May 5

"𝐃𝐞𝐥𝐢𝐫𝐢𝐨𝐬 𝒅𝒆 𝒂𝒎𝒐𝒓"

"𝐃𝐞𝐥𝐢𝐫𝐢𝐨𝐬 𝒅𝒆 𝒂𝒎𝒐𝒓"

— 𝘉𝘪𝘻 𝘣𝘪𝘳 𝘣𝘪𝘳𝘪𝘮𝘪𝘻𝘨𝘢 tobe 𝘣𝘰𝘨ʻ𝘭𝘢𝘯𝘨𝘢𝘯𝘥𝘪𝘬, 𝘳𝘶𝘹 𝘵𝘰𝘮𝘰𝘯𝘥𝘢𝘯, 𝘮𝘦𝘯 𝘶𝘯𝘪 𝘩𝘪𝘴 𝘲𝘪𝘭𝘢𝘳𝘥𝘪𝘮 𝘶 𝘮𝘦𝘯𝘪...

Episode - 2

—Author: Kim Yeon Mi

Yeon Mini sonidagi qoʻllar endi uni tizzasiga otgancha qizni oʻtirgan joydan koʻtarib yotoq ustiga tashladi. Yoongi qizni ustida turib, qoʻllarini sonlarida chiqarib, uni qizni kiyimlari ustida mayin surtish bilan bir ketinlik bilan yecha boshladi. Butunlay polni qoplagan kiyimlar, ammo bularni barchasi toʻshak ustidagi qizga tegishli edi Yoongiga emas.

– Goʻzallik, ammo bundan ering emas men bahra olayapman. – Yoongi qizni mazax qilgancha ong qoʻlini qizni orqa, umurtqa pogʻonasiga joylashtirdi.

– Bunday qila olmayman, qoʻlimdan kelmaydi. – Yeon Mi qoʻllarini koʻtargancha, qarshisidagi erkakni koʻkrak mushaklariga qoʻyib yengil itarish qildi.

– Koʻzlaringni yum, va his qil. – Yoongini gaplaridan qiz koʻzlarini yumdi. Yoongi esa uni orqasidagi qoʻlini yoniga ikkinchisini qoʻshib uni sekin joydan koʻtarib, Yeon Mini koʻkrak qismini yuziga yaqinlashtirgancha pastdan tepa qaratib oʻpichlar qoldira boshladi.

Yoongini qoʻllari endi qizni beliga tushib, ikkinchisi sochlari tomonga harakatlanib, Yeon Mini havoda muallaq oʻz qoʻllarida ushlab turdi.

– Qoʻrqasiz, toʻgʻrimi? Har doim qornimga qoʻlingizni qoʻyib mayin silash qilib ortiqcha harakat qilmaysiz, vaholanki oʻzingiz ham xohlab turgan boʻlsangiz ham, shunchaki erim menga teginganini qabul qilishdan bosh tortayapsiz. – Yeon Mi sukutni buzgancha gapirdi. Uning har bir gapi pichirlash boʻlib chiqsa ham, Yoongini quloqlari ostida baland edi.

Yeon Mi jimib qolgan Yoongini koʻrgach qoʻllari bilan tanasini yopgancha orqaga tirsaldi.

– Yaxshi dam ol. – Yoongi sekin oldinga dagʻal qoʻllarini choʻzib qizni sochlaridan silab xonadan chiqib ketdi.

Uni ortidan Yeon Mi qaragancha qayta yotoqqa yotib koʻrpachani boʻynigacham tortib yopgancha yonidagi tungi chiroqni yondirib koʻzlarini yumdi.

TONG

Bu uyda yana bir tongni qarshi olgan Yeon Mi joyidan qoʻzgʻalib ornidan turdi. Yoongi xonasidan kostyumini toʻgʻirlab chiqar ekan oynaga qaraganida shifokorni aytgan gaplari yodiga tushib ketgandi.

– Yeon Miga tinchlik kerak, uni chalgʻitadigan narsalar, uni koʻproq tashqariga olib chiq, atrofni koʻrsin. – Janob Choini gaplarini eslagan Yoongini peshonasini ishqalagancha pastki qavatga tushdi.

– Nonustangni qilib meni kutib turgin, ishlarimni qilib boʻlgach qaytib kelib, seni boqqa olib chiqaman. – Yoongi ortiga qaragancha zinalardan tushib kelayotgan Yeon Miga gapirib uydagi ohirigi tovushni eshik yopilish ovozi qilib oʻzini ketganligini koʻrsatdi.

Yeon Mi indamay oshxonaga kirgancha birinchi navbatda oʻziga nonushta tayyorlab keyinchalik uyni old tomoniga qaratilgan oyna tomonga oʻtirib Yoongini kutish boʻldi.

Kang ruhiy shifoxona oldida turgancha janob Choini oldiga kirishga harakat qilardi.

– Janob Choi, nega menga ayolim qayerda ekanligini aytmayapsiz? Uni qayerga olib ketishdi? – Kang talab qilar ekan ohangida havotir yaroq sezilardi.

– Uni olib ketgan insoni oʻzi ham keladi hozir. – Janob Choi javob bergancha eshiklar ochilishi bilan ichkariga kirgan odamdan keyin tashqariga chiqib ketdi.

– Xotinimni olib ketgan odam siz ekansizda? – Kang qoʻllarini biroz musht qilgancha qoshlari gʻazabdan chimirildi.

– Haa, menman, hoʻsh? – Yoongini gaplari mobaynidagi yuzi mazax qilish ifodasidan gaplari yakunlanganda jiddiylashishga oʻzgardi.

– U qayerda? Uni koʻrishim kerak. – Kang qatʼiy turar ekan bu qatʼiyatidan oldinga bir qadam tashladi.

– Uni oʻzi sen bilan koʻrishishni xohlaydimi? Biron marta oʻylab koʻrmadingmi? Agar u rozi boʻlsa ruxsat beraman. – Yoongini gapidan gʻazablangan Kang oldinga tashlanib Yoongini yoqasidan ushladi.

– Sen kim boʻlibsan-ki xotinim bilan sendan soʻrab koʻrishgani? Sen kim boʻlibsan-ki uni olib ketgani?! – Kang gʻazab bilan gapirar ekan bu gʻazabdan yuzi qizarib ketgandi.

– Kimligimni televizoring ekranidan, bu katta shaharni har bir yangiliklaridan koʻrishing mumkin. – Yoongi yigitni oʻzidan itargancha shimini bel bogʻini ortqi qismida turgan toʻpponchani siqimlagancha itarishdan muvozanat endi qoʻliga olgan yigitga qaradi.

– Xotinim deb atagan bu ayol hozir meni kutayapti, birovni kutirishni yoqtirmayman. – Yoongi gaplarini yakunlab eshikni ochgancha tashqariga chiqdi.

Uy ichkarisida shamolni kuzatib turgan Yeon Mi zerikishdan koʻzlarini qisqancha oʻylanib ham oʻtirmay tashqariga chiqdi. Katta bogʻ. Atrofi tola yashil choplar va gullar. Eng muhimi narigi tarafi chuqur oʻrmon. Oʻrmonlardan qoʻrqadigan bu qiz orqaga qadam tashlar ekan mayin shamolni tizza qismida sezgancha pastga qaradi. Qizni oppoq boʻlmish keng koʻylagini etagi shamolda koʻtarilib kelar ekan bir daqiqada qizni koʻzlari kattalashib qoʻllari bilan koʻylagini ushlamoqchi boʻlganida orqadan begona qoʻllar Yeon Mini ikkala qoʻlini ushlab qoldi.

– Nima qilayapsan? – Yoʻgʻon qoʻpol ovoz qizni qulogi tagida yangragancha yelka qismiga Yoongi boshini qoʻydi.

– Oʻzingiz nima qilayapsiz? – Yeon Mi joyida jim turgancha hech qanday harakatsiz oʻzini tutdi.

– Quchoqlayapman. – Yoongi dangal gapirib suhbatni tugatmoqchi boʻldi ammo Yeon Mi qoshlarini chimirib yana qayta gap boshladi.

– Quchoqlagan odam huddi kimnidir biron ayib ishda ushlagandek qoʻllarini orqaga qayrib quchoqlaydimi? – Yeon Mi kinoya qilib gapirar ekan buni hatto yuz ifodasi bilan ham koʻrsatardi.

Yoongi qizni qoʻllarini qoyib yuborib oʻzi yerga tizzalab oʻtirgancha qizni shamolda hali ham yengil uchayotgan koʻylak etagini qoʻllari orasiga gʻijimlab ushlagancha boshini koʻtarib unga tushunarsiz qarab turgan qiz bilan nigohlarini birlashtirdi.

– Oddiy shamol senga tegishiga ruxsat berma. – Yoongi sekin oʻrnidan turib koʻtarilgancha qizni shamoldan yuziga tushayotgan ingichka soch tolalarini oʻrtga qilgancha peshonasini qiznikiga qoʻydi.

– Senga mendan boshqa hech kim tegishiga yoʻl qoʻymayman. Mening egaligim shunday. – Yoongi, Yeon Mini tushunishi uchun gaplarini boʻlib aytgancha sekin undan uzoqlashdi.

– Shu gaplar uchun meni boʻgʻa olib chiqqan bolsangiz unda men ichkariga qaytaman, chunki bu oʻrmoni qarshisida turishni xohlamayman. – Yeon Mi koʻrsatgich barmogʻi bilan ortga ishora qilib nolir ekan Yoongi uchun bu qiziq emasdi.

– Oʻrmon yoqmayaptimi? Ertaga uni koʻrmaysan, hozir esa eʼtiboringni menga qarat, gulim. – Yoongi qizni qollaridan ushlab uni oʻrmon tarafdan uzoqlashtirib, kenglikka olib chiqdi, faqat keng dala, va gullar.

Yeon Mini gullarini koʻrishi bilan terishga otar ekan Yoongi unga yordamlashdi va qizni qoʻllari gullar bilan toʻlishi bilan yerga oʻtirgancha Yoongini unga qoʻshilishini kuzatdi.

– Gul chambar yasay olasizmi? – Toʻsatdan berilgan qizni savolidan qoʻlidagi gullarni yerga tashlagan Yoongi qoshlarini chimirdi.

– Menga unday qaramang, agar qoʻlimdan kelganida oʻzimga qoʻshib sizga ham yasab bergan boʻlardim. – Yeon Mi ikkalangancha pastki labiga koʻrsatkich barmogʻini qoʻyib biroz asabiy gapirar ekan Yoongidan javob olmagach gapni boshqa tomonga burishni boshladi.

– Menga Kang avvalari gul chambar toʻqib berardi, har gal men uchun qilib berardi, unga aytgandim qoʻlimdan kelmashini, u esa menga "Sen qila olmagan har bir ishni sen uchun oʻzim qilaman." – shunday degandi, bu gapni maʼnosi men uchun "sen uchun hamma narsa qilaman." – anglatardi, huddi kitobdagidek. – Yeon Mi, Yoongiga qarab tushintirib gapirar ekan, bu gaplarni hech biri Yoongiga yoqmagandi.

– Menga ber, oʻzim qilaman. – Yoongi qoʻpol harakat bilan qizni qoʻlida buklanib turgan bir juft gullarni olgancha oʻzini tizzasini ustiga qoʻydi.

Yeon Mi, Yoongini jigʻiga tekkanini bilib yuzidagi tabassumni toʻxtata olmay labini tishladi. Yeon Mi biroz Yoongiga yaqinroq oʻtirgancha uni qoʻl harakatlarini kuzatib bazi bazida jiddiy qoʻsh chimirgan Yoongini yuziga qarab qoʻyardi. Koʻp oʻtmay Yoongini ishini yakunlar ekan Yeon Mi xursandligidan qarsak chalgancha boshini oldinga biroz egdi. Yoongi qoʻlidagini qizni boshiga qoʻygancha oʻzi ham bilmagan holda tabassum qilgancha Yeon Mini ornidan turishini kuzatdi.

– Yarashdimi? – Yeon Mi oʻrnidan turgancha bir qoʻlini boshidagi gul chambar tushib ketmasligi uchun barmoq uchlari bilan ushlab turdi.

– Haa. – Yoongi ham sekin oʻrnidan qoʻzgʻalib turdi.

– Oʻzingiz uchun qilmaysizmi? – Yeon Mi bir qoʻlini oldinga choʻzib Yoongini yoʻlini tosgancha uni ketib qolishdan toʻxtatdi.

– Yoʻq, faqat sen uchun bola qolsin. – Yoongi bir qoʻlini choʻntagiga solib ikkinchisi bilan qizi burnini chimchalab qoʻygancha oldinga qarab harakatlandi.

– Qolgan gullarni bekor uzib olgan boʻlamiz, uyga olib kirib suvga solib qoʻyaman unda. – Yeon Mi allaqachon undan uzoqlashib bolgan erkakni ortidan baqirib yerdagi gullarni ola boshladi.

Yeon Mi va uning boshidagi Yoongi toʻqigan gul chambar

Kang boʻshliqqa toʻlgan uyda oʻzi oʻtirar ekan oyoqlarini asabiy qimirlatib joyida jim tura olmasdi.

– Laʼnati! Hammasi osha ishni deb boʻldi, ming lanat boʻlsin! – Kang sokingancha oʻrnidan gʻazab bilan turib qarshisidagi stolni tepish bilan uni qulatdi.

– Osha kuni bu ishlarni qilishni inkor qilganimda, hozir hayotim boshqacha boʻlardi. – Kang ortiqcha asabiylashishdan va gʻazabdan yuzi qizarganlikdan, boshi aylangancha ortidagi divanga oʻtirib qoldi.

OYLAR AVVAL

Har doim eng yomon ishlar tunda sodir boʻlar ekan bu tun ham yana bir bor yomon ish sodir boʻlish arafasida edi.

– Bu ishni qilishga majbursan Kang. – Yeon Mini otasi janob Kim stol ustiga qurolni tashlab jiddiy gapirdi.

– Yeon Mi, bilmaydi oʻgʻlim, agar bunday qilmasang, va u hammasini bilib qolsa hammamiz oʻlamiz, sizlar Kim oilasidan ekanligingizni hech kim bilmasligi kerak. – Yeon Mini oyisi Kim xonim havotir bilan gapirib qarshisidagi yigitga qaradi.

– Men. . . Men qila olmayman. . . Qoʻlimdan kelmaydi. . . . Keyin Yeon Mini koʻziga qaray olmayman. . . . U bilan avvalgidek baxtli bola olmayman. . . . – Kang yoshga toʻlgan koʻzlari bilan orqaga qadam tashlab bu ishni qilishni inkor qila boshladi.

– Meni eshit oʻgʻlim, bizni dushmanlar oddiy odamlar emas, agar ular Yeon Mi bor ekanligini bilishsa bizdan song uni ham seni ham oʻldirib ketishadi, Yeon Mini na sen na men himoya qilib qola olamiz, ammo hozir sen tanlov qilib uni hayotiga zomin yokida uni himoya qilib qolishing mumkin. – Janob Kim, Kangni yelkasidan mahkam ushlab siltagancha uni oʻziga keltirdi. Kang chuqur nafas olib stol ustidagi toʻpponchani qoʻliga oldi.

– Kechiringlar. – Kang koʻzlarini yumgancha oldiga qarab ikkita oq uzdi va yuziga tekkan qoni sekinlik bilan sovishidan koʻzini ochar ekan orqadan kichik tovushdan koʻz qorachigʻlari kichiklashib tezda ortiga qaradi.

– Sen . . . . – Yeon Mi qoʻrqanidan va devorga mahkam yopishgandan bir qoʻli bilan birinchi ogʻizni keyin esa ikkala qoʻli bilan yerga oʻtirib yigʻlab yubordi.

HOZIRGI VAQT

Kang otgan ishlarni eslar ekan bu unga ikki baravar taʼsir qilgandi. Ortiq chidashni xohlamay Yoongi haqida maʼlumot izlagancha uni katta biznesmen va koʻpgina shifoxonalar asoschisi ekanligini aniqlab ogʻir yutindi.

– Yeon Mini qaytarishim kerak, uni qoʻlidan, oʻzimni bagʻrimga. – Kang qoʻllarini qizni faqat oʻzi tushgan rasmini koʻkrak qismiga olib kelib quchdi.

Kangni sogʻinchi kuchli darajada hattoki qizni rasmlarini quchoqlashgacham boradigan daraja. U sevdi aqildan ozadigan darajada.

|
|
|

Tun yaqinlashar ekan Yeon Mi uxlashga tepa qavatga koʻtarilib ketish onida yoʻlini Yoongi tostdi.

– Hali ham bu yara ketmadi. – Yoongi koʻziga ishora qilgancha qizni qoʻlidan ushlab uni xonalarni biriga olib kirdi.

– Yordam ber. – Yoongi qizni qoʻliga dori qutisini bergancha oʻzi jimgina oʻtirdi.

Yeon Mi kichik idishdagi malhamga oʻxshagan narsani Yoongini koʻzini pastki va ustki qismiga surtgancha huddi mushukni erkalatgandek boʻlib kichik tabassum qilib qoʻydi.

– Keyingi safar men bilan ehtiyot boʻling. – Yeon Mi kichik masxara qilib kulgancha ornidan turdi.

– Qayerga? – Yoongi savol berish mobaynida qizni bilagidan ushlab qayta toʻshakka tortdi.

– Oʻzimni xonamga. – Yeon Mi turishga harakat qilib gapirdi.

– Ertaga Kang bilan uchrashasan, agar u bilan koʻrishishni xohlasang jim yot. – Yoongi toʻsatdan qizga buyruq bergancha qizni belidagi Yoongini qoʻllari mahkamlashdi.

Yeon Mi, Kangni ismini eshitib jimib qolar ekan joyida qotib qoldi. Buni sezgan Yoongi miyigʻida kulgancha qizni tanasini oʻziznikiga jipslashtirib, boshini qizni boʻyin qismiga qoʻygancha qizni quloq qismiga egildi.

– Seni his qilmoqchiman, koʻzlaringni yum. – Yoongi, Yeon Miga buyruq berib uning belidagi qoʻli bilan biroz siqib qoʻydi.

Yeon Mi, Yoongini gapidan biroz seskanib ketgancha oldinga qarab biroz siljiganda yana qayta orqaga qattiq koʻkrak qismiga tekkan qizni orqa tarafi, Yeon Mini jim qildi. Yeon Mi bilardi hozir yana harakat qilsa Yoongi jim turmasdi, shu uchun sekin koʻzlarini yumgancha yutinib qoʻydi.

Yoongi qizni jimib qolganini sezgach sezilarli darajada iljaygancha qizni belidagi qoʻllarini joyini endi qizni boʻyin qismi boʻldi. Yeon Mi boʻynida huddi ilondek oʻralgan dagʻal qoʻlni his qilib koʻzlarini yana ham mahkam yumdi. Yeon Mini belidagi qoʻl endi koʻylak etagiga siljigancha qizni ichiga yalang terisiga tegdi. Toʻsatdan qizni qorin qismiga tekkan sovuq qoʻllardan koʻzini ochgan qiz joyidan biroz siljidi.

– Tuni yomon koʻraman, uxlamoqchiman. – Ornidan biroz qoʻzgʻalgancha Yeon Mi nolidi.

– Yomon koʻrasanmi, yokida qoʻrqasanmi. – Qoʻlini biroz boshashtirgancha gapirdi Yoongi.

– Ikkisi ham. – Qoʻpol va baqirishga oʻxshab kelgan gaplardan lab chetida jilmaydi Yoongi.

– Sabab? – Yeon Midan arzirli sabab kutgancha gapirdi.

– Tunda yomon ishlar boʻladi, hamma yomon narsa aynan tunda sodir boʻladi, bu koʻzingizdagi jarohat ham tunda boʻlgan, yana bu narsani qaytalanishini xohlamayman. – Yeon Mi biroz gʻalati boʻlgancha joyidan siljib gapirdi.

– Yomonlikni oʻzi seni bagʻrida ushlab yotibdi, havotirni keragi yoʻq, yomonlik seni qoʻlingdan ekan ziyon sendan boshqa hammaga tegadi, yomonlikni qoʻlida himoyadasan, endi esa uxla. – Yoongi gaplari mobaynida qizni qayta oʻzini tanasiga yaqinlashtirdi va qizni yuzidan yengil opich qoldirdi.

TONG

Kun koʻtarilmasidan Yoongi joyidan qoʻzgʻalib, yonida koʻrpachaga oʻranib yotgan qizni uygʻotmasdan pastga tushib, uyiga yangi kelgan xizmatkorlarga nonushta qilishini buyurdi, oʻzi esa idishga kofe solgancha oynadan nuri endi tarqalib kelayotgan kuni tomosha qilish boʻldi.

– Uyga Kang kelsa uni kiritmanglar, agar Yeon Mi tashqariga chiqib qolsa uni Kang bilan ketib qolmasligini taminlanglar. – Yoongi ortidagi uy tansoqchilariga buyruq bergancha kuni nurlariga qoʻshilib toʻxtagan mashinani koʻrib koʻzlari qisildi.

– Oʻylaganimdan ham vaqtli kelibdi. – Sokinlik bilan Yoongi qoʻlidagi idishni stol ustiga qoʻyib tashqariga chiqib mashinadan tushgan insoni kutib oldi.

– Yeon Mi qani? – Yoongini chetlab oʻtmoqchi boʻlgan Kangni ikkita odamlar ushlab qolib, uni ortga itarishdi.

– YEON MI! – Uy ichkarisiga qarab Kang qichqirdi. Qayta. Va qayta. Bundan Yoongi asabiy koʻzlarini ochib yumdi.

– Darhol ket, uni bevzota qilayapsan, u endi tuzalyapti. – Yoongi orqasidagi toʻpponchani yigitni boshiga koʻtargancha gapirdi.

Tepadan tezlik bilan yugurib tushayotgan qizni oyoq tovushlari eshitilib tashqaridagi odamlarni eʼtiborini tortdi. Eshik zarb va shoshilinch ochilib Yeon Mi nafasini rostlagancha tez tez nafas olardi. Yeon Mini koʻrgan Yoongi qoʻlidagi toʻpponchani undan yashirgancha boshini ortga burib hayratda Kanga tikilib turgan qizga qaradi.

– Uygʻonibsanda, eringni ovozi senga yetib bormaydi deb oʻylagandim, u bilan qolib ketma, hatto ketishni ham oʻylama, tezroq ichkariga kir. – Yoongi ortiga burilib qizni yanogidan chimchilash qilib uy ichkarisiga kirib ketdi.

Yoongini kirishi bilan Yeon Mi Kang tomon yugurib uni quchoqlab oldi.

– 1 oy va 15 kun deganda endi meni koʻrishga keldingiz? Shunchalar yodingizdan chiqdimi? – Yeon Mi yigʻi aralash gapirib nafas chiqardi.

– Meni kechir, seni oʻsha shifoxonada deb oʻylagandim, ammo keyin seni koʻrishga berishmaganidan, u yerda emas ekanligingni angladim. – Kang qizni quchogʻidan ajratib kaftlari orasiga uni yuzini va sochlarini olgancha biroz egilib boʻyini qizni boʻyi bilan tenglashtirdi.

– Ahvoling yaxshimi? U senga hech narsa qilmadimi? – Kang havotir ila gapirdi. Bu savollarni faqat bittasiga javob bera oladigan Yeon Mi shunchaki bosh chayqab qoʻydi.

– Men koʻp qolishim mumkin emas, Yoongi tezroq ichkariga qaytishimni aytgan. – Yeon Mi qoʻli bilan Ichkariga uy tomon ishora qilib gapirdi. Bundan Kangni xursand yuzi tekislanib gʻazablandi.

– U kim? Nega uni aytganlarini bajaryapsan? Men eringman unutdingmi! U bilan emas men bilan bolishing kerak! – Kang qizga baqirar ekan har bir baland tovushdan tanasi titragan Yeon Mi yigitni qoʻllarini oʻzidan olgancha orqaga tirsaldi.

– Meni bu yerga tashlab ketgan sen eding, meni ruhiy kasal deb ota onamni oʻldirgan ham sen eding! Endi ham mendan nimani kutayapsan? – Yeon Mi jahl qilgancha uy ichkarisi tomon yugurib kirib ketdi.

– Shoshma! Yeon Mi! – Ortda qoʻlga yigit endi oldinga qarab harakat qilganida uni ikkita tansoqchi yoʻlini tostdi.

– Men ichkariga kirishim kerak. – Vaziyatini tushuntirgan Kang asabiy dedi.

– Sizga mumkin emas janob, muammo paydo boʻlmasidan keting. – Tansoqchilardan biri gapirib Kanga mashinasi tomon koʻzi bilan ishora qilgancha gapirdi.

– Jin ursin* – Kang past ovozda sokingancha mashinasiga qayta oʻtirib haydab ketdi.

Boʻlgan ishlarni maroq ila kuzatgan Yoongi endi tepa qavatga koʻtarilib qizni xonasini soʻroqsiz ochib kirdi. Ichkarida Yeon Mi oyna tagida yorugʻlikdan yashiringancha sochlarini gʻijimlab notekis nafas olardi.

– Yeon Mi . . . – Yoongi qizni ismini pichirlab aytgancha qizni oldiga choʻkkaladi.

– Agar Kang qaytib keladigan boʻlsa menga toʻpponcha bering. – Yeon Mi qizargan koʻzi bilan Yoongiga qarab gapirdi. U qatʼiyat bilan aytdi, uning nima qilmoqchi ekanligini his qilgan Yoongi lab chetida jilmayib qizni qoʻliga choʻntagini yonida ilinib turgan toʻpponchasini uzatdi.

—THE END—