ota onang qani? – Yeon Mi biroz boladan havotir olgancha, hiyoboni ichiga yana bir bor koʻz tashlab chiqdi.

– Siz oʻylagandan ancha kattaman, yoshim deyarli 11ga qarab ketayapti, ota onam bilan esa ishingiz boʻlmasin, begonalarga ortiqcha narsa aytmayman. – Bola, Yeon Mi oʻtirgan skameykani ikkinchi chetiga chiqib oʻtirgancha dedi.

– Hoʻsh unda isming nima? – Yeon Mi, bu yoshgina bolani hozirdan oʻzini katta odamdek tutishidan biroz kulib soʻradi.

– Kai, siznikichi? – Kai endi oʻrtadagi iliq tanishlikdan, biroz Yeon Mi tomon siljidi.

– Yeon Mi, chiroyli isim, shunday emasmi? – Yeon Mi oʻzini ismini, tilida aytgancha biroz kuldi, chunki rostdan ham oʻzini ismini yaxshi koʻrardi.

– Ismingiz ham oʻzingizga oʻxshagan chiroyli ekan, opacha, shu yerda biroz kuting, meni sovgʻam boʻr. – Kai oʻrnidan turib qayergadir yugirib ketar ekan, bech daqiqadan soʻng orqasiga biron nimani yashirib keldi.

– Nima? – Yeon Mi, Kaini kichik tanasi orqasidan koʻrinib turgan gullarni koʻrmaganlikka olib soʻradi.

– Bu gullar ohirigisi, ularni sizga tekkinga beraman, faqat chiroyli boʻlganingiz uchungina. – Kai ortidan moviy liliyalarni chiqarib qiz tomon qoʻl choʻzib uzatdi.

Gullarni koʻrishi bilan Yeon Mi burnini tortgancha, koʻzlari chaqnab, porlab ketdi. Qoʻliga gullarni olar ekan, tok urganday bir narsa jiz etdi. Yeon Mini yuzidagi xursandchilik yoʻqolib ketar ekan, yuz ifodasi oychan boʻlib qoldi. Yeon Mini koʻz oldiga oʻzini oʻlimi kelar ekan, sovuq qor ustida qonga belangancha yotgani gavdalandi. Bu qizni oyga solganda Kai uni yelkasidan biroz turtib qoʻydi.

– Nimadir boʻldimi opacha? – Kaini savolidan, Yeon Mi biroz oʻziga keldi, va maʼyus tabbasum qilib qoʻydi.

– Yoʻq hech narsa, sen bularni oʻylama, faqat menga aytchi, bu gullarni qayerdan olding? – Yeon Mi oʻrnidan turib, Kaini oldiga choʻkkalab oʻtirgancha soʻradi.

– Bu gullarni oʻzimiz ostiramiz, mening 6 yoshli kichik singlim bor, oyim kasal boʻlib qolganidan soʻng, u bu gullarni ekib oʻzi parvarish qila boshlagandi, chunki bu gullar uni xursand qilardi, va hozirda pulimiz yoʻqligi sabab men gullarni sotayapman, buni sizga ishonganligim uchun, menga achinishingiz va pulingiz kerak emas. – Kai qoʻllarini musht qilib siqib dedi. Yeon Mi bolsa uning gapidan biroz sukutda qoldi.

– Hiyoboni qarshisidagi gullar doʻkonini bilasanmi? Osha meniki, agar qarshi boʻlmasang birga ishlaymiz, menga moviy liliyalar yetishmayapti, sen boʻlsa har kuni ularni menga olib kelib berasan, keldikmi? – Yeon Mi qoʻlini choʻzgancha kelishuv tuzmoqchi boʻldi, shu yoʻl bilan u Kaiga yordam bera olardi.

– Kelishdik. – Kai qizni qoʻlini berar ekan, Yeon Mi Kaini kichik qoʻlini biroz siqib qoʻydi.

– Endi esa uyinga bor, singling havotir olayotgan bolsa kerak, va endi yaxshilab oʻqib, singling va oʻyinga koʻz quloq boʻl. – Yeon Mi Kaini joʻnatib yuborar ekan oʻzi hiyobonda biroz qoldi.

Soʻngra oʻsha koʻz oldiga gavdalangan voqeani hayolidan yana bir martta oʻtkazar ekan hammasi aniq tiniq koʻrsatilgandi.

OSHA VOQEA

Keng oppoq Hanbokda Yeon Mi qalin qor ustida, tanasiga tekkan uchta oqni oʻgʻrigi taʼsirida yerda yotardi. Yeon Midan sizib chiqqan qon allaqachon qorni eritib unga singib ketgandi.

Yeon Mi azobda hali tirik ekanligini his etar ekan, unga kamondan oʻq uzgan odamni faqat oyoqlari koʻrinardi.

– Mening oʻlimim keyingi hayotingizda siz bilan sodir boʻlishini xohlayman, qirol. – Yeon Mi ohirgi gaplarini aytar ekan, erkakni qoʻlidan tushgan kamon va oʻsha erkakni u tomon yugurib kelishi u koʻrgan ohirgi manzara edi.

TONG

Kuzni sovuqligiga qoʻshilib uyni sovuq muhitiga mehmon boʻlib keldi yana bir inson.

– Sizni Koreyada koʻrish men uchun katta sharaf, bu yergacha hatto Sferga ham aytmasdan kelibsiz, bunga nima sabab boʻldi? – Namjoon intizomlik bilan qoʻlidagi kichik piyoladagi ichimlikni hoplab soʻradi.

– Qizim uchun keldim, agar u rozi bolsa uni Rossiyaga koʻz oldimga qaytarmoqchiman. – Aleksandro maqsadini aytar ekan, Namjooni bu oyga soldi.

Ikkisi ham mehmon xonada ish boʻyicha gaplashishni boshlaganda tepadan Sfera, otasini kelganini koʻngli sezgandek yugurib tushdi. Eshikdan kirib toʻgʻri otasini boʻyniga yopishdi.

– Я так скучала тебя пап (sizni qanchalar sogʻindim ota) . – Sfera yigʻlab yuborishga shay turib dedi.

– Знаю я, милая моя, я здесь чтобы тебя обратно забрать ( Bilaman, azizim, seni olib ketish uchun shu yerdaman. ) – Aleksandro qizini javoban endi bagʻriga bosmoqchi boʻlganida, Sfera tezda ortga chekindi.

– Пап, прости, но я уже выбрала свой путь и судьба, и это он, мы уже сделали то что нам надо было. ( Ota, kechiring, ammo men oʻzimni yoʻlim bilan taqdirimni allaqachon tanlab boʻldim, va bu u, biz ikkimiz oʻzimizga kerakli ishni allaqachon qilib boʻldik.) – Sfera Namjooni qoʻlidan tutdi.

– Ты?! Сумасашла?! Ты не можешь! Ты же единственная дочь Александро! (Sen?! Aqildan ozdingmi?! Qila olmaysan! Sen ahir Aleksandroni yagona qizisan. ) – Aleksandro Sferani yuziga tarsaki tushirib yubordi. Toʻsatdan boʻlgan ishni Sfera kutmagandi, biroz tarsaki kuchidan yon tarafiga irgʻib ketdi, yuzi bolsa qizarib achishib ogʻrigancha bu safar diydor tamidan emas otasini munosabati va tarsaki taʼsirida yigʻlab yubordi.

– Unga nima qilding sen ablah? Senga qizimni ishongandim, undagi mening nomusimni olishingiz emas. – Aleksandro endi Namjoon tushunishi uchun koreyscha gapirib, unga qurol oqtardi.

– Не надо! (Kerak emas!) – Sfera Namjooni oldiga oʻtib uni toʻsib qolar ekan, Aleksandro qizargan koʻzi ila qiziga jonini bir boʻlagiga qaradi.

– U qotil, seni istagan payti koʻchadagi foxshasi uchun oʻldirib ketishi mumkin, sen mening yuzimni yopib turgan oq matrasim eding, ammo unga dogʻ tushirding. – Aleksandroni koʻzidan yosh bir ikki tomchilab tushar ekan, oʻzini zaifligini koʻrsatmaslik uchun oʻzini tiydi.

– Ota, dushmanimni qoʻlida yengil oʻlganimdan koʻra, qotil sevgilimni qoʻlda azobda oʻlganim afzal. – Sfera Namjoondan dalda kutdi, ammo uning biroz ensa qilib turgan yuz ifodasidan koʻzlari kattalashib ketdi, va koʻziga yosh oldi.

– Oʻzingni yoʻlingni oʻzing tanlagan ekansan, unda ota sifatida senga shart qoʻyaman, senga oʻzim yangi tansoqchi yoʻllayman, va u qotil bilan bir uyda tugul bir shaharda yashamaysan, hatto boshqa maktabga koʻchib otasan. – Aleksandroni qatʼiy buyrugʻidan Sfera otasini oyoqlari oldiga tiz choʻkdi.

– Oʻtinaman, unday qilmang, meni undan uzoqlashtirmang, avvalgi holatimga qaytishni istamayman. – Sfera otasiga yolvorar ekan, Namjoon qizni yelkasidan ushlab asta turgʻazdi.

– Eshit Sfera, sen meni tanlading, seni tashlab qoʻymayman, dunyodan voz kechib meni tanlagan ekansan, sendan voz kechib ketayotgan dunyoni yana qaytaraman senga, sen endi Aleksandro qizi emassan. – Namjoon qizni oʻzini ortiga olganda, Sferani butun tanasi xotirjamlik egalladi.

– Janob Aleksandro sizni omonatingizga hiyonat qilganim rost, ammo hali ham u meniki, qizingizdan havotir olmang, balki menga ishonmay unga boshqa tansoqchi ham yoʻllashingiz mumkin ammo baribir qizingiz mening ongim ostida harakat keladi, tanlovni bu yerda na Sfera na men qilmayman, tanlov qilish kerak boʻlgan inson sizsiz. – Namjoon oʻziga ishonchli gapirdi.

– Koreyada hali koʻp qolaman, ammo hozir qizimni sen bilan yolgʻiz qoldirmayman. – Aleksandro odamlariga ishora qilar ekan ular, Namjooni orqasidagi qizni qoʻlidan ushlab sudrab zoʻrlik bilan uydan olib chiqib ketishardi.

Sfera bir otasiga bir Namjoonga moʻltirab qaragancha uydan uni olib chiqib ketishdi. Namjoon ota xotirjam qolar ekan, uni hayollarini faqat yuragidagi Sferani oʻsha gapi larzaga solib gʻash qilardi.

XXXX- yil Koreya

Namjoon taxtga oʻtirishi bilan qirollikda koʻp narsa oʻzgarib ketar ekan, bu qirollikda ishlagan oq suyaklar yoqmasdi, ammo ular bunga majbur edilar.

Namjooning har bir hukmi bilan halqni hayoti yaxshilana boshlar ekan, bazi bir qoʻshni qirollikda qiyinchilikda yashagan oilalar asta Namjooni qirolligiga qochib kelishardi.

SAROY

Namjoonga qoʻshilib, Yeon Mi ham birinchi past mansabdor qirolicha aylangan edi, va oʻshanda tortib qulogʻi tinchimagandi. Hatto oʻgay otasi boʻlmish tabib Jeonga ham bu gaplar yetib borgandi, buni eshitgan Yeon Mini esa otasini oldiga borishga beti chidamasdi.

Saroyda yana bir oddiy kun boshlanar ekan, kanizaklar orasida yana pichir pichirlar boʻshanib ketgandi.

– Qirol oʻzi odami? Odatda kanizaklari va unga yaqin boʻlishga harakat qilayotgan haqiqiy malika va oq suyaklarga etibor bermaydi. – Qizlarni biri oldidagi ikkitasiga qarab dedi.

– Bolsa shunday birinchi qirolichasiga sodiq boʻlsin, bundan avvalgilari birinchi qirolichasini mansabi qarab olib, uni sevmasdan, hatto yarim oq suyak boʻlmagan, saroyda ishlaydigan qizlarni oʻziga joriya qilgandi. – Ikkinchisi oʻzini hayolidagi gaplarni aytar ekan uchinchisiga bu yoqmadi.

– Nimalar deyapsan? U qizni hech kim qirolicha oʻrnida koʻrmaydi, yaxshisi malikalardan biri yaxshi edi, chunki uning obroʻsi sabab hamma unga bosh egib qoʻrqardi, lekin bu qizchi? – Uchinchisi norozi ohangda gapirganda, orqasidan kelgan yotalish ovozidan choʻchib ketishdi.

– Mening ham obroʻyim bor, qishloqdagi yagona tabibni qiziman ahir, agar kasal boʻlib oʻlib qolmaslikni istasangiz oʻzingizni yigʻishtirib oling, ha yana, qirolni ismi bilan faqat men chaqira olaman, va uning birinchi qirolichasi boʻldim, va mendan keyin hech kim boʻlmaydi. – Yeon Mi biroz maqtanib qoygancha ularni chetlab otib ketdi.

Uzun yoʻlak boylab yurib ketar ekan Yeon Mini qarshisidan Namjoon chiqib qolar ekan, Yeon Mi Namjooni koʻrishi bilan yoʻnalishni oʻzgartirdi.

– Hey! Qayerga qochayapsan? Joyingda toʻxta! – Namjoon burilib undan oʻzini olib qochayotgan qizga baqirdi.

Yeon Mi Namjooni buyrugʻidan joyida qotib qoldi. Namjoon asta qizni oldiga yaqinlashib uni bagʻriga oldi.

– Bu tomonlar nima qilib yuribsan? Qirolicha to qirol uygongunicha uni oldida qolishi kerakligini bilmaysanmi? Va hatto libosing ham oddiy boʻlib qolgan. – Namjoon qizni biroz boʻshatib dedi.

– Saroyni bunday muhitiga koʻnika olmayapman, yana otamni ham oldiga borishga betlamayapman, agar iloji boʻlsa siz bilan borsam? – Yeon Mi qoʻllarini ishqalagancha rad javobini kutib soʻradi.

– Ikki kun ichi band boʻlaman, shu sababdan saroydan chiqmay tur, keyin oʻzim olib boraman, hozir esa ketishim kerak. – Namjoon qizni peshonasidan oʻpib qoʻygancha qizni chetlab oʻtdi.

THE END