September 9

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 8
—Author: Kim Yeon Mi

– Ancha katta boʻlib qolibdi, hatto uni his qilayapman. – Jungkook kulgancha, Eunnani oyogʻi oldida tiz choʻkkancha qizni qorinini silab kulib qoʻydi.

Buni esa eshik oldida Yeon Mi bilan Han koʻrar ekan Yeon Mi hayratda ikkala qoʻli bilan ogʻzini yopib orqaga Hani koʻksiga tirsaldi. Han qizni ahvolini tushunib darhol qizni qoʻlidan tutar ekan Yeon Mi uni itargancha hojatxonaga yugurdi.

Jungkook endi ular yolgʻiz emasligini payqagancha yuzidagi ifoda tezda qoshlarini chimirishga aylandi. Jungkook Yeon Mini yugurib hojatxonaga kirib ketishini kuzatib uni orqasidan kirmoqchi boʻlganda Han uni yoʻlini toʻsgancha yuziga ayamay musht tushirdi. Bundan Jungkook devorga suyanib qolar ekan boshi biroz chayqalsa ham hayratda uni kuzatib turgan Eunnaga "Yeon Mini ortidan kir" degandek koʻzi bilan ishora qildi.

– Sen ablahka nima yetishmagandi? Uni hayot iplari birma bir uzilib ketayotganini bilarding, hatto koʻz oldingda uni ahvoli yomonlashayotganini koʻrar eding, ammo uni qayta, qayta va qayta olov ichiga tashlayapsan! Uni bagʻringa bosib eʼtibor berib qoʻlidan tutish shunchalar qiyin boʻlib qoldimi sen uchun?! Javob ber?!! Uni hayotini ohiriga damlarida baxtli qilish qiyinchilik tugʻdirayaptimi senga?! Agar menda shunday imkoniyat boʻlganida u bilan birga hayot iplarimni uzgan boʻlardim . . . . – Han, charchagan holatda Jungkook yoqqasidan ushlab uni devorga qattiq tiragancha koʻzlari yigʻidan qizarib ketdi.

– Uni chinakamiga baxtdan tabbasumini koʻrish uchun jonimni ham berdim ammo men u istagan, u xohlagan, u sevgan, va unga kerakli inson emasman, qara unda allaqachon ikkinchi bosqich boshlangan, juda erta, ammo sen itdan tarqaganga buni zarracha qizigʻi yoʻq, eshitib qoʻy, agar Yeon Miga yana ozor berib keyinchalik oʻzingdan qahramoni yaratib kelsang shu mushtdim bilan oʻldiraman seni ! – Han bir qattiq siltash qilib Jungkookni yoqqasini qoʻyib yubordi.

– Eunna mening otamni ikkinchi xotinidan orttirgan qizi, yaniy oʻgay singlim, uni Reini qoʻlida bu ahvolda tashlab qoya olmasdim, uning qornidagi bola ham uniki. – Jungkook boshini devorga suyab gapirdi, Han boʻlsa hayratda qoldi. Boyagina jahldan oʻtkirlashgan nigohi endi biroz yumshab qolgandi.

•

•

•

Eunna, Yeon Mini orqasidan kirar ekan qizni qusayotganini koʻrib biroz hayron qoldi. Tabiiyki Eunna Yeon Mini saraton kasalini bilmasdi va uni oʻzidek xomlador deb oʻylagancha xursand boʻlgancha Yeon Mini sochlarini qizga halaqit bermasligi uchun bir qoʻlida ushlab turdi.

– Chiqib ketsang yaxshi boʻlardi. – Yeon Mi boshini koʻtarib qizni qoʻlini siltab tashlagancha yuzini yuvish mobaynida aytib oʻtdi.

– Yeon Mi. Kel aniqlashtirib olamiz, men Jeon Eunnaman, Jungkook ikkimizni oʻtamiz bir ammo onalarimiz boshqa, u meni oʻgay akam, oʻzi boshida aytishim kerak edi, ammo, kechir bunday holgacha kelishini kutmagandim, meni erim bor hatto yaqinda qizli bolaman. – Eunna qorniga ishora qilib kulib qoʻydi.

Yeon Mi endi hammasini tushunar ekan, nigohi yumshab ketdi. Ikkisi biroz gaplashgancha chiqib kelishar ekan ularni sukunat kutib oldi. Jungkook ham Han ham polga tikilib oʻtirar ekan Eunna Yeon Mini yelkasidan biroz siqqancha dalda berib qoʻydi.

– Han . . . – Yeon Mi past ovozda chaqirdi.

Han ham Jungkook ham boshini koʻtarib qizga qarar ekan Han oʻrnidan turib Yeon Mini bilagidan ushlab uni olib chiqib ketdi. Uni ortidan Jungkook chiqmoqchi boʻlganida uni Eunna ushlab qolgancha "Kerak emas" degandek bosh chayqadi.

– Yeon Mi, Jungkook bilan Eunna . . . . – Han qizga hammasini aytib bermoqchi boʻlganida Yeon Mi uni toʻxtatdi.

– Bilaman. Eunna oʻzi aytdi. Hatto eri ham borligini. – Yeon Mi biroz qaygʻu va quvonchli kichik tabbasum qilib gapirdi.

– Demak . . . – Han endi butunlay qizni hayotidan chiqish vaqti kelganini anglab yetgancha uni qoʻllarini asta sekinlik bilan qoʻyib yubordi.

– Xohlagan vaqting kelishing mumkin, sen . . . Sen ham menga qadrli eding ammo senga men arzimasdim, meni kechir, ammo taqdir menga faqat Jungkookga oshiq boʻlishimni aytgan bu ertakda sen yoʻq eding. – Yeon Mi boshini egib gapirar ekan Hani ogʻir yutinganini eshitdi, bilardi bu tigʻni u oʻz qoʻllari bilan Hani yuragiga sanchkanini, va uni tiriklayin oʻldirganini.

– Bilaman. Shu sababdan sen hayotingdan meni olib tashlaganing kabi ketaman, ammo oldingda tiz choʻkkan holatda, agar hayotinga yana bir bor qoʻshmoqchi boslang, yana hech narsa boʻlmagandek qoʻlingdan tutaman. – Han qizni yuzini silab tushar ekan qanchalar tanasi ogʻirlashayotganini sezib tursa ham ichidagi hamma narsani qaytadan yana ichiga yutib uydan chiqib ketdi.

Yeon Mi ichkariga qaytar ekan qoʻllari bilan arang devorga tayanib tepa qavatga chiqib ketdi. Jungkook, uni orqasidan biroz kutib turgancha keyinchalik oʻzi ham uni orqasidan xona eshigi yopilmasidan ichkariga kirishga ulgurdi.

– Yeon Mi? – Jungkook biroz hijolat ohanga qizdi chaqirdi.

– Vaʼda bering. – Yeon Mi ortiga oʻgirilib Jungkookga qaradi.

Oʻrtada sukut choʻkdi. Xona ichidagi muhit sokin, ichidagi xira chiroqlar esa qorong‘ulikni zo‘rg‘a yoritib turardi. Ikki inson bir-birining qarshisida turardi. Ular ko‘p gaplashishmadi — ba’zan ayrim va’dalar uchun so‘zlarning o‘zi ham shart emas edi. Jungkook biri qo‘lini uzatib, kichik barmog‘ini ikkinchisining yaniy Yeon Mini barmog‘iga ilib qo‘ydi. Yeon Mi ham shu ishoraga javoban barmog‘ini mahkamroq ildi. Bu oddiygina “va’da” edi ammo Jungkook va Yeon Mi uchun ularni yana qayta bogʻlagan rishta. . .

– “Nima bo‘lishidan qat’i nazar, unutma." – Yeon Mi nigohlarini jiddiylashtirib dedi.

– "Unutmayman" – Jungkook javoban qizdan koʻzlarini olib qochmay javob berdi, qattiy ohangda.

Bu gap aytilgach, ular bir necha soniya jim turishdi. Atrofdagi chiroqlar xira yonar, lekin o‘sha kichik barmoqlar orasidagi va’da go‘yo hammasidan aniqroq edi, ortiqcha gap aytilmadi, chunki Jungkook hammasini tushunib boʻlgandi, bu vaʼdani.

Eunna ularga halaqit berishni istamay uydan chiqib biroz aylangancha doʻkonga kirar ekan kayfiyati yaxshiligidan, birin ketinlik bilan oʻziga shirinliklar tanlay boshladi.

– Shirinliklarni koʻp olma, bolamga ziyon yetishi mumkin. – Rei qizni ortidan kelgancha uning qoʻlidagi bazi bir narsalarni joyiga qayta joylashtirdi.

– Qachondan beri bola ikkimizniki boʻlib qoldi? Bolani mendan emas deb aytayotgan kim edi? Shunday ekan, bola sendan emas, u meniki yolgʻiz oʻzimniki. – Eunna, Reiga jahl qilgancha u joyiga qoʻygan narsalarni qayta qoʻlidagi savatiga joyladi va Reini chetlab oʻtib ketdi.

Eunna xotirjamlikda oʻziga kerakli narsalarni olar ekan Rei uni ortidan kichik blaknot koʻtargancha uning ortidan, Eunna olgan hamma narsani yozib chiqayotgandi, buni koʻrgan Eunna biroz kulgancha ortiga qaytib Reini qoʻlidan blaknotni olib qoʻydi.

– Yozib chiqishing shart emas, yoningda oʻzim aytib turaman-ku, oʻzinga yarashadigan ish qil, avvalgi Rei Kesukega qayt. – Eunna, Reini ustki kiyimini ichki choʻntagiga blaknotni qayta solib solgan yerini yengil silab qoʻydi.

Eunnani gapidan xursand boʻlgan Rei tezda uning qoʻlidan tutgancha Eunnani qoʻlidagi ogʻir savatni oldi. Ikkisi baxtli aylanar ekan Eunna sekin gap boshladi.

– Uyga qaytishim kerak. – Eunna yana qayta Reini qoʻlidan narsalarni oldi.

– Nega? Oramizdagi tushunmovchiliklar arigan ekan Yaponiyaga qayta qolaylik. – Rei qizga biroz moʻltirab qaradi.

– Boʻlmaydi. Unday qarama. Akamni sevgan ayoli bor, u esa menga oʻxshagan xomlador ekan, uni yonida qolishim kerak. – Eunna Yeon Mi haqida gapirar ekan Reiga tezda Han aytgan gaplar yodiga keladi.

– Eunna, u qiz xomlador emas, unda saraton kasalligi bor, va xozirda sanoqli kunlari qolgan. – Rei jiddiy ohangda aytar ekan, qizni tinchlantirish uchun asta uning ikkala qoʻlini tutdi.

– Sen. Sen nimalar deyapsan?

Eunna

Yeon Mi tushlik vaqtida uxlab qolar ekan Jungkook qizni yotoqqa yotqizib, uni bevzota qilmaslik uchun xonadan chiqib ketdi.

Birinchi bor Jungkook xotirjamlikni yurak yuragi bilan his qilib lablari oʻzini erkiga bosh egmagan holda tepaga tortilib jilmayishga aylandi.

« Inson sevgan holatida-gina, yurak nafaqat ruhni balki butun boshli tanani va aqilni boshqara oladi. » - Huddi shu jarayonda oʻtayotgan Jungkook birinchi bor sevgini tamini tatib koʻrgan 18 yoshli yigitchadek tanasi qaltirab baxtdan oyogʻida kuch qolmagandek edi.

Jungkook asta zinadan tushib oʻzini qoʻyarga joy topolmay, nima qilishni ichiga sigʻmayotgan quvonchini qanday tashqariga chiqarishni bilmayotgan onda eshik zarb bilan ochilib Eunna kirib keldi. Eunna yugirib kelgan odamdek nafasi tezlashgan, yuzi oqarib ketgan, kafti esa qoʻrquvdan terlab ketgandi.

– Rostmi? U iflosni gaplari rostmi deb soʻradim?! – Eunna ohiriga gapini baqirish ila aytdi. Jungkook esa shok holatda eshik oldida turgan Reiga qaradi.

Rei tushunarli bosh chayqagan onda Jungkook bu shovqindan uygʻonib ketishi mumkin boʻlgan Yeon Midan havotir olgancha zina va tepa qavatga bir qarab qoʻygancha, keyinchalik Eunnani nigohlari bilan toʻqnashdi.

– Rost, faqat koʻp hissiyotlarga berilma, bolaga zarar. – Jungkook ogʻir yutinib yelka qisib gapirdi.

– Nega? Nega bunday xotirjamsiz?! Uni yoʻqotishdan qoʻrqmaysizmi?! U oʻladi. U oʻladi, shuni tushunayapsizmi? Qanday odamsiz-ki endi yetishgan narsangizni tuproqqa oldirib qoʻyadigan?! Jim turmang, aka! Men Rei emasman, men avvalgi Jungkook emasman, deng ayting! – Eunna yigʻlagancha Jungkookni koʻksiga yengil urar ekan Jungkook jim boshini egib turardi.

– Tinchlan. – Rei endi ortiq tomosha qilishni istamay, Eunnani yelkasidan ushlagancha uni qarshiliklariga qaramasdan uydan olib chiqib ketayotib "Uyingni qarshisidagi bizni uy, agar Eunna kerak boʻlsa uni oʻsha yerdan topasan" degancha chiqib ketdi.

Nihoyat uyda Jungkook oʻzi qolar ekan, shuncha ishdan soʻng ham uyni chiroqlarini yoqib uyni tashqaridan qulflagancha uydan chiqib ketdi.

•

•

•

Yeon Mi Eunnani gaplarini aniq va tiniq eshitsa ham, jimlikda yotdi. Xotirasi qaytgan qiz hali bu haqida hech kimga aytmagan taqdirda ham oʻzini qobigʻi orasida qamalib qolgandek his qilardi oʻzini. Ammo nihoyat bu uydan hatto Jungkookni ham chiqib ketgan ovozi kelgach Yeon Mi asta pastga tushdi. Uyni yorugʻi qizni koʻziga biroz taʼsir qilar ekan ammo yuragi hali ham qorongʻulikda qolib ketgandi.

Mushuk ovozi. Ochilgan oyna oldidan kelar ekan, Yeon Mi chalgʻidi. U ovozsiz qadamlar bilan mehmonxonaga kirgancha oyna oldida kun botishini tomosha qilib yotgan Kyoni koʻrishi bilan baqirib yubormaslik uchun qoʻllari bilan ogʻzini yopdi.

– Kyo, qanday qilib kelding? – Yeon Mi sekin pol tomon choʻkkalab oʻtirgancha oldiga kelayotgan mushuk tomon qoʻl choʻzdi.

Kyo tez qadamlar bilan Yeon Mini oldiga kelgancha, qizni ochiq kaftiga boshini qoʻyib erkalana boshladi. Yeon Mi, Kyoni koʻrishi bilan xursand boʻlib ketar ekan uni qoʻliga koʻtarib olgancha mehmonxonadan chiqib qarshisda eshigi yoʻq boʻlib katta oshxonaga kirish joyida unga qarshi fotoapparatni ushlab turgan Jungkookni koʻrishi bilan tabassumi soʻnib joyida qotib qoldi.

– Mushuk tanish shundaymi? Eslaysanmi uni senga Han olib kelib bergandi? Ammo uni haqiqiy egasi menman, shu sababdan u bu yerni oʻzini uyidek koʻrayapti. – Jungkook stolni yonida otirgancha Kyo bilan Yeon Mi bir ikki rasmga olib dedi.

– Qayrden oldingiz buni? – Yeon Mi qoʻlidagi mushukni qoʻyib yuborgancha Jungkookni yoniga oʻtirdi.

– Han bergandi, seni har bir baxtdan tabbasum qilganingni rasmiga olishim uchun. – Jungkook qoʻlidagini qoʻyib gapirdi.

– Ketmaganmidingiz? – Yeon Mi "Han" haqida ketayotgan mavzuni tezda boshqa tomonga burdi.

– Haa. Ketayotgandim. Ammo fikrimdan qaytdim. – Jungkook har bir gapini toʻxtab toʻxtab oʻylanib gapirdi.

– Va qolganimni sababi, senga nimadir tayyorlab bermoqchiman. – Jungkook stol ustidagi sabzavotlarga ishora qilib gapirdi.

– Jungkook janoblari taom tayyorlashni ham biladilarmi, hali? – Yeon Mi masxara ohangda gapirib, qoʻliga pichoq olgancha Jungkookga yordam berar ekan, ora orada Jungkookni ishiga jiddiy berilib ketganidan chimirilgan qoshiga va burishgan yuziga qarab kulib qoʻyardi, va bu manzarani barchasini kamerada videoga olardi.

Zavq bilan tayyor boʻlgan kechlikni Jungkook idishga solib, Yeon Mini oldiga qoʻydi.

– Yoqdimi? – Jungkook ishtiyoq bilan Yeon Mini kuzatgancha soʻradi.

– Juda mazzali, mendan ham yaxshi tayyorlar ekansiz, bu qobilyatingizni vaqtliroq aytishingiz kerak edi. – Yeon Mi xursand gaplarini aytdi.

– Vaqtliroq aytganimda Hani emas meni tanlarmiding? – Jungkook hazil qilib gapirar ekan Yeon Mi qoʻshigʻini stol ustiga gʻazab bilan qoʻygancha Jungkookga yov qarash qildi.

– Oʻzingiz aybdor edingiz, kim sizga Sanani tanla dedi oldingizda men turganimda, har holda baribir menga qaytib kelar ekansiz. – Yeon Mi yelka qisib, atayin tegishtirib gapirdi.

– Boʻldi oʻtgan ishlarni eslama. Muhimi hozir ikkimiz qoldik. – Jungkookni gaplaridan Yeon Mi tezda jiddiylashdi.

– Juda ham vaqtimiz koʻp, birga baxtli boʻlish uchun zoʻr vaqtni tanladingiz, Jeon Jungkook ofarin. – Yeon Mi oʻrnidan turib chiqib ketmoqchi boʻlganda uni Jungkookni gapi toʻxtatdi.

– « 𝑺𝒆𝒗𝒈𝒊𝒏𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒔𝒐𝒂𝒕𝒊, 𝒃𝒖𝒕𝒖𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒖𝒎𝒊𝒓 𝒅𝒆𝒎𝒂𝒌𝒅𝒊𝒓, » agar imkon bersang umringni sevgi va baxtga burkay. – Jungkook Yeon Mini ortidan kelib quchgancha dedi. Yeon Mi jimib qolar ekan chuqur oʻyga choʻmdi.

– Xohlasang agar toʻy qilamiz. – Jungkook asta qizni boʻshatar ekan Yeon Mi tezda Jungkookni qoʻlidan chiqib unga katta katta koʻzlar bilan qaradi.

– Aqildan oʻzibsiz. Bu haqida qanday oʻylash mumkin?! – Yeon Mi koʻrsatkich barmogʻini tirab gapirdi.

– Birinchisi oʻxshamagan, ammo ikkinchisi haqiqiysi boʻladi. Vaʼda beraman sen uchun u kuni eng yaxshisi qilaman, faqat yoq dema. – Jungkook, Yeon Mini ikkala qoʻlini tutib aytdi.

Yeon Mi ikkilanar ekan indamay bosh chayqab qoʻydi.

Toy haqidagi yangilik tarqalib ketar ekan, bu hatto Han va Sanaga ham yetib kelgandi. Ammo Sana borishni rad qilgancha, ularga Ispaniyadan Yeon Mi uchun toʻy koʻylagini sovgʻa sifatida yubordi. Hani bolsa toʻyga kelishdan boshqa iloji yoʻq edi. Toy kuni belgilanar ekan kuzni ohirigi oylariga toʻgʻri keldi.

– Bugun Eunnani oldiga oʻtib kelsam boʻladimi? – Yeon Mi Jungkookni galstugini toʻgʻrilash mobaynida soʻradi.

– Koʻp qolib ketma. – Jungkook qizni burnidan chimdib qoʻygancha dedi.

Jungkook/Pov:
Bugungi qilishim kerak boʻlgan ishlar menga mos kelmasa ham ilojim yoʻq edi. Chiqish eshigi tomon yurganimda orqamdan hafa boʻlib lablarini burishtirib turgan Yeon Mi gapirdi.

– Yuzimdan oʻpib qoʻymadingiz. – Uning past ovozda gapirishidan oʻzimni soʻkib, ortga oʻgirilib unga tabassum bilan qarab yaqinlashdim.

– Boshqa qaytarilmaydi, malikam. – Egilib uni yuzidan oʻpib qoʻydim va uydan chiqib ketdim.

Tashqariga chiqib qilgan birinchi ishim oʻzimga oʻzim vada berish boʻldi, "Uyga qaytsam yana bir bor yuzidan va peshonasidan oʻpib qoʻyaman.", bu shirin hayorlar ogʻushida mashinaga oʻtirib omborxonaga bordim, u yerga borganimda bir necha odamlarni koʻrdim, ammo men ham yolgʻiz emasdim, lekin shuni tushundimki, men vada berdim endi uni bajarishim kerak.

– Uyga tezroq qaytishim kerak. – Jungkook telefon orqali Kaiga gapirdi.

– Janob, bu tez tugaydigan ish emas. – Kai ogohlantirdi.

– Bunisi bilan ishim yoʻq, mening oʻrnimga Han qoladi, men yaqinda ishdan butunlayga ketaman. – Jungkook mashinani rulini kerakli tomonga burish mobaynida aytdi.

– Ammo bunga Han rozi boʻlarmikan . . . – Kai ikklanib dedi.

– Rozi boʻladi. – Jungkook soʻzini yakunlab goʻshakni qoʻydi va mashinani toʻxtatib tushdi.

– Kech qolding. – Han kinoya qilib dedi.

– Yeon Mi bilan biroz ushlanib qoldim. – Jungkook biroz oldinga voqealarni hayolidan otkazib kulib gapirdi.

– Sevgini tami shirin ammo uning tovoni ogʻir, koʻp ham oshiqlikka berilma, undan ayrilasan. – Han, haqiqat bilan yana bir marta Jungkookni toʻqnashtirdi.

– Sen undan koʻra, Yeon Mi ikkimizga toy uzuklarini sovgʻa qil, Yeon Mi seni yaxshi koʻradi doʻst aka uka himoyachi sifatida, shuni unutma, shuningdek uni nafaqat men balki mendan ham koʻp aziyat chekib qiynalib yoʻqotadigan inson sensan. Oʻzing aytganingek uni hech kim sendek seva olmaydi. – Jungkook ham huddi Handek javob qaytardi va uy ichkarisiga kirib ketdi.

Uy benzin hidi bilan anqib turar ekan Jungkook zina oldiga kelib otirdi va qoʻliga zajigalkani olgancha undagi kichik olovga biroz tikilib qoldi va soʻngra uni zina ustiga qoʻygancha olovni birinchi tepa va keyinchalik pastki qavatga tarqashiga imkoni berib qaytda tashqariga chiqdi.

Bu vaqtda Yeon Mi Eunnani uyida oʻtirar ekan ikkisi zavq ila suhbat qurishardi ammo bu zavqni Yeon Mini oʻzi buzdi.

– Bu jajji qizga isim oʻyladingmi? – Yeon Mi kulib soʻrar ekan Eunna oʻylanib qoldi.

– Hali emas, men bunday narsalarda unchalik ham yaxshi emasman. – Eunna koʻzlarini qisib kuldi.

– Bunday ishlarda bu qizchani, xolasi juda usta, agar Rei qarshi boʻlmasa uni Yeonna deb chaqiramiz, men bilan bir hil yurishi uchun. – Yeon Mi Eunnani ancha ishib chiqqan qorniga qarab tabbasum ila dedi.

Eunna biroz jimib qoldi, tabiiyki u bilardi, uning tabbasumi ortidagi narsani, va Yeon Mi hech qachon bu narsalarni koʻra olmasligini.

– Yeon Mi, ahvoling yaxshimi? – Eunna endilikda jiddiy yuz ifoda bilan soʻradi.

– Haa, bundan yaxshisi boʻlishi mumkin emas. – Yeon Mi katta tabbasum qilib oʻzini yaxshi ekanligini koʻrsatish uchun qoʻllarini yon tomonga yoyib gapirdi.

– Sen havotir olishni toʻxtat, men hali uzoqqa boraman. – Yeon Mi Eunnadan javob olmagach yana gapirdi.

– Jungkook ham kelib qolgandir, uyinga bor, sovuq tushayapti qalinroq kiyinib yurgin. – Eunna oʻrnidan turgancha Yeon Mini qoʻlini quchoqlab uni chiqish eshigi tomon olib kelgancha Yeon Mini tashqari tomon yengil itargancha, qoʻl siltab eshikni yopib qoʻydi.

Yeon Mi biroz yopilgan eshiklarga tikilib turdi soʻngra ortiga oʻgirilib qarshisidagi katta uy tomon yurar ekan eshikni endi ochmoqchi boʻlganida, qoʻliga tomchi tushganidan tepaga qaradi. Osmon allaqachon qora bulutlar bilan oʻralgan, va yomgʻir tomchilari eshitilmas ovozda yerga tushardi. Yeon Mi kulgancha eshik tutqichidan uzoqlashib tashqaridagi oʻrindiqlarni biriga joylashib oʻtirdi.

Yomgʻir bu safar koʻp yogʻar ekan Yeon Mini kiyimlari tanasiga, sochlari esa yuziga yopishgancha, oʻtirganda Jungkook qizni ortidan kelgancha qizni ustiga oʻzini paltosini tashladi.

– Soyabon tutib turishingiz shart emas, agar yomgʻirdan qochmoqchi boʻlganimda shundoq ham uyga kirar edim. – Yeon Mi Jungkookni qoʻlidagi soyaboni asta turtib oʻzini ustidan oldi.

– Yomgʻirni uyga kirib tomosha qilsang ham boʻlaverardi, uydan ham yomgʻir hidini his qilishing mumkin. – Jungkook, Yeon Mini yoniga joylashib unga qarab dedi.

– Men yomgʻirni shunchaki tomosha qilishni emas, uni his qilishni xohlaganim uchun bu yerda oʻtiribman, bilasizmi hidni osha narsadan olisda boʻlib ham seza oladigan narsa, ammo yomgʻir yogʻayotganini, uning tomchilari birma bir tanangizga yuzingizga tushishini his qilish boshqa. – Yeon Mi yomgʻir tomon qoʻlini choʻzish barobarida aytib oʻtdi.

– Mening ham senga boʻlgan sevgim ham shunday, huddi sen yomgʻirni sevib uni taʼriflaganing kabi. – Jungkook qoʻlidagi soyaboni yerga tashlab dedi.

– Sevgi izhor qilayapsizmi hozir? Notoʻgʻri vaqtni tanlagan chogʻisiz, Jeon Jungkook. – Yeon Mi masxara qilib kuldi.

– Nafaqat sevgi izhori, balki sizdek chiroyli qizni qoʻllarim va yomgʻir ostidagi raqsga taklif qilmoqchiman. – Jungkook ornidan turib Yeon Mi oʻtirgan joyga bir oyogʻi bilan tizzalab qoʻlini uzatdi.

Yeon Mi jilmaygancha Jungkookni qoʻliga qoʻlini uzatishi bilan, Jungkook qizni kutilmaganda tezda oʻziga tortdi. Uning bir qoʻli Yeon Mini belini biroz teparoq qismiga joylashdi, ikkinchi qoʻli bilan esa Yeon Mini qoʻlini yengil kaftlari orasida ushlab turardi.

Ikki juftlikni oyoqlari birinchi yoniga keyin oldinga va orqaga nozik nuqtasiz harakatga kelar ekan baxtdan hatto yomgʻir tovushini ham eshitmay qoʻyishgandi. Jungkook kaftidagi qoʻlni asta oʻzini ikkinchi yelkasiga koʻtarib qoʻygancha, ikkinchi qoʻlini ham Yeon Mini beliga joylab uni oʻziga yana ham yaqin tortdi.

Yeon Mi biroz oyoq uchida turgancha Jungkookni yuzi tomon yaqin kelar ekan, Jungkook qizni qiynashni istamay boshini biroz egib, peshonasini qizni peshonasiga bosdi.

– Bilasanmi bizga nima yetishmayapti? – Jungkook koʻzini yumgancha soʻradi?

– Nima? – Yeon Mi Jungkookni savolini takrorlar ekan Jungkook endi qattiq bosish bilan lablarini Yeon Miniki bilan birlashtirdi. Bu qoʻpollik xohish va kuchdan Yeon Mi biroz orqaga siljidi.

Ularni qoʻshni uyni oynasidan kuzatib turgan boshqa juftlik bu manzaradan ulardan ham koʻproq xursand edi. Eunna quvonchdan kulgancha sekin sakrab qoʻygancha Reini yelkasidan silkib qoʻydi.

•

•

•

Jungkook va Yeon Mi qayta uy ichkarisiga kirishganda, Jungkook sochiqlarni birini Yeon Mini sochini ustiga tashlab, qizni shochlarini qurita boshladi. Yeon Mi Jungkookni har bir harakatni diqqat bilan kuzatar ekan, Jungkook qizni nigohini sezgancha oʻzini jilmayishtan toʻxtata olmadi.

– Chalgʻituvchi odamsan, bilasanmi? Mana nega mening ish xonamga kirishing taqiqlangan. _ Jungkook sochiqni endi qizni sochlaridan olib oʻzini sochlarini qurita boshladi.

– Nega ekan? Hech ham unday emas, ayb oʻzingizda, menga chalgʻib qolmasligingiz kerak edi. – Yeon Mi Jungkookni qoʻlidagi sochiqni olib gapirdi.

– Meni oʻrnimda boʻlganingda tushunarding bu qanchalar qiyin ekanligini. – Jungkook boʻshab qolgan qoʻli bilan Yeon Mini oʻziga yaqin tortgancha uni boʻyi bilan teng boʻlish uchun egilib, qizni lablarida yengil va tez oʻpich bosdi.

– Uyatsiz, Eunna yoki Rei, va balki Han kelib qolganida nima qilardik. – Yeon Mi Jungkookni yuziga yengil urib qoygancha gapirdi.

– Nima boʻlardi? Hech narsa, Eunna bilan Rei ular oʻzlari bizdan ham battar, Hanga kelsak, u bechora umir bod armon qilib oʻtadigan narsalarni vaqtim va imkonim bor payti qilib olishim kerak. – Jungkook lab chetida jilmaygancha, Yeon Mini boshdan oyoq nazar solib chiqdi.

– Shafqatsiz odamsiz, Hanga achinmaysiz ham. – Yeon Mi endi uzoqlashmoqchi boʻlganda Jungkook, Yeon Mini belidan yana qaytda qoʻlini oʻtkazib uni tizzasiga tortdi.

– Sen Han haqida emas, men haqimda oʻyla, ahir ulgurmayapman, senga toya olmayapman. – Jungkook biroz hafa yuz ifodasini qilish uchun qoshlarini chimirdi.

– Uxlashga boraman, toʻyimizga ikki kun qoldi, shunday ekan men dam olishim kerak, toydan keyin menga vaqt bermaysiz. – Yeon Mi, Jungkookni aldagancha uni qoʻllarini boʻshatib tezda yugurib tepa qavatga koʻtarilib ketdi.

Jungkook boʻlsa qanday aldanib qolganini anglab yetgach Yeon Mini qoʻlidan ushlab qolmoqchi boʻlib oldinga intilganda Yeon Mi yugurgani sabab Jungkook ushlab qola olmadi. Va butun uy boʻylab Yeon Mini kulgusi yangradi.

— THE END —