"Psycho"
"Psycho" — Author: Kim Yeon Mi
Chapter - 1
— Telbalik bu faqat ishqdan emas ekanligini isbotlading...
– Jimin qoʻliga boʻyoq qalam olib qizni oʻtirgan rasmini chizish barobarida qizni sekin sekin hushini yoʻqotganini anglab lab chetida jilmayib, qizni butkul tanasini boshqara olmaydigan darajada polga yiqilib tushdi.
– Bu holatda haqiqiy sanʼat asarisan ilhom pariyim... – Jimin oldidagi boʻyoq qalamlarin stol ustiga qoʻyib yerda hushidan ketishga ulgurgan qizni tanasiga tikildi.
– Bilasanmi, sanʼatdan sanʼat yaratish qiyin, shu uchun bu ikkalasidan bittasi yoʻq boʻlishi kerak. – Jimin ichidagi niyatlari ayon boʻlayotgan bir paytda qiz hali ham biroz ochiq boʻlgan koʻzi bilan Jimini koʻra olardi.
– Va bu ikki sanʼatdan bittasi yoʻq boʻlishi kerak boʻlsa u ham sen boʻlasan, ilhom pariyim. – Jimin qizni oldiga kelib uni yoniga choʻkkalab oʻtirib keyin qoʻlini choʻzib barmoqlari orasiga qizni yuziga tushib turgan sochlarini uni yuzidan oldi.
BIR KUN AVVAL
– Qarshisidagi rasmga maʼnosiz tikilib turgan bu qizni hayolari chalkash boʻlib, rasm ostidagi yozuvni qayta qayta oʻqirdi.
– Haqiqiy yozuvchi hech qachon oʻzini haqiqiy yozuvchiman deb atay olmaydi ! Chunki uni hech qachon oʻzini yozgan bu asarlaridan butun dunyoni koʻngli toʻlgan bir paytda ham oʻzi uchun eng yomoni boʻlib qolaveradi ! – Bu gaplarni asl maʼnosini allaqachon tushungan qizni hayolida biroz avvalgi boʻlgan voqealar aylandi.
BIROZ AVVAL
– Mi xonim, siz qasam ichgansiz, bu sizning ishingiz vazifangiz, nima boʻlgan taqdirda ham bemorga yordam berishingiz kerak, tabiiyki bu bemor sizni kutib bir oy hech qanday davolanish olmadi. – Bu shifoxonani bosh direktori boʻlgan janob Choi peshonasidagi qoʻrquvdan kelgan terni mato bilan artib qizga qoshlarini chimirib qaradi.
Yeon Mi ustidagi oppoq shifokorlar kiyimni etagini gʻijimlab ogʻir yutinar ekan hayolarida har hil narsalar aylana boshlagandi.
– Bilaman, sizga bu qiyin, ammo u bu yerga Fransiyadan keldi, atayin siz uchun, u haqida nima deb aytishlarini ham bilaman. – Choi qoʻlidagi matoni buklab qizga tikildi.
– "Delirios de Diseñador" – Yeon Mi direktorni gapini yakunlar ekan biroz asabiy boshini koʻtarib stolda oʻtirgan qarib qolgan erkakga qaradi.
– Bu nomni unga Fransuzlar bergan, maʼnosini oʻzing ham bilib turibsan, Yeon Mi, ortga qayta olmaysan, sen rozi boʻlmagan taqdirda ham u seni olib ketadi, tayyorlan. – Janob Choi stol ustidagi qahvasidan qoʻliga olib qizni chiqishini kuzatdi.
– Tasonolar, sizga, Choi. – Leonard qoʻlidagi toʻpponchani oʻynatgancha xonani bir burchagidagi eshikdan chiqib keldi.
– Hammasini siz aytgandek qildim, janob. – Choi oʻrnidan turib duduqlangancha hatto tiz choʻkishga tayyor turdi.
– Ishingni yaxshi bajarding, tirik qoldirishim esa Janob Diseñador-ga bogʻliq. – Leonard telefonini olib Diseñadorga qoʻngʻiroq qildi.
– Janob, ishni tugatdim, siz aytgan qiz ertaga uyingizda boʻladi. – Leonard qoʻlidagi toʻpponchani Choini peshonasidan uzoqlashtirmay telefonga gapirdi.
– Uyga qayt. – Leonard ham qoʻngʻiroqni tugatgan odam ham javob kutmay oʻchirib qoʻyishdi.
Yeon Mi uyga qaytib eshikni ochishi bilan qarshisida dugonasini koʻrib choʻchib ketdi.
– Nega arvohga oʻxshab bu yerda turib olding? – Yeon Mi qarshisida quchoq ochib turgan dugonasi Yeon Sooga qarab gapirdi.
– Kelishingni kutdim, tezroq kir, gap bor. – Yeon Soo hayajon bilan gapirib qizni yelkasiga mayin urib qoʻyib tezda divanga oʻtirdi.
– Nima boʻldi? – Yeon Mi ham qizni yoniga oʻtirib, savol berdi.
– Xullas bir hafta avval menga bir yigit model boʻlish uchun taklif berdi, men oʻylab oʻtirmasdan rozi boʻldim, endi u bilan ertaga koʻrishamiz deb gaplashdik. – Yeon Soo hayajon bilan tabassum qilib gapirar ekan Yeon Mi uni mayin tabassum bilan kuzatardi.
– Sen xursand boʻlsang men ham xursandman, men ham ertaga ketaman, bir oy avvalgi ishlarni baribir meni boʻynimga yuklashdi. – Yeon Mi horsinib gapirganida uni ikkala yelkasidan Yeon Soo ushlab jiddiy ovozda gapira boshladi.
– Men seni ota onanga vada berganman, seni himoya qilib, har doim yoningda boʻlib yordam berishga, shu uchun bunday qila olmaysan, Yeon Mi ! U kimligini yaxshi bilasan, va oʻzing ham qoʻrqib turibsan. – Yeon Soo har bir gapida ovozini balandlatdi.
– Bilaman ! Bilaman ! Barchasini ! Bas qil endi ! Kerak emas, hammasini oʻylab qoʻyganman, vada beraman hammasi yaxshi boʻlib ketadi. – Yeon Mi gapirish mobaynida oʻrnidan turib tepa qavatga yugurdi.
HOZIRGI VAQT
– Ertalab oʻrnidan turgan qiz begona toʻshakda ekanligini koʻrib ornidan sapchib turdi.
– Men . . . . – Yeon Mi oylanar ekan ustidagi kiyim hamma narsa huddi kechagidek turgandi.
Oʻzini iflos hayolari amalga oshmaganidan tanasi yengilashgan qiz chuqur nafas olib tezda pastki qavatga tushdi.
– Malika uygʻondi. – Leonard qoʻlidagi pichoqni stol ustiga tashlagancha koʻzi bilan qizni oʻtirishiga ishora qildi.
– Akam Fransiyaga ketdi, seni menga topshirib, shunday ekan bir kun shu yerda qolib turasan, meni qiladigan ishlarim bor, ertaga biz ham uchib ketamiz. – Leonard chiqib ketishi bilan Yeon Mi huddi ozod boʻlgandek nafas chiqardi.
– Bular hammasi aqildan ozgan. – Yeon uyni aylanib chiqish barobarida oʻzi bilan oʻzi gaplashib chiqdi.
– Uning sanʼat asarlari jirkanch edi huddi oʻziga oʻxshagan. – Qiz xonada aks-sado berib bor ovoz ila baqirdi.
– Seni davolab boʻlmaydi ! Deb yuziga qarab aytish kerak edi. – Yeon Mi aytishi kerak boʻlgan gaplarini vaqtida ayta olmay qolganidan afsuslanib xonaga nazar tashlay boshladi.
Xona katta va har hil rasmlar va odam mekatlariga tola edi.
– Hatto uning bu maktetlari ham huddi tirik odamni qotirib qoʻygandek. . . . – Yeon Mi rasmlar tagida bittadan qoʻyilib chiqqan maketlardan oʻtib ohirigi maketi yoʻq rasm oldida toʻxtadi.
– "Jahannam jannati !" – Qiz rasm tagidagi soʻzlarni oʻqib tanasidan yugurgan qoʻllarni his qildi.
Tezlik bilan ortiga oʻgirilib u yerda boshliqni ammo endi payqagan stolni koʻrib, osha stol tomon yaqinlashdi. Yeon Mi stol ustidagi yoyilib yotgan qogʻozlarni orasidan Yeon Soo haqidagi barcha maʼlumotlar yozilgan qogʻozni koʻrib qoldi.
– Bu nimasi? Yeon Soo. . . . . . – Yeon Mi qichqirib yubormaslik uchun qoʻli bilan ogʻizni yopib yerga oʻtirib qoldi.
Qiz stol ustidagi barcha qogʻozlarni yana ham yoyib qolgan qizlarni ham rasmlar-yu ular haqidagi barcha maʼlumotlarni koʻrib tanasidan qoʻrquv yugurdi. Yeon qoʻlidagi dugonasini rasm yopishtirilgan qogʻozni ustidagi yozuvlarni qayta qayta oʻqir ekan bu qogʻozni ustki tomonidan dagʻal qoʻllar ushlab kuch bilan tortishi bilan bu qogʻoz ikkiga yirtilib ketdi.
– Bu yerda nima qilyapsan? Undan koʻra ertangi kuningni oʻyla. – Leonard qoʻlidagi yarim parcha qogʻozni gʻijimlab chiqindi idishiga soldi.
– Sizlar ! – Yeon Mini qoʻrquvdan kelayotgan koʻz yoshlarini artib hayolarini jamlab toʻgʻri gap topa olmayotgandi.
– Bu odamga oʻxshash maketlar nima? Va bularchi?! Demak Yeon Soo sizlarni keyingi qurboningiz boʻldimi? – Qiz gapirish mobaynida tahdidek koʻrsatgich barmogʻini qarshisidagi yigitga taqab kichik qadamlar bilan yaqinlasha boshlagandi.
– Bu sen oʻylagan narsa emas ! Vaxshiylik bu darajagacham yetmagan ! Bular oddiy buyurtmalar asosida yasalgan maketlar. – Leonard ham qizni har bir gapini inkor qilib unga yaqinlasha boshlagandi.
– Va keyingi qurbonimiz dugonang emas sen boʻlishing mumkin, shunday ekan hayoting uchun kurash. – Leonard qizga maʼnoni tabassum qilib xonanda chiqib ketdi.
Yeon Mi esa yigit biroz avval boʻlgan joyga tikilib oʻsha yerdagi boyagina koʻrgan rasmiga yana tikilib qoldi.
– "Uning jahannasini jannati men ekanman" – Yeon Mi rasmiga chuqur tikilar ekan rasmda qonli yomgʻirda gʻuncha ochgan lotus guli aks ettirilgandi.
FRANSIYA
Leonard bilan Yeon Mi Fransiyaga yetib kelishgan onda ularni ikkita boshqa boshqa mashinalar kelib olib ketishdi.
– Siz kimsiz xonim? – Qoʻriqchilar mashinadan tushgan qizga savol berishdi.
– Mening shaxsiy shifokorim. – Ichkaridan Jimin chiqqancha qizga qosh qoqib qoʻyib keyin uni uy ichkarisiga olib kirdi.
– Hush kelibsan, Yeon Mi. – Jimin ohirgi gaplariga urgʻu berib gapirdi.
– Janob Park, men sizdan bir narsa soʻramoqchi edim.
– Marhamat soʻra. – Jimin divanga oʻtirgancha oldida tik oyoqda turgan qizga qaradi.
– Osha kecha menga qanday dori berdingiz va nima uchun? Bu qanday dori edi? – Yeon Mi bu narsa narkotik yoki bundan ham yomon narsa bilmasligini tilab erkakni javobini kutib asabiylasha boshlagandi.
– Oddiy dori, narkozga oʻxshagan ammo boshqachasi, qoʻrqma bu senga ziyon bermaydi, sendan avval sinovdan oʻtib boʻlgan. – Jimin huddi bu dorini sendan avval boshqasida sinab koʻrganman degandek oldinga biroz egilib jilmayib qoʻydi, va yana qayta yuzidagi tabassumni soʻndirib orqasiga suyandi.
– Demak bu narkotik emas? Siz ham hech qanday mafiya yoki shunga oʻxshash yomon odam emassiz toʻgʻrimi?
– "Delirios de Diseñador", maʼnosini bilasanmi?
– Men Fransuz emasman. – Yeon Mi peshonasini burishtirgancha gapirdi.
– Bilmaganing yaxshi. – Jimin bilardi qiz u haqida va bu nomni maʼnosi haqida bilishini ammo indamadi.
– Hoʻsh mafiyalar oʻz yoʻliga men oʻz yoʻlimga, mendek kelishgan erkak mafiya emas, bir toʻda faqat bitta doriga qaram boʻlib qolib usiz yashab boʻlmaydi degan ahmoqlar ham emasman, ammo sogʻ odam ham emasman. – Jimin oʻzi haqida aytar ekan uni gaplari qizni oʻylantirib qoʻydi.
– Tepa qavat seniki, ketishing mumkin. – Jimin qoʻliga telefonini olish mobaynida qizga gapirdi.
Bu gaplardan keyin oʻzida yengillikni his qilgan qiz tezda yugurib tepa qavatga chiqib ketdi.
– Leonard eshik ortida kalamushga oʻxshamaydi ichkariga kir, u ketdi. – Jimin telefonida boshini koʻtarmay eshikni orqa qismida bir soatdan beri turgan yigitni ichkariga chorladi.
– Bir oy bu qizdan ham yaxshisini topishingiz mumkin edi. – Leonard kinoya qilib Jimini qarshisiga oʻtirdi.
– Sen bir oy avval nima boʻlganini bilmaysan. – Jimin ustidagi kostyumini yechgancha uni divani bir chetiga tashladi.
– Bir oy avval Koreyada muzey sizni nomingizga ochilganidan boshqasini bilmayman. – Leonard akasiga gapirish mobaynida har doim yonida oʻyinchoq qilib olib yuradigan kichik pichoqni oldi.
BIR OY AVVAL
– Bu muzeyga Nari kelishi kerak edi. – Yeon Soo zerikishdan oʻlib qolay degancha oʻzini zoʻrgʻa sudrab bosar ekan Yeon Mi ensa qotirib qoʻydi.
– "DDJ" — maʼnosini bilasanmi? – Yeon Mi muzeyni ohiridagi rasmni ostiga chiroyli dastxatga oʻxshagan qoʻl yozmaga ishora qildi.
– Bilmayman, men rassomchilarni tanimayman, yaxshisi Naridan soʻraganimiz yaxshi. – Yeon Soo endi telefonini qoʻliga olganida Yeon Mi uni qoʻlidagi telefoni tortib oldi.
– Kerak emas, Leonardo Da Vinchidan boshqa rassomni tanimaydi u. – Yeon Mi kinoya qilib qizni telefonini unga qaytarib berdi.
– Qiziq . . . Bu odam kim? – Yeon Mi muzeyni hamma rasm-u uni ichidagi kichik bir detalgacham koʻrib hamma yerda osha yozuvni koʻrgandi — "DDJ".
– Bu qizni koʻrdingmi? – Kameralardan Jimin qizdan koʻzini uzmay yonida bir qadam ham jilmay yuradigan yordamchisiga gapirdi.
– Leonardni bu yerga chaqir unga ish bor. – Jimin qoʻllarini choʻntagiga solgancha orqasida turgan yordamchisiga gapirdi.
HOZIRGI VAQT
– Mi xonim, zina ostidagi xonaga keling. – Yeon Mi oʻtirgan xonani devoridagi megafondan ovoz yangrar ekan qiz toʻsatdan boʻlgan ishdan qoʻrqib sapchib oʻrnidan turdi.
Yeon Mi atrofga alanglab megafon bilan xonadan 4 kamera topib biroz yengilashdi ammo tanasidagi taranglik hali ham ketamagan edi. Qiz sekin xonasidan chiqib uyga nazar tashlar ekan bu uyda nafaqat koʻp kameralar balki ularga qoʻshilib megafonlar ham koʻp edi.
Qiz sekin zinadan tushib uni ortidagi eshikni ochib ichkariga kirar ekan xona kichik boʻlishiga qaramay ichida koʻpgina joy bor edi.
– Oʻtir. – Jimin koʻzi bilan qizga oʻtirishini aytib oʻzi qoʻlidagi qalamni joyiga qoʻydi.
– Qachon davolashni boshlaysan? Men seni bir oy kutdim, yana qancha kutishim kerak, Mi xonim? – Jimin gaplarini yakunlagancha tasdiq maʼnosida boshini biroz yon tomonga burdi.
– Bugun . . . Bugundan boshlaymiz. – Yeon Mi oʻtirgan joydan tezda ornidan turib asabiy koʻylak etagini siqimlab gapirdi.
– Boshla. – Jimin kutyapman degandek kichik tabassum qilib qoʻydi.
– Sizda ruhiy tomondan nimalar qiynaydi, yaniy qanday muammolar bor? – Yeon Mi erkakga biroz yaqinroq oʻtirgancha qoʻliga kichik balknot olib yozib ola boshladi.
– Hech narsa bevzota qilmaydi, hech qanday muammolarim yoʻq. – Jimin hali ham tabassumini soʻndirmay javob berdi.
– Huh . . . – Yeon Midan faqat shu tovush chiqar ekan indamasdan oʻrnidan turdi.
– Unda shifokor nimaga kerak? – Yeon Mi hayratdan ikki qoʻlini beliga qoʻygancha divanda oʻtirgan erkakga gapirdi.
– Men sanʼatkorman, nimadandir ilhom olishim kerak, va bu ilhom men uchun sen boʻlding, ilhom pariyim. – Jimin endi ornidan turgancha qizga yaqinlashib uni yuziga tushib turgan sochlarini qizni qulogʻini ortiga joyladi.
– Rasm chizish uchun narsalarni olib kelgunimcha shkafdan koʻylaklarni birini olib kiy, va meni kut, meni davoyim boʻlmish ishni boshlaymiz. – Jimin bir qoʻli bilan qizni yelkasiga sezilarli siqish qilib xonadan chiqib ketdi.
– Bekorga uni "Delirios de Diseñador" - deb Fransuzlar nom berishmagan ekan. – Yeon Mi oʻziga gaprigancha shkafni ochib oʻziga qulay boʻlgan kiyimni kiydi.
Jimin xonaga qaytar ekan qizni ochiq kiyimda koʻrishini kutib unga qaragan onda qoshlari chimirildi. Yeon Mi yenglari uzun boʻyin qismi yopiq va koʻylakni uzunligi qizni oyoqlarigacham tushadi.
– Men chizgan koʻylaklar dizaynida bunaqa koʻylak yoʻq edi. – Degancha Jimin stol ustidagi chizilgan rasmlarni koʻz yugurtira boshladi.
– Aytganimdek bu men oʻylab topgan koʻylak emas, jin ursin Leonard, u bilgan demak. – Jimin lab chetida jilmaygancha qoʻlidagi qogʻozlarni gʻijimladi.
– Gap nima haqida? – Yeon Mi biroz qiziqish bilan erkakga yaqinlashib soʻradi.
– Koʻylaginga oʻzgartirish kiritamiz, azizim. – Jimin qizga yaqinlashib uni qoʻlidan ushlab oʻziga tortdi.
Yeon Mi nima boʻlganini anglamasdan koʻylak yirtilish ovozini eshitib koʻzlarini katta katta ochdi.
– Toʻxtang . . . – Yeon Mi ortga tirsalishga harakat qilib oʻzini erkakni quchogʻidan chiqarishga urinar ekan, qizni koʻylagini har bir yerini erkak oʻziga moslab yirtib chiqayotgandi.
Koʻylakni ikkala yengi. etagi son qismigacha, va bel qismini ikki yoni, koʻkrak qismi to yeklasigacham yirtilgan qiz endi yigʻi tola koʻzlari bilan erkakga qarab va nihoyat deganda orqaga chekinishga va bu quchoqdan chiqishga muvaffaq boʻldi.
– Bu qanday goʻzallik ? – Jimin ortga burilib olib kelgan narsalarni joylashtirib qizni qoʻllari bilan tanasini yopishga harakat qilishini lab chetida jilmayib kuzatgan holda qoʻliga qalam oldi.
– Sening tanang liboslar maketiga ideal tushadi. – Jimin rasm chizish barobarida qizga gapirgancha oʻz ishida davom etdi.
Yeon Mi nima qilishni bilmay joyda ovozsiz turar ekan, miyasida har hil narsalar paydo boʻla boshlagandi. Jimin chizishni toʻxtatib qizga ikki qadam yaqinlashib u tomon egilar ekan Yeon Mi koʻzlarini mahkam yumib oldi.
– Boʻsa olishimni kutyapsanmi? – Erkakni gapidan qizni tanasiga sovuqlik tarqalib sekin koʻzini ochdi.
– Men bu ishni, qilishim kerak boʻlgan ishlarni yakunlab qilaman, shu uchun mendagi boʻsa hech qachon boshlanishini emas yakunlashni aks ettiradi. – Jimin tabassum qilgancha qizni yana ham devorga mihladi.