August 31

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 7
—Author: Kim Yeon Mi

Yana bir tong otar ekan bu kuzni ohirlari ekanligini anglatardi. Yeon Mi ikki xona naridagi xonada nimalar boʻlganidan habari yoʻq oʻrnidan turib tashqariga chiqar zina oldiga yetib kelganda oʻsha xona eshigi ochilib Eunna qoʻlida ikki uchta Jungkookni kiyimlari bilan chiqib keldi.

– Hayrli tong xonim. – Eunna kayfiyati yaxshi holda Yeon Miga muloyim yumshoq ohangda tabbasum qilib dedi.

– Mhm, hayrli boʻlsin. – Yeon Mi ham javoban oʻzini majburlab kichik tabbasum qilib, Eunnani zinadan tushishini kuzatdi.

Oʻzi ham uni ortidan endi tushib ketmoqchi boʻlganda Eunna chiqan xonadan Jungkook ustidagi koʻylagini tugmalarini qadab sekin xotirjamlik bilan chiqib keldi.

– Xudoyim, Sanani oʻrniga endi Eunnaga chidashim kerakmi? Oʻzingni xoʻrlama Yeon Mi. – Yeon Mi Jungkookga koʻrinmaygina tezda oʻzini xonasiga koʻtarilib ketdi.

Jungkook nonushta qilib ishiga ketguncha Yeon Mi oʻzini xonasida kiyimlarini almashtirib oʻzi ham ketishga tayyorgarlik koʻra boshladi. Mashina qoʻrgʻondan chiqib ketishi bilan Yeon Mi yugurib pastga tushib chiqish eshigi oldiga kelganda uni qulf ekanligini koʻrdi.

– Kechagi ishingizdan soʻng janob Jungkook eshikni qulflab ketdi, balki endi uni qabul qilarsiz? Hech kim ideal emas, hammamiz ham xato qilamiz, qayta va qayta, buni yomon tarafi yoʻq, siz ham nechi marta xato qilgansiz. – Eunna yelka qisib oddiy narsadek gapirar ekan Yeon Mi gʻazab ila koʻzida ham oʻziga ham Jungkookga boʻlgan hali ham saqlanib qolgan nafrat bilan yaltirab koʻz yoshga aralashib turardi.

– Sen qayerdan bilib qoʻyding-ki menga oson tutasan, goʻzalim meni oʻrnimda boʻlganingda oʻzingni oʻldirib qutulgan boʻlarding. – Yeon Mi biroz Eunnaga yaqin kelib gapirdi.

– Nega unda sen hanuzgacha tiriksan! – Eunna ham Yeon Midan bosh kelmay dedi.

– Bu nechinchi bor oʻlimdan qolishim ekanligini Xudo biladi, sen men koʻrgan kunlarni koʻrmagansan, aytishga oson, chunki hamma ham Jungkookni qoʻynida yotib rohat ola oladi. – Yeon Mi qizni ustidan mazax qilib kuldi.

– Ogʻzinga qarab gapir. – Eunna endi qizga tarsaki tushirmoqchi boʻlganda uni Yeon Mini keyingi gaplari toʻxtatib qoldi.

– Sendan avval unda Sana bor edi, bilasanmi Jungkook u bilan nimalar qilmadi, ammo Sana uni kechira oldi, u bilan yana baxtli bola olishiga koʻzi yetgancha umidini sondirmadi, vafolikka kelganda toʻgʻri Sanadek emasman, ammo ikkimizni birimizni boshimizga uni taqdiri tushishini istmayman. – Yeon Mi Eunnani chetlab otgancha ikkinchi eshik orqali uydan chiqib ketdi.

Yeon Mi qayerga borishini nima qilishni bilmay turar ekan Han unga bergan telefondan Hanga qoʻngʻiroq qildi.

– Han, meni oldimga kela olasanmi? – Yeon Mi biroz pastroq ovozda soʻradi.

– Qayerda ekanligingni ayt tezda yetib boraman. – Han goʻshakni qoʻygancha Yeon Midan manzil kelgancha biroz tabbasum qilib qoʻydi.

Han bilardi Yeon Mi unga qoʻngʻiroq qilishini, shu sababdan qoʻliga katta qutini koʻtarib Yeon Mi joʻnatgan manzil yaniy kichik kafe ichiga kirib keldi.

Yeon Mi u yerda qogʻozdan samalyot yasab biroz oʻzini chalgʻitib oʻtirar ekan Han qizni oldiga kelib oʻtirdi.

– Oʻzing bilan qutida nima olib kelding? – Yeon Mi koʻzi bilan quti tomon ishora qilar ekan Han sekin qutini ochib ichidan uni chiqardi.

Yeon Mi Kyoni koʻrishi bilan yuzi yorishib Han tomon qoʻlini choʻzib Kyoni oldiga tizzalari ustiga qoʻydi.

– Uni Busandan olib kelding? – Yeon Mi hayron qolgancha bu hayrat aslida quvonch boʻlib soʻraldi.

– U yerda yolgʻiz qolardi. – Han, Yeon Mi bilan Kyoni kuzatib ogʻriqli quvonchni tuydi.

– Ammo u yoʻq boʻlsa sen yolgʻiz qolasan, yaxshisi Kyoni oʻzing bilan ol, u bilan yolgʻiz boʻlmaysan, va aslini olganda u senga meni eslatib turadi. – Yeon Mi istamaygina qoʻlidagi mushukni biroz koʻtarib Han tomon uzatmoqchi boʻlganda Hani gaplari uni toʻxtatib qoldi.

– Kyo mendan koʻra senga koʻproq kerak, unga qanchalar oʻrganib qolganingni bilaman, va sen ham Jungkookni katta uyida oʻzingni yolgʻiz his qilishing mumkin. – Hani gaplaridan Yeon Mi biroz boshini egib pastga qarab qolgancha oylanib qoldi.

– Haligi. Men u yerda yolgʻiz emasman, mendan tashqari xizmatchi ham bor, aslini olganda oʻzimni yolgʻiz his qilmayapman. – Yeon Mi yolgʻon tabbasum bilan Hani ishontirdi, ammo Yeon Mini qalbidan koʻra aqli bilardi u yolgʻizlikni emas yana oʻsha ortiqchalik eʼtiborsizlik va alamni his qilayotganini.

– Nima boʻlgan taqdirda ham uni oʻzing bilan olib ket, ahir Busandan uni yana qayta menga berishing uchun olib kelmaganman. – Han qiz tomon qutini uzatib ketishga saylanib endi oʻrnidan turgan Yeon Mi uni toʻxtatdi.

– Biroz aylanib kelsak boʻladimi? –Yeon Mi qoʻlidagi Kyoni quti ichiga solgancha soʻradi.

Han qizga shunchaki bosh chayqab qoʻydi. Yeon Mi xursand oʻrnidan turib Hanga ergashib kafe ichidan chiqib yoʻl chetida yurib ketishar ekan Yeon Mi biroz oʻylanib turib sekin gapira boshladi.

– Oʻzimni huddi avvalgidek his qilyapman, avvalgidek kollejdan qaytayotgandek, bizdagi oʻzgargan yagona narsa yosh bilan seni yelkangda gitara qutisi yoʻqligi. – Yeon Mi kulgancha dedi. Han qizga javoban hech narsa demay sezilmas darajada kulib qoʻydi.

– Agar ishlaring bor bolsa borishing mumkin, men ham uyga boraman. – Yeon Mi hijolat ohangda tabbasumi sonib gapirdi.

– Agar nimadir kerak boʻlsa habar ber. – Han qizni yelkasidan biroz siqib qoʻygancha Yeon Miga dalda berib qizni yonidan oʻtib ketdi.

Yeon Mi biroz Hani orqasidan hafsalasi pir boʻlib kuzatar ekan, sekin yelka qisib toʻr koʻchalarni biriga kirib ketdi. Koʻcha tor boʻlgani sabab bitta mashina va odam zoʻrgʻa sigʻardi, va Yeon Mini qarshisidan kelayotgan qoʻra hashamli mashina qizni koʻrib bir signal chalarkan Yeon Mi mashinani Jungkookniki yoki uni odamlariga tegishli deb oʻylab orqasiga oʻgirilib tez qadamlar bilan koʻchadan katta yoʻlga chiqish qismiga endi yetganda u yerdan Yeon Mini yolini toʻsib boshqa mashina toʻxtab, qizni boshiga qob kiygazib qizni zoʻrlik bilan mashina ichiga olib kirib ketib qolishdi.

Yeon Mini qoʻlidagi quti esa yerga tushib yirtilib ketgancha uni oldiga osha tor koʻchadagi mashina chiqib toʻxtatdi.

– Bu Mi xonimku? Uni ogʻirlashdi. – Mashina ichidagi yigit qoʻlini ogʻzi bilan yopib tezda Hanga qoʻngʻiroq qildi.

Jungkook ham komada yotgan payti, Jungkookni yoqtirmagan odamlar Han tomonga qolgani esa Jungkookga sodiq qolgandi. Shu bilan birga Han bu ishlar bilan hanuzgacha shugʻullanib kelardi.

– Janob, Mi xonimni ogʻirlashdi, oʻz koʻzim bilan koʻrdim. – Yigit hovliqib aytar ekan Hani ovozi darhol balandladi.

– Tezda mashina orqasidan bor, orqangdan yetib olaman. – Han telefon ekraniga qarab baqirgancha tezda boshqa odamga qoʻngʻiroq qildi.

•

•

•

Kyo mashinalar tovushidan asta quti ichidan chiqar ekan yoʻlni nargi tarafiga otish uchun endi qadam tashlagan onda tanish qoʻl egasi uni koʻtarib oldi.

– Kim seni yoʻl oʻrtasiga tashlab ketdi. – Jungkook mushukni koʻtarib oʻzini mashinasi tomon yaqinlashar ekan Kyo shunchaki miyovlab qoʻydi.

Jungkook mushukni orqa oʻrindiqqa joylab oʻzi rulga oʻtirib, bir orqasiga koʻz tashlaganda mushuk unga tanish koʻrindi, ammo u emas degandek bosh chayqab tezda mashinani ishga tushirib uyga hayday boshladi.

Kyo

Yeon Mini hushsiz holatda bir uy ichkarisiga olib kirib katta zaldagi stolga oyoq qoʻlini bogʻlashdi.

– Eunnani olib keldingizmi? – Erkakni ovozi zalda aks-sado berib odamlarni bir titrashga olib keldi.

– Eunna xonimga oʻxshash boʻlgani uchun uni olib keldik. – Odamni biri sekin qizni boshidagi qopni olar ekan, erkakni yuzi qizni koʻrishi bilan qorongʻulashib ketdi.

– Qanday qilib, Eunnani bu qiz bilan adashtirishingiz mumkin lanati? – Erkak Yeon Mi oʻtirgan stolni gʻazab bilan tepganda stol orqaga agʻdarilib Yeon Mi qora qush miyasi bilan yiqildi.

– Jungkook . . . – Yeon Mini boshidan kelgan ogʻriqdan yoʻtalib asta Jungkookni ismini pichrlaganda erkak tezda qiz oʻtirgan stolni turgʻazishni buyurdi.

Erkak qizni iyagidan ushlab yuzini tepaga qaratar ekan qizni yuzini koʻrib iljaydi, ammo bu iljayish tezda tekislanar ekan eshikni teshib ichkariga kirgan oʻqdan orqasiga oʻgirildi. Eshikni qulfini parchalab kirgan oq aniq nishoni olar ekan, buni mohir qurollarni ishlata oladigan odam qilganiga amin boʻlishib raqibini jiddiy tosib olishmoqchi bolganda, eshik ochilib ichkariga faqat bitta odam kirdi.

– Rei Kesuke, Yaponiyangda qolishing kerak edi, xotining xomlador bolsa. – Han qoʻlidagi toʻpponchasini oʻynatib kirib keldi.

– Qachon bunchalar bu ishlarga berilib keting? Ohirgi bor koʻrishganimizda mutlaqo boshqacha eding, qoʻllaring nozik hatto yuzing ham qon tamini his qilmagandi, ammo hozir koʻrib turgan odamimdan farq qilayapti. – Rei, Yeon Midan uzoqlashish orniga uning ortiga otib qizni yuzidan silab qoʻydi.

Yeon Mi hali ham toliq hushiga kelmagandi uni oʻzida ushlab turgan narsa faqat boshini orqa qismidagi oʻgriq edi. Han, Reini teginishi koʻrib tishlarini bir birini ustiga bosib jagʻi taranglashdi, gʻazabdan.

– Eunna hozir Koreyada ekanligini bilasanmi? Balki u mendan emas boshqasidan xomlador. – Rei gʻazab bilan qizni yuzidan ushlab, tirnoqlarini sekin bortira boshladi.

– Qoʻlingni undan ol, ishing Jungkook bilan, boʻlsa bu qizni unga daxli yoʻq. – Han unga qaratilib turgan 20 quroldan oldinga qadam tashlamay turdi.

– Nega ekan? Bu qizda sening nimang qolib ketdi-ki uni himoya qilyapsan? U hatto hushsiz holida ham sening ismingni emas Jungkookni ismini aytdi. – Rei barmoqlari orasidan qizni qoni oqib tushayotganini his qilib sekin astalik bilan qizni yuzidan qoʻlini oldi.

– U mening ayolim, agar Jungkook bilan boʻlganda hozirda bu qizni Jungkook izlayotgan boʻlardi sening xotiningni yonida boʻlmasdan, Rei sen ahmoqsan, hatto oshanda ham kuching Yaponiyani ushlab turishga yetgan onda ham mendek soddaga aldanib qoʻlingdagi bu kuchingdan ayrilgansan, bu safar ham ahmoqlik qilma, Eunnaga boshsiz kuch va sevgi emas, uni ham yuragi ham aqli bilan seva olgan erkak kerak. – Hani gaplari zalga sukut soldi, Reini odamlari bir biriga qarab qoʻygancha sekin qoʻlidagi toʻpponchasi pastga qaratishdi.

– Ketamiz. – Rei odamlariga buyruq bergancha ularni tezda chiqib ketishini kuzatib ohirida ozi Hani qarshisiga keldi.

– Sendek bola olmasman, balki sendek u qizni ardoqlay olmasman, ammo gapinga kirgan holda ketaman, u qizga uzur sifatida xohlagan narsasini berishimni aytib qoʻy. – Rei Hani yelkasidan siqib keyinchalik Hani qoliga kalitni berib oʻzi ham chiqib ketdi.

Han, Rei ketishi bilan zanjirlar qizni tanasiga koʻkarish izini qoldirishga ulgurgan holatda, Han qoʻlidagi kalit bilan ularni yechib Yeon Mini boʻshatib oldi.

– Shu rostmi? – Yeon Mi qisilgan koʻzlari bilan uni koʻtarib uydan olib chiqib ketayotgan Handan soʻradi.

– Nimani aytayapsan? – Han havotir bilan qizdan soʻradi.

– Eunna Jungkookdan xomladorligi . . .

Uy tinch boʻlib qolar ekan Eunna juda ham tinch oʻtirardi, eshiklar ochilib esa Jungkook ichkariga kirib keldi.

– Menga sovgʻa qilib olib keldingizmi? – Eunna Jungkook qoʻlidagi mushukka ishora qilib gapirdi.

– Yeon Mi qani? Unga koʻrsatmoqchiman, unga yoqadi shunday emasmi? – Jungkook qoʻlidagi mushukni silab qoʻygancha kulib soʻradi.

– U ketdi, kechroq qaytib kelsa kerak, kecha ham qiz bechora oʻziga kelolmay chiqib ketgandi, hech tushunmayman bu qizga nima yetishmaydi, oldida sizdek erkak tursa. – Eunna norozi ohangda nolib dedi. Bundan koʻzlari biroz jahldan qisilgan Jungkook qoʻlidagi mushukni qoʻyib yubordi.

– Sen hech narsani bilmaysan, men unga nimalar qilganimni, va unga qancha ozor berganimni, u sen tanigan Jungkookni emas mutlaqo boshqasini koʻradi, shu uchun ogʻzingni yum bolangni xurmati. – Jungkook qizni qorniga ishora qilib ogohlantirish qildi.

– Hoʻp, indamadim, balki oʻlgan oʻtamiz xurmati u qizga nimalar qilganingizni aytarsiz, nima qildingiz-ki u qiz sizdan qoʻrqadi, sizdan qochadi, va sizni oʻzidan itarishga harakat qiladi? – Eunna bir qoʻlini beliga suyab soʻradi.

– Bu uzun hikoya yonimga oʻtir. – Jungkook divanga oʻtirgancha yonini silab qizni chaqirdi.

Aslini olganda Eunna Jungkookni ikkinchi xotinidan orttirgan qizi edi. Oʻsha kuni janob Jeon ayolini oyogʻini sindirib Jungkookni olib ketganda uni ikkinchi oilasi bilan tanishtirgandi, oʻshanda Jungkook 12 yosh boʻlganda Eunna 8 yoshli qizcha edi. Ikkisi har kunini birga oʻtkazishardi, Jungkookni esa bu hayotga qaytarib turgan yagona odam Eunna edi, uni kuldirib baxtli qila oladigan narsa, va oradan shuncha yil oʻtib Eunna hammadan sir tutgan holda Rei bilan tanishib unga turmushga chiqdi ammo Rei ham huddi Jungkookdek Yeon Miga qilgan munosabatini Eunnaga qilarkin bundan qiz Koreyaga qochib kelganda Jungkookni uchratdi.

– Sana shunday qilgandan keyin barchasi oʻzgardi, men xotiramni yoʻqotdim unga qoʻshib oʻzligimni ham, odam oʻzgarishidan uchun bir daqiqa kerak, men ham shu bir daqiqa bolmasa ham keragidan ortiq oʻzgardim, ammo undan voz kechib boʻlmayapti. – Jungkook afsuslangancha ovozi tobora eski xotiralaridan qoʻpolashib bordi.

– Hayot imkoniyatlarga tola shunchaki, harakat qiling, agar unda sizda koʻngli boʻlsa balki yana biroz muddat baxtli bola olarsiz. – Eunna Jungkookga dalda berib mayin ovozda gapirdi.

– Ammo u oʻzi shuncha ishlar bilan kurashdi, uni oʻz holiga qoʻyaman xohlagandek vaqt oʻtkazsin, uni oʻlim oldida yana qayta oʻzimga yashashga bogʻlab qoya olmayman. – Jungkook oldinga egilib, tanasi ogʻirlashib ketganini his qilib gapirdi.

– Nima hayot faqat unga tegishlimi? Bir marta ablah boʻling va oʻzingni oʻylang, siz ham baxtli boʻlishga haqli insonsiz, qani meni akam vajohatli, odamlar hatto soyasidan tanasiga sovuqlik tarqatib qoʻrqita olgan akam qani? – Eunna oʻrnidan turib bir qoʻlini bel qismiga qoyib dedi Jungkookga qarab.

– Agar oʻzingiz baxtni his qilsangiz unga ham his qildira olasiz. – Eunna Jungkookga ishonchli kulib qoʻydi, ammo derazdan ketma-ket tormoz berib toʻxtagan mashinalar ovozi ularni oʻziga tortdi.

– U keldi, Rei.

Eunna

Han qizni shifoxonaga olib kelar ekan bu Seouldagi Jungkookga tegishli boʻlmagan shifoxonani biri edi.

– Shu yerda kutib turing. – Hamshira Hani toʻxtatdi.

Han chuqur nafas olarkan ozini tinchlantirishga urindi, ammo shifokorni chiqib unga qadalgan jiddiy nigohidan ichida sovuqlik yugurdi.

– Qizda allaqachon ikkinchi bosqich boshlangan, ammo birinchi bosqichi hali toʻliq oʻtib ketmagan, nega qiz bechorani ehtiyot qilmadingiz? Unda ikkinchi bosqich boshidagi jarohat tufayli tez avj olgan, yana bir bunday zarbani qiz koʻtara olmaydi uni ehtiyot qiling, erkak. – Shifokor ohiriga gaplariga urgʻu berib gapirdi.

Ammo Hani ichida nimalar oʻtganini oʻzidan boshqa hech kim bilmasdi. Shuncha ish qilmasin hatto uni aybi ham yoʻq joyda oʻzini aybdor qilish, yuragiga har doim nimadir sanchilishi bu alam qoʻrquv va yoʻqotishi hissi edi. Ammo u eng kuchlisi boʻlib qoldi ruhi bulardan zaiflashsa ham tanasi zaiflashmadi yana qayta oyoqqa tura oldi, ammo uni yana qayta tiz choʻktira olgan narsa bu u Yeon Mi edi. Han qizni palatasiga egilgan boshi va bukchaygan yelkasi, tanasini sudrab kirgancha, Yeon Mini yotogʻi oldida oyogʻida kuch qolmay tizzaladi.

– Han ketaylik, qoʻlim ogʻriyapti, qara koʻkarib ketdi. – Yeon Mi kaftidagi Hani yuzini silab gapirdi.

– Qolishing kerak, joning ogrisa ham, ammo bu yerda senikidan koʻra meni jonim koʻproq aziyat chekayapti, shu uchun jim, dam olmoqchiman. – Han qizni qoʻllarida koʻzini yumoqchi ekan, Yeon Mi birinchi bor Hani hislarini anglab yetgancha biroz qoʻlini harakatga keltirib Hani eʼtiborini oʻziga qaratdi.

– Yonimga chiqib yot. – Yeon Mi biroz moʻltirab qarab turdi.

Qizni bu nigohlarini rad qila olmagan Han asta oʻrnidan turib qizni yonida joy olar ekan, Yeon Mi yuzini Hani koʻksiga koʻmib qoʻllarini Hani belidan oʻtkazib uni orqa yelkasiga qoʻydi.

– Sovuq qotibsan, qoʻllaringni mendan oʻtkazib quchoqla. – Yeon Mi asta koʻzlarini yumib dedi.

Han hayratda qolarkan, rad qilmadi, oʻzi ham xohlab turgan onda qizni taklifi unga taskin berdi. Yeon Mi quchoqlagancha uni yana ham oʻziga qattiqroq tortdi, palata ichi sovuq, ammo Han oʻzidan tinchlik va iliqlik topdi, birinchi bor baxti tuygan yigitni koʻzidan yosh sizib chiqqandi, u birgina quchoq va baxt uchun nimalar qilmagandi. Yeon Mi ham Hani koʻksidan endi iliqlik tarqalishidan tabbasum qilib qoʻydi.

•

•

•

– U keldi, Rei. – Eunna ochilayotgan eshiklarga tikilib dedi.

Jungkook qizni oʻzini ortiga olarkan eshik ochilib bu safar Reini oʻzi kirib keldi hech qanday odamlarisiz.

– Meni topib kelibsiz, ahiri endi shuncha kundan soʻng, oyimchalaringiz yetmadimi? Balki ular sizga bola tugʻib bermasligini choʻntagingizda pul qolmasa yuzingizga qaytib qaramasligini anglagandirsiz? – Eunna Jungkookni orqasidan masxara qilib koʻzidagi yoshga qaramay kuldi.

– Qilgan ishimdan afsusda ekanligimni aytishga keladim, kechrimimni soʻz bilan qabul qilmasligingni bilaman, buni oʻz jonim bilan toʻlayman. – Rei orqasidan toʻpponchasini oqlab Jungkookni oyoqlari oldiga tashladi.

Jungkook asta egilib toʻpponchani olganda Eunna uni Jungkookni qoʻlidan sugʻurib olgancha Jungkookni oldiga oʻtib Rei tarafga uch marta oq uzdi.

Rei koʻzini yumar ekan hech qanday titrash yoki qochish boʻlmadi, u qoʻrqmagandi oʻlimdan. Eunnani qilgan ishidan asabiy jagʻlari taranglashdi, koʻzlarini ham asabiy yumganda tomchilab polga tushdi.

– Bolamni otasini oʻldira olmasdim, shu sababdan menga shunday shart qoʻyayapsiz. – Eunna norozi ohangda devorga oʻtilgan oqqa qarab gapirdi. Rei bundan kular ekan Eunna unga jiddiy qaradi.

– Men Jeon qiziman, oq oʻtishni qoʻlingizdagi har bir erkakdan yaxshi qila olaman, va kimnidir oʻldirishdan qoʻrqmayman, ammo yaqinda ona bolaman, bolamga sizlardek qon orqasidan yugurtirib qoʻymayman. – Eunna nafrat ila Reiga tikilib tepa qavatga chiqib ketdi.

– Manzilda adashting, yigit, agar qiz kerak boʻlsa uni koʻnglini jon bilan emas goʻzal jonga hayot beruvchi hislar bilan qaytar, ammo hozircha uni akasi bor bu yerga qaytib oyoq bosma. – Jungkook Reini yelkasidan yulqib uni eshikdan itarib chiqarib yubordi.

Rei eshitganlaridan hayratda qoldi, u bilmasdi Jungkook Eunnani akasi ekanligini, endi esa Eunna haqida oʻylagan narsalari va unga qilgan ishidan afsusda sochini orqaga tarab, mashinasiga oʻtirib haydab ketdi.

•

•

•

Kun tonga aylanar ekan Han birinchi bor taskin ila xotirjam yuragi tola quvonch bilan uxlagandi. Bularni kimnidir joningdan ustun koʻrib sevmaguncha hech kim tushuna olmaydi, holbuki hammani sevgisi har hil shu ularni bir biridan ajratib turadigan narsa. Han bu tun yakunlanmashini xohlardi, ammo hayot uni yana haqiqat bilan yuzlashtirdi.

– Uyga qaytishim kerak, Jungkook havotir olayotgan bolsa kerak. – Yeon Mi sekin Handan uzoqlashib aytdi.

– Yana biroz, menga imkon ber. – Han qizni yana qayta oʻziga tortdi.

Han ikkinchi qoʻlini koʻtarib qizni boshini oʻrtki qismiga qoyib qizni sochidan asta silab qoʻydi. Han qizni sochidagi iforidan tolib nafas olar ekan unga shu kifoya edi. Ammo qoʻyib yuborish vaqti kelganini anglasa ham uzoqlashishni istamaygina oʻrnidan turdi.

Han, Yeon Mini ham oʻrnidan turishiga yordam berib uni Jungkookni uyiga olib borib, qizni ichkariga kuztib olib kirar ekan zalni ortasida Yeon Mi koʻrgan narsasidan shok holatda qotib qoldi.

– Ancha katta boʻlib qolibdi, hatto uni his qilayapman. – Jungkook kulgancha Eunnani oyogʻi oldida tiz choʻkkancha qizni qorini silab kulib gapirdi.

Han and Yeon Mi

— THE END —