"My white butterfly"
– Taehyung kapalagimni olib ketdi men bolsa hech narsa qila olmadim shunchaki jim turdim men kapalakni oldida oʻzimni qanday inson ekanimni koʻrsatdim u endi men haqimda nima deb oʻylar ekan? Shu oylar bilan oʻtirar edim lekin kotibamni menga noz-karashmali sozlari meni hayolimni buzdi
– U mening sevgan qizim, endi esa bu yerdan yoʻqol va boshqa menga tegishni oylab ham oʻtirma meni qandayligimni bilasan shuning uchun ehtiyot boʻlib qadam tashla...
Meni jahlim chiqdi, va ofisni tark etdim hozir ketmaganimda aniq birovni mayib qilib qoʻyardim, men yoʻlda ketar ekanman esimga ertaga oq kapalagimni tugʻilgan kuni ekani tushdi men toʻgʻri unga sovgʻa olgani bordim va uni ertalabgacha tinch qoʻyishini oʻyladim...
– Taehyung qayoqqadir haydab keta boshladi, men bolsa uni qulogʻi bilan sochini torta boshladim... – "Hali senimi! Meni hammani oldida uyatli ishga qoldirding!" – bilmadim nega lekin Taehyung kulardi, va qoʻyib yuborishimni soʻrardi...
– Chunki sen meni bunday kaltaklamaganinga ancha boʻlibdi – Yo Xudoyim men uning soʻzidan uni qulogʻi bilan sochini qoʻyib yubordim va men ham kula boshladim...
– Meni bunday chaqirmaganinga oʻn ikki yil boʻlibdi... – Men unga jilmaygancha qaradim u bolsa menga javoban tabassum qilib qoydi... Biz uning uyiga keldik men hayron edim, unga qarab men – "Nega sening uyinga keldik?" – u esa kulib...
– "Sen bilan tun oʻtkazamoqchiman" – Men unga katta koʻzlarim bilan qarab ikki qoʻlimni jiniga oʻxshab yelkamga qoʻyib unga kulgili karardim, u esa kulib...
Taehyung: Nima sen faqat uyatsiz narsalarni oʻylaysanmi tun oʻtkazish deganda? – men hijolat boʻldim va oʻzimni ahmoqdek his qildim, yuzimni boshqa tarafga burib duduqlanib gapira boshladim... – "Haligi............ Men biroz... Boshqacha oʻylabman..... Sen bolsa meni hijolatdga solding, yaramas" – undan koʻzlarim bilan yuzimni olib kochdim chunki ikkala yanogim qizarishga ulgurgandi u esa memga yaqin kelib... – "Voy bo, oygulim, qizarib ketibdiku, sen huddi qizil gulga oʻxshaysan, qirmizigul, oygulim ikkalasi ham chiroyli eshitiladi"...
– Mening oygulimni yangi ismi paydo boʻldi qirmizigul bu nom unga juda mos, men unga yumshoq nigoh tashlab uyiga olib kira boshladim, u bolsa bir qoʻli bilan yanogini ushlardi, menga eng yoqqani u hijolat boʻlganda yanogi u yogʻda tursin butun boshli yuzi qizarib ketardi bu juda kulgi shu bilan birga yoqimli qanday qilib odam bir vaqtning oʻzida ham yoqimtoy va chiroyli boʻlishi mumkun? Bola oladi agar u men sevgan qirmizigul bolsa
Biz ikkimiz uyiga kirdik men bolsa kino koʻrishni tavsiya berdim, u bolsa – "Qoʻrqinchli kino koʻraylik" – uni soʻzidan jahlim chiqdi chunki u qoʻrqoq edi... – "Hoy qirmizigul, senga qoʻrqinchli kino korish mumkin emas sen qoʻrqoqsan, kinoni korib olishga korib keyin kechasi yigʻlab meni oldimga kelasan, sen yolgʻiz yota olmays.s.s.s.s...." – Men soʻzimni ohirigacha ayta olmadim chunki boshimga bir fikr keldi... – "Toʻgʻri aytasan kel qoʻrqinchli kino koʻraylik" – u esa menga qarab – "Nega birdan fikring oʻzgarib qoldi hatto sozingni ohirigacha ayta olmading?" – u toʻgʻri gapirdi, agar u qoʻrqinchli kino korib qoʻrqsa u ozi yota olmaydi shuning uchun u men bilan uxlashga majbur boʻldi bu ajoyib, men bu hayollar bilan pastki labimni tishlab, yuzimga tabassum tarqalib keti, unga qarab – "Shunchaki qoʻrqinchli kino qiziqarli boladi" – u shubha bilan qarab bosh irgʻadi, ikkimiz mehmonxonaga kirdik u yerda katta televizor bor edi, men esa yegani bir ikkita narsalar olib keldim u esa kino tanladi...
– Taehyung juda boshqacha edi, gapini ohirigacha ayta olmadi, undan ozgina shubhalana boshladim lekin galati hayolarni boshimdan chiqarib mehmonxonaga kirdik, Taehyung esa yegani bir ikkita narsalar olib kelgani ketdi men esa anchadan beri koʻrishni reja qilib kelgan kinoni tanladim kino nomi "From: Borsa kelmas" buni kino deb ham bolmas qisimlari koʻp faslari ham koʻp... Taehyung kelgandan keyin kino koʻrishni boshladik... Birinchi qismdan qoʻrqa boshladim va Taehyung qattiq yopishib oldim qoʻrqinchli joylarida boshimni uning koʻkrak mushaklariga berkitib, u esa ustimdan kulishdan boshqasiga otmadi, qanaqa qilib odam qoʻrqinchli kino koʻrganda bunday kulishi mumkin, keyin sezdimki uning hayoli bilan eʼtibori va koʻzi menda ekan...
Kino tugadi men esa qoʻrqa boshladim chunki Taehyungni uyida ikkimizdan boshqa hech kim yoq edi, men uning xonasini tark etishni hohlamadim, lekin majbur edim shuning uchun boshqa xonaga uxlashga ketayotganimni aytib chiqib ketim... Boshqa xona esa qanaqadir qoʻrqinchli edi... Men shunchalik kinoga berilib korganmanki hozir oʻzimni kinoni ichida deb oylab qoʻrqqanimdan qanaqalib Taehyungni xonasida boʻlib qolganmini bilmas edim u boʻlsa menga nima boʻldi deganday nigoh tashladi... – "Taehyung, men qoʻrqyapman" – u esa kulib yonidagi joyni silab uning oldida yotishimni ishora qildi... – "Hoy! ahmoqmisan! Men sen bilan bir toʻshakda yotmayman!" – u menga olovli nigoh tashlab – "Bolalikda birga uxlardiku, hozir nima boʻldi?" – u shu soʻzlarni gapirish davomida menga yaqinlasha boshladi... Men orqaga qadam tashlab, devorni his qilmaguncha qadam tashlashni toʻxtatmadim... U esa menga yaqin kelib belimdan qoʻlini oʻtkazib oʻziga yaqin tortdi va... – "Yo men bilan jim yotasan yoki yolgʻiz boshqa xonada, tanla!" – uning ohangida buyruq bor edi, bu meni jahlimni chiqardi, hech kim menga buyruq bera olmaydi! Men uning qoʻlini siltab oʻzimdan uni itarib yubordim, va uning koʻziga tik qarab – "Hech kim menga buyruq bera olmaydi! Men ortiq birovni soyasi ostida yashamayman! Menga bosim oʻtkaza olmaysan!" – qattiq jahlim chiqdi, alamimni esa undan oldim jahlimni u chiqaradimi demak alamimni undan olishga arziydi... Xonaga qaytib kirib hamma oynalarni berkitib toʻshak ichiga kirib oldim va hayolimdagi qoʻrqinchli kinoni chiqarib tashlashga harakat qildim... Va birdan hayolimga bir narsa keldi men juda xursand boʻlib ketim! Ahir ertaga mening tugʻilgan kunim! Qanday qilib tugʻilgan kun egasi buni unitib qoʻyishi mumkin? Men rossa xursand boʻlib tipirchilay boshladim, va koʻzimni qatiq yumib uxlab qolishni hohladim... Erta tong! Men hammadan birinchi uygʻonib kettim va toʻgʻri Taehyung xonasiga bordim, lekin kechagi ishlar yodimga tushib uyidan ketim va Jennie ikkimiz yashaydigan uyiga bordim Jennie oʻqishga tayyorlaniyotgandi, men ham u bilan salomlashib hammasini aytib berdim u esa tugʻilgan kunim bilan tabrikladi va menga koʻylak sovgʻa qilishini aytdi shuning uchun biz oʻqishdan chiqib koʻylak olgani boramiz... Universitetga yetib keldik men Jisoo va Rose bilan ancha yaxshi chiqishib keta oldim lekin Lisa bilan unchalik ham emas lekin u menga qanday munosabat qilsa men ham unga shu tariqa javob qaytaraman... Darslar tugaganiga darak beruvchi qoʻngʻiroq chalindi, men esa xursand boʻlib hammani kechki bazmga taklif qildim va Jennie bilan kechki bazmga menga koʻylak tanlashga bordik toʻgʻrirogʻi bu Jennieni sovgʻasi edi...
Men doʻkonga kirib koʻylaklarni koʻra boshladim lekin menga hech biri yoqmadi... Aylanib yurib koʻzim burchakdagi katta joyni egallab turgan koʻylakda tushdi
Koʻylak ozi yolgʻiz edi, bu koʻylak menga Jungkookni eslatdi "oq kapalagim" men buni tovush chiqarib aytdim, bundan yuzimga tabassum tarqalib keti, men shuni sotib olishga qaror qabul qildim, bugun Jungkookni oq kapalagi bolaman, bundan xursand edim, lekin Taehyung keldi men uning qirmiziguli edim oyguli ham... Men biroz oʻylanib qoldim... – "Hoy, qiz tezroq bir koʻylak tanla bizni vaqtimiz yoq hozir Taehyung bilan Jungkook keladi" – Jennieni sozlaridan shosha pisha shu koʻylakni oldim va kiyib korish xonasiga bordim...
Kiyib korib Jenniega koʻrsatdim, u bolsa...
– Whoa, mening dugonamdan oʻtkan goʻzal yoq bu dunyoda – Jennie hazil ila gapirar ekan men ham kulib unga...
– Bugungi bazmga kela turgan yigitlarni aqldan ozdiraman... – deb unga kulib qoʻydim va Jennie ikkimiz uyiga ketdik...
– Taehyungdan kecha kapalak bilan nima qilganini sorasam aytmadi bu esa jahlimni chiqardi, lekin unga hech narsa qila olmayman u mening doʻstim men u bilan kapalakni uyiga bordik... Taehyung birinchi tushib ketdi mashinadan
Uning orqasidan men ham tushdim
Kapalagimni bu koʻylakda korib juda ham xursand boʻldim, u yugurib meni oldimga keldi va...
– Sen meni emas sovgʻani kutubsanda, yaramas, kapalak.
– Amerikada boʻlganimda menga katta sovgʻalar yuborar eding, endi nima boʻldi?
– Men atayin shu koʻylakni olgandim, Taehyunga yoqqan qizil chiroyli guli bor koʻylakni olsam boʻlarkan...
– Hoy! Mayli sovgʻani beraman, avval menga ham oz sovgʻaningni bersang... – men unga yanogimni koʻrsatdim u bolsa meni tushunganday yuzimdan oʻpib qoydi, men juda xursand boʻlib unga sovgʻasini berdim...
– Ha, kel oʻzim takib qoʻyaman... – men uning boʻyniga marjoni takib qoydim lekin undan qanaqadir ifor kelardi bu ifor meni jini qilib qoʻyadi men oʻzim bilmagan holda uning boʻyniga boshimni koyib chuqur nafas oldim va qaynoq lablarimni uning boʻyniga bosdim u esa seskanib ketdi... Lekin men yelkamdagi katta qolar meni oq kapalagimdan uzoqlashtirdi, men unga gʻazab ila qaradim lekin bu Taehyung edi u ham menga nafrat ila boqardi, men tushunmadim nega u menga bunday qaraybdi....
– Men oʻzimning qirmizigulimni hafa qilib qoydim, men undan kechirim soʻrashni oylab oʻtirganimda jungkook qoʻngʻiroq qilib qirmizigulni uyiga borishimizni aytdi ahir bugun uning tugʻilgan kuni, men unga sovgʻa oldim va Jungkook bilan uning uyiga keta boshladik lekin u kecha biz nima qilganligimizni soʻradi men hech narsa aytmadim shunchaki jim ketdim qirmizigulni uyiga yetib kelganda ham undan avval borib Jenniedan oygulim qayerda ekanligini soʻradim u bolsa uni orqa hovlida dedi u yerga borsam hech kim yoq ekan ozi tashqarida ham hech kim yoq edi hamma mehmonlar ichkarida edi... Men oldindagi hovliga otdim u yerda esa Jungkookni yuzidan mening qirmizigulim oʻpib qoʻyganini koʻrdim jahlim chiqdi lekin Jungkook unga sovgʻa berdi va uni takib qoʻyish uchun uning orqasiga otdi lekin takib qoʻyib, uning boʻyniga boshini qoʻyib uning boʻynidan oʻpa boshladi, endi oʻzimni bosa olmadim va Jungkookni menga tegishli boʻlgan qizdan uzoqlashtirdim menga tegishli narsaga hech kim hatto yaqinlarim ham mening ruxsatimsiz tega olishmagan! Men tez qadam tashlab jungkookni yelkasidan kuch bilan qatiq ushlab uni tortib oldim u esa menga gʻazab ila qaragan edi lekin birdan meni korib boshqacha boʻlib koldi men bolsa oz doʻstimga musht tushirib yubormaslik uchun oʻzimni zorga bosib turgan edim... Oʻzimga tegishli boʻlgan qirmizigulimni qoʻlidan ushlab uni Jungkookdan uzoqlashtirdim va uni orqadagi hovliga olib bordim...
– Men Jungkookni sovgʻasidan juda xursand boʻldim buni yuzimdagi tabassumdan bilsa boʻlardi, Amerikada yurganimda Jungkook menga katta sovgʻa qutisida juda qimmatbaho narsalar sovgʻa qilardi lekin bunisi eng zori deb oʻylayman... U buni ozi takib qoʻyishini aytdi men ham qarshi boʻlmadim, u bolsa takib boʻlib boʻynimga boshini qoʻyib chuqur nafas oldi men bolsa joyimda qotib qolganga oʻxshadim, lekin boʻynimdan opa boshlaganda seskanib ketdim, lekin uni mendan kimdir uzoqlashtirdi... Men ortga oʻgirildim qarasam bu Taehyung edi, u Jungkook shunaqangi nafrat va gʻazab bilan qaradiki men hozir Taehyung Jungkookni uradi deb oʻyladim lekin u shunchaki menga qarab qolimdan ushlab qayoqqadir olib keta boshladi... Men Taehyunga, nima boʻldi deganday nigoh tashladim u bolsa
– Jungkook boshqa senga tegishiga yoʻl qoʻymaslikni vaʼda ber... – uning ohangida tashvish bilan qoʻrquv bor edi...
– Shunchaki koʻnglim joyiga tushishi uchun hoʻp deb rozi bol iltimos...
U meni quchoqlab oldi huddi meni yoʻqotib qoʻyganday... U meni qattiq quchoqlardi lekin teginishi yumshoq huddi meni sindirib qoʻyishdan qoʻrqanday...
– Meni ham Jungkookni oʻpkanday oʻp, keyin olasan sovgʻani
Men ikkilanmasdan uning yuzidan oʻpdim lekin unga kam boʻlganday ikkinchi yuzini koʻrsatdi uni ham oʻpdim lekin endi peshonasi ortiqcha, na iloj majbur u yerni ham oʻpdim u esa menga mamnun qaradi va... – "Manabu boshqa gap, aqlli qiz" – deb sochimni silab u ham menga yaqin kelib meni hidlay boshladi bu ahmoqlik...
– Oygulim, qanaqa atir ishlatasan?
– Chunki sendan, erta bahor gullarini hidi keladi bu esa odamni oʻziga jalb qiladi, buni bilasanmi?... – u meni sochlarimdan oynay boshladi men esa uni qoʻlini olib...
– Hoʻp, lekin menga qoʻlingni ber...
Men unga qolimni tutqazdim u bolsa huddi mening qolimni soʻraganday yerga tizlap oʻtirib choʻntagidan chiroyli uzuk qutisini oldi va......