"My first and last love"
– Yeon Mi xona tashqarisida eshikdan chiqib kelgan odamga umid bilan tikilib turar ekan shifokor chuqur horsindi.
– Xonim, buvingizni kuni yetib kelgan ekan, unda juda koʻp kasallar aniqlangan, ammo u yashirib yurgan ekan. – Shifokor biroz dalda bergancha qizni yelkasidan sezilarli siqib qoʻyib ketdi.
Qoya toshlar orasidagi mashinadan chiqib kelayotgan bu tutunda boshi yorilgan erkak hushsiz yotardi, mashinani old tarafidan esa tutun chiqib mashina portlashga tayyor edi. Yeon Mi shifoxonadan arang oyoqlarini surdab uyga qaytar ekan, eshikni ochishi bilan polga yiqildi.
– Buvi.... – Buvisi bilan boʻlgan barcha yaxshi-yu yomon xotiralarni eslagan Yeon Mi hozir faqat yigʻlardi.
Hammasi haqida Jungkookga aytishni va oʻzini hayotiga yakun yasashni xohlagan bu qiz, hamma narsani rejalashtirib ohirigi bor Jungkookga habar berib u bilan hayrlashib, ayta olmagan gapini aytmoqchi edi.
Yeon Mi mexmonxonaga kirib yerda yotgan sumkasi va telefoniga maʼnosiz tikilib turib sekin yerga oʻtirib telefonini oldi.
– Bu nimasi? – Jungkookdan kelgan bir nechta habar va ovozli habarni koʻrgan qiz hayron oʻziga oʻzi savol berdi.
Ovozli habarni eshitgan qizni yuragi uzilib tushgandek boʻlar ekan hozir oʻzini qaysi burchaka tashlashni bilmasdi. Yeon Mi oʻylab oʻtirmasdan yugurib uydan chiqib tezda Hani uyga keldi.
– Yeon Mi? – Han ham ayni paytda Jungkookni ovozli habarni eshitib havotir bilan qizni izlamoqchi bolib eshikni ochganda bir ahvolda turgan qizni oʻzini koʻrib hayratda qoldi.
Shifoxonada unchalik ham jarohat olmagan erkak koʻzini ochar ekan tirik qolgani u uchun bir baxt edi.
– Qayerdaman? – Jungkook kaftida unga nisbatan ancha kichik boʻlgan qoʻlni his qilib boshini yon tomonga burdi.
– Shifoxonada, Xudoga shukur, sizni vaqtida topdik, agar kech boʻlganda yomon jarohat olishingiz mumkin edi, hatto oʻlim ham. – Sana ohirigi gaplarini pichirlash qilib aytib biroz sukut saqlab keyin Jungkookni qoʻlini siqib jilmayib qoʻydi.
– Uyga ketishim kerak, Han qayerda? – Jungkook ornidan turmoqchi boʻlganida Sana ikkala qoʻli bilan Jungkookni yeklasidan ushlab uni joyiga yotqizdi.
– Yoʻq, hali tuzalib ketmadingiz, bir hafta shu yerda qolishingiz kerak, yana Hanga keladigan boʻlsak, uni qayerda ekanligini bilmayman. – Sana qayta joyiga oʻtirib qoʻliga Jungkookni qoʻllarini oldi.
– Jin *ursin, Sana, chiqib ket. – Hozirgi paytda Jungkook oʻzini ojizligidan nafratlangancha Sanaga qarab vishiladi.
Sana Jungkookni qoʻpol munosabatiga oʻrganib boʻlgani boyiz indamay chiqib ketdi ammo hafa boʻlganini sezdirish uchun eshikni orqasidan zarb bilan yopdi.
– Laʼnati ojizlik, barchasiga siz aybdorsiz dada. – Oʻzini butunlay buzilgan hayotida va qilgan barcha ishlarida oʻzini otasini yaniy janob Jeoni ayblagan bu erkak endi oyna tomon tikilib eski ishlarni yodga oldi.
Jungkook hali kichik bola boʻlgani boyiz unga hamma narsa tez va ogʻir botardi ayniqsa otasini haqiqiy shafqatsizligini koʻrganida.
– Odamning eng zaif tomoni bu his tuygʻular, sen qachon bu narsaga yengilsang hech qachon yuta olmaysan, va odamlar seni qoʻlida oʻyinchoq qiladi, zaif bolma Jungkook toki sen mendan keyin-ki Jeonsan ! – Janob Jeoni har kechki qoʻlida bir qadah sharob bilan oʻgʻilga aytadigan bu gaplarini yana bir bor takror aytdi.
– Hissiyot bu yoʻq narsa uni koʻra olmaysan qoʻling bilan ushlab ham ola olmaysan, toki qalbing ruhing his qilar ekan sen oʻzingni tirik ekanligingni his qilasan, ammo senga bularni hech biri kerak emas, nafas olayapsanmi? Gʻazablanyapsanmi? Oʻzingni kuchli sezayapsanmi? Biron nimaga erishishni xohlayapsanmi? Mana shu narsalar seni tirik qilsin, Jeon oʻgʻli. – Janob Jeon qoʻlidagi qadahni stol ustiga qoʻygancha koʻrsatgich barmogʻi bilan oʻgʻlini koʻksiga qoʻydi.
– Bu narsa senga kerak emas, senda aql bor, sen erkaksan, bola emas, har qanday holatda aql bilan ish tutgin, har bir joyda shunchalar magʻrur turginki hech kim bu tik qaddingni buklay olmasin ! Ertadan seni oʻzimni tarbiya qilgan bu olam bilan tanishtiraman. – Janob Jeon oʻgʻliga oqlangan toʻpponchani berib oʻzi tepa qavatga chiqib ketdi.
Qoʻlida toʻpponcha va undagi bitta oq bilan Jungkook qarshisidagi otasiga hiyonat qilgan qari erkakga hissiz tikilib turdi va miyasida Janob Jeoni aytgan gaplari aylanib oylab oʻtirmasdan bir oq bilan oʻsha odamni boshiga oq uzdi, xonasida viski ichishni hali ber davomlayotgan janob Jeon pastdan oq ovozini eshitgach miyigʻida kuldi.
– Mening oʻgʻlim ulgʻayibdi. – Janob Jeon endi oʻziga boʻlgan ishonchi yana ham oshib oʻzidan mamnun edi chunki endi unda faxrlanadigan Jeon oilasi qurgan bu imperiyani oʻzidan ham yaxshi boshqara oladigan odami bor edi.
Bu tun Jungkook yodidan hech ketmas edi, osha tuni Jungkook umrida birinchi bor odam oʻldirishi boʻlgandi, va hayotidan shafqat qilish achinish va hammaga goʻzal tuyuluvchi bu hissiyotlarni oʻchirib tashlangan edi.
Oynadan kirgan yengil shamol Jungkook unchalik ham uzun boʻlmagan sochlarini uchirib unga tanish boʻlgan iforini olib keldi.
– U shu yaqin atrofda, bu iforni dimogʻim anchadan beri sezmagan edi. – Jungkook oynadan Yeon Mi yengil iforini olib kirar ekan Jungkook bu ifor orqali qizni taftini his qilib biroz muddatga koʻzlarini yumdi.
Koʻzini yumib turgan Jungkook endi qorongʻulikni oʻrniga Yeon Mini mayin tabassumini koʻrar ekan, endi hayotida Jeon emas Jungkook boʻlib yashashini birinchi bor his qildi.
– Ojizlikdan nafratlansam ham, uning oldida ojiz turishim nafratdan koʻra yoqimli ! – Jungkook endi oynadan pastga qaraganda u yerda Yeon Mi telefoniga tikilgancha shifoxona ichkarisiga kirib ketardi.
Jungkook yengil tortsa ham ichida vahima uygʻondi, bir tomondan Jungkookni tanasi-yu ruhi qizni istasa ammo aqli unga jonatgan ovozli habarni eslatardi, Jungkook aniq bir qaroroga kela olmasdi ammo u bilardi hozircha u bilan koʻrisha olmasdi, mavridi emasdi.
– Sana. – Jungkook toʻshagidan turishga urinib qizni chaqirdi.
– Bu yerga Yeon Mi kelibdi, unga bu yerda ekanligimni aytma hech kim bilmasin. – Jungkook eshikdan kirib kelgan Sanaga qatʼiy buyruq berib orqasiga suyandi.
Yeon Mi buvisini dafn marosimini oʻtkazib Hani uyida qoladigan boʻlib, bugun shifoxonadan buvisini narsalarini olgani borgandi.
– Bu shifoxona mendan hamma narsamni tortib oldi, endi qaytib qadam bosmayman... – Yeon Mi chuqur nafas olgancha shamolda uchib yurgan barglarga tikilib oʻzida yengillikni his qildi.
– Hech boʻlmasa tabiat meni xursand qila oladi. – Qiz yuzida yengil oʻynagan tabassum bilan ichkariga kirib hamshiralardan buvisini narsalarni soʻradi.
– Siz shu yerda kutib turing, hozir olib kelib beraman. – Hamshira ketishi bilan Yeon Mi biroz oʻylangancha atrofga nazar tashlab u yerda unga qarab kelayotgan qizni koʻrib joyida hayratdan qotib qoldi.
– Sen? – Yeon Mi Sanani bu yerda koʻrishni kutmagandi ammo taqdir tasodiflarga boy.
– Ha, men, sen oʻzing bu yerda nima qilyapsan? – Sana stolga suyangancha qizga savol berar ekan Yeon Mi yuzini olib qochdi.
– Bu sening ishing emas, hisobot bermayman. – Yeon Mi har doimgidek qoʻpol javob berar ekan Sanaga bu yoqmasdi.
– Qoʻysang-chi! Qachongacha menga kundosh dushman boʻlib qaraysan, Jungkook sen bilan ajirashgan, seni sevmaydi, hamma ish oʻtmishda qoldi, bir birimizga hech boʻlmaganda yaxshiroq munosabat qilganimiz yaxshi. – Sana yelka qisib eʼtiborsiz gapirar ekan bu gaplar Yeon Mi uchun yurakni teshgan tigʻdek gap edi.
– Toʻgʻri aytasan. – Yeon Mi "Jungkook seni sevmaydi, hammasi oʻtmishda qoldi" degan gaplardan oʻzini yigʻidan tiyar ekan buni Sana sezmasdi.
– Oʻzing bu yerda nima qilayapsan. – Yeon Mi oʻziga ogʻir botgan gaplarni qaytib oʻylamaslik uchun gapni boshqa tomonga burdi.
– Test topishgani kelgandim, men xomladorman. – Sana hayajon bilan hammasini qizga aytar ekan Yeon Mi hayratda qoldi.
– Men, men ketaman. – Hatto hamshirani kutmasdan shifoxonadan yugurib chiqib ketishni xohlagan qizni ortidan Sana:
– Qayerga? – Degan soʻzdan boshqasini aytmay joyida qoldi.
Sana, Yeon Mini ortidan biroz tikilib turib keyin tez qadamlar bilan Jungkookni palatasiga kirdi.
– Unga nima deding? – Jungkook hatto xonaga kirgan odamga qaramay savol berdi.
– Uni aldadim, xomladorman deb. – Sana biroz tabassum qilib gapirar ekan bu gap Jungkook yoqmadi.
– Bu gapni bir eshitdim qayta eshitmay, Sana, meni bilasan, hazil qiladigan odam emasman. – Jungkook ortiga oʻgirilgancha eshik oldidagi Sanani oldiga keldi.
– Tayyorlan, Ispaniyaga ketamiz. – Jungkook qizni qulogʻi tomon egilib gapirgacha xonadan chiqib ketdi.
Yeon Mi chuqur nafas olgancha uyga qaytish oʻrniga toʻgʻri Hani uyi tomon yura boshladi. Qizni bu uyga qaytgisi kelmadi, bu uy qorongʻu xotiralarga toʻla ekan, endi u uy Yeon Mi uchun begona edi.
– Han uyda emas ekan. – Eshik qulf ekanligini koʻrgan qiz koʻzidagi yoshlarni artib Hani kelishini eshik oldida oʻtirib kuta boshladi.
Sukutda faqat polga tushib turgan koʻylak etagini oʻynab oʻtirgan qizni koʻrgan Han tomoq qirdi.
– Kxm. – Yoʻgʻon tomoq qirish ovozidan Yeon Mi boshini koʻtarib tepaga qaradi.
– Charchadim, koʻp qolib ketding. – Yeon Mi holsiz oʻzini tanasini devorga suyagancha koʻzini yumdi.
– Uyinga borib narsalaringni yigʻ, ketamiz. – Han qizni yoniga sekin tizzalagancha oʻtirdi.
– Qayerga? Nega? – Hozirda Yeon Mini hayolida ming hil narsalar aylanar ekan ammo ularni faqat bittasigina uni eʼtiborini tortib uni oylantirishga majbur qilardi.
– Busanga, senga yangi hayot, yangi oʻqish, va eng muhimi yangi tanlov beraman. – Han qizni yelkalaridan ushlab uni oʻrnidan turgʻazdi.
– Boʻldi jim, yigʻlama. – Han, Yeon Mini hozirdan koʻziga yosh olib yuzi yigʻlashdan burishishni boshlaganini koʻrib koʻrsatgich barmogʻini lablariga olib kelib jim ishorasini qildi.
– Yeon Mi . . . – Han qizni ismini mayin shivirlagancha qoʻlini choʻzdi.
– Han, men hammasini unutmoqchiman. – Yeon Mi Hani uzatilgan qoʻliga najot ipidek tikilib turib oʻylanmasdan qoʻlini choʻzdi.
– Ketamiz, endi hayoting oʻzing xohlagandek boʻladi. – Han ishonchli tabassum qilib qoʻydi.
Yeon Mi, Hanga ergashib kelar ekan bir qoʻli bilan oʻzini yoqasini ushlagancha oʻziga vada berdi.
– Yeon Mi bu 3 oy ichida Busandagi kollejga oʻqishini koʻchirib boshlab olgandi, va hozirda Han ikkisi ham ishlab ham oʻqib uyda kichik mushukni boqib olishgandi.
– Kyoga (mushuk ismi) ovqat berdingmi? – Oshxonada Han mushukni silagancha ovqat tayyorlayotgan qizga gapirdi.
– Haa, u bilan bugun aylanishga chiqmoqchimiz, biz bilan borasanmi? – Yeon Mi idishga solingan ovqatni stol ustiga qoʻygancha oʻzi ham oʻtirib qarshisidagi yigitga savol berdi.
– Boraman, agar kimgadir ortiqchalik qilmasam. – Han hazil qilgancha yonidagi Kyoga (mushuk) bir nazar tashlab qoʻydi.
– Qoʻysang-chi, sen shunchaki hasad qilayapsan, Kyo sendan koʻra meni koʻproq yaxshi koʻrishidan. – Yeon Mi biroz kulgancha javob qaytardi.
– Uni emas, balki boshqasini rashk qilayotgandirman. – Han past ovozda aytib biroz asabiy iljayish bilan bosh silkidi.
– Kimni? – Yeon Mi bu past ovozda aytilgan gaplarni aniq va tiniq eshitgancha qoshlarini chimirdi.
– Ovqatlanib boʻlgan boʻlsang ketamiz. – Han javob berishdan qochgancha qoʻliga ustki kiyimni oldi.
– Javobdan qochishning mumkin ammo mendan emas. – Yeon Mi, Hani qanday ekanligini bilgancha yuzini burishtirib Kyoni (mushuk) qoʻliga oldi.
Kuz faslining ikkinchi oyi bolar ekan kun ancha sovub qolgandi, qizni qoʻlidagi mushuk esa uni qoʻllaridan tushgancha oʻrindiqlarni ustiga kun tegib turgan joyga chiqib olgandi.
– Buni qaranglar, kimdir sovuq qotibdi. – Yeon Mi orasidagi Hanga kulgancha oʻzi ham oʻrindiqlardan joy oldi.
– Biz bilan oʻtir. – Yeon Mi qoʻli bilan yonidagi bosh joyni silagancha Hani chaqirdi.
– Rasmga olaman. – Han qizni rad qilgancha choʻntagidan telefonini chiqarib kamerasini yoqdi.
– Kulamiz ! – Yeon Mi yonidagi mushukka qarab gapirgancha sezilarli tabassum qilib qoʻydi.
– Ajoyib. – Han havoda muallaq ushlab turgan telefonini pastlatgancha sekin telefon ekraniga qaradi.
Han kelgan habardan peshonasi burishib qoshlarini chimirdi.
– Nimadir boʻldimi? – Hani chimirilib turgan qoshlarini koʻrgan qizni ham koʻngli notichlandi.
– Hech narsa, shunchaki bir tanishim Seulda toy qilar ekan, shunga bizni chaqirdi, borasanmi? – Han biroz asabiy gapirib qizni rad etishini kutdi.
– Boraman ! Qachon boʻlar ekan? – Yeon Mi xursand boʻlgancha oʻrnidan turdi.
– Ertaga, chunki ular Ispaniyadan kelishayapti, toyni Koreyada oʻtkazishib yana qayta Ispaniyaga uchib ketishar ekan. – Han biroz havotir bilan gapirib qizga ikki qadam yaqinlashdi.
– Ertaga, vaqt kam ekan, unda bugun koʻylak olgani boramiz. – Yeon Mi oldinga yurgancha unga yigitni ergashishini kutdi.
– Kun sovuq koʻylak olishni xohlayapsanmi? – Han qizni orqasidan yurib undan atigi ikki qadam masofa orqada yura boshladi.
– Bu ahir toy, kimdirlar uchun birinchisi, bu narsalar esda qolarli boʻlishi kerak. – Yeon Mi sekin bosgancha qoʻlini ustidagi paltosini choʻntagiga soldi.
Han javob bermadi shunchaki telefoniga kelgan habarni qayta qayta oqib bu u emas ekanlgiga amin boʻldi.
Jungkook asabiy majlis xonasida oʻtirar ekan qarshisidagi inson undan battar asabiy edi.
– Jeon, sen shunchaki vaqtingni bekor sarflayapsan, oddiy hujjatlarni deb Ispaniya mafiya imperiyasini qoʻlinga topshira olmayman, bundan men emas mendan tashqari bu ishdagi odamlar hammasi norozi boʻlishadi ! – Mushakli erkak qoʻlidagi hujjatlarga bir qarab ularni yana qayta Jungkookni oldiga tashladi.
– Shunchaki oʻz oʻrningni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqyapsan Flip, tan ol, agar men Alderoni oʻrniga chiqsam ikkala imperiya meni qoʻllarimda boʻladi. – Jungkook magʻrur gapirgancha ustidagi kiyimlarini toʻgʻirladi.
– Hoʻsh, agar Sana xonim hammasiga rozi boʻlib toy boʻlsa va Alderoga oʻxshab qol qoysa men roziman, Jeon. – Flip oʻrnidan turib qoʻlini chozgancha Jungkookni javobini kutdi.
– Flip, Flip, har doim meni sodda koʻrgansan. – Jungkook ham oʻrnidan turgancha Flipni choʻzilib turgan qoʻliga qarab iljaydi va uni eʼtiborga ilmay chiqib ketdi.
Jungkook Alderoni binosidan chiqqancha Ispaniyadagi uyiga keldi.
– Hoʻsh ishlaringiz qanday ketayapti? Flip nima dedi? U rozi boʻldimi? – Sana ichkariga kirgan erkakni koʻrib savol berdi.
– Bugun Koreyaga uchib ertaga toy qilamiz, Sana, tayyorlan, bu katta toy boʻladi, Koreyaga qoʻshilib Ispaniya halqi ham keladi. – Jungkook ustki kiyimni chechib divanga oʻtirdi.
Jungkookni gapini endi tahlil qilib boʻlgan qizni koʻzlari katta katta ochilgancha baxtdan oʻzini qoʻyarga joy topa olmay Jungkookni quchdi.
Katta marketdan Yeon Mi bilan Han kulgancha chiqib kelar ekan Han oʻzi gap boshladi.
– Aniq bormoqchimisan? Keyin afsus qilmaysanmi? – Han jiddiy soʻrar ekan huddi keyin "oʻzing xohlab borganding" deb aytadigandek edi.
– Haa, bu yerda oʻqish busan daryosi, va uy, bir hil hayot tarzi, zerikdim, buvimni ham sogʻindim, Seulga qaytib biroz eski xotiralarni eslayman. – Yeon Mi gapirish mobaynida 3 oy avval bilagiga taqqan qizil rangdagi soch bogʻchga qarab horsindi.
– Oʻzing bilasan. – Han qizni u bilan birga borishini yoqtirmay biroz jahl qildi.
– Jahl qilma menga ! – Yeon Mi joyda toʻxtab kayfiyati tushgancha Hani oʻzidek jahl bilan javob berib tez yurib oldinga otib ketdi.
Han qizni orqasidan tikilib qolgancha joyida indamay qotib turdi, chunki bilardi hozir qizni orqasidan borish hammasini yomonlashtirardi . . . . . Han biroz kutib besh daqiqadan soʻng yugurgancha qizga yetib oldi.
– Uy ichkarisida gaplashamiz. – Han qizni bilagidan ushlab uni kelib qolgan uyni ichiga olib kirdi.
– Bu shunchaki toyku, nimasiga jahl qilib hal qilishimiz kerak? – Yeon Mi yuzini bir tomonini kichik shishirib olgancha boshqa tomonga qaradi.
– Meni gapim toy haqida emas, sen haqingda ! – Han bir qoʻlini qizni yonidagi devorga qoʻyib uni ikki qoʻli orasiga qamadi.
Yeon Mi javob bermadi, shunchaki jim turdi, qizni sukunatidan Han biroz horsinib qoʻllarini devordan oldi.
– Hoʻp mayli, bu sukunatingni qachongacham chozar ekansan. – Han xonadan chiqishi bilan telefoniga kelgan qoʻngʻiroqdan joyida toʻxtatdi.
– Han? – Telefoni nargi tomonidan qizni ovozi kelishi bilan Han qoʻngʻiroqni yakunlamoqchi boʻlganida uni keyingi gaplar toʻxtatdi.
– Yeon Mi haqida gap bor . . .
Jungkookni telefonidan Sana, Hanga gapirar ekan yuzda tabassum oʻynadi.
– Ayt gapingni. . . – Han past ovozda gapirib ortiga xona ichkarisidagi divanda kayfiyatsiz televizor koʻrib oʻtirgan qizga qaradi.
– Toʻyga uni ham olib kel, unga kim gʻolib boʻlganini koʻrsatmoqchiman. – Sana gapirish mobaynida magʻrur tirnoq uchlariga qarab gapirdi.
– Majburmanmi? Uni oʻzini erkiga qoʻyib berganman, Jungkookga oʻxshab majburlamayman ! – Han biroz jahl qilib gapirdi, aslida uni jahliga Jungkookni Yeon Miga boʻlgan munosabati edi.
– Olib kelsang oʻzing uchun ham yaxshi, bir tomondan Jungkooka endi uni yonida sen bor ekanligingni koʻrsatasan, men esa Yeon Miga endi magʻlub boʻlganini va Jungkook har doim kimni tanlashini koʻrsataman. – Sana har bir gapiga urgʻu berib gapirdi.
Han sukutda qolar ekan orqasidan kelib unga tekkan qoʻllardan choʻchib ketgancha goʻshakni tezda qoʻyib ortiga oʻgirildi.
– Men uxlagani ketayapman. – Yeon Mi koʻzlarini zoʻrgʻa ochgancha Hanga gapirib "Otib ketay" degandek oldiga ishora qildi.
– Hayrli tun. – Han, Yeon Mini undan arazlamaganidan xursand boʻlib bir qoʻlini oldinga choʻzib "marhamat" degandek biroz tabassum qilib ishora qildi.
– Rahmat. – Yeon Mi baribir sovuq gapirgancha tepa qavatga chiqib ketdi.
– Baribir uxlab turganidan keyin arazlab qolgani esidan chiqib qoladi. – Han ikki qoʻlini beliga qoʻygancha kuldi.
Han pastki qavatda chala qolgan ishlarini tugatib boʻlgach tepa qavatga oʻzini xonasiga kirdi. Yigit uchun bu tun hayolar ogʻushida oʻtishi aniq boʻlar ekan, bir tomondan Yeon Mini azoblanishiga yuragi dosh bermashini bilsa ham, bir tomondan unga boʻlgan hislari va egosi bunga aksini aytar edi. Tun Yeon Mi uchun tez kelgan boʻlsa Han uchun bir asrdek edi.
– U boradi. – Han oʻrnidan irgʻib turib toʻgʻri qizni xonasiga keldi.
– Yeon Mi? Turgan bolsang tezroq tayyorlan, Seul ancha uzoq tezroq yetib borishimiz kerak. – Han eshik ortidan gapirib oʻzi tezda kiyingani xonasiga qaytdi.
– Han, men tayyorman. – Yeon Mi shunchaki yuzini oddiy suvga yuvgancha xonasidan chiqar ekan Han galstugini toʻgʻirlayotgan joyda toʻxtab tezda xonasidan chiqdi.
– Nega kayfiyating yoʻq? Bu toy ahir, oddiy boʻlib bolmaydi, qani, tez oʻzinga qarab chiq. – Han tezda qizni ortiga burib xonasi tomon yengil itardi.
Yeon Mi chuqur uf tortgancha qaytib ichkariga kirib ketdi. Qizni qiligini sevgan yigit lab chetida jilmaygancha u ham xonasiga qaytdi.
– Boʻldim shekilli. – Yeon Mi sochlarini turmaklagancha xonadan chiqdi.
Han xonasidan yengini uchidagi tugmani oʻtkazib chiqar ekan qizni koʻrib joyida qotib qoldi.
– Yaxshimi? – Yeon Mi bir ustiga qarab keyin koʻzlari katta katta ochilgan Hanga qaradi.
– Aylanchi. – Han biroz kulgancha qizga yaqinlashdi.
Yeon Mi erkalangancha kichik aylanish qilib koʻylak yonlarini ushlab kuldi.
– Endi oʻzinga kelding, ketamizmi? – Han bir qoʻlini beli tomon olib kelib qizni qoʻlini oʻtkazishini kutdi.
– Ketamiz. – Yeon Mi kulgancha bir qoʻlini Hanikidan oʻtkazdi.
Han qizni mashinasini old oʻrindiqqiga oʻtirgʻizib oʻzi haydovchi oʻrindigiga oʻtirdi. Mashina ishga tushib yoʻlda ketar ekan Yeon Mi har doimgidek oynani toʻlaqonli ochgancha boshini suyadi.
– Aslida Seulga buvim uchun ketayapman. – Yeon Mi yoʻlga tikilgancha gapirdi.
Han indamadi, javobsiz jim qoldi, Yeon Mi bolsa yigitdan javob kutgancha bir bor unga koʻz qiri bilan nazar tashlab qoʻydi.
Mashina Seulga yetib kelar ekan kuni yarimini mashina ichida oʻtkazgan qiz mashinadan tushkanidan xursand edi.
– Hali ham kimni toʻyiga kelganimni bilmayman. – Yeon Mi atayin Hanga ishora qilib gapirdi.
– Ularni toʻyni oʻzida koʻrganing yaxshi. – Han qizni yetaklagancha old oʻrindiqlarga oʻtirgʻizdi oʻzi esa uni yonidagi joyga oʻrnashdi.
Toy boshlovchisi toyni ochib berar ekan birinchi boʻlib old eshiklardan Jungkook chiqdi. Yeon Mi, Jungkook koʻrib koʻzlari tezda kattalashib ketdi, bir daqiqa nima qilishni qayerga yashirinishni bilmayotgan qiz atrofga alanglar ekan, Han qizni ikkala qoʻlidan ushlab uni jim qildi.
– Han . . . – Yeon Mi yigʻi aralash past ovozda yonidagi yigitni ismini aytib iltijo qildi.
– Jim . . . – Han qizga bir qarab bosh chayqab qoʻydi.
Jungkook oʻzidan keyin Sanani chiqishini kutib mehmonlar orasidagi Alderoni odamlariga gʻolibina tabassum qilish mobaynida ulardan unchalik ham uzoq emas masofada oʻtirgan qizni koʻrib tabassumi soʻndi. Jungkook asabiy oʻzini qoʻyarga joy topa olmay turar ekan hozirgi maqsadi faqat bu yerdan ketish edi.
Nihoyat eshiklar ochilib uzun keng oppoq yaltirab turgan libosda Sana chiqib kelar ekan, Sanani qoʻlida esa oppoq liliya gullar bor edi. Sanani yuzida tabassum aylanar ekan yurib kelayotgan joyida Yeon Miga koʻz qiri bilan nazar tashlaganda ikkisi uchun ham vaqt toʻxtab qolgan edi. Sana uchun pastagi qiz doim pasta achinarli koʻrinib qolar ekan Yeon Mi uchun bu aksi edi. Yeon Mi uchun bu shunchaki oʻzini ularni baxtli hayotiga qurbon qilishdek gap edi.
– Iltimos . . . . . . . – Yeon Mi yana bir bor oʻrnidan turib ketmoqchi boʻlib uni qoʻllaridan mahkam ushlab turgan Hanga otindi.
– Oʻzing xohlab kelding bu toyga, endi bularni koʻrishga majbursan. – Han qizni qoʻllarini biroz siqancha, agar qiz oʻrnidan turishga ketishga harakat qilsa joyida ushlab turishga shay turardi.
Sana, Jungkookni qarshisiga kelib unga qarab katta katta tabassum qilib qoʻlini uzatar ekan, Jungkook ham javoban unga kichik tabassum qilgancha uzuk taqdi.
Yeon Mi/Pov:
Oʻzim aybdor edim, kelmasligim kerak edi, hatto buvim uchun kelgan taqdirimda ham bu yerga qadam ham bosmasligim kerak edi. Qayta qayta bu yurak boʻlmish narsaga kimdir nimadir sanchganday ogʻrirdi. Mana qanday bolar ekan sevgan insoning yoʻqotish hissi. U qilgan ishlardan soʻng uni sevib qolmasligim kerak edi, u hozir meni oʻrnimga boshqasi bilan kulib qoʻl ushlashib nikohdan oʻtayapti. Oʻzinga achinmayapsanmi Yeon Mi . . . . . ?
– Ketaver. – Han ham ortiq qizni azobli nafas olish tovushidan qiynalgancha qizni qoʻllarini qoyib yubordi.
Yeon Mi biroz yengilashgandek tezda yuziga qoʻllarini olib kelib yuzini berkitib xonadan chiqib ketdi. Qiz toʻyxonani tashqarisida ilinib turgan Sana va Jungkookni rasmiga qarab bu rasmdan atigi uch qadam olis masofada turar edi.
– Toy tugadi. – Qizni orqasidan Han yarim soatga qolmay chiqib gapirdi.
– Ketaylik. – Yeon Mi ortiga iltimos qilgancha qaradi.
– Yoʻq, buvingni koʻrmasdan keta olmaysan, yana hozir ketganimiz bilan Busanga toʻnga yaqin yetib boramiz shu uchun shu yerda dam olib ertaga ertalab ketganimiz yaxshi. – Han qizga gapirgancha bir qoʻlini uni orqa yelkasidan oʻtkazdi.
Yeon Mi indamasdan bosh chayqadi va Han yetaklagan tomonga qarab oʻychan yura boshladi.
Toy yakunlanib Jungkook qizni ortda qoldirgancha mashinaga chiqib asabiy qoʻllarini sochlari orasidan oʻtkazdi.
– U kelgani uchun asabiylashayapsiz, shundaymi? – Sana biroz yigʻi aralash gapirdi.
– Yana nimaga asabiylashaman? Uni sen chaqirdingmi? – Jungkook yonidagi qizga yalt etib qaradi.
– Haa . . . – Past ovozda Sana Jungkookni gapini tasdiqlab undan nigohini olib qochdi.
– Mayli, nima ham derdik, chaqirgan ekansan, borib eski xotinim bilan koʻngil xushlik qilib kelaman, goʻzalim, sen esa qilgan ishingni uyda, bir xonadan chiqmay aqili qiz boʻlib oylab oʻtirasan. – Jungkook ustki kiyimlarini toʻgʻrilagancha mashina eshigidan tushib haydovchiga eshiklarni qulflashini buyurdi.
– Jungkook! Unday . . . Unday qila olmaysiz ! – Sana Jungkookni gaplarini endi tahlil qilgancha mashina oynasini urdi.
– Ohh, azizim, bu ishni juda yaxshi qilaman, va shu vaqtgacham qilib kelganman. – Jungkook egilib qizga lab chetida jilmaygancha boshqa mashinaga oʻtirib haydab ketdi.
Tanish uy oldiga kelib toʻxtagan Jungkook choʻntagi telefoniga qoʻshib sigaretni olib mashinadan tushdi. Jungkook birinchi sigaretini tutatib keyin esa telefonidan Hanga habar yuborgancha mashinasiga suyandi.
– Nimaga kelding? – Han uyni eshigidan chiqishi bilan qoshlarini chimirdi.
– Xotinimni koʻrgani. – Jungkook ogʻzidagi sigaret tutunini havoga puflagancha yoniga qarab iljaydi.
– U sening xotining emas, ajirashgansan, bugun esa u kim bilan ekanligini koʻrding. – Han ham qarshisidagi erkakga bosh kelmagancha javob qaytardi.
– Sen hatto tasavvur ham qila olmaydigan va hatto tegina olmaydigan joylardan bu qoʻllarni yugurib his qilganini bilasanmi? Han, men senga uni vaqtinchaga berdim, senga ishondim, chunki sen menchalik emassan, hatto hozir ham unga teginganman desang ham ishonmayman, chunki qoʻlingdan kelmaydi, endi esa men boray, xotinim meni sogʻinib qolgandir. – Jungkook bir qoʻlini Hani yelkasiga qoʻyib kuchli siqish bilan qoʻyib yuborib uy ichkarisiga kirib ketdi.
Yeon Mi toʻshak ichkarisida faqat boshini chiqarib shiftga tikilib yotar ekan, hayolarini bugungi toy egallab olgandi.
– U rostdan ham endi Sana bilan, bizni birinchi toy kechamizda ham u bilan edi. – Yeon Mi chuqur uf tortgancha koʻzini yumdi.
Yotoqda endi uyquga keta boshlagan qiz koʻzini eshik ochilishidan, sekin koʻzlarini ochgancha, boshini koʻtarib, kim kelganini koʻrib tezda orqaga tirsalar ekan ichkariga kirgan erkak orqasidan tushayotgan yorugʻlik tufayli yuzi koʻrinmasdi.
– Meni kutmaganding, shundaymi? Kel quchogʻimga. – Jungkookni qizni masxara qilib ikki qoʻlini yon tomonlariga yoygancha xona ichkarisiga qadam qoʻydi.