August 25

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 6
—Author: Kim Yeon Mi

Yomgʻir ostida olingan koʻpgina rasmlarni endi Yeon Mi sekin astalik bilan koʻrib chiqar ekan har ikki rasmdan keyin uni Hanga koʻrsatib kulardi.

– Faqat kulgili xotira qoladi bulardan, qanday qilib eslayman hech bir rasmda chiroyli chiqmagan boʻlsam. – Yeon Mi biroz nolib qoʻlidagi ikki uchta rasmlarni Hanga koʻrsatib dedi.

– Ammo baxtlisan, oʻzing xohlab kulyapsan, eng muhimi bu sen uchun ogʻirlikli xotira emas, yuraging quvonchga toʻlgan xotiralarni biri boʻlib qoladi. – Han qoʻlidagi fotoapparatni qoʻygancha gapirdi. Uning gapidan yuzidagi tabassumi songan Yeon Mi jimib qoldi.

– Men ichkariga kiraman. – Yeon Mi tezda rasmlarni qoʻllariga yigʻib olgancha uy ichkarisi tomon yugirib kirib ketdi.

Han uni orqasidan tikilib turgancha, keyinchalik nigohlarini qoʻrgʻon tashqarisidagi mashinaga tashladi. Mashina ichidagi Jungkook esa manzaradan kulgancha qoʻlidagi telefoni mahkam siqimladi. Kai bolsa bu kulgi ortidan nimalar boʻlishni hayol qilgancha yuzidan sovuq teri oqib, ogʻir yutinib qoʻydi.

– Mashinani hayda qaytamiz. – Jungkook tezda yuzni tekislab, eʼtiborini telefondagi ishiga qaratdi.

Kai tezda mashinani yoʻnalishini oʻzgartirib, uyga haydadi. Jungkookni Busandagi uyi unchalik ham uzoq boʻlmagani uchun tezda yetib kelishganda Jungkook mashinadan tushib Kai tomon oʻgirildi.

– Ishimni qayta tiklashim kerak, hamma haqida unut, endi qoʻrquvdan chiqqan ter hidi emas, joning uchun kurashib yuzinga tekkan qon hidi kelsin. – Jungkook shunday degancha ustki kiyimni toʻgʻirlab katta uy ichiga kirib ketdi.

Kai yoqqasini ushlab qolgancha, Jungkook avvalgi holatiga astalik bilan qaytayotganidan biroz choʻchib turgandi.

Jungkook uy ichkarisiga kirib katta qandilga bir qarab qoʻygancha, yuz shaklini toʻgʻirlab tepa qavatga chiqib ketdi. Uyni har bir xonasida bittadan katta oyna borligi sabab Jungkook oʻzini ish xonasini kun botish tarafga yaniy kun tegmay turgan tarafga koʻchirgandi.

Kai Jungkook tayinlagan ishlarni yakunlagach uning xonasi oldida turib ogʻir yutindi va chuqur nafas olib oʻzini keyingi boʻladigan ishlarga tayyorladi.

– Siz aytgan ishlarni yakunladim, biz oʻylagandek hammasi iziga tushyapti, bundan hamma mamnun ammo, bir tarafdan Han eʼtiborsizlik qilyapti, menimcha unga bu olam kerak emas. – Kai gaplarini ohirigisini biroz qoʻrquv bilan aytdi.

– U Yeon Mi bilan ekan unga endi hech narsani ahamiyati yoʻq, u juda oshirib yuboryapti, ohirida baribir nima boʻlishini bilib tursa ham. – Jungkook qoʻlidagi qogʻozlarning oralab chiqancha oʻrnidan turib idishga quyib qoygan ogʻir tamli vinoni hopladi.

Kun sekin otib ketar ekan tushga yaqin Yeon Mi oʻzini eski xonasida uxlab qolgandi. Han boʻlsa yangi ish boshlashga qaror qilgancha uni sekin astalik bilan reja qib chiqayotgandi. Yomgʻirdan soʻng esa bulutlar tarqab ketish oʻrniga yana ham qalinlashib ketar ekan Yeon Mi uyqusidan astalik bilan uygʻonib, nimadandir hayratda qolgancha, xonasidan, keyin esa butun uydan yalang oyoqda yugirib chiqib ketdi. Han shovqindan hayron xona eshigini ochib moʻralar ekan hech narsani sezmagandan keyin xona ichkarisiga ishiga qaytdi.

Yeon Mi koʻchalardan yugirib otar ekan, u nimadandir qochayotgandi. Va charchagan onda yurishi sekinlashib ular mayda qadamga aylandi. Yeon Mi oʻzi bilmagan holda Jungkookni uyi oldida yerga choʻkkalab oʻtirib qolar ekan, oʻzi xohlamagan holda devor ortidagi uyga bir nazar tashlab qoʻydi.

Zoʻrgʻa nafas olib sekin tizzasini ushlagancha Yeon Mi qaytadan oʻrnidan turib yoʻlida davom eta boshlaganda ortidan uni kimdir ushlab qoldi.

– Jeon xonim, bu yerda nima qilyapsiz? – Kai qizni toʻxtatib uni ahvolini korgancha koʻzlari katta ochilib qoli bilan ogʻzini yopdi.

– Meni shifokorga olib bora olasanmi? Menga yordam bergan, xotiralarim boʻyicha. – Yeon Mi zoʻrgʻa zoʻrgʻa charchoqdan arang gapirdi.

– Ammo . . . . – Kai endi gapirmoqchi edi, ammo qulogʻidagi ratsiyadan Jungkookni ovozi jaranglaganda toʻxtab qoldi.

– Uni ichkariga olib kir. – Jungkook buyruq bergancha ratsiya ortidan uning kulgi ovozi yangradi.

– Xonim, yuring uyga olib kiraman sizni, havo sovib qoldi, biroz dam olib, tinchlanganingizdan song bafurja gaplashib olamiz. – Kai qizni yetaklagancha uy ichkarisiga olib kirib ketdi.

Yeon Mi indamay uyga ichkarisiga kirib, Kai koʻrsatgan zaldagi divanga otirgan onda, tepa qavatdan Jungkook qoʻlidagi tez yordam qutisini koʻtarib tushgancha qizni oldiga kelib oyoqlari oldida oʻtirdi.

– Han qani? Nega bunday ahvoldasan? – Jungkookni qutini ochish chogʻida dedi.

Yeon Mi indamadi, yuzini burib oʻrnidan turmoqchi boʻlganda Jungkook bir qoʻli bilan qizni tizzasini ushlagancha uni oʻrnidan turishini toʻsib qoʻydi.

– Hali ham xotirang qaytmagan chogʻi, mendan qoʻrqib oʻzingni olib qochishinga qaraganda. – Jungkook ishini tugatgancha boshini koʻtarib qizga qaradi.

– Hoʻsh nima boʻlibdi, xotiram qaytsa ham qaytmasa ham nima oʻzgaradi? Eslasam ham men uchun eng yomon xotiralarni eslayman, siz hech qachon mendek qiynagan emassiz, bir daqiqa siz ham xotirangizni yoʻqotgan oningizda biroz oʻzgargandingiz ammo yana qaytayotgan boʻlsangiz unda omad tilayman, men faqat meni har doim yolgʻizlikda tashlab ketganingizni eslashim mumkin undan ortigʻi boʻlmagan, ammo Han unday emas bu ishlarni u meni deb tashlab ketadi, siz va u farq qiladi, u bilan oʻzingizni tenglashtirmang. – Yeon Mi tizzasidagi qoʻlni kuch bilan itarib yuborgan holda oʻrnidan turib gapirdi.

– Shunday degin, qayerda unda oʻsha Han? Seni himoya qilishga kuchi yetadimi? Yoki butun umri davomida seni osha tort devor orasiga yashirib oʻtadimi? Goʻzalim, sen Jeon xonimsan, hayoting qil ustida qoladi mensiz. – Jungkook qoʻlini oʻrtki qismi bilan qizni yuzidan silab tushar ekan kinoyali kuldi.

Yeon Mi, Jungkookni gaplaridan javob bera olmay qolar ekan, koʻzlari yoshlanib endi oʻgirilib ketmoqchi boʻlganda Jungkook tezlik bilan choʻntagidagi qoʻlini devorga tirab qizni yoʻlini toʻsdi.

– Xotirang qaytamagan boʻlsa yaxshi, seni qaytda oʻzimga bogʻlayman, agar qaytgan boʻlsa seni qaytaraman oʻzimga. – Jungkook qizni yuzi tomon egilgancha dedi.

Yeon Mi ensa qilgancha Jungkookni qoʻllarini olib tashlagancha uydan chiqib ketdi.

Kech tushib qolar chogʻi Han charchoq bilan xonasidan chiqib televizor qarshisidagi divanda yotgan Kyoni koʻrdi.

– Yeon Mi sen bilan emasmi? U hali uygʻonmadimi? – Han bir yotgan mushukka keyin esa zinadan tepaga qarab dedi.

Kech tushib qolgani bois, Han kechlik tayyorlab, keyinchalik yorqin yonib turgan chiroqlarini xiralashtirib, stol ustiga ikki uchta shamlarni yoqib qoʻydi va biroz quvongancha zinadan tepaga chiqib Yeon Mini xonasi oldiga keldi. Eshikni sekin unchalik shovqinli chiqarmay taqillatar ekan ichkaridan ikki uch martasida javob olmagach oʻzi eshikni ochdi.

Ichkarida boʻshliqni koʻrishi bilan Hani yuzi tezlik bilan havotirga oʻzgarib tezlik bilan pastki qavatga qaytib tushdi. Han pastga tushib ustki kiyimni qoʻliga olishi bilan eshik ochilib, sochlari toʻzgʻigan, yalang oyoqda, yuzi oqqarib ketgan Yeon Mi tanasini arang sudrab kirib keldi.

– Nima? Nima boʻldi? – Han tezda qizni yuzlarini kafti orasiga olgancha, qizni yuzi sovub qolganini his qilib tezda qizni bagʻriga mahkam bosdi.

Yeon Mi boshini Hani issiq koʻksida his qilgancha oʻzini ogʻirligini Hanga tashab, koʻzlarini yumdi. Han qizni isitish uchun qoʻllarini mahkam qizga oʻrab, qoʻli bilan qizni orqa qismini ishqab qoʻydi.

– Han . . . . . – Yeon Mi koʻzini ochmasdan past ovozda chaqirdi.

– Hmmm? – Han qizni koʻtarib olgancha dedi.

– Hozir hech narsani tushuntirishni istamayman, kel endi avvalgidek yashaymiz . . . – Yeon Mi qoʻllarini Hani boʻyindan oʻtkazib gapirdi.

– Yeon Mi, bilasan, men erkak kishiman, sen bilan oddiy doʻstlar sifatida yashay olmayman, agar rozi boʻlsang . . . . – Han qizni qoʻlidan tushurar chogʻi gapirdi.

– Xohlamayman, bu mavzuni yopaylik. – Yeon Mi Hani gaplarini boʻlib norozilik bildirdi.

– Men kimgadir qasam ichgandim, ikkinchi bor senga oq libos kiydirib, seni haqiqiy baxt va hech qanday majburlamasdan rasmiy ravishda oʻzimga bogʻlashni. – Han biroz egilib, divan ustida oʻtirgan qizni yonidan joy oldi.

Yeon Mi sukut saqladi, huddiki Hani gaplarini eshitmagandek, Han boʻlsa ogʻir xoʻrsinib qoʻydi.

– Qorning ochiqan boʻlsa kerak, kechlik tayyorlaganman, qani yur. – Han qizni qoʻlidan tutib uni oshxonaga olib kirib stol yoniga oʻtirgizdi va ustiga oʻzini ustki kiyimni tashlab qoʻydi.

– Men hozir kelaman, biroz ovqatlanib kutib tur. – Han qizga ishonchli tabassum qilib qoʻygancha oshxonadan va uydan chiqib ketdi.

Koʻchadagi tungi chiroqlar tagidan Han yurib otar ekan, doʻkonlarni birini oldida toʻxtab ichkariga kirdi.

– Qanday gul kerak. – Doʻkon xizmatchisi muloyim ovozda soʻradi.

– Liliyalar, oq. – Han tabbasum qilgancha biroz hijolat onda gapirdi.

– Janob sevganingizni didi chaki emas, bilasizmi bu oq Liliyalar juda koʻp maʼnoni anglatadiki ularda hamma narsa mujassam boʻlgani bilan ularni topish qiyin, shu sababdan uni faqat sevgi bilan qurilgan nikohda kelin qoʻlida tutadi, uning eng birinchi maʼnosi poklikdir. – Doʻkon xizmatchisi gullarini olgancha ularni chiroyli buketga oʻrash mobaynida biroz tabbasum bilan dedi.

– Aslini olganda, u sevgilim emas, boʻlajak xotinim. – Han gaplarini qaddini rostlab magʻrur gapirdi.

– Havas qilishni boshladim osha qizga, agar vaqtingiz boʻlsa u yerdagi erkakga gullarni tanlashda yordam bersangiz minnatdor boʻlardim. – Qiz ikkilanib soʻraganda Han rozilik bildirib bosh chayqadi.

Han osha qiz koʻrsatgan doʻkoni bir burchagi tomon yurib kelar ekan u yerda turli atirgullarni tomosha qilib turgan tanish yelka egasini koʻrib joyida toʻxtab qoldi. Bir daqiqa oʻylanib qolar ekan, keyin indamay uning yonidan orin oldi.

– Senga kerakli gullar bu yerda yoʻq. – Han oldidagi atirgullarga tikib turgan holda gapirdi.

– Nima haqida gapiryapsan? – Jungkook qoshlarini chimirib yoniga qarab soʻradi.

– Soligan atirgullar haqida, ularni faqat sen berarding Yeon Miga, uni sindirish uchun hafa qilib koʻnglini oʻgiritish uchun. – Han qoʻpol ovozda dedi.

– Hammasini bilgan ekansanda. Yeon Mi meni qanchalar sevib bogʻlanib qolganinichi uni ham bilasanmi? – Jungkook hazilsiz kulib gapirdi.

– U osha kuni ichib olgandi, yuzilari qizarib ketgandi, ishdan qaytgan tunim mexmonxonadagi divan ustida tanasini koʻtara olmaydigan holda, u shu onda menga hissalari haqida gapirgan, u shunday degandi, « Nega aynan qizil rang? Chunki sen yoqtirgan viski osha rangda, chunki seni telbaga aylantirgan bu ishing qizil boʻlmish qonga toʻlgan, chunki sizni menga ilk bor mayin ovozda huddi birinchi bor oʻsmir yigitdek uyalgan holda sovga qilgan bogichingiz ham qizil rangda, chunki, meni koʻnglimga tugul butun tanamga issiqlik tarqatgan " senga qizil rang yarashadi" degan gapingiz ham osha rang haqida. Ha men oʻzimni majburladim bu olamga qorongʻilik ichiga kirishga, chunki u yerda siz bor edingiz Jungkook, odamlar kimni sevib qolishini oʻzlari tanlay olishmas ekan, shu sababdan ishqni koʻzi koʻr boʻlarkanda. » bu gaplarni u divanda yumuq koʻzlari bilan aytgandi, Han qanchalik urinma uni oʻzimga hech qanday gullarsiz ham qaytara olaman. – Jungkook oldidagi gullarga qoʻlini choʻzdi.

– Va gullar Yeon Mi uchun emas, hali beri uni qaytarib olmoqchi emasman, chunki u sen bilan havfsizlikda boʻladi, agar ortiqcha harakat qilib haddingdan oshsang, bu safar uning xotirasidan seni oʻchirib tashlayman. – Jungkook tajovuzkorona Hanga yaqinlashib gapirgancha, uning yonidan oʻtib doʻkondan chiqib ketdi.

Han bu tahdiddan kulgancha kassa ustidagi gullarni olib oʻzi ham doʻkondan toʻlov qilib chiqib ketdi.

Han uyga kayfiyatsiz qaytarkan, uy ichkarisiga kirishi bilan koʻzi yerda yuzi oqqarib ketgan qizni koʻrishi bilan kattalashib ketdi. Han oʻylanib ham oʻtirmasdan qizni koʻtarib mashinaga solgancha eng yaqin boʻlgan shifoxonaga olib keldi.

Shifokorlar qizni zudlik bilan reanimatsiyaga olib kirib ketishar ekan Han yopiq eshiklar ortida qolib ketdi. Tun yarim boʻlib soat 00dan keyingi kuni ertalabki soati 1:00 ga qarab oʻtgan chogʻida shifokor nihoyat deganda chiqdi.

– U dorilarini ishimay qoʻygan, shuningdek miyasi juda koʻp narsani qabul qilgani sabab oʻzini boshqara olmay qolgan, uni ruhiy jihatdan ehtiyot qilishingizni soʻrab qolaman, hozircha uning ahvoli biroz barqaror, uyga ketishing mumkin. – Shifokor Hani yelkasidan siqimlab qoʻygancha biroz dalda berib yonidan otib ketmoqchi boʻlganda uni Han toʻxtatib qoldi.

– Nega? Nega uyga ketishim kerak? Nega uni koʻrishga ruxsat yoʻq? – Han jiddiy koʻzlari osti qoraygan nigohi ila shifokorga biroz qoʻpol ohangda gapirdi.

– Janob, sizni avval qilgan janjalingiz va muammolaringiz sabab sizni hatto shifoxona ichkarisiga kirishingizni toʻsib qoʻyishim mumkin edi, shunday ekan yana bir muammo qilmay yaxshilik bilan chiqib keting. – Shifokor koʻzidagi koʻz oʻynagani biroz patga tushirib gapirgancha kekkaygancha ketdi.

Han qoʻlini bir devorga mushtlab soʻngra chuqur nafas olgancha shifoxonadan chiqib ketdi.

Shifokor Hani ketishini kuzatgancha qoʻliga telefonini olib kimdirga habar berdi. Osha habar olgan inson tezlik bilan yetib kelgancha shifokor xonasiga bostirib keldi.

– Bemorni koʻrgan onimda sezgandim u Jeon xonim ekanligini. – Shifokor jiddiy ohangda dedi ichkariga kirib kelgan insonga qarab.

– Muammoying nimada? – Jungkook asabiy koʻzlarini yumib soʻradi.

– Muammo menda emas, Jeon xonimda, u menimcha barchasini eslagan, shu sababdan dorilarni ichmay qoʻygan, ammo bu yerda boshqa masala ham bor. – Shifokor keyingi gaplarini aytishga biroz oʻylanib turar ekan Jungkook miyigʻida kuldi.

– Demak eslabdi, shu sababdan koʻchada shu ahvolda yurgan ekanda. – Jungkook boshqa hayolda biroz kulib oʻziga past ovozda gapirdi.

– Jeon xonim qanday qilib xotirasini yoʻqotganini bilasizmi? – Shifokor soʻrar ekan Jungkook endilikda jimib qoldi.

– U eski uyingizni qavatidan oʻzini tashlagan, shuning oqibatida boshidan qattiq jarahot olgan, va endi u yerda saraton aniqlandi, oddiy emas 3 bosqichli. – Shifokor gaplarini tez aytar ekan bu mavzuni koʻpga ushlab turishni istamadi.

– U avval qaysi shifoxona yotganini bilmadimku ammo kimdir buni yashirgan, chunki saraton allaqachon 3 bosqichga yetib boʻlgan, uning oʻlim kuni aniq emas, siz hozir qila oladigan yagona ish bu kutish. – Shifokor gaplarini yakunlab Jungkookga qaradi.

Jungkook koʻzlari tezda tundlashib, qoraydi, hatto javob bermay xonadan chiqqancha jonlantirish boʻlimida har hil uskunalarga oʻralgan qizni palatasi ichiga kirdi.

– Joy tayyorlang olib ketaman uni oʻzim bilan. – Jungkook qizga ozor bermasdan yumshoqlik ila qizni qoʻliga ulanib turgan narsalarni yulib olgancha, Yeon Mini koʻtarib tashqariga mashinasiga olib chiqdi.

– Avvalgi qilgan xatoyimni takrorlashimga bir soniya qolgandi, meni kechir, endi seni tashlab qoʻymayman, faqat sen va men boʻlamiz. – Jungkook qizni ustiga mashinani orqa qismidagi yopinchiqni uning ustiga yopgancha, kafti orasidagi rulni siqimlab mashinani Seoulga hayday boshladi.

•

•

•

Tong yorishib, Yeon Mi koʻzlarini ochar ekan birinchi boʻlib koʻrgan narsasi shift boʻldi. Yeon Mi shiftni koʻrgach koʻzlari kattalashib tezda oʻrnidan turdi. Xona butunlay boshqa, hatto Busandagi bir ikki kun yashagan uyiga ham oʻxshamasdi. Yeon Mi qaltiroq qoʻllari bilan yopilib turgan pardani biroz gʻijimlab, tortar ekan tashqari Busani kichik shaharchasiga oʻxshamasdi. Yeon Mi qoʻli bilan ogʻzini yopib oʻrqaga tirsaldi. Pardani ushlagan qoʻli boʻshashib, Yeon Mi yugurgancha xona eshigini ochib tashqariga moʻraladi.

Uyni muhiti boshqacha edi, biroz eskiroq uslubdagi uyga oʻxshardi, hatto avvalgi Jeon xonim va Jungkook bilan yashagan uy ham bundan ancha hashamatliroq edi. Yog'ochdan qilingan polga va keyinchalik zinaga qarab, Yeon Mi biroz oʻylangancha ehtiyotkorlik bilan pastga tushib butun boshli zalni koʻzdan kechirgan payti koʻzi katta boʻlmish chiqish eshigiga tushdi. Yeon Mini birdan yuzi yorishib eshik tomon harakatlanganda uni Jungkookni ovozi toʻxtatdi.

– Eshik qulf. – Jungkook boshini biroz orqaga kresloga suyanib oʻtirgancha yumiq koʻzlar bilan gapirdi.

– Meni ushlab tura olaman deb oʻylaysanmi? Sanang qani? – Yeon Mi biroz kinoya qilgancha dedi.

– U Ispaniyada, balki sendan intiqomini olish uchun otasini odamlarini toʻplayotgandir, faqat men bor boʻlgan shu uy seni hafsiz saqlaydi. – Jungkook koʻzlarini ochib oʻrnidan turish mobaynida aytib oʻtdi.

– Shuncha ishdan keyin yana oʻtmishga qaytmoqchi emasman, iltimos meni oʻz holimga qoʻy, bundan keyin hayot faqat oʻzimniki boʻlishni istayman. – Yeon Mi qatʼiy aytar ekan Jungkook qizni yonidan oʻtib ketgancha eshikni qulfini keyin esa eshikni oʻzini katta qilib ochdi.

– Qani bol, ketishni istaysanmi? Yoʻlingni toʻsmayman. – Jungkook qizni ikkilanish bilan asabiy yutinganini koʻrib miyigʻida kuldi.

Yeon Mi bilardi, hozir chiqib hech qayerga bora olmasligini, yonida na puli bor edi, na Hanga qoʻngʻiroq qilish uchun telefoni, shunga oʻzi xohlab tursa ham oyoqlari va aqli unga toʻsqinlik qilayotgandi.

– Hoʻp, senga kechgacha muhlat, avvalgidek meni qabul qil. – Jungkook chiqib ketar ekan, oldinga intilib uni toʻxtatmoqchi boʻlgan Yeon Mini payqamay qoldi.

Yeon Mi asabiy polga oʻtirib qolar ekan hayolari turli xil narsalarga tolib ketganda oʻrnidan turib, uydan nimanidir izlay boshladi. Zal ichi turli xil katta kichik idishlarga gul oʻtirgizlganini koʻrgan Yeon Mi qoshlarini chimirdi, va kirgan xonasini ichidagi stol ustidagi oq atirgullarni koʻrib stol tomon yaqinlashib qoʻliga atirgullardan birini oldi.

Yeon Mi gullarga termulib biroz tabbasum qilgancha yuragida biroz sokinlik va quvonch tuydi. Ammo biroz poshnali tuflini ovozidan eʼtibori boʻlinib ketgancha, uni oldiga chiroyli koʻylakda, sochlarini orqasiga yigʻib olgan holatda, yuz tuzilishi juda chiroyli boʻlmish qiz unga tabassum qilgancha yaqinlashdi.

– Kimsiz? – Yeon Mi unga biroz yoqtirmaygina savol berdi.

– Uyni yangi bekasi, uyni tozaligi va bu gullarni parvarishlash uchun kecha janob Jungkook sizga qoʻshib meni ham olib kelgandi, va bu oq atirgullar ham sizni xonangiz uchun edi. – Qiz, Yeon Mini qoʻlidagi gullarga qoʻl choʻzgan onda Yeon Mi oʻziga pichirladi.

– Ablah, umuman oʻzgarmagan, oʻzingni aldama Yeon Mi u hali ham Sanaga oʻxshagan qizlar bilan yurgan osha osha Jungkook. – Yeon Mi masxara ohangda kuldi. Bu gaplar qizga yoqmay tushdi.

– Bunday deb aytishga haqqingiz yoʻq, men siz oʻylagan qizlardan emasman, janob Jungkook ham endi unday emas, meni nega bu yerga olib keldi deb oʻylaysiz? Bu gullar nega? Bu hashamsiz oddiy uy nega? Hammasi siz uchun, sizni sogʻligʻingiz uchun edi, u sizga ozor bermasdan shu yerda davolamoqchi, gullar ham shu uchun, men ham sizni ahvolingizni qarab yordam bergani uchun kelganman, unga ham oson tutmang, har kuni jonini hafga qoʻyib ishlaydi va tirik qaytadi, ikkinchi tarafdan siz unga qiyinlashtirib ogʻir zarba beryapsiz, hozir ham janob shifokor oldiga ketdi. – Bu xizmatchi qizni ovozi baland chiqib Yeon Mini hayratda soldi.

– Isming nima? – Yeon Mi, uning toʻsatdan portlashidan biroz duduqlanib soʻradi.

– Eunna. – Eunna gullarni qoʻpol Yeon Mini qoʻlidan sugʻurib olganicha tepa qavatga chiqib ketdi.

Jungkook huddi Eunna aytgandek oʻzi ishga olgan shifokor Choini shifoxonasiga kelgancha vaziyatni soʻradi.

– Jeon, sen tayyorlanishing kerak boʻlgan uch bosqich bor, birinchi bosqichda qizni boshi koʻp aylanadi, koʻrishi va qoʻl oyoqlari zaiflashadi, va nafas yetishmovchilik kuzatiladi, ammo bu hushdan ketishga olib kelmaydi, birozdan keyin tezda oʻtib ketadi, ikkinchi bosqichda qiz koʻp qusadi, tanasi zaiflashadi, yuzi oqqarib ketadi huddi tanasidan jon ruh yoʻqdek, uchinchi bosqich eng ohiri ekanini anglatadi, burni qonab hushdan ketadi bu koʻp marotaba boʻladi ammo ularni qay biri Yeon Mini oʻlimiga olib kelishini bilmaysan. – Choi qoʻlidagi qogʻozni Jungkook qoʻliga tutqazdi.

– Qachonki uchinchi bosqich boshlansa uni darhol bu yerga olib kel. – Qatʼiy buyruqdan Jungkook aqildan oʻzgancha baland ovozda kulib qoʻlidagi qogʻozlarni gʻijimlab devorga zarb bilan uloqtirdi.

– Nega uni bu yerga olib kelishim kerak?! A Laʼnati?! Uni hatto oʻlgan holatida ham, ukol va dori isi orasida tashlab qoʻymayman hech qachon. – Jungkook qizargan koʻzlari bilan shifoxonaga chiqib ketgancha doʻkon oldidagi oʻrindiqlarni biriga oʻtirib biroz tinchlanish uchun koʻzini yumdi, ammo zarb bilan tepilgan stol ovozidan asabiy koʻzlarini ochdi.

– Yeon Mi qani? – Han tartibsiz ahvolda soʻradi.

– Oʻzinga qara Han tanib boʻlmayapti seni, shunchalar qaram boʻldingmi? – Jungkook hazilsiz kuldi.

– Sen qaramlik deb atagan narsangni hech qachon his qila olmagansan! – Han Jungkookni yoqasidan ushlab dedi.

– Menku his qilganman, Yeon Mi tarafdan, qanchalik oʻzingni aldama baribir Yeon Miga u istagan narsani bera olmaysan, toʻgʻri unga ozor bermassan, balki baxtli qilarsan, ammo u doim ich ichidan yolgʻiz boʻladi, bosh boladi, u seni aqli tomonidan qabul qilsa ham qalbi tomonidan hech qachon qabul qilinmaysan. – Jungkookni bu gaplaridan alami kelib Han ayamay Jungkookni yuziga musht tushirdi, Jungkookni odamlari boʻlsa tezda Hani qoʻllariga yopishib uni Jungkookdan uzoqlashtirdi.

– Sen yashirgansan shundaymi? Undagi saraton kasalini sen yashirgansan! Sen iflos qanday qilib shunchaki uni azoblanishi kuzatgansan? – Jungkook ustidagi changi qoqib qoʻygancha Hani yuziga musht tushirdi.

– Qanaqa saraton? Nima haqida aytyapsan? – Han tushunmaygina oʻrnidan turib labidagi qoni artdi.

Jungkook Hanga hammasini aytib berar ekan Han hayratda qoldi.

– Buni Sana yashirgan, sen osha kuni Yeon Mini koʻmib oʻzingiz oʻldirmoqchi boʻlganingdan song, bir necha oylardan keyin Sana oldimga yordam soʻrab kelgan sendan intiqomini olish uchun, ammo bir tarafdan oʻzini himoya qilish uchun, evaziga esa Yeon Mi tirikligini aytgandi, u bilardi hammasini. – Han ovozi borgan sari pasayib keyinchalik pichirlashga aylandi.

– Nima bolsa ham endi kech, sendan istagan yagona narsam esa endi biz Yeon Mi ikkimizni oramizga tushma. – Jungkook ornidan turib mashinasiga oʻtirgancha ketib qoldi.

•

•

•

Yeon Mi, Eunnani gapini oylar ekan balki sinab koʻrish kerakdir, shuncha qiyinchilik orqasidan baxtli boʻlishga oʻzi ham haqli insondir. Shu hayollar bilan Yeon Mi xonasidagi shkafni ochib u yerdan oʻziga yoqqan kiyimlarni olgancha, ularni kiyib, tezda sochini orqaga turmaklab uydan chiqib ketdi. Uni ortidan qarab qolgan Eunna esa kayfiyatsiz holatda qolib ketdi.

Yeon Mi Seoul koʻchalaridan yurar ekan tanish doʻkon va uylarni koʻrib yuziga tabbasum yugurdi.

Yeon Mi/Pov:
Bu koʻchalardan ilk jahannam bilan goʻzal taqdirimni qarshi olganman. Huddi oʻsha kuni yomgʻir ostida kollej doʻstlarim bilan uyga qaytgan onim, buvim meni issiq taomi va undan ham qalbimni isita olgan tabbasumi bilan kutib olardi.

Yeon Mi yoshligidagi hamma baxtli onlarini eslab sekin qadamlar bilan yurib avtobus bekatiga kelib oʻtirdi.

– U yoʻq. – Yeon Mini biroz tabbasumi soʻnib, yuz ifodasi oʻychanga oʻzgardi.

– Kimni izlayapsan. – Han qizni yoniga joylashib gapirdi.

– Bu yerda nima qilyapsan, ahir Busanda boʻlishing kerak-ku. – Yeon Mi hayratda dedi.

– Nima Busanda? Seningcha yoʻqolib qolganingdan keyin qolishim kerakmidi? – Han qizga savol tariqasida qosh chimirdi.

– Toʻgʻri aytasan. – Yeon Mi biroz tinchlanib keyinchalik yana Han tomon hayrat ila qaradi.

– Nega sen hech narsa soʻramayapsan? Nega men bilan ket yur demayapsan? – Yeon Mini koʻzlari biroz shubhadan qisildi.

– Sendan avval Jungkook bilan koʻrishgandim, u menga hammasini aytib berdi, havotir olma, seni unga hafa qildirib qoʻymayman, shunday ekan agar u seni majburlayotgan bolsa yur, olib ketaman. – Han oʻtirgan joyidan oʻrnidan turib qizni qarshisiga kelib, Yeon Mini qoʻlidan tutdi.

– Haligi, hammasi sen oʻylagandek emas. – Yeon Mi boshini egib biroz oʻylandi huddi oʻsha payt Eunnani gaplari yodiga tushar ekan ikkilandi.

– Men doim yoningda bolaman. – Han qizni ahvolini va qarorini tushunib, qizni kaftiga uning telefonini qoʻydi.

– Nimadir boʻlsa tezda menga qoʻngʻiroq qil. – Han qizni sochini silab keyinchalik unga qoʻl siltagancha ketib qoldi.

Yeon Mi boʻlsa Hani mehirbonchiligidan biroz yigʻlab olgancha bekatda ancha vaqt Han bilan boʻlgan eng shirin va baxtli onlarini eslab asta oʻrnidan turdi. Allaqachon koʻcha chiroqlari yonib boʻlganda Yeon Mi qorongʻu tushayotganini bilib yuzi tashvishdan biroz burishtdi va uyga qarab yura boshladi.

Yeon Mi uyga qaytib kelar ekan tovushsiz qadamlari bilan katta zaldan otib ketmoqchi boʻlib turganda eshigi yoʻq boʻlmish oshxonadan Jungkook bilan Eunnani koʻrdi.

– Kech boʻlib ketdi u hali beri kelmadi. – Jungkook oldidagi tovoqdagi ovqatiga qarab gapirdi.

– Unga biroz joy bering, hammasi yaxshi boʻladi, men aytgandek qilsangiz boʻldi, hammasi oʻz ishiga tushadi. – Eunna huddi yosh oʻquvchiga aqil oʻrgatayotgan oʻqituvchidek biroz qoʻl harakatlari bilan gapirdi.

– Shundaymi Eunna xonim? – Jungkook qizni ustidan masxara qilgan Eunnani biroz erkalab sochidan silab qoʻydi.

Buni koʻrgan Yeon Mi, oʻziga juda chuqur olgancha, koʻzidan hatto yosh tushib kelayotgan onda ham oʻzini xoʻrlangandek his qilib ortiga qaramasdan endi ketmoqchi boʻlganda uni Jungkook payqab qoldi.

– Yeon Mi qachon kelganding. – Jungkook tezda oʻrnidan turib qizni oldiga yaqinlashdi.

– Hozir kelgandim. – Yeon Mi biroz burnini tortgancha kulib javob berdi.

Jungkook qizni qaytib kelganini, uni Han bilan ketmaganini bilib biroz umidi oshdi va qizni qoʻlidan ushlab stol oldiga olib keldi.

– Men sizlarga halaqit bermay qoʻya qolay. – Eunna Yeon Mi uchun idishga ovqat solib bergancha oshxonadan chiqib ketdi.

Yeon Mi bir ovqatga keyinchalik indamay ovqatlanayotgan Jungkookga qarab, sekin tomoq qirdi.

– Balki kerak emasdir aa? Uydagi gullarga oʻzim ham qarashim parvarish qilishim mumkin. – Degancha Yeon Mi biroz sukut saqladi.

– Seni rostdan xotirang qaytdimi? Yoki menga « Menga gullarni parvarish qilish suv quyish unday ishlar yoqmaydi, hamma ayollar kabi emasman, menga shunchaki ularga termulish bilan bazan ularni iforidan toʻyib hidlash yoqadi, bilasiz ularni quchoqlaganda gullarni qanday yumshoq va mayin ekanini? » deb aytganing esingdan chiqdimi? Shu uchun uni olib keldim, qolaversa sen oʻzing zerikishing mumkin, u bilan aniq zerikmaysan. – Jungkook qizga tushundirish berib qayta ovqatlanishga qaytganda, Yeon Mini qovogʻidan qor yogʻishini boshladi.

Yeon Mi oʻrnidan turib ketar ekan Jungkook qizni ortidan qarab qolgancha indamadi.

– Muojalaringiz vaqti keldi janob Jungkook. – Eunna lab chetida jilmaygancha oshxonaga kirib kelar ekan Jungkook bosh chayqab oʻrnidan turdi.

Eunna qoʻliga kerakli narsalarini olar ekan Jungkook tepa qavatga koʻtarilib ketishi bilan uni orqasidan tezda buyumlarini toʻplab Jungkook kirgan xonaga kirib eshikni qulflab oʻzini biroz tinchlantirdi.

— THE END —