March 19

"My first and last love"

"My first and last love"

—Author: Kim Yeon Mi

– Hozirgi vaqtda Hani oʻtishdan ikkilanmay turgan Jungkook boshqa narsalarni oʻylay boshladi.

– Seni hozir oʻldirar edim-ku lekin sendan yaxshigina foydalansa boʻladi. – Jungkook qoʻlidagi toʻpponchani qimirlatmagan holda koʻzi bilan Handi ogʻizni yopishni buyurib keyin esa telefonini olib qizga qoʻngʻiroq qildi.

Bu vaqtda uxlayotgan qiz telefoni ovozidan xohlamaygina oʻzini uyqudan turgazib koʻzini ochmagan xolda goʻshakni koʻtardi.

– Nima istaysiz? – Qizdan kelgan bu savolni bu uydagi Jungkook va Han eshitayotgandi.

– Ajrim surgatini yoʻq qilishni. – Jungkook hotirjam javob berar ekan qizda bolsa bu aksi boʻldi.

– Unda ahmoq ekansiz, ajrashganimizga endigina ikki kun boʻldi, buni ajirashishdan avval oylash kerak edi. – Yeon Mi Jungkookni bunday befarqligidan jahli chiqib gʻazab bilan goʻshakni qoʻydi.

– Endi boʻlsa, seni menga qanday foydang tegishini koʻrsataman. – Jungkook qoʻlidagi toʻpponcha bilan Hani boshiga taqab turgan rasmni qizga yubordi.

Yeon Mi yana bir bor joyiga qaytib yotishga tayyorlanganda telefoni vibratsiya berib uni eʼtiborini tortdi.

– Senda oʻylashga imkon bor deb oʻylaysanmi? – Bu savol bilan uni tepasida kelgan rasmni koʻrgan qizni koʻzlari katta katta ochilib ustidagi tungi kiyimi bilan tezda tashqariga qarab yugurdi.

Jungkook aytgan manzilga kelar ekan ichkariga kirishga yuragi chidamas ekan ilojsiz kirib keldi.

– Bizni bosh qahramon. – Jungkookni kinoyali gapidan qiz unga aytgan gaplarini eslab pushaymon boʻldi.

– Bularni olib chiqib ketding. – Jungkook odamlariga ogʻzi qoʻli bogʻliq boʻlmish Hani olib chiqib ketishlarini buyurdi.

– Mendan nimani xohlasangiz beraman, ammo meni yaqinlarimga hech narsa boʻlmasligi kerak. – Qizni qatʼiy aytilgan bu gaplari Jungkookni tabassum qilishga undadi.

– Ishonching komilmi? – Jungkook tabassumini soʻndirmay qosh chimirib qarshisida qatʼiy ammo yigʻlashga shay turgan qizga qarab gapirdi.

– Ishonchim komil ! – Har bir soʻz ikkilanish va biroz qoʻrquv aralash chiqsa ham qiz oʻzini qoʻlga olardi.

Jungkook qizni bilagidan ushlab uni mashinasiga solib, yangi uyga olib kelib, uni ichkariga olib kirdi.

– Hammasiga oʻzing rozi boʻlding, endi ortga yoʻl yoʻq ! – Jungkookni gapidan qiz pushaymon boʻlsa ham endi "aytilgan gap otilgan oʻq" ekanligini bilib indamadi.

– Tepa qavatdagi xohlagan xonani olishing mumkin. – Jungkook qizni zinadan koʻtarilib ketishini kuzatib sekin oʻzi ham xonasiga kirdi.

Stol ustidagi ajrim hujjatini koʻrgan Jungkookni asabi taranglashib, oʻylab ham oʻtirmay uni olib yirtib, burchakdagi chiqindi idishiga soldi.

– Hammasini oʻz iziga tushirish kerak. – Bu gaplar Jungkookni chuqur oʻylantirar ekan, uni tuni boʻyi uxlashga qoʻymagandi.

Jungkook ertalab Yeon Mi uchun nonushta tayyorlab keyin uni tepadan koʻzlarini arang ochib tushib kelayotganini koʻrdi.

– Oʻqishingni davom ettirasan, va buvingni oldiga ham borib turasan. – Buvisini eshitgan qizni koʻzlari katta katta ochilib ketdi.

– Buvim? Unga nima deyman, ahir hamma boʻlgan voqealarni aytib bera olmayman. – Qiz havotir bilan ora orada duduqlanib gapirdi.

– Hoʻp, unda ikki uch kun buvingni oldida turasan, ammo keyin olib kelaman, hozir ovqatlanib oʻqishga bor. – Jungkook qizga hammasini tushuntirib oʻzi ishga ketdi.

Jungkook oʻzi uchun sotib olgan katta binoni oldida toʻxtab tushar ekan uni orqadan kelgan ovoz toʻxtatdi.

– Jungkook... – Sanani bu soʻzi koʻproq pichirlash edi.

Jungkook ortiga qarab ancha oʻzgarib qolgan qizni koʻrib oʻzida aybdorlikni tuydi.

– Sana. – Jungkook gapini davom ettirmoqchi boʻlganda yuziga kelib tekkan tarsakidan yuzi yon tomonga qarab qoldi.

– Sen ilfos, otamga nima qilding? Menga vada berganding, vada berganding ! Otangni ishini olganimdan keyin birga yashaymiz deb, ammo sen vadangda turmading... – Jungkookni koʻksiga kelib tegayotgan mayin mushtlashdan indamay qarshisidagi qizga tikilib turardi.

– Sana, sen hech narsani bilmaysan, shu uchun oʻzingni qoʻlga ol, men hali vadamni buzmadim, bu yerdagi ishlarimni yakunlashim bilan ketamiz.

– Ohirgi bor senga ishonishim. – Sana yana bir bor Jungkookni yolgʻoni qurboni boʻlar ekan, u hatto otasini Jungkook oʻldirilganini bilmasdi.

Jungkook uydan chiqib ketishi bilan Yeon Mini ortiq ovqatlanishni xohlamay, oʻrnidan turib tayyorlanib oʻqishiga kirib bordi.

– Kech qoldingiz Jeon xonim. – Ustozni kesatiq bilan aytilgan gapiga etibor bermagan qiz oddiy "uzur" bilan joyiga oʻtirgandi.

Bu yili birinchi kursni muvaffaqiyatli tamomlayotgan bu qizni oldidagi rejalari ancha katta edi, chunki bu bir yil u uchun eng yomoni edi.

– Majlisni boshlaymiz. – Direktor Jeon mikrofoni qoʻliga olib sekin toʻplanib turgan butun boshli kollej oʻquvchilarini ichidan oʻziga tanish boʻlgan chehradan koʻzini uzmay gapira boshladi.

– Bu yilgi bitiruvchilarni tabriklayman, undan keyingi bizni bitiruvchi boʻlib qoladigan kursimizdan esa umidlarimiz katta. – Ohirigi gapini bilinmas koʻz qisish bilan xotiniga ishora qilib yakunlagan Jungkook sahnani ortiga otdi.

– Uyatsiz. – Yeon Mi yuziga tabassum olar ekan, keyin boʻlgan ishlarni eslab bu tabassumni soʻnishiga imkon berdi.

Majlis tugashi bilan qiz hammadan ohirgi boʻlib chiqib uyga ketmoqchi boʻlganida uni ustozlarni biri toʻxtatdi.

– Yeon Mi, seni janob Jeon xonasiga kirishingni tayinladi. – Hali sumkasini olmagan qiz hayron ustoziga tikildi.

– Hozirmi? – Yeon Mi ushlab turgan sumkasini chetini qoʻyib yuborib gapirdi.

– Ha, hozir, chiqishingiz mumkin. – Ustoz bir qoʻli bilan eshik tomon ishora qilar ekan qiz hayrat bilan jimlikni saqlab indamasdan chiqib ketdi.

Jungkookni xonasini eshigida ilinib turgan yozuvga chuqur tikilib ikkilanib eshikni taqillatar ekan ichkarida "Kiring" degan sado chiqishi bilan chuqur nafas olgancha kirib keldi.

– Oʻtir. – Oldidagi oʻrindiqni Jungkook koʻzi bilan ishora qilib qizni oʻtirishi bilan gapini davom ettirdi.

– Narsalaringni yigʻib turishing mumkin, buvinga baribir bularni aytishimiz kerak, men ham seni koʻp vaqt buvingni oldida ushlab tura olmayman. – Jungkookni gaplaridan keyin Yeon Mini Jungkookni qarab turgan yuzi sekin pastga egilib chuqur oʻyga choʻmdi.

– Muhlat bering, men oʻzim tushuntiraman. – Yeon Mi Jungkookni rozi boʻlishini kutib asabiy labini tishladi.

– Uch kun, faqat uch kun muhlating bor. – Jungkook gapini tugatishi bilan Yeon Mi "rahmat" aytgancha uydan chiqib ketdi.

Eshik ochilib yopilganidan keyin Jungkook ham tashqariga chiqib endi mashinasiga oʻtirganida unga qoʻngʻiroq boʻldi.

– Janob Jeon, Sana xonim siz aytgan yigitni qoʻyib yuborishimizni talab qilib janjal qilayapti. – Oʻzini odamlarini gapidan asabiy peshonasini ishqalagan erkak qoʻpol javob bera boshladi.

– Hech kim chiqmasin ham kirmasin ham, hozir yetib boraman. – Jungkook mashinani ishga tushirib eng katta tezlik bilan uo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermay, telbadek o‘zi bilgan manzil tomon oqdek uchdi.

Katta tezlik bilan kelgan mashina tovushi uy ichkarisiga kirib kelar ekan hammani eʼtibori hozir eshikni ochib kirib keladigan odamda edi.

– Laʼnati ittlar, Jungkookni chaqirishga qachon ulgurdingiz? – Sana jahl bilan Jungkookni odamlarini bittasini yoqasidan ushlab uni eshik ochilishi bilan ittarib yubordi.

– Sanaa?! Nima qilayapman deb oʻylaysan? – Jungkook oʻtkir nigohi bilan qizga yaqinlashib uni bilagidan ushlab siqimladi.

– Oʻzingiz nima deb oʻylaysiz? Nima qilayotgan boʻlsam osha qizga yaxshi boʻlsin deb qilayapman! Ahir u yolgʻiz qola olmaydi, sizdan keyin u ham baxtli boʻlishi kerak, ammo uni shu holicha hech kim kabul qilmasa kerak, shu boyiz bu yigitchaga tegmang. – Sana gaplarini muloyim qilib aytar ekan undan chiqqan hech bir soʻz Jungkookni qulogʻiga jahannam kabi eshitilardi.

– Uni oʻzi qoʻlim bilan oʻldiraman, mendan keyin esa Yeon Mi hech kim bilan boʻlmaydi. – Jungkookni ichida qaynab kelayotgan bu gʻazabi Sanaga sezilmasdi.

– Nima?! Demak, undan kechish niyatingiz yoʻq, shundaymi? – Sana yigʻimsilab endi hayolariga kelgan narsalarni aytishni boshlar ekan Jungkook hammasini izidan chiqarishni xohlamay Sanani bagʻriga bosdi.

– Jonim oʻzimni, sen notoʻgʻri tushunma, men bu ikkisidan ham foydalaniyapman, sen havotir olma ishlarimni yakunlagach sen bilan uzoqlarga ketamiz. – Jungkook qizni ovutish uchun uni yelkasidan mayin silab boshladi.

– Unda bu bechora yigitni qoʻyib yuboring. – Sana hiqiqlab sekin gapirdi.

– Hoʻp, mayli, sen ket, qolganini oʻzim hal qilaman. – Jungkook qizni va u bilan kelgan odamlarni tashqariga kuzatib qoyib sekin ichkariga qaytdi.

Ichkariga kirib zanjirlarga osilib turgan tanaga noaniqlik bilan tikilib keyin barmoq uchlarini qimirlatishi bilan ikkita odam Jungkookni orqasiga oʻrindiq qoʻyib keyin yana chetga chiqishdi.

– Uni yerga tushiringlar. – Jungkook biroz boshini silkib odamlariga buyruq berdi.

– Kelishim qilamiz. – Jungkook oyoqlarin chalishtirgancha bir qoʻlini tizzasiga qoʻyib iyagiga tayandi.

– Meni rozi boʻladi deb oʻylaysanmi? – Han hushidan ketmagandi u shunchaki sukutda oʻz kuchini toʻplagandi.

– Bu sening tanloving emas, sen uchun tanlovni men qilayapman. – Jungkook kinoyaliy jilmayib keyin yuzini tekislab jiddiy qoʻpol ohangda gapira boshladi.

– Meni qoʻlimda kotibim Choi rolida oʻynaysan, yonimda yurasan, ishlarimga yordamlashasan, evaziga Yeon Mi bilan koʻrishib u bilan gaplashishinga ruxsat beraman, va tirik qoldiraman. – Jungkook sekin oʻrnidan turgancha hali ham yigitdan javob kutdi.

Han chuqur oʻyga choʻmar ekan, uni hech qanday rejasi yoʻq edi, bulardan qochib yoki chekinishni iloji yoʻq, chunki har bir burchakda osha yuzni koʻrasan, u esa seni oʻz domiga tortib ketadi.

– Uni boshatinglar. – Jungkook ustidagi kostyumini toʻgʻirlab oʻrnidan turishga qiynalayotgan yigitni yoniga kelib uni yelkasiga bir oyogʻini qoʻyib, yigitni qayta yerga mihladi.

– Oʻrningdan tur. – Jungkook qatʼiy buyruq berar ekan, hali ham kuch bilan yigitni ornidan turishga yoʻl qoʻymasdi.

Hani ikki qoʻli orqasiga bogʻlangani boyiz indamasdan Jungkookni kuchiga qarshi turib sekin koʻtarila boshladi. Jungkook koʻtarilib kelayotgan yigitni yelkasidan ahiri oyogʻini olib, kostyumni ichki choʻntagidan sigaretni chiqarib qoʻl ishorasi qilganida bu sigaretni uning odamlaridan biri kelib tutatib ketdi.

– Jeon imperiyasiga hush kelibsan, yigitcha. – Jungkook qoʻlidagi tutab turgan sigaretni yigitni lablari orasiga qoʻyib, keyin unga sezilmas darajada koʻz qisib lab chetida jilmaygancha uydan chiqib ketdi.

Mashina ichida erkak ketar ekan tanish koʻchani koʻrgach oʻzini toʻxtashiga ulgurmasdan rulni oʻsha tomonga burib yubordi.

– Jin ursin*, faqat bir marta koʻraman va qaytaman. – Jungkook oʻziga buyruq bergancha chuqur horsinib boshini ortga suyadi.

Koʻchani yarimidagi uylarni birini oldida toʻxtagan mashinani ichidagi odam bir soatdan beri mashina oynasidan uy tomon boqar ekan bu uydan hech kimni chiqisi kelmasdi. Ahiri sabri tolgan bu erkak ortiq chiday olmay, mashinadan tushib uy eshigini oldiga kelib taqillatmoqchi boʻlganida joyida muzlab qoldi.

– Uning buvisi bilmaydi. – Jungkook oʻziga uqtirgancha asabiy sochlarini ortga tarab sekin ikkinchi qavatdagi qizni xonasiga qaradi.

Qorongʻu tushib qolgani uchun Jungkookni ikkinchi qavatga koʻtarilishini hech kim koʻrmadi. Oynaning ochilgan ovozidan qiz oyna tomonga qaradi.

– Xonam ikkinchi qavatdaku qanday qilib chiqdingiz? Yoʻki oʻrgimchak odamisiz? – Qizga yaqinlashgan Jungkook past ovozda kuldi.

– Ha, oʻrgimchak odaman, oyim ham bekorga oʻrgimchak demagan. – Degancha hazil aralash qizni sochlaridab siladi.

– Agar uy olsak eshigi yoʻqidan olamiz, baribir oynadan kelar ekansiz.

– Nima qilay unda? Eshikdan kirib Assalomu alaykum buvijon ikkichi xotinimni tashlab birinchisini sogʻinib koʻrgani keldim deymi?

Jungkookni gapidan qiz hafa boʻlganday yuzini birishtirdi va uning qoʻlini oʻzidan olib tashladi, bundan Jungkook asabiy peshonasini gʻazabdan burishtirgancha yana qayta qizni oʻziga tortdi.

– Nima qilayapsiz? – Yeon Mi jahl bilan tanasidagi Jungkookni qoʻllarini ustiga oʻziniki qoʻyib ularni olib tashlashga harakat qilish mobaynida gapirdi.

– Men bu yerga sen bilan janjallashga kelmadim, sobiq bolsa ham erim deb hech boʻlmasa erkala ! – Jungkookni baqirishga oʻxshab kelgan bu gʻazabli ohangidan Yeon Mini jahildan burishib turgan bu yuzi endi hayrat va biroz hijolatga aylandi.

Yeon Mi tipirchilashni toʻxtatganida Jungkookni ham qoʻllari biroz boʻshashdi, buni sezgan qiz tezda oldinga qaradi.

– Hoʻp, nima istaysiz. – Yeon Mi javob olishni oʻrniga sukunat olib biroz noqulay qimirlab qoʻydi.

Jungkook biroz qizga tikilib turdi-da keyin uni orqasidagi divanga itarib yuborib oʻzi esa boshini qizni koʻkrak qafasiga qoʻyib qizi ustiga ogʻirligini tashlamasdan yotdi. Jungkookni bunday harakatidan hayratda qolgan qiz asabiy yutinib qoʻyib ustidagi katta tana egasiga qaradi.

Yeon Mi biroz ikkilanib turdi-da keyin qoʻllarini sekin chozgancha birini erkakni sochlari orasidan ikkinchisini boʻynidan oʻtkazib, erkakni tanasini erkalay boshladi. Tabiyki bu Jungkookni oʻziga ham yoqib tushdi.

Yosh bolalarcha onasiga erkalanish qiligini qilgan Jungkook bu safar juda ham beozor edi.

Tun yarim boʻlar ekan ikkisi ham shu tarzda uxlab qolgandi. Jungkookni boʻshashgan tanasi endi orom olgan ekan u koʻp vaqtdan beri birinchi bor dam olish qanday hisligini tuydi. Tong otishiga yaqin Jungkook birinchi uygʻonib ornidan turib ochiq boʻlmish oynaga qaradi. Hali erta, kuni ilk nurlari koʻrinmasdi. Jungkook ornidan turib choʻzilgancha bir tekis boʻlib yotgan qizga qaradi.

Jungkook sekin qizni divanda koʻtarib uni oʻzini yotogʻiga yotqizib keyin esa qizni xonasini koʻzdan kechira boshlagandi. Bir burchakda yotgan moʻyqalamlar, boʻyoqlar, va gʻijimlab chiqindiga uloqtirilgan qogʻozlar. Jungkook bularni koʻrib lab chetida jilmaygancha stol usti boʻylab barmoqlarni yengil surtdi va yarim ochiq boʻlgan javoni korib uni ochdi. Ichkarida faqat bir hil boʻyoq bilan chizilgan rasm, hammasi bitta odamga tegishli edi – Jungkook.

– Bu menmi? – Rasmlardagi oʻzini koʻrgan Jungkookni yuzi hayrat va tushunmaslik bilan burishdi.

Rasmda Jungkook har hil pozalarda edi, birida gʻazab bilan turgan boʻlsa, ikkinchisida esa tinch uxlab yotgani. Oʻzini yuzidagi emotsiyalar har hil boʻlar ekan bu oddiy rasmdan koʻra Jungkookni faqat qoʻra dunyosini aks ettirish edi, chunki bularni barchasiga hech qanday rang qoʻshilmagan. Oʻzida aybdorlikni his qilgan bu erkakni ichidagi his tuygʻulari endi jonlanayotgandi, va birinchi bor oʻzini haqiqiy odaman deb ayta olardi.

Rasmlarni Jungkook tushinib bolmas gʻazab va oʻziga boʻlgan nafrat bilan yirtib tashlab endi oynadan chiqib ketmoqchi boʻlganida oynani tokchasidagi kichik roʻmolchaga koʻzi tushdi. Tabiyki bu kichik roʻmolcha toʻshakda oʻranib yotgan Yeon Miga tegishli edi. Jungkook oylab ham oʻtirmay bu roʻmolchani choʻntagiga solib uydan batamom chiqib ketdi.

Hali tong yorishmasidan uygʻonib olgan bu qiz Jungkook unga hech narsa demasdan ketib qolganidan hafa boʻlib pastki qavatga tushdi.

– Hayrli tong, buvi. – Yeon Mi buvisiga salom berib oshxonaga kirib ketdi.

– Bugun vaqtli turibsan, oʻqishga ketishdan avval nonushta qilib ketgin. – Mehmonxonadagi divanda oʻtirgan qizni buvisi holsiz gapirar ekan, oʻzidagi kasalni qizdan yashirardi.

– Oʻqishdan kechroq qaytishim mumkin, mendan havotir olmang. – Yeon Mi bir boʻlak noni lablari orasiga qoʻyib bir qoʻli bilan sumkasini koʻtargancha uydan chiqib ketdi.

Bu safar shoshilmay kelgan qiz xursand edi, chunki avtobus bekatida har kuni koʻradigan yigitdan avval kelganidan.

– U kechikayapti. – Yeon Mi biroz havotirlangancha bilagidagi soatga qarab oʻziga gapirdi.

Bir joyda turishdan zerikkan qiz endi bir burchakka oʻtirib boshini bekatga suyab Han kelishi kerak bolgan joyga koʻz tikdi.

– Nega kelmayapti? – Yeon Mi asabiy pastki labini endi tishlamoqchi boʻlganda ortidan ovoz keldi.

– Senga labingni tishlamaslikni aytgandim. – Han biroz oʻynoqi tarzda gapirdi.

– Kechikding. – Hani yaxshi ekanligini koʻrgan qizni koʻzi namlanib borar ekan, burnini tortgancha boshqa tomonga qarab oldi.

– Nimadir boʻldimi? – Yeon Mini toʻsatdan qilgan ishidan havotir bilan Han soʻradi.

– Hech narsa, shunchaki biroz havotir oldim. – Yeon Mi hotirjam javob berishga urinsa ham uni ovozi baribir bu hotirjamlikni buzdi.

– Men yaxshiman, yigʻloqi. – Han qizni ikkala yuzini kaftiga olib sekin qizni peshonasidan oʻpib, keyin unga mayin tabassum qilib qoʻydi.

– Jungkook senga hech narsa qilmadi shundaymi? – Oʻzini noaniq bolgan bu ishonchini Han tasdiqlashini kutdi.

– U menga hech narsa qilmadi, qilmaydi ham. – Han oʻzini toʻxtatishga ulgurmasdan qizni boshini oʻzini koʻkrak mushaklariga qoʻyib uni sekin bagʻriga bosdi.

Hani quchogʻidan gʻamgin qolgan qiz indamay turdi.

– Avtobusing keldi. – Han qizdan qoʻllarini olib biroz uzoqlashdi.

– Hayr. – Qiz har doimgidek qoʻl siltab qoʻyib avtobusga chiqib ketdi.

Han biroz avtobusga tikilib turgach telefoniga qoʻngʻiroq kelishi bilan eʼtiborini boshqa narsaga qaratdi.

– Tezda kompaniyaga yetib kel, yana ustinga kostyum kiy, uchrashuv bor. – Jungkook birinchi gapirib Hani javobini kutmay qoʻngʻiroqni yakunladi.

Han javob bera olmay qolganidan asabiy sochini orqaga qilib tezda kiyimlarini almashtirib kompaniya keldi. Jungkookni xonasi tomon kelar ekan eshikni taqillatishga ulgurmasdan eshikni Jungkook oʻzi ochdi.

– Men bilan yur. – Jungkook Hanga ishora qilib majlis boʻladigan xonaga olib kirdi.

Xonani devorida katta ekran joylashgandi va Jungkook oʻrindiqa oʻtirishi bilan chekkada turgan odamlardan biri bu ekrani yondirib Alderoni odamlariga qoʻngʻiroq qildi.

Han biroz dovdirab turib qolib keyin esa chekkadagi odamlarni yoniga oʻtib qoʻshildi. Qoʻngʻiroqni Alderoni eng ishonchli yaniy oʻng qoʻli boʻlmish muskuli erkak koʻtardi.

– Sizlarga joʻnatgan videoni koʻrdingiz deb oʻylayman, Aldero oʻldi, uni butun boshli boyligi yeri odamlari oʻzi qurgan Ispaniya mafiya imperiyasi endi meniki, bu haqida butun boshli Ispaniyaga habar ber, men yaqinda oʻsha yerda bolaman. – Jungkook magʻrur gapirib oldinga biroz egildi.

– Oddiy bir video bilan butun boshli imperiyani qoʻlinga ola olmaysan, Jeon, Alderoni qiziga qolishi kerak bularni barchasi. – Muskuli erkak asabiy gapirib taranglikni yana ham mustahkamladi.

– Video va bular sizlarga yetadi, menda keragidan ortiq dokumentlar bor. – Jungkook stol ustiga Sana bilan nikoh qogʻozlari va Aldero oʻlimidan avvalgi qoʻl qoʻygan qogʻozlarni tashladi.

Ekrandagi erkakni gʻazabi qaynab qoʻngʻiroqni yakunladi.

– Janob qayta ulaylikmi? – Orqadagi odam sekin Jungkook tomon egilib soʻradi.

– Kerak emas, ketaveringlar. – Jungkook hotirjam javob berib oʻrnidan turib xonadan chiqib ketdi.

Yeon Mi kollejda oʻtirar ekan bu oy ohirigi oʻqish yili ekanligi boyiz darslar koʻp emasdi.

– Bugun kelmadi. – Qiz Direktor xonasini qulf ekanligini koʻrib hafsalasi pir boʻlib horsindi.

Kuni yarimi otib tunga yaqinlashar ekan qiz sumkasini sudragancha uyga kelar ekan uyni chiroqlari o'chirilganini koʻrib havotir bilan shoshilgancha uy ichkarisiga kirib ketdi.

– Buvi..... – Polda hushsiz yotgan buvisini koʻrib tezda buvisini yoniga choʻkkalab oʻtirgancha choʻntagidan telefoni olib tez yordamga qoʻngʻiroq qildi.

Tez yordam ularni shifoxonaga olib borib qizni operatsiya xonasini tashqarisida kutishini aytishdi. Yeon Mi ezilib oʻtirar ekan telefon sumka barcha narsasini uyga tashlab ketgandi.

Jungkook tun yarimda kompaniyadan chiqib mashinasiga oʻtirar ekan biroz oʻylangancha, sekin mashinani qizni uyi tomon hayday boshladi. Mashina Yeon Mi yashaydigan koʻcha tomon burilishi bilan tezligi oshib borar ekan Jungkook mashina unga boʻysunmayotganini sezib tezda tormoz bosdi.

– Jin ursin* Aldero va uni odamlariga, hammangizni oʻz qoʻlim bilan gʻorga tiqqaman. – Jungkook soʻkingancha, mashinani qizni uyi tomon kelishi bilan orqaga burdi.

Bir bor bolsa ham qizni koʻrishni xohlagan bu erkak mashinani tezligiga ham qaramay uy oldida ikki uch marta qayta qayta aylanib ahiri mashinani boshqa tomonga burib hayday boshladi. Jungkook mashinani qanday qilib toʻxtatishni oylar ekan, hatto tormoz ishlamayotgani boyiz mashina qayergadir urilganidagina toʻxtashini sezib, tezda telefonini olib qizga qoʻngʻiroq qildi, ammo bir ikki qoʻngʻiroqdan keyin ham javob yoʻq boʻlganidan keyin ovozli habar qoldirdi.

– Yeon Mi... Agar meni eshitayotgan boʻlsang, tezda Hani izlab topib u bilan boʻlgin, u seni himoya ham baxtli qiladi, meni eslama va Handan soʻrama ham, Sana bilan ketayapman, sen bilan boshqa bogʻlana olmayman, meni kechir, oppoq boʻlmish bu hayotingni bir iflos dogʻi boʻldim, meni kechir, boshqa ilojim yoʻq edi, vaqti kelganda barchasini bilib olasan. – Jungkook ovozli habarni yakunlab koʻzidagi bu namlanib kelayotgan yoshlarni artishga ham ulgurmay Hanga qoʻngʻiroq qildi.

– Han, meni diqqat bilan eshit, oldinga Yeon Mi kelishi bilan u bilan Busanga ket, va osha yerda uni olib qoʻl, va himoya qil, ammo zinhor unutma, u meniki, unga nisbatan nimadir qilsang oʻldiraman. – Jungkook gaplarini yakunlab qoʻlidagi telefoni yonidagi oʻrindiqqa tashladi.

Tezlik yana ham oshib borar ekan Jungkook hatto rulni ham boshqara olmay qolgandi. Oʻzidagi his tuygʻularini Yeon Miga tan olmagani va aytishi kerak boʻlgan koʻp gaplarni ayta olmaganidan afsus bolgan bu erkak endi oʻlishni xohlamayotgandi, chunki uni hayoti bor edi, va osha hayoti uchun yashashni xohlagandi, ammo uning ohirgi manzili qoʻya toshlari boʻldi.

Episode 13

The end...